Betiga ursang beti kotadi

Taʼlim-tarbiya — inson ziynati. Şunday ekan, farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratiş har bir ota-onaning burçi hisoblanadi. Bola to voyaga yetgunça, menligini tanib, özini anglagunça, örni kelganda, çiroyli xulqini maqtab, aka-ukasiga, opa-singlisiga mehribonligini, ota-onasi xizmatida bölişga şayligini körib, albatta, uni rağbatlantirib turilişi foydadan xoli bölmaydi. Ammo…

Ammo rağbatlantiriş, maqtov ham meʼyorida bölgani yaxşi. “Şakarning ozi şirin”, deganlaridek haddan ortiq erkalaş ham bola xulqida salbiy holatlarni yuzaga keltirişi mumkin. Afsuski, bunga hamma ota-onalar ham birdek amal qilavermaydi. Baʼzilar: “Bolani kaltak­lab turiş tarbiyada qöl keladi”, desa, baʼzi birlari: “Bolani betiga ursang beti qotadi”, deganlaridek, hadeb kaltaklaş bolani qahrli qilib qöyadi”, deydi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ustoz Zuhra Tolibova va öquvçi Akmal Qodirovlar örtasidagi munosabat tasvirlangan lavhani körib qoldim. Öquvçining özboşimçaligi, darsni ting­lamasdan, sinf­xonaning uyoğidan-buyoğiga borib kelişi, sinfdoşlari­ga xalaqit berişi, tabiiyki, ustozga yoqmagan. Ammo badjahl ustoz vaziyatni yumşatiş örniga kuç işlatibdi. Yaʼni, bolani kaltaklabdi.

— Men öqituvçilik faoliyatim davomida bunday holatlarga köp bor duç kelganman, — deydi Nargiza Sobirova. — Menimça, bolani tartibga çaqirişda, unga dars davomida bilim berişda “uriş” metodikasi xato, deb öylayman. Sababi, birgina harakat sabab öquvçini fandan uzoqlaştirib qöyişi mumkin. Buning örniga qiziqarli usullardan foydalaniş joiz. Bundan taşqari, sinfxonani fanga doir rasmlar bilan jihozlab bezab qöysak, darsni zamonaviy metodik asosda olib borsak bu yaxşi samara beradi.

Dunyo tajribasidan maʼlumki, ayrim xorijiy taʼlim öçoqlarida darslar asosan tabiat qöynida ötiladi. Öquvçiga dars jarayonida maʼlum erkinliklar beriladi. Ularning fikriça, darsni muntazam ravişda sinfxonada ötiş öquvçini bezdirib qöyadi. Öquvçilarning darsga qiziqişini söndiradi.

Maktablarda yoşi uluğ murabbiylarning ustozlik qilişi samarali, ammo yoşlarga ham işoniş kerak. Ularni keng qamrovda maktabga jalb etiş undan-da yaxşi samara berişiga şubha yöq. Sababi, inson yoşi ulğayib borgaç nasihatgöy bölib qoladi. Hamma zamonlarda ham “aql”li gaplar yoşlarga yoqmagan. Bu bilan ustoz-pedagoglarning tajribasini, ilmiy salohiyatini kamsitmoqçi emasmiz, ularning saboğini oliş yoş öqituvçilarga ham asqotadi. Şu bilan birga, yoş mutaxassislar harakatdagi, jonli, dars soatlarini jöşqin va bolalarbop qiziqarli qilib öta oladi, demoqçimiz. Eng muhimi, yoş kadrlarda kutilmagan yangiliklar, ğoyalar tez-tez yuzaga qalqib çiqadi. Çunki hayotdan ortda qolib ketmasliklari uçun ham ular doimo fikrlaş, mulohaza qiliş bilan band bölişadi.

Muhammadsodiq TÖRAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan