Oçarçilik yillarining odamlari

Hayot — oyna. U bizga nimalarni körsatadi? Albatta, qiziqişlarimiz doirasidagi voqeliklar… Yuksalayotgan muvaffaqiyatlarning negizi esa INSON… INSON va uning intilişlari… Bu holat men uçun doimo sirli bir voqelikni öz içiga olganday tuyulaveradi. Şu voqelikni anglagim,   uning sir-asrorini örgangim keladi.

Birinçi misol:   Qahramonim hali ham yoşlik tetikligini yöqotmagan 80 yaşar nuroniy — Ergaş Qurbonboyev. U Törtköl tumanining “Tozaboğyop” ovulida 1941 yilda tuğilgan. U şu tumandagi maktablarda 56 yil davomida yoşlarga taʼlim-tarbiya berib keldi. Ötgan kunlari haqida şunday hikoya qiladi:

— Onam meni beşikka belab, tong sahardan beda örib, eski Törtköl (turar-joyimizdan 18 km. uzoqlikda)­ga joyga piyoda borgança bedani sotib, puliga tariq, suli yoki jöxori kabi ozuqabop ekinlarni olib, keçqurunga yetib kelgunça “Ergaş beşikda ölib qolgandir”, degan öy bilan kelar ekan. Onam har safar şunday öy bilan kelganida yo uxlab yotgan bölaman yoki yiğlab qora terga botib yotgan bölar ekanman. Lekin men omon qolganman. Oçarçilik to 1955 – 1960 yillargaça davom etgan. 1945-1950- yillardamidi onam menga olma daraxtining pöstloğidan qirib olib kel deb, buyurardi. Olib kelgan pöstloqlarni yuvib, suvga solib, bir qaynab çiqqunça öçoqqa öt qöyardi. Şu olma daraxti pöstloği çoyining mazasini haligaça unutganim yöq.

1959 yili maktabni   bitkaziş arafasida Oybek domla bilan uçraşuv ötkazdik. Otam uruşda halok bölgani uçun, kimdir menga “öğlim” deb sözlaşini juda ham istardim. Öqişga topşirdim. Rektorimiz Abdullayev Şopölat Şoakbaroviç “Öğlim” deb, menga murojaat qilganida, tomoğimga bir nima tiqilib qolganday, yiğlagim kelgan. Ximiya biologiya fakultetining talabalar kasaba uyuşmasi raisi Erkin Abdullayev esa maoşiga olgan jetonlarini menga berib, falon joyda “Pelmennaya” deb yozilgan oşxona bor. Şunga borib ovqatlan, deb kunda jeton berar edi.

1965 yil institutni bitkazib, 256 – sonli buyruq bilan şahardagi 1-son umumtaʼlim örta maktabida   iş boş­ladim. Rus tilida uşbu fanni öqitadigan öqituvçi bölmaganligi bois, menga rus sinflarini ham berişdi. Rus tilini öqitişda unçalik zör   emas edim.

Alişer Navoiyni köp öqiyman. Ayniqsa “Xamsa”ni… Insonni qi­yinçilik tarbiyalaydi. Meni tarbiyalagan narsa uruş paytidagi qiyinçiliklardir. QIZIQIŞ, ILM, IŞ, TAJRIBA, HALOLLIK VA AQL UYĞUNLIGI insonning özini anglaşiga yordam beradi. Töqlik nani dedirmidi, oçlik neni yedirmidi, deyiladi xalq oğzaki ijodi namunalarining birida.

Nafaqaga çiqqandan keyin bir mahal yonimizdagi maktabning bitta xonasining tomi öpirilib tuşdi. Nega öpiriladi?! Suriştirib-suriştirib qarasam şift deb, işlangan beton işlanmalariga   armatur örniga 6 mm.li sim qöyilgan ekan. U yoq – bu yoqqa izlanib maktabni qayta taʼmir qildirdim. Yonidan bolalar boğçasi ham qurdik. Natijada QONUNKAŞ, BETGAÇOPAR VA YOZUVÇI nomlariga ega böldim….

Bugun 6 nafar farzandim, 20 nafar nevaram, 5 nafar çevaram bor. Şukur alhamdulillah! Lekin hozirga qadar Navoiyni qöldan qöymayman. Qaniydi maktablarimizda Navoiy darslari çuqurroq va kengroq ötilsa…

Ha, biz oçarçilik yillarini kördik. Bu esa hayotni, uning neʼmatlarini bizga qadrlaşni örgatdi. Bugungi avlodlar ham hayotni, insonni, neʼmatni uluğlaşni örgansa, deyman…

Hayot — saboq. U bizga inson haqiqatlari yillar davomida şakl­langanligini körsatadi… Ha ayt­gança, Ergaş aka nafaqaga çiqqandan keyin törtliklar yoza boşlagan. Törtliklar ham maʼlum miqdorga yetib boribdi. Bundan taşqari, u dehqonçilikda ham tajriba töplagan. Ayniqsa, organik paxta deb özi nom qöyib, öz tomorqasida yetiştirgan paxta ösimligini bir körsangiz edi…

Munavvara Yusuf.

Törtköl tumani

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan