500 metr kam emasmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 19 yanvar kuni ögay otasiga piçoq bilan jarohat yetkazgan öğilga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani töğrisidagi xabarni öqib qoldim.
Xabarda aytilişiça, Toşkent şahridagi Uçtepa tumanida yaşovçi 32 yoşli Otabek 52 yoşni qoralagan ögay otasi — Vohid akanikiga keladi. Ammo içkilikka ruju qöygan ota mehmon bölib kelgan ögay öğlini spirtli içimlik bilan siylaydi. Bu oilaning beqarorligi şundan ham maʼlum. Natijada kayfi oşgan ota-bola bir-biri bilan gap talaşib qoladi. Ota otaman desa, öğil ham, göyo sendan aqlliman deganda, bir gapdan qolmaydi. Oqibatda ğazabini bosolmagan ögay öğil stolda turgan oşxona piçoği bilan otasini piçoqlaydi…
Endi köz yoş qilib: “Mast edim, bilmay qoldim, meni keçiringlar”, deyişi bilan jarohatlar bitib ketarmidi?.. Özi ğalvirga ilinib turgan tomçidek oila örtasidagi bir çimdim mehr-oqibat ham içkilik tufayli çil-parçin bölib ketdi. Yöq, har ne qilsa ham endi uni tiklaş muşkul.
Sodir bölgan mazkur ayançli voqeani öqib, köz öngimda yaqindagina bölib ötgan boşqa bir voqea gavdalandi.
Atrofga qoronği tuşgandi. Işdan uyga qayta turib, “Sergeli dehqon bozori” yonidan ötayotuvdim, “Vino-vodka” dökoni oldidagi yemakxona yonida ikki yoş yigit va bir neça örta yoşli odamlarning janjaliga guvohi böldim.
Yon-atrofdagi gap-sözlarga qaraganda, barçasi yemakxonada spirtli içimlik içişib, mast bölib qolişgan, arzimagan tortişuv sabab, muştlaşib ketişibdi. Bozor atrofidagi tumonat odamlar baqir-çaqirni eşitib töplanişgan.
Öylab qoldim, hozirgi tezkor zamonda spirtli içimliklar savdosi qiziganga öxşaydi. Har tört qadamda “Aroq-şarob” dökonlariga közingiz tuşadi. Ming afsuski kitob dökonlarida odamlar juda siyrak, ammo bu joylarda-çi, kun böyi odamlar gavjum. Keyingi paytlarda spirtli içimlik bilan savdo qiladigan dökonlar yonida esa möʼjazgina yemakxonalar paydo bölmoqda. Spirtli içimliklar dökoni taʼlim maskanlari, maktabgaça taʼlim muassasalari joylaşgan hududdan maʼlum masofada joylaşgan bölişi qonun bilan taʼminlangan. Ammo spirtli içimliklar dökonlari, asosan, köp qavatli uylarning şundoq yaqinidagi hududlardaligi taşvişli. Axir şu uylarda minglab bolalar, öspirin-yoşlar ham yaşaşadi-ku.
Özim guvohi bölganman, ayni paytda keksani keksa desang, köpgina yoşlarning ham, xuddi salqin içimlik içgani kelgandek, oşiqib keladigan joyi spirtli içimliklar bilan savdo qiladigan yemakxonalar, dökonlar bölib qolmoqda. Balki bunga sabab har kuni közi tuşib turadigan, yemakxonadagi quvnoq kulgilar, şöx yallalaru qiyqirib raqs tuşayotgan yoşlardir?
Eng yomoni, uşbu dökonlarning şundoqqina yonida joylaşgan oşxona, kafe, barlarning deyarli barçasi sanitariya-gigiyena talablariga mutlaqo javob bermaydi. Axir mast-alast kimsalar kir bosgan stollarga, yuvilmagan qoşiq, likopça va kosalarga eʼtibor bermasligi tayin. Hatto, şirakayf odam farqiga borarmidi, deb, bu yerda yaroqlilik muddati ötib ketgan tuzlamalarni ham pullab yuboraverişadi. Oqibatda esa mayxörlar, turli bakteriyalar sabab, yuqumli kasalliklar tarqatuvçisiga aylanib qolişmoqda.
Qani endi spirtli içimliklar bilan savdo qiladigan şaxobçalar nafaqat maktablar, balki aholi yaşaş punktlaridan ham 500 metr emas, 2-3 kilometr uzoqlikda bölsa, ana şunda içişga mukkasidan ketgan mast-alastlar soni keskin kamayarmidi…
Muhammadsodiq TÖRAYEV
