Huştak qaçon çalinadi?

Qöşiqçilik sanʼatida röy berayotgan yengil-yelpi, sayoz, baçkana xirgoyilar (çunki ularni qöşiq, deb bölmaydi) haqida gapiraverib, yozaverib qalamlar çarçadi. Agar qalamga til bitganda edi, u: “Böldi-da, nima qilasiz, şu baçkanalikni yozaverib. Minğir-minğirlar jonga tegdi-ku! Ular odamga öxşab xulosa çiqarsalar boşqa gap. Toşga tanbur çertişdan nima foyda?” — degan bölardi alam bilan.

Qalam haq. Hozir tinglovçi bunday haşaki xirgoyilarga könikdi. Taqlid yöli bilan ijro etilayotgan minğir-minğirlarni tanqid qiliş ortiqça. Çunki ular tanqiddan ança past. Pul bölsa xirgoyining narxi baland…

Hozir tomoşabinni ayrim qöşiqlarga işlanayotgan behayo klip­lar köproq taşvişga solayotir. Ularning uyatsiz, baçkana qiliqlarini körib, nahotki şular özbek qizlari bölsa, deb yoqa uşlaysiz yoki közlaringizni çetga burib yaşirasiz. U qiz bola bölib uyalmaydi, siz klipni tomoşa qilib uyalasiz, baʼzan klipdagi behayo qiliqlarni, şahvoniy köz suzişlarni körib, yuz-közingizni sovunlab yuvgingiz keladi. Baʼzan hoy qizlar, es-huşingizni yiğing, uç-tört daqiqalik klip uçun özingizni bozorga solmang deb hayqirging keladi. Axir ularning ham ota-onalari, bobo-buvilari bordir? Ular gapirib, tanbeh berar, deb taskin topasiz. Agar ularning özlari ruxsat bergan bölsalar-çi? Unda iş rasvo! Tavba qilişdan boşqa iloj yöq!..

Lekin bu ötkinçi kunlarni deb, hamma narsani pul hal qiladi, deb özingizni xor qilmang, tuban ketmang, deb sizni ogohlantirmoqçimiz. Xirgoyi va behayo klip bilan heç bir qöşiqçi uzoqqa borolmaydi. Bunday ötkinçi narsalarni efirga berayotgan telekanallar xodimlari jiğildoni allaqaçon “pul zavod”ga aylangan bölsa kerak. “Pul ölsin-o, pul ölsin” qöşiğini ular uçun qayta-qayta kuylaşlarini qöşiqçilardan qayta-qayta sörab qolardik…

Huştak çaliş köproq bolalar, ösmirlarga xos bölgan qiziqarli maşğulot. Lekin huştak çaliş qançalar maroqli bölmasin, uni qayerda, qaçon çalişni biliş kerak. Bölar-bölmasga, jamoat joylarida, kattalar davrasida, töy-maʼrakalarda, maʼrifiy-madaniy uçraşuvlarda, huştak çaliş aslo odobdan emas.

Baʼzi bolalar örtoqlarining nomlarini aytiş örniga huştak çalib çaqiradilar. Bu yaxşi emas. Ayrimlar esa tanaffuslarda quloqni qomatga keltirib, guruh bölib huştak çaladilar. Aslida bu şovqin nimaga va kimga kerak? Boş­­qa bir huştakbozlar maktabda biror-bir sana munosabati bilan zalda yoki sinf xonasida yiğilganlarning asablariga tegadilar. Ular göyo musobaqa öynayotgandek, bir-birlaridan ötkazib, baland ovozlarda huştakka erk beradilar. Zal huştakbozlikka tölib-toşadi. Heç narsani eşitib bölmaydi. Bu holni yaxşi odat deb hisoblaydiganlar katta xato qiladilar.

Huştak, asosan, maktablar örtasida böladigan sport öyinlarida, masalan: tennis, boks, futbol, voleybol singari sport turlari böyi­­ça ötkaziladigan musobaqalar jarayonida öz jamoasini qöllab-quvvatlaş maqsadida huştak çaliş mumkindir. Bunda çidasa böladi. Şunda ham baland ovozda emas, balki meʼyorida çalingan huştak musobaqa qatnaşçilarini ğalabaga ruhlantiradi.

Şuningdek, darslardan taş­qari paytlarda, dalalarda mol-qöylarini boqayotgan, boğlar va tomorqa yumuşlarida öz xohişlari bilan ota-onalariga yordam berayotgan yoş döstlarimiz zerikmaslik­lari uçun bemalol huştak çalib yoki huştakka biror kuyni xirgoyi qilib işlasalar, bundan kayfiyatlari kötariladi…

Endi baʼzan qizlarning huştak çalayotganiga nima deysiz? Bir öqituvçi sinflarda öğil bolalardan köra, huştak çaladigan qizlarning köpayib borayotganini taşvişlanib gapirdi. Agar maqolani öqigan qiz bolalardan biri: “nega unda xonandalar Ziyoda Qobulova bilan Gulsanam Mamazoitova huştak çalib qöşiq aytadilar” deb savol bersa, bu savol örinli bölardi. Negaki, huştak çalib yuriş umuman millatimiz mentalitetiga aslo töğri kelmaydi. Özini özbekman, deb hisoblagan odamga mutlaqo yaraşmaydigan salbiy odat. Jamoat joylarida, köpçilik örtasida huştak çaliş ham gunoh hisob­lanadi. Biz taniqli xonandalarimizga ana şu fikrlarni yana bir bor eslatib qöymoqçimiz, xolos.

Yana bir muammo: baʼzan boş­qa uylar, mavzelarda turadigan bolalar qöşni hovlilar, mavzelar atrofiga örnatilgan örindiqlarga ötirib, yarim tungaça baqir-çaqir qilganlari yetmagandek, odamlarning huştak çalib uyqularini buziş­lariga nima deysiz? Bunisi endi ortiqça emasmi?

Bolaligimizda “Huştak çalma, uyga öğri tuşadi”, deb örgatişar edi. Biz öğridan qörqqanimiz uçun ham zinhor huştak çalmasdik. Aslida bu iboraning zamirida ham odob-axloq yotganligini keyin tuşunganmiz. Haqiqatan uyda, kattalar, ota-onalar davrasida çurillatib huştak çalib yurganlar odob köçasidan ötmagan va tarbiya körmagan hisoblanadi.

Şunday ekan, aşaddiy huş­takbozlar va ayrim huştak çalib qöşiq kuylayotgan xonanda singillarimizdan har joyda “çur-çur”lab yurmasliklarini, atrofdagilarning asablarini buzmasliklarini va eng muhimi huştak çaliş odobini örganib olişlarini istardik.

Bilib qöying, qaçon, qayerda va meʼyorida huştak çala biliş ham tarbiya hisoblanadi. Iloji bölsa, asabbuzar va beʼmani qöşiq va unda çalinadigan huştakdan yiroq böling.

Aşurali JÖRAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan