Dunyoni piçirlaş vayron qiladi
Qiziq, nega odamlar bir-biri bilan körişganda gapni “dedi-dedi”dan yoki “ana u unaqa, mana bu bunaqa”, deyişdan boşlaydi. Nahotki ular bir-birining ahvolini biliş, dardini tinglaş, kamini yoki topganini savobli işlarga sarflayotgani haqida gurung qilişmasa… Bundan taşqari, maʼnaviy masalalar, adabiy suhbatlar ham jon oziği-ku…
Bir kuni işdan töğri uyga keldim. Eşikdan kirganim, ust-boşimni yeçganimni bilaman:
— Voy, eşitdingizmi? Pastki qavatdagi qöşnimiz bor-ku, ana öşa bizning öğlimizni yomonlabdi, öla qolsin, özining bolasi obod bölsa ham edi, — deb qoldi xotinim.
Özi keyingi paytlar şu muammo — odamlarning bir-birini ğiybat qilişi boşimni qotirayotgan edi. Nima deb javob berişni bilmadim.
Keçki taomni yeb, kompyuterning yoniga çökdim. Yangi sahifa oçib, ğiybat va uning yomon oqibatlari töğrisida bilganimça yoza boşladim. Oxiriga yetmadim, juda çuqur mavzu ekan. Uyqu “bosdi”…
Ertalab işga borsam “mehribon” hamkasbim suyunçi oldi: “Hay, töxtang, eşitdingizmi, yoningizdagi xonada ötirgan xodim boşliqqa siz haqingizda rosa mağzava tökibdi-ya! Işga keç keladi, masʼuliyati yöq, topşiriqlarni qöl uçida bajaradi deganmiş. Jim yuravermay siz ham “otvet” qilmasangiz, rahbar yomon körib qoladi, tamom, mazangiz qoçadi. Siz ham kiring, uning qança aybi bor, heç bölmasa tört-beştasini ayting”, deb maslahat berdi. Yana qöşib qöydi: “Sizni hurmat qilganimdan, yaqin olganimdan, kuyunganimdan aytayapman, tağin boşqaça tuşunmang, xöpmi? Boşqa odam bölsa sira aytmasdim”.
Avvaliga oğzim oçilib, unga qarab qoldim. Qani miyamga bir fikr kelsa. Ammo keçagi yozmoqçi bölganim — ğiybat haqidagi maqolaga mavzu topilganday böldi…
Aslida bu köpçilikka taniş gap, yaşirmayman, baʼzan özim ham hamsuhbatimni ranjitmay deb beixtiyor ğiybatiga qöşilib qolaman. Sizda ham şunday bölsa ajabmas. Unda keling, ğiybatçilar haqida emas, ğiybat va uning insonlarga taʼsiri haqida fikrlaşsak, menimça şu manfaatli böladi.
Muqaddas Qurʼoni Karimning “Hujurot” surasi 12-oyatida: “Bir-biringizni ğiybat qilmang”, deyilgan.
Şundan bölsa kerak Şayx Saʼdiy deydi: “Men keçalari doim zikrda, ibodatda bölar edim. Köp Qurʼonga maşğul edim. Keçalari ibodat qilmay uxlab yotganlarni körib, otamga:
— Ey otajon bular ham uxlab yotavermay ibodatga maşğul bölsalar yaxşi bölar edi, — dedim. Şunda otam:
— Ey “otasining joni” bolam, sen ham bularni ğiybat qilganingdan köra, uxlaganing yaxşi edi, — dedilar”.
Ana xolos, şu jumlalarni öqidimu biror insonning bir kuni ğiybatsiz ötarmikin, deb öylab qoldim. Xoja samandar Termiziy bobomiz esa: “Azizim, johil va noahil kişilar suhbatidan qoç, oqil va komil kişilar suhbatiga intilginki, fisqu-fujur ahlining suhbati barçaga ziyon keltiruvçi ilon suhbatiga öxşaydi. Aqlli kişilarning xizmatini qilişning foydasi attorning dökoni foydasiga öxşaydiki, attorning dökoni özgalar libosini muattar qiladi!” — deydi.
Oçiği, muşohada qilinsa, bugun odamlarning eng qimmatli vaqtini öğirlayotgan, ilmdan çalğitayotgan, intilişiga va xayrli işlariga tösiq bölayotgan ğiybat illati nafaqat odamlar örtasiga, hatto davlatlar örtasiga ham nifoq solayotganiga guvoh bölasiz. Suriya, Livan, Tehron atrofidagi ğavğolar yoki kutilmaganda Yevropada keng muhokama bölayotgan “Şimoliy potok-2” maşmaşasi AQŞni ham çölğab oldi. Balki Tomas Eliot: “Dunyoni portlaşlar emas, piçirlaşişlar vayron qiladi”, deganida haq gapni aytgandir.
Ha, bu ğiybat daraxtining tomiri ança yoyilib ketgan şekilli, dunyoni vayron qiladigan darajada quvvati borga öxşaydi.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ğiybatga şunday taʼrif berilgan:
“Ğiybat deb bir kişining kamçilik va qusurini orqasidan söylamakka aytilur. Ğiybatni söylamak harom öldiği kabi eşitmak ham haromdir. Kişi öz nafsiğa lazzat umidi ila birovni ğiybat qilub, etini çaynamak gunoh ham insoniyat nomina yaraşmagan eng yomon axloqi zamimalardandur.
Inson boşqa gunohlarini nafsining lazzati uçun qiladur. Ammo ğiybat sohibi lazzat örniga öz boşiga yoki bir boşqa kişining boşiga bir balo hozirlaydur. Çunki söz borib ğiybat qilinmiş kişining quloğiga yetar. Ğazab qoni harakatga kirar. Ğiybatçidan öç olmak fursatini poylar. Şul tariqa ğiybatdan tuğilgan adovat çözilmoqğa oid bölub, duşmanlik zörayub öz oralaridaği xususiy janjallar ila aziz umrlarini uzdirub, umumiy xalq foydasi uçun işlanadurğon milliy işlardan mahrum bölmaklari ila barobar aholining orasidan ittifoqning yöqoluviga sabab bölurlar.
Alhosil qaysi bir millatning orasida birlik kötarilub, nifoq va adovat hukm surgan bölsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganligi tarix sahifalaridan maʼlumdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: “Ğiybatdan saqlaningiz, ğiybat zinodan ham yomonroqdur”, demişlar.
Afsuski şunday bölsa-da, bu illat yoqamizga şu qadar yopişib olganki, undan voz keçiş uçun nima qilişni bilmay qoldik.
“Radioda Özbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovaning közi ojiz öqituvçi qiz bilan suhbatini tingladim”, deb yozadi, taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev “Hayot saboqlari” maqolasida. Va öşa suhbatdan parça keltiradi: “Ançadan beri bu qadar hayajonli, ayni paytda samimiy, qalb qaroğiga yetib boradigan bunday muloqotga guvoh bölmagan edim. Öqituvçi qiz şunday dedi: “Bordiyu möʼjiza sodir bölib, hayotimni qaytadan boşlaş mumkin bölsa va menda ikki yöldan birini tanlaş imkoni yuzaga kelsa, birinçisi — közing oçiladi, bu yoruğ olamni körasan, ammo hayoting azob-uqubat, fitna-fasod, iğvoyu ğiybat içida ötadi, ikkinçisi — közing ojizligiça qoladi, ammo baxt, omad oğuşida yaşaysan, sadoqatli döstlaring atrofingda böladi, umring xotirjamlikda keçadi”, desalar, heç ikkilanmay ikkinçi yölni tanlagan bölar edim”.
Bu gapdan nainki tinglovçilar, radio tölqinlari ham titrab ketgan bölsalar ajab emas.
Ha, fitna-fasod, iğvoyu ğiybat soğlom fikrli kişiga sira yoqmaydi. Ularni yomon kişilar tarqatadi. Şuning uçun Pahlavon Mahmud bobomiz:
Yomon bilan ulfat bölma, yur yiroq,
Yölingga don soçib qöyadi tuzoq.
Yoyni egri körib, töğriligidan
Öq undan qançalik qoçganiga boq. —
deya bejiz ogohlantirmaydi. Ammo qança-qança ogohlantirişlarga qaramay yana ğiybat qilayotganlarga qarata ularga Tangrining özi insof bersin, deyişdan özga çora qolmaydi.
Şuhrat RÖZIYEV,
jurnalist
