“Majburiy mehnat” — zöravonlik yorliği emas!
Musulmon mamlakatlari aholisi orasida “majburiyat” sözi bot-bot tilga olinadi. Garçi bu sözning negizida “jabr” tuşunçasi yotgan bölsa ham u bizning mentalitetdagi odamlar uçun aksariyat hollarda ijobiy maʼno taşuvçi istilohga dönib bölgan. Şuningdek, bu söz “Özbek tilining izohli luğati”da ham noilojlik; burç. Ğayriixtiyoriy vazifa, burç yoki biror majburiy iş, holat, ehtiyoj” deb izohlangan. Demak, oilada islomiy tarbiya topgan bizning millat odamlari uçun “majburiyat”, aksariyat hollarda “burç” va “vazifa”ning maʼnodoşi sifatida ham qöllaniladi. Ota-onaning farzand va farzandning ota-ona oldidagi, er-xotinning bir-biri qarşisidagi, qöşniçilik majburiyat(burç)lari va hokazo. Bu kabi misollar esa “majburiyat”ni zörlov maʼnosida tuşunmaslikni talab etadi. Axir “majburiyat” sözining tag zamirida vijdon amriga böysuniş, masʼuliyatlilik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar ham mujassam ekanligini nazardan qoçirmaylik.
Sir emas, keyingi paytda “majburiyat” sözi ayrimlar nazdida hammayoğida şoxi bor allaqanday maxluqqa aylanib böldi. Hammasiga esa millatning maʼnaviyat ildizlariga qalangan olov – “majburiy obuna” istilohi sababçi bölgani rost. Biz majburiy obuna deya mana gazetalarni öqimasdan turib ham uning saviya(li)sizligini baholaydigan, matbuotni “olaböji” deydigan mutlaqo savodsiz bir qavmni “tarbiyalaş”ga bel boğlab kirişib ketdik. Biroq bunday belga boğlangan belboğ xayf. Biz bugun aytmoqçi bölgan fikr esa “majburiy obuna”ga oid emas, aslo!
Töğri, bir paytlar odamlar majburiy mehnatga jalb qilingan davrlarda ham yaşadik. Kattadan kiçikkaça hamma – paxta dalalarga haydalardi. Aynan voyaga yetmagan bolalar mehnatidan foydalanilgani uçun ayrim davlatlar Özbekiston paxtasini sotib olmay qöygan paytlar ham böldi. Öqituvçilar, şifokorlar va boşqa kasb egalari öz işi qolib köçalardagi obodonçilik va tozalik işlariga jalb qilinardi. Hatto samarqandlik öqituvçining obodonlaştiriş işlariga jalb qilingan paytdagi fojiali ölimi köpçilik hammillatlarimizni çuqur qayğuga soldi. Hukumatimiz siyosati tufayli bu işlarga çek qöyildi. Biroq bu bizga mehnat tarbiyasini majburiy mehnat deb qildan qiyiq axtarişga huquq bermaydi!
Keling, gapni uzoqroqdan boşlaylik. Hali bolamiz oyoq oçib atak-çeçak qila boşlaşi bilanoq biz “uni olib bor, buni olib kel” qabilida farzandimizda mehnat tarbiyasini şakllantirişga urinamiz. Sal kattayişi bilanoq, biz ota-onalar kun böyi işda bölamiz, uy yumuşlarini esa uydagi farzandlarimizga taqsimlab beramiz. Xöş, bunisi ham “majburiy mehnat”ning bir körinişi emasmi aslida? Xudo körsatmasin, qaysi birimizning farzandimiz özining majburiy mehnatga yöl qöyilganligi haqida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qisqa raqamli “Işonç telefoni”ga qönğiroq qilmoqda? Axir biz farzandimizni oilada “majburiy mehnat”ga çorlayapmiz-ku! Bugun mehnat darsida maktabdagi daraxtni oqlagan öquvçilar majburiy mehnatga jalb qilindi desak, ertaga maktab hovlisiga daraxt ekkan (axir daraxtining mevasidan totingan quşlar ham boğbon haqiga “çah-çah”lab duo qilişi aytiladi-ku!) öqituvçini mehnatga majburlandi desak ertamiz, insonligimiz nima böladi? Bugun deyarli hamma taşkilot va korxonalar xöjalik hisobidan kun körayotgan paytda ularning hovli va bino atrofidagi yumuşlarini kim bajaradi? Axir hamma taşkilotlar ham işçi-xizmatçi yollab işlatadigan darajada emas-ku! Biz Yevropada emas, Özbekistonda yaşayapmiz. Bu borişda bizning, avlodlarimizning yer supuriş, suv sepiş, haşar, beminnat va betaʼma yordam nimaligini bilmaydigan yevropaliklardan nima farqi qoladi? Axir Şarq faqat matohlari bilan farqlanmagan-ku!
Bir eslab köring-a, ota-bobomiz heç zamon pul berib imorat qurdirganmi? Yöq. Çunki oldinlari imoratlar tanti, mehnatkaş, polvonqalb özbeklarning haşari orqali barpo etilgan. Haşar esa özbekning milliy qadriyatlaridan biri. Bu borişda kun kelib haşarni ham majburiy mehnat qatoriga tirkab qöyiş heç gap emas.
Maʼlumotlarga köra, “2020 yilning ötgan davri mobaynida jami 28 ta holatda majburiy mehnatga jalb etiş aniqlanib, aybdor şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-moddasi birinçi qismiga asosan maʼmuriy jarimalar” qöllanilibdi.
Keling, “majburiy mehnat” deb “taʼbirlangan” baʼzi bir holatlarni közdan keçiramiz:
Samarqand viloyati Narpay tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri 2020 yil 22 may kuni tumandagi 1-, 10-, 12-, 22-umumiy örta taʼlim maktablarida maktab direktorlariga maktab hojatxonalarini xodimlarga taʼmirlatişni buyurgan.
Özbeklar maktabni madrasa deb eʼzozlaşgan. Unga bir ğişt qöyişni orzu qilgan odamlarimiz. Axir ana şu maktablarda öqiyotgan bolalar orasida ertangi kun özbegining şaʼni, hayoti, ğururi turibdi-ku.
Endi mana bu ayblovga eʼtibor qarating: “Tuşuntiriş işlari olib borişga majburan jalb etilgan”miş… Tuşuntiriş işlari olib boriladigan joyga odamlarni yiğiş qaçondan buyon majburiy mehnatga aylanib qoldi?
2020 yil 21 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi 34-umumiy örta taʼlim maktabi direktori tomonidan maktab öqituvçilarini aholi tomorqalariga ekin va köçatlar ekişi lozimligi haqidagi tuşuntiriş işlari olib borişga majburan jalb etilgan.
“Majburiy mehnat” tamğasi qöyilgan ayblovlarni kuzatar ekansiz, hammasi bir-biriga yaqin, kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş va tozalaş işlari… Urgançda ham aynan şu hol:
Xorazm viloyati Urganç şahrida joylaşgan Turizm va mehmonxona xöjaligi kasb-hunar kolleji direktori örinbosari 2020 yil 24-25 yanvar kunlari kollej öquvçilarini obodonlaştiriş işlariga majburan jalb qilgan.
Bahor keldi. Mahalla-köyda obodonçilik, haşar işlari qizib ketadi. Qaysidir birimizning oila aʼzomiz işsiz, uyda yotsayu, uni mahallada haşarga çaqirişsa, buni körgan blogerlar “majburiy mehnatga tortildi” deb ayuhannos solib tursa?! Xöş, biz mehnat tarbiyasi va majburiy mehnatni bir-biridan farqlaşni qaçon örganamiz? Umumtaʼlim maktablarida “Mehnat” darslari köngildagidek ötilyaptimi? Bugungi öquvçi ota-bobosi tutgan ketmonni işlatişni biladimi? Biz allaqaysi blogerning notöğri taşviqoti bilan ertaga Özbekiston uçun dangasa, işyoqmas, takasaltang bir avlodlarni tarbiyalab yetkazib bermaymizmi?
Öylab qolasan odam, bizning uruş oğzini ajdahoday oçib turgan bir paytda 45 kun içida katta Farğona kanalini qurib bitkazgan, qalb amri bilan uyida maktab oçib bolalarga tekin ziyo tarqatgan, minglab ota-onasiz bolalarni öz farzandlari qatorida bağriga olgan, haşar bilan maktabu masjidlar qurgan tanti özbeklarimiz qayerda? Ularni faqat ötmişdan axtaramizmi? Har bir hatti-harakatga “majburiy” sözini tupuklab yopiştirişdan köp emas, ozgina hayo qilaylik. “Majburiy mehnat” atamasi qaysidir taşkilotlar uçun zöravonlik yorliğiga, etiketiga aylanmasin! Aks holda ertaga “majburiy nafas oliş”, “majburiy mehr” kabi tuşunçalar ham tafakkurimizga peçakgulday çirmaşsa ahvolimiz voy bölişi tayin… Keyin holimizga maymunlarning eng bahaybati – gorilla yiğlasa ham ahvolimiz önglanişi dargumon!
Gözal BEGIM
