“Xorijiy til” maqomiga huquqiy tus beriş nega zarur?

Nazarimizda tillar masalasida mavhum holat bor. Davr uni oydinlaştirişni taqozo etmoqda. U – xorijiy (çet) til muammosi masalasi.

Dunyo til siyosatining özak masalasidan biri – “xalqaro til” muammosi. Rasman tan olingan xalqaro til aholisi şu tilda sözlaşuvçi mamlakatdan taşqarida asosiy xorijiy til sifatida eʼtirof etiladi va örganilişi rasmiy taʼlim bilan yölga qöyiladi. Biroq mamlakatimizda qaysi til xorijiy til sifatida eʼtirof etilişi qonuniy qolipga solinmagan va uning taʼlimini taʼminlaşning huquqiy meʼyorlari işlab çiqilmagan.

Hozir “xalqaro til” tuşunçasi sözlaşuvçisi soni nisbatan köp bölgan 10 ga yaqin tilga nisbatan qöllanadi. Bu termin örnida “dunyo tili” atamasi ham işlatiladi. “Xalqaro til” va “millatlararo aloqa tili” tuşunçalari çegarasi va mohiyati aniq emas.

Xalqaro tillarning quyidagi asosiy xususiyati eʼtirof etiladi:

— köpsonli aholi uni ona tili deb hisoblaşi;

— uni ona tili sanamaydiganlarning köpçiligi xorijiy til yoki ikkinçi til sifatida bilişi;

— bu til köp mamlakat, qitʼa va har xil madaniy doirada qöllanişi;

— köp mamlakat maktablarida xorijiy til sifatida öqitilişi;

— xalqaro taşkilot va konferensiyalar va yirik xalqaro firmalarda rasmiy til sifatida qöllanişi.

Dunyo mamlakatlarining aksariyat aholisi tabiiy ravişda biror (yoki bir neç­ta) xalqaro tilni biladi va unda oğzaki yoki yozma ravişda muloqot qila oladi. Faqat sobiq SSSR mamlakatining köpçiligi aholisining xorijiy tilni biliş reytingida quyi poğonalarni egallaydi. Bu mamlakatlar (Özbekiston) örta yoşdan yuqori aholisining köpçiligi xorijiy tilni bilmasligi asosida u yoki bu darajada (holatda) “kamsitiladi”. Hatto yetuk olimlar va yuqori lavozimdagi şaxs­lar ham. Buning sababi sobiq ittifoq tarqalişidan keyin bu hududlarda xalqaro maqomdagi rus tilining mavqei özgarişsiz qolganidadir. Muammoning yeçimi esa dunyo miqyosida xalqaro va xorijiy til sifatida eʼtirof etiladigan rus tiliga sobiq ittifoqning RFdan boş­­qa hududlarida ham xorijiy til maqomini beriş. Bu huquqiy maqom quyidagi muammolar yeçimiga olib keladi:

birinçidan, aholi (xususan, ilmiy va mansabdor kadrlar)ning xorijiy tilni özlaştirganlik darajasi yuqori ekanligi körinadi;

ikkinçidan, rus tilining boşqa xorijiy tillar kabi öqitiş metodikasi takomillaşadi;

uçinçidan, rus tilining boşqa xorijiy tillardagi kabi baholaş tizimi işlab çiqiladi;

törtinçidan, rus tilining mazkur hududlardagi mavqei va maqomi haqidagi har xil bahs-munozaralarga çek qöyiladi;

beşinçidan, rus tilini xorijiy til sifatida örganişga qiziquvçilar soni ortadi (u xorijiy til sifatida tan olinmaganligi uçun ham köpçilik uni örganmaydi).

Bugungi kunda xalqaro miqyosda rus tilining mavqeini oşiriş maqsadida bayonot berayotgan siyosatçilar uni örganiş metodikasini takomillaştiriş, örgatiş uçun içki qurilişi darajalarini işlab çiqiş – taʼlimining jozibadorligini taʼminlaşni köproq tarğib qiliş­lari lozim. Çunki hozir ham, avval ham rus tilini taʼlim asosida örgatişning iloji bölmagan. U tinimsiz muloqotdan boş­­qa yöl bilan egallab bölmaydigan til holatida. Hali ingliz, nemis, koreys, turk tillari kabi rus tilini repetitorlardan yoki öquv markazlariga qatnab tuzuk-quruq örgangan yoşlarni körmadim. Sababi – öqitiş metodikasining qoloqligi. Umumtaʼlim tizimidagi “Russ­kiy yazыk” darsliklari rus tilşunosligining “kiçraytirilgan” körinişi bölib kelgan. Milliy tillar (masalan, ona (özbek) tili)ning taʼlimi ham rus tili taʼlimi andozasida şakllangan – rus tilşunosligi asosidagi özbek “ona tili tilşunosligi” mazmun-mohiyatiga ega bölib qolgan. Anʼanalaşgan bu taʼlimdan, mana, 30 yildirki, çiqib keta olmayapmiz.

Integrallaşgan va darajalangan taʼlim metodikasi işlab çiqilmaganligi barobarida rus tilining axborot taşuvçanlik darajasi ham nihoyatda past bölib qolgan. Masalan, terminologik aniqligi baland bölişiga qaramasdan, rus tilidagi butun-butun xatboşi mazmunini özbek tilida bir jumla bilan beriş mumkinligi – buning dalili. Rus ilmiy uslubi hali turkiy tillarning 15 asrdagi – Alişer Navoiy davridagi – jimjimadorlik va murakkablik holatida turibdi.Zotan, tillarning taraqqiyoti ularning soddalaşuvi va buning natijasi ölaroq, qulaylik darajasining ortib borişidir.

Qöşimça sifatida aytib ötiş lozimki, aslida rivojlangan tillarning taraqqiyotiga bu til sohibi bölmagan xorijliklarning taʼsiri katta böladi. Xorijliklar uçun qulaylaştirilgan metodika şakllantiriladi, tilning har biri öz içida yana bölinib ketadigan boş­lanğiç, örta, yuqori darajalariga xos leksik, morfologik, sintaktik minimum va maksimumlar işlab çiqiladi – darajali meʼyorlar şakllanadi. Natijada adabiy meʼyorlar til egasi bölmaganlar orasida tezroq va köproq ommalaşadi. Adabiy meʼyorlar bilan qurollangan til egasi bölmaganlarning lisoniy taʼsiri til egalarining nutqlari takomillaşuviga turtki beradi. Tarixda ajamlarning arab tili taraqqiyotiga, ingliz bölmaganlarning inglizlar nutqiga taʼsiri – bunga misol.

Aytiş joizki, Özbekistonda rus tilining xorijiy til sifatidagi huquqiy maqomini taʼminlaş va uni örganiş, örgatişning qulay metodikasini şakllantiriş foydadan xoli emas. U davlat siyosatidagi nozik masala — til siyosatini takomillaştiradi, bu boradagi çalkaş, mantiqsiz va asossiz daʼvolarga çek qöyadi, qolaversa, rus tilining tabiiy ommalaşuviga ham turtki beradi.

Lekin şu narsani ham alohida taʼkidlaş joizki, yurtimizda davlat tili özbek tilidir. Bu qonun bilan tasdiqlangan. Şunday ekan, heç bir til “ikkinçi til” maqomida bölişi, qanaqadir boşqa tillardan ustun yoki “imtiyoz”li mavqega ega bölişiga yöl qöyilmasligi tabiiydir. Demak, aytaylik, ingliz tili singari rus tili ham bir xorijiy zabon sifatida öz örniga ega bölişi adolatli yeçim hisob­lanadi.

Yuqorida aytilganidek, bu esa baʼzida quloqqa çalinib qoladigan har xil “ daʼvo”larga öz-özidan heç bir huquqiy asos yöqligini bildiradi.

Baxtiyor Mengliyev,

filologiya fanlari doktori, professor

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan