Bugungi matbuot “Törtinçi hokimiyat”mi?
Bir paytlar matbuot çindan ham “Törtinçi hokimiyat” edi. Gazeta va jurnallarning adadi ham ançayin yuqori edi. Ayniqsa, gazeta yo jurnalda tanqid bölgan soha yoki rahbar bölsin, albatta, kötarilgan mavzu çuqur örganilib, tegişli tartibda aniq va keskin çoralar körilişi tayin edi.
Ança yillar avval “Qişloq bolasiga yaylov kerak” sarlavhali maqolam “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasida çop etilgandi. “Yosh kuch” jurnalida esa ilk hajviy şeʼrim çiqqan (Xudoyberdi Töxtaboyev boş muharrir, Xurşid Döstmuhammad esa örinbosar bölib işlardi A.T.). Şu-şu jurnalist bölişga ahd qildim. Rostini aytsam, u davrlarda gazetalar soni barmoq bilan sanarli bölsa-da, adadi toş bosardi.
Maʼlumotlarga qaraganda, bugunga kelib yurtimizda 1800 ga yaqin davriy naşrlar mavjud. Hukumat naşrlaridan taşqari, partiyalar, huquqiy organlar, turli MÇJ va xususiy naşrlar, eh-hey, sanayversang barmoğing yetmaydi. Ammo afsuslanarlisi, köpgina gazetalarning “bor yo yöq”ligini bilmaysiz bugun. Çunki gazeta-jurnallarning soni köpaygani bilan, salmoği kamayib, jamiyatdagi örni haminqadar bölib qoldi.
Esimda, bir-ikki yil burun iş yuzasidan Kattaqörğon şahriga borgandim. Şahardagi nufuzli bir zavodda xizmat safarida yursam, bir “muxbir” qölida ovoz yoziş matohi, otasi tengi zavod direktorini döqlayapti. Suriştirsam, bloger ekan. Sekin yoniga borib: “Bunaqa muomala qilmang-da, kasb etikasi bor, desam: “Özim bilaman, menga örgatmang”, deb menga ham ödağayladi.
Taqdir taqozosi bilan öşa zavod direktorini Toşkentda uçratib qoldim: “Esingizdami, hov ana u “muxbir” bola bor edi-ku, menga döq qilgan. Öşa tovlamaçilik qilib qölga tuşib, qamalib ketibdi”, deb qoldi. Eh, attang, ne kunlarga qoldik…
Xusrav Dehlaviyning:
Taʼma ilinjida sözlasa baxşi,
Oğziga tuproq tölgani yaxşi, —
degan purmaʼno satrlari yodimga tuşdi. Matbuot taʼmagirlik qiladigan dargoh emas-da, bu dargohda halol-pok yurgan kişi yutadi.
Avvalo “Törtinçi hokimiyat” oşkoralik, haqiqat minbari bölmoği lozim, u xalq dardini ayta olsin va xalq koriga yarasin.
Keling, yana bir voqeani aytay. Ança yillar avval “Muştum” jurnalida Respublika Xalq taʼlimi vaziri örinbosari faoliyati tanqid qilindi. Öşa paytlari “Muştum” (afsuski, bugungi kunda uşbu jurnalning ham bor-yöqligi noaniq! A.T.) ikki ming nusxada çop etilar edi. Oradan heç qança vaqt ötmay, ança katta adadda çiqadigan markaziy gazetalardan biri öşa örinbosarning iş faoliyatini maqtab, surati bilan çop etdi. Ana xolos…
Yuqoridagini yozişdan maqsad “Törtinçi hokimiyat” nomiga loyiq bölişi ham kerak ekan-da. Özingiz ayting, muştariy endi qay biriga işonsin? Jurnalgami yo gazetagami? Aslida bu aholida matbuotga işonçsizlik tuyğusini uyğotadi.
Eng açinarlisi, keyingi paytlarda ayrim naşrlar maʼnaviyat tarqatuvçisi emas, balki mömay daromad keltiruvçi sohaga aylanib qoldi. Kimnidir maqtab, köklarga kötarib kitob yozayotganlar ham jurnalistlar. Esimda, menga ham kelişgandi, sobiq raisning farzandlari otasi haqida kitob çiqarmoqçi bölişib, “Sizni rozi qilamiz”, deyişdi. Ustoz Aşurali Jörayevdan maslahat söradim, u kişi: “bu vaqtinçalik narsalar”, deb eʼtiroz bildirdi. Va men yozmadim. Ammo ustoz-jurnalistlardan biri sobiq rais töğrisida kitob yozib, çop ettirdi. Hatto, köça-köyda “kitobim çiqdi”, deb maqtanib ham yurdi.
Rostini aytsam, maqtanişga yöymangu, matbuotga oşno bölib kam bölmadim, oq va qorani ajratadgan, jamiyatda adolat ustuvor ekanligini anglagan jurnalistga aylandim. Hozir ham uyimda qator gazeta-jurnallarning taxlamlari bor. Farzandlarim ham öqib turişadi, bundan mamnunman.
Matbuot — muqaddas dargoh. Unda faqat yaxşi niyatli, xalq ğamida-dardida yurgan insonlargina hurmat-eʼtibor topadi. Ana şundagina matbuotimiz ham “Törtinçi hokimiyat” degan muqaddas nomni oqlaydi.
Akbar TOVMURODOV,
jurnalist
