Yöllarimni tösdi közlaring
Muallif haqida:
Xosiyat Rustamova — 1971 yili Namangan viloyati, Çust tumani Olmos qişloğida tuğilgan. Şoiraning “Osmondagi uy”, “Najot”, “Rido”, “Devor”, “Avgust”, “Işğol”, “40:0” kabi kitoblari çop etilgan. Şeʼrlari rus, ozarbayjon, tojik, ingliz, nemis, şved, golland va yana boşqa köplab tillarga tarjima qilingan. “Osmonga siğmagan quş” nomli pyesasi sahnalaştirilgan. 2004 yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan. Qator Xalqaro tanlovlar sovrindori.
* * *
Hozirning özida ketganim yaxşi,
Xayolim özimda turganida jam.
Dunyo çiqmasidan ruhimga qarşi —
Hayot menga qarşi qöymasdan qadam.
Hozirning özida ketganim yaxşi.
Topsam böldi faqat bir şiddat…
Bir kuç,
Bağrimdagi yurak bölmasdan nimta,
Sizga endi kelib qolgan kabi duç –
Sizni yaxşi körib turgan vaqtimda –
Hozirning özida ketganim yaxşi…
* * *
Aytsam işonmaysan — borman hali ham,
Yelkamga yuklangan tört fasl, tört qiş.
Özi böladimi, qirq yil naridan —
Eng oğir yurakni kötarib keliş.
Çarçadim. Oğriqlar köksimga botdi,
Bu holda dunyodan ötaman qanday?
Yuragim töxtadi bir zum — Hayotning
Qörqinçli joyiga yetib kelganday.
* * *
Yo Tangrim,
Sen menga kuç ber,
Ber çidam —
Xuddi daraxtlarday kötarayin qad.
Içimga qor yoğib turganida ham,
Men kulib turişim kerak hamma vaqt.
Quşlar daraxtlarni aylasa ham tark,
Çidar.
Ayozlardan ötar tippa-tik.
Şunda ham olmalar yozaverar barg,
Şunda ham gullaydi beçora örik.
Örgat, toşlarga ham gapiray mayin,
Ayolman!
Xudoyim, keltirmayin şak.
Men ham daraxtlarday gullayverayin,
Men ham daraxtlarday yozayin kurtak.
* * *
Qaraysan!
Keldimi nimadir deging,
Şundoq röparamda körinar qorang.
Oy, qança urinma, baribir Sening —
Derazamga tuşadi soyang.
Har kuni şu.
Tong otib-otmay,
Şabodasi kelmay saharni,
Yuzi qalin quyoş tap tortmay —
Uşlab çiqar derazalarni.
Ulaşadi butun olamga —
Bor mehrini bağişlab boğlar.
Yaltiratib qöygan oynamda —
Quyoşdan ham qoladi doğlar…
* * *
Mendan boşqa narsa sörama… Tokim —
Men baxtli bölişga şimarganman yeng.
Meni şunça yaşab ötgan hayotim —
Bugungi kunimga kelolmaydi teng.
Xudoga iltijo qilaman tinmay,
Mayli qöllarimdan ketsa ham mador.
Bugungi kunimdan bir qadam jilmay —
Men baxtli bölişga turibman tayyor.
* * *
Vaqt orqada qolar kimdan —
Qayda, nima ölçanar?
Ötib borar eşigimdan
Çang kötargan köçalar.
Anglab bölmas biror sözin,
Yöllar yiğlab çeksa ğam.
Daraxt quşga urib özin —
Peşonasin yorsa ham.
Şamol mendan ketar nari
Körinmasdan közimga.
Köylagining etaklari —
Uriladi yuzimga.
* * *
Şamol kuçli esdi… Va, yomğir,
Yerga botib ketdimi taning?
Yo kimgadir botdimi oğir —
Derazamni qöriqlaganing?
Ne köz bilan turibman körib,
Sening murdang, uç-tört qarğani.
Balki menga aytmoqçi bölib,
Tortgandirsan rosa pardani.
Oh, jonima mening ölmagan,
Çidar yer-u osmon qahriga.
Öliş şartmi, bölar-bölmagan –
Şamollarning siltaganiga.
* * *
Qara, men özimni turibman tutib,
Oyoğim uzanib turibdi yerga.
Yomğirni unutib, qorni unutib,
Qayerdan keldim men,
Bordim qayerga?!
Bunday turişimda bor qanday maʼni,
Ketsam böladi-ku —
Ne turar uşlab?
Har kuni şamollar tepkilar mani,
Har kun oyoqosti qiladi quşlar.
* * *
Yöq, yöq! Xafamasman u qadar,
Böldi. Dunyo körsatdi borin.
Hayot, Sen ham bölmasang agar —
Mening nima keçardi holim?
Çang köçadan çopib ötar ot,
Sudraladi şamol etagi.
Seni yutib olişga, Hayot —
Bir piyola suv ham yetadi…
* * *
Bugun kuning ötmas bekorga,
Ötirmaysan o, xayol surib.
Sen duç kelgan barça devorga,
Yiğlamaysan boşingni urib.
Bugun Sening hamma yöling berk,
Yöq ğam uçun oçmaysan aza.
Jazavaga tuşmaydi eşik,
Oçiq qolib ketmas deraza.
* * *
Ne uçun sal narsaga,
Junbuşga kelar qoning.
Har gal sen urasan döq —
Özing yiğlaysan yana.
Sen – sevgan şu dunyoning,
Öçib qolgan çiroği.
Uylarida eşik yöq,
Derazasida oyna.
* * *
Nahot şunga yetmas irodam,
Nahot şunga şunça bözladim.
Ötib borayotsam dunyodan,
Yöllarimni tösdi közlaring.
Kirgan edim axir bir zumga,
Menga xalal berdi bu jonim.
Yildan-yilga, kunlardan-kunga –
Qatʼiylaşib borar vijdonim.
* * *
Dengiz böylab boraman. Qirğoq —
Notaniş böy urilar mayin.
Sen qalbimda turibsan uyğoq —
Suv ostiga çökkan qumdayin.
Yolğizlikda oqşom mahali,
Xayolingga kelmas nimalar?
Ketay, — desam — qaytmabdi hali,
Suvga çökib ketgan kemalar.
* * *
Qayerlarda eding, axir, şunça yil —
Hayoting qörqinçli uzun tuşmidi?
Heç yöq ötayotib darvozamni bir
Taqillatib ötiş qiyin işmidi?
Endi bu dunyoda qoliş ham oğir,
Kiyinib… ketişga turganimda şay.
Turibsan umrimning qayeridadir —
Kuzatgani çiqqan uy egasiday…
* * *
Faqat çidab turolmaydi til,
Turolmaydi özini tutib.
Borlikdagi jamiki, har xil –
Ovozlarni bölmaydi yutib.
Vahm bosgan dalayu daştni,
Köksi töla — jim uxlaydi toş.
Bu zaminda şamolga qarşi —
Daraxtlar ham kötarmaydi boş.
* * *
Göyo ikki qöllab yopişganday dard,
Göyo topgan kabi faqir tengini.
Men löli misoli yelkamda faqat —
Sezaman osmonning oğirligini.
Şunga böyim ham past.
Qisqadir dastim,
Yoş-ku ötib böldi.
Yöqoldi kuç, şaşt.
Ozgina bölsa ham noqulaymasmi —
Bir umr birovga suyanib yaşaş?
* * *
Yana quyuqlaşdi qoronği osmon,
Körib bölmay qoldi narigi betni.
Köz oldimda butun dunyo zimiston,
Şu baland uying ham körinmay ketdi.
Şamol gandiraklar.
Tongga bor qança,
Xazonlar öziga kelolmas hanuz.
Daraxtlar yer çizar. Endi yozgaça –
Boğlarda adaşib qolib ketar kuz.
Oy çiqdi. Doş berarmikan asabing,
Yop-yoruğ kunlardan borday nom-nişon.
Qayga borişini unutgan kabi
Oy sening tomingda turar parişon.
* * *
Söngra ketdim.
Öylab ötirmadim uzoq,
Yöl ortimdan yuraverdi loyga botib.
Şamol bölib öçib qolgan hamma çiroq –
Yomğir töxtab qolgan yöldan ötayotib.
Daraxtlarga suyanib tin olar hilol.
Qörquvdanmi yöqolganday aqlu huşim.
Röparamda dunyo turar devonahol –
Telbalarga öxşab ketar körinişim.
IŞĞOL
O, naqadar ayançli,
Qişloqqa borganim on
Kördim – bolaligimni
Kömib taşlabdi xazon.
DENGIZ
Körinişi bir kun johilday —
Bir kun esa juda ham ğarib.
Amallaşib qumli sohillar,
Suv ostidan çiqar sirğalib.
Yaşiraman yiğlagim kelsa,
Pana qilib quyoş, kunduzni.
Rahmi kelgan eşkaklar esa —
Quçoğiga olar dengizni.
Xosiyat Rustamova
