Farğonaning fidoyi farzandi

Odatda, dasturxonimizdagi luqmani nasiba hisoblaymiz. Töğri, lekin “nasiba” sözi şu qadar keng tuşunçaki, barçasini taʼriflaş oson emas. Misol uçun, yor-döstlar ham nasiba. Hayotda kimlar bilan, qanday insonlar bilan yaqinlaşiş, hamfikr-hammaslak bölib yaşaş taqdir bölgani ham – nasiba.

Şu maʼnoda milliy jurnalistikamizda alohida örniga ega maşhur teleaxborot qiroli, bundan 30 yil muqaddam “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoniga sazovor bölgan Muhammadjon Obidov men hamkasb, safdoş sifatida faxrlanib yuradigan, har qanday davrada ism-şarifini baralla aytişdan tortinmaydigan   nasibalarimdan biri! Qu­yida mazkur ğalatiroq, lekin özim haqiqat deb hisoblagan öxşatişni atrofliça isbotlaşga harakat qilaman.

  1. 1968 – 1973 yillar. Hozirgi Özbekiston Milliy universiteti öşa paytlarda Toşkent davlat universiteti deb atalardi. Jurnalistika fakulteti talabasiman, desangiz unça-munça odamning kapalagi uçardi. Jurnalistning obrösi osmon edi-da!

Turli viloyatlardan, qöşni respublikalardan oqib kelgan salkam 40 yigit-qiz talaba şu qadar inoq-qadrdon edikki, dars-saboqlar tugasa ham uylarimizga tarqagimiz kelmasdi. Çunki niyat katta edi. Niyatlarimizning amalga oşişi öqişda oladigan bilimlarimizga boğliq deb hisoblar edik. Saboq paytlarida, tanaffusda, böş qolganda dunyoni, jamiyatni, odamlarni örganiş, biliş, bilganlarimizni öxşatib yoziş haqida bahs-munozara tugamasdi.

Xususan, yotoqxonalardagi tongotar gurunglarda “hal qilmagan” masalamiz qolmasdi: Özbekiston mustaqilligi, özbek tilining nufuzi, Orol dengizining qurib borayotgani, adabiyotimiz, tariximiz, matbuotimiz muammolari xususida kuyib-pişib yoqa yirtişardik.

Köp öqigan, kitob körgan örtoqlarda ketardi uloq. Yangi kitob topiş esa duşvor. Şunday paytlarda Muhammadjon örtaga otilib çiqardi, köpçilik bexabar yangiliklardan aytib, unça-munça bilağonning popugini pasaytirib qöyardi. Bilsak, öşa kezlarda rus tilida çop etilgan eng yangi adabiyotlarni topib, öqirkan – boxabar ekan. Bilsak, Muhammadjon öquv praktikalarini ötaş uçun Moskva, Sankt-Peterburg (öşa vaqtlarda Leningrad) şaharlariga borib televideniye tahririyatlarida ötkazar ekan. Bunday qiliş mumkinligi boşqa birorta saboqdoşimizning tuşiga ham kirmagan.

  1. Muhammadjon öqişni bitirmay turib Özbekiston televideniyesiga işga joylaşdi. “Yoşlik” tahririyati körsatuvlari juda ommabop, hammaning nazarida edi. 70-yillar ommaboplik borasida telekörsatuvlarga teng keladigani köp bölmagan. M.Obi­dov sanoqli kursdoşlar qatori puxtaroq çiqdi, yaʼni telejurnalistikani tanladi.

Keyinçalik aytib berdi: öquvçilik kezlarida radioga qiziqqani, radiouzeldan maktab öquvçilariga qarata “eşittirişlar” olib borgani va hokazo.

Özbekiston televideniyesida Elbek Musayev juda maşhur edi, Muhammadjon öşa insonning etagidan mahkam tutdi – özi   uçun ustoz deb bildi, kam bölmadi. Dolzarb mavzulardagi körsatuvlari bilan nazarga tuşdi.

  1. Jurnalistikada havaskorlikdan professionallikkaça bölgan oraliqdagi “masofa” qançaligini heç kim bilmaydi. Bu masofaning aniq ölçami yöq hisobi. Bölsa ham, har kimda turliça keçadi. Muhammadjon Obidov telejurnalistika söqmoqlaridan qanday ötib bordi, qay tariqa toblandi, ne-ne niyatlarda mikrofonni qöldan qöymadi, hozir sarhisob qiliş qiyin, lekin gapning löndasini aytiş kerakki, u bir yumalab telemuxbir bölib qolgani yöq, balki qadam-baqadam, pillapoyama-pillapoya kötarildi va “Axborot”ning yetakçi muxbiriga aylandi. Ixtisoslaşdi.

Tele“Axborot” mamlakatimiz axborot maydonining boş minbari edi, barça nufuzli idoralar, taşkilotlar, rahbarlarga bölgan munosabat “Axborot” minbarida şakllanar, toblanardi. “Axborot” favqulotda kayfiyat uyğotuvçi, kayfiyatni şakl­lantiruvçi, kayfiyatni özgartiruvçi qudratga ega edi.

  1. Jurnalistikada ixtisoslaşiş nihoyatda keng tuşunça. Hisobga olaylik: “Axborot”da bir axborot uçun, nari borsa, 2-3 daqiqa beriladi. Har lahza, har bir söz, har bir manzara yuz çiğiriqdan ötadi. Xuşxabar yoki ijobiy lavha bölsa – birmunça oson, tanqidiy bölsa, tahliliy bölsa, maşaqqati yuz karra ortdi deyavering! Fakt, dalil, tafsilot, yeçim, xulosa – hammasi içida. Intervyu taşkil etiş alohida dunyo! Bu hali hammasi emas, 2-3 daqiqalik axborot uzatiş tafsiloti töla qamrab olindi, degani emas. Ne-ne yelib-yugurişlar, halovatsizliklar evaziga ekranga “qöyilgan” axborot heç mubolağasiz millionlab tomoşabinlar ixtiyorida qoladi. Jaydari tilda aytganda, bu yoği – bozor: maʼqul körgan qança, munosabat bildirmagan qança, maʼqul körmagan qança! Olqişlagan qança, ğazabga mingan qança! Tabiiy, teletomoşabin xalqi ming bir toifa – eng oddiy aholidan tortib davlat rahbarigaça, hukumat aʼzolaridan tortib hokimu vazirlargaça, hokazo nozik va rutbasi baland siyosatdonlaru amaldorgaça. Şunday ekan, tasavvur qilaylik: telemuxbir axborotni uzatişda qaysi toifani köproq nazarda tutmoği kerak? Urğuni berişda nimalarni, qanday omillarni torozi pallasiga qöymoği kerak? Ixtisoslaşgan, professional maqomga kötarilgan muallifning “tovar”i   bozorda xaridorsiz qolib ketmasligi muqarrar, ammo-lekin…

Xullas, eng oliy toifadagi tomoşabinlar eʼtiborini möljalga oliş Muhammadjon Obidovning uslubiga, muxbirlik kredosiga aylandi. Öxşatiş joiz bölsa, har bir körsatuvida u baland dorga böynini tutdi. Bu uslubni “Hoy, baraka topgur rahbarlar, manavi manzarani bir körib qöyinglar! Xalqning ahvolidan boxabar bölinglar!” deya talqin qiliş mumkin edi. Bunday yondaşuvning murak­kabliklariga, nozikligi, hatto qaltisligiga şay turiş uçun oliy malakali jurnalistlik mahoratidan taşqari qançalik temir iroda, pölatdan yasalgan asab, otning kallasidek yurak kerakligini izohlaş ortiqça.

Özbekiston mustaqillik ayyomining dastlabki yillaridan tinmay demokratik islohotlar yölini izladi, ayrim holatlarda topganday ham böldi, lekin endi mulohaza qilib körilsa, Muhammadjon Obidov respublika televideniyesining “Axborot” körsatuvida asos solgan va qatʼiyat bilan uni davom ettirgan ijodiy uslub matbuot va söz erkinligi ança-munça real hayotiy qadriyatga, haqiqatga aylangan, şakllangan jamiyat maqomiga hamroz ekan.

Yaʼni, M.Obidov uslub nuqtai nazaridan rasmiyatçilik koşonalari tomonidan maʼqul körilgan maqom doirasida faoliyat körsatadigan kasbdoşlaridan, safdoşlaridan ança oldinda edi. Şu maʼnoda ham Muhammadjon Obidovning deyarli barça xabarlari, tahlillari sensatsiya edi.

  1. Sensatsiyaga ikki xil qaraş mavjud. “Muhammadjon Obidov sensatsiyalari” deganda arzon-garov oldi-qoçdilikdan yiroq, aksinça, zalvari bilan aqllarni şoşirib qöyadigan xabarlar nazarda tutiladi. Merganlikda “desyatka” degan tuşunça bor, mazkur iborani qöllaydigan bölsak, M.Obidov hamişa “desyatka”ni aniq möljalga olişi bilan ajralib turardi. Tahlil, talqin, foş qiliş qudrati şu qadar işlangan bölar ediki, körsatilgan nuqson, illat, qinğirlik… jinoyat yuzasidan çora körişdan boşqa iloji qolmas edi! Misol, deysizmi? Misol istagança, uning bir neçtasi M.Obidovning qalamiga mansub “Jurnalist suriştiruvi: tajriba va tahlil”, “Men körgan dunyo” kitoblarida batafsil yozilgan. Takror aytaman: ularning bari ajoyib sensatsiya! Yoş jurnalistlar uçun har biri öziça saboq-sensatsiya!
  1. Respublika TV “Axborot” dasturi uçun tayyorlangan yangiliklar, xabarlar, ayniqsa, tahliliy körsatuvlar “Axborot” maydoniga siğmay qoldi. Çunki, yuqorida aytdik, “Axborot”da bir axborot uçun sanoqli daqiqa ajratiladi, bu vaqt içiga batafsil tahlil “siğmaydi”. Muhammadjon “Axborot+” körsatuvini kaşf qildi. U özining “Axborot”ga siğmagan tahlillarini “Axborot” dasturidan söng maxsus körsatuvlar orqali el-yurtga doston qildi. Masalan, Farğona yoğ-moy korxonasidagi öğrilik, suiis­teʼmolçilik, poraxörlik kabi illatlarni dalillar bilan röy-rost oçib taşlaş, uni ekran orqali mamlakatga körsatiş uçun jurnalistga jasoratning özigina kifoya qilmasdi. Haqiqat yölidagi vatanparvarlik ustun turişi kerak böldi. Raqamlar, jadvallar, qiyoslar, ulardan kelib çiqadigan kirdikorlar röy-rost ekran yuzini kördi.

Körsatuvdan taʼsirlangan Özbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotşunos olim Ozod Şarafiddinov hayajonini yaşirolmadi – Muhammadjon Obidovga matbuot orqali oçiq xat yölladi. “Barakalla!” dedi. Jurnalist döstimizning oçiq-oşkora dalillar, aniq raqamlar, intervyular asosida fikrini dadil izhor qilganidan taʼsirlanganini yozdi ustoz olim. Çinakam jurnalist mana şunday bölmoği kerak, dedi.

Ana şunday körsatuvlardan yana biri xorijiy radio orqali tarqatilgan yolğonga qarşi qaratildi. Bunaqasi bölmagan! Özbekiston televideniyesi, özbek jurnalisti xorijiy tili uzun jurnalistlar panjasiga panja urdi.

  1. Jurnalistikada ğoyatda qiyin vazifalardan biri – axborot oliş. Töğri, qonun va qonuniy meʼyorlar bor, lekin amalda ikki qöllab maʼlumot tutqazadigan mard yöq hisobi. Xususan, taqdir özanini çappa qilib yuborişi muqarrar bölgan jurnalist suriştiruvi uçun kim ham maʼlumot, axborot, faktni osonlikça taqdim etadi?! Muhammadjonning maʼlumot yiğiş, fakt undiriş tajribasiga doir hikoyalarini eşitsangiz na közingizga, na quloğingizga işonasiz! Boşdan-oyoq sarguzaşt, komediya! Tragikomediya! Unça-munça izquvar — Şerlok Xolms M.Obidovning oldida suv içsin, desam işonavering!

Ana şunda razm solaman, öylayman, çoğlanaman va muhim bir sinoatning tagiga yetganday, özimça kaşf etganday bölaman.

Muhammadjon Obidov tom maʼnodagi, qon-qonigaça, feʼl-atvorigaça, qadam olişidan tortib, şirinzabon lutfigaça FARĞONA FARZANDI! Farğonaning Marğilonida tuğilib, voyaga yetgani, taʼlim-tarbiya topgani uçungina aytilayotgani yöq bu taʼrif, balki farğonaça muloqot-muomala madaniyati, sanʼati, mahoratini, odamşinavandalik, mehmonnavozlik, bağrikenglik va albatta, uddaburonlik tuyğularini butun respublika, qöşni davlatlar, qolaversa, olisdan-olis diyorlarga qadar yoya olganidan kelib çiqib FARĞONANING FIDOYI FARZANDI, deyilmoqda. Oğir gapirmaydi, tik qaramaydi, qöli köksida, lutfi ipakday, mutoyibaga şay – önqovi kelsa, payrovning kelgan joyidan öxşatib olaveradi. Biroq qattiqqöllikda döstini ham ayamaydi, boşlagan işini adoğiga yetkazmay qöymaydi, tutgan joyini qöyib yubormaydi, ikkilanmaydi, qörqmaydi, bahsdan qoçmaydi – maşhur naqlda aytilganidek, qörqsa, aytmaydi, aytdimi, qaytmaydi. Çöntagini, daftarini töldirgan faktlari, dalillarini birma-bir, birma-bir dasturxon qilgan jo­yida mana-man degan qinğirlikka qöl urgan ustomonu uçarlar qoçarga joy topolmay qoladi.

Bir aççiq haqiqatni aytiş örni keldi. Goho yaqinligimiz yuzasidan, goho xizmat yuzasidan Muhammadjonning boşida qora bulutlar aylangan payt­larga şohid bölganman. Qiliçini yalanğoçlab boşi uzra kötarganlarning kimligini eslasam, hozir ham kapalagim uçadi! Oçiqdan-oçiq tahdidlar, ayblovlar, olişuv maydoniga çorlovlar, dalili yöq şubha-gumonlar degandek. Şunday paytlarda meditatsiya sanʼatidan kelib çiqib, murosa yölini tutaqolaylik, degan joylarim ham bölgan, biroq Muhammadjon özining haqligini isbotlaş, vij­doni, farzandlari va kasbimiz oldida yuzi yoruğligini isbotlamaguniça bir qadam ham ortga qaytmadi. Kuraşdan tolmadi. Haqiqiy jurnalist qanday bölmoği kerakligini hayotda isbotladi.

  1. “Favqulodda jurnalistika” degan ibora bor. Bunda oğir tabiiy şaroitlarda, tabiiy ofatlar yuz bergan holatlarda, uruş maydonlarida kasbiy faoliyat yuritiş nazarda tutiladi. Muhammadjon Obidovning bu boradagi sarguzaştlari oz emas. Misol uçun, Şohimardondagi toşqindan, Sariosiyo toğlaridagi jangarilarning tugatilişidan berilgan reportajlar, heç mubolağasiz, telejurnalistikamiz tarixida alohida sahifani taşkil etadi.
  2. Saudiya Arabistonida çop etiladigan nufuzli jurnalda Farğona vodiysi haqida maqolalar eʼlon qilgan, Xitoy televideniyesida yangi Özbekiston haqida turkum körsatuvlar taşkil etgan jurnalistning ism-şarifi ham Muhammadjon Obidov!
  3. Muhammadjon ajoyib hikoyaçi. Uning berilib, butun vujudidan çiqarib sözlaşini berilib va butun vujud quloqqa aylanib tinglamay iloj yöq. Quyidagi ajoyib va ğaroyib xotirani döstimizning tilidan öqiymiz:

“Yaratganning marhamati keng. Uning iltifotiga sazovor bölmoqlik barçamizga nasib etsin.

1994 yil bahori edi. Özbekistonning birinçi Prezidenti Buxoro safariga borgan çoğda Bahouddin Naqşband ziyoratgohi etagida “Farğona boği” yaratilsa, degan taklif aytdi. Oradan bir neça kun ötar-ötmas Quva, Vodildagi köçat yetiştiruvçilardan ikki maşinada turli mevali köçatlar va bir “Ikarus” avtobusda boğbonlar, öşa vaqtda Farğona viloyat hokimi Mirzajon Islomov boşçiligida Buxoroga yöl oldik. Men tasvirçimiz bilan hamroh böldim.

Erta tongda bizni Buxoro viloyat hokimi Damir Yodgorov viloyat çegarasida kutib oldi. Ziyoratgohga kelganimizda boğ uçun yer tayyorlab qöyilgan edi. Işlar qizib ketdi. Keçgaça boğ ançagina közga körinib qoldi.

– Endi dam olamiz, – dedi D.Yodgorov.

Biz “Axborot”çilar viloyat hokimligi oromgohi (daçasi)ga borişimiz kerak edi. Şunda men bu keçani Bahouddin Naqşband ziyoratgohida ötkaziş niyatida ekanligimni aytdim. U paytlar diniy ilmim yöq, enam (dadamning onalari) bolaligimda yodlatgan 5-6 ta sura va namoz öqişni bilardim, xolos.

Allamahalda yupqagina körpaçada ğujanak bölib uxlab qolibman.

U kezlar hozirgidek parobal teleantennalar yöq, Makka, Madina haqida, Kaʼba siymosi haqida öqib, eşitgandim, xolos. Lekin tuşimda…

Oppoq marmar toşli sahnda, ustiga qora zarrin mato qoplangan çorburçak binoning oltindek nur taratuvçi eşiklari qarşisida tiz çökkança Ollohga iltijo qilardim. Hali men tanib ulgurmay, kökrak sutiga töymay bevaqt olamdan ötgan onam, taqdir taqozosi ila oxirgi yölga kuzata olmaganim – otam, menga mehr berib boqqan marhum enam, bobomga jannatdan joy, qolaversa, bandaçilik yölida yöl qöygan gunohlarimga keçirim söradim. Içimdan otilib çiqqan dard köz yoşim bölib oqardi…

Uyğonib ketdim. Yostiğim xöl bölib ketgandi. Ohista azon yangradi.

Ruhim majruh edi. Tuşimda körganim qayer? Nega yiğlay-yiğlay iltijo qilyapman?

Soat töqqizlarda yana iş boşlandi. Boğbonlar köçat ekişda davom etişdi. Men iş bilan ovunib, tuşimni biroz unutdim. Tasvirlar yetarli edi. Intervyuni köpaytirdik. Şu tariqa Buxoroda bunyod etilayotgan “Farğona boği”ni mamlakatimiz xalqi eʼtiboriga havola etişga hozirlik kördik.

Soat ön yarimlar edi çamasi. Bir “Volga” maşinasi şitob bilan kelib töxtadiyu, undan örta yoşlardagi közoynakli kişi tuşib, “Hoy, içlaringda “Axborot” muxbiri Obidov bormi?”, deb sörab qoldi. Men özimni taniştirdim.

– Men hokimiyatdanman. Zudlik bilan Toşkentga borar ekansiz. Samolyot bir soatdan keyin uçadi. Çipta tayinlangan. Qani, tez yuring!

Men gap nimada ekanini tuşunmasam-da, tasvirçidan kassetalarni olib, aeroportga ketdim.

Toşkentda, televideniyeda rahbarimiz gapni qisqa qildi:

– Ertaga, oxirgi samolyot Jiddaga uçar ekan. Siz unda hajga borasiz. Topşiriq şunday.

Men turgan joyimda qotib qoldim. Çunki özbe­kistonlik ziyoratçilar uzoq tayyorgarlikdan söng barçasi uçib ketişgandi. Faqat işçi guruhning ayrim aʼzolari, şifokor va bojxonaçilar qolişgan ekan.

Xullas, ertasiga sönggi samolyotda Jiddaga uçdik.

Saudiya havo darvozasida bizni kutib oldilar. Yangi qurilgan “Dorussalom” mehmonxonasi Özbe­kistondan kelgan ziyoratçilarga ajratilgan ekan, undagi xonalardan biriga joylaşdim.

Tilimizdan “Labbayka”ni qöymay piyoda Xarami Şarifga tomon yöl oldik. Diniy idoramiz vakili bölgan Boburjon ismli yigit yölboşçi edi. “Assalom” darvozasidan kirdigu… ne til bilan bayon qilay, qarşimda öşa, ikki kun avval tuşimda körganim – sathi oq marmarli, ustiga Qurʼoni karim oyatlari zarhal ipaklarda tikilgan, musulmon olamining qiblagohi – Kaʼba öziga çorlab turardi…”

…Qahramonimiz hikoyasiga ilova qilaylik: öşa 1994 yilda Özbekiston televideniyesida birinçi marta (takror va takror) namoyiş etilgan yurtdoş­larimizning muqaddas ziyoratlariga bağişlangan “Muborak haj safari” videofilmining muallifi va tasvirçisi ham, bugungi kungaça uç bor haj amalini ado etgan, qadr keçasini tört marotaba Makkada, Harami şarifda bedor şaraflaş baxtiga muşarraf bölgan hoji aka Muhammadjon Obidov böladilar.

  1. Muhammadjon Obidovning tuğma taşkilotçilik qobiliyati, tabiatan tinib-tinçimasligi, halovatni behalovatlikdan topişga moyilligini u Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasining Farğona viloyat bölimi rahbarligidagi faoliyatida alohida namoyon etdi. Işni viloyat jurnalistlarining boşini qovuştirişdan boşladi, tuman va tarmoq naşrlarining holidan xabar oldi – ijodiy, moddiy, ijtimoiy muammolarni bartaraf etişga jiddiy kirişdi.

Milliy jurnalistikamiz ravnaqi yölida tuman va boşqa mahalliy naşrlarning örni, ahamiyati beqiyos. Ahyon-ahyonda “Tuman gazetasidan voz keça qolaylik” degan kayfiyatdagi ovozalar ğimirlab qoladi. Nega? Nima uçun? Ötkinçi qiyinçiliklar oldida esankiraş-ku, bu! Yuzlab, ehtimol minglab hamkasblarimizning mehnatlarini havoga sovuriş-ku, bu! Ösib kelayotgan yoş qalamkaşlarimiz uçun öziga xos ijodiy tajriba maydoni, minbari-ku, tuman gazetalari!

M.Obidov tuman gazetalarini ham ijodiy, ham iqtisodiy qaddini rostlaş yölini topdi. Farğona viloyati bu borada mamlakatimiz viloyatlari orasida tajriba maktabini yaratdi. Viloyat jurnalistlari uyuşmasi saʼy-harakati şarofati bilan mamlakatimizning barça viloyatlariga, qöşni respub­lika viloyatlariga, önlab xorijiy mamlakatlarga safar uyuştirdilar, bir guruh jurnalistlar haj ibodatini ado etişga muşarraf böldilar.

“Çimyon mediaforumi” anʼana tusini olgani alohida mavzu. Dastlab, viloyat jurnalistlari iştirokida taşkil etilgan mazkur anjumanga, ke­yingi yillarda boşqa viloyat jurnalistlari vakillari ham taklif etildi. Vatanimizda keyingi yillarda boşlangan keng islohotlar şarofati ölaroq, mediaforum anjumani global miqyoslarga dovur kengaydi. Uning minbaridan goh bevosita, goh videomoslama orqali dunyoning turli burçaklarida yaşayotgan, faoliyat yuritayotgan hamkasblar oçiq va emin-erkin öz sözlarini aytdilar.

Heç bir hamkasbimiz mehnatini zarraça kamsitmagan holda aytiş joizki, ibratga, örnakka loyiq mana şunday ajoyib tajribani barça viloyatlarimizda ommalaştirilişiga Muhammadjon Obidovdek kuyunçak, fidoyi inson yetişmayapti…

  1. Muhammadjonning yer yuzida bormagan davlati yöq. Mağribdan Maşriqqaça, Janubdan Şimolgaça kezib çiqqan. Qayta-qayta borgan manzil-makonlarini-ku, asti qöyaverasiz! Dam Sidney, dam Tokio, dam Bağdod, dam Qohira deysizmi, Hirot, Dehli, Tibet… ikki qadam! Kim qanday talqin qiladi bu sayohat­bozlikni, bilmadim, lekin mening nazarimda   Muhammadjon Obidov ona şahriga, yurtiga, özi özining içiga siğmasligi alomati. Ha, içiga siğmagan odam Muhammadjon! Ğayrati, şijoati tizgin bilmaydigan odam! Umrini dunyoning tayanç nuqtasini izlaşga safarbar etgan odam!

Mubolağa qilayotganim yöq, yarim asrlik saboqdoş qadrdonni fariştaga aylantiriş niyatim ham yöq, borini aytyapman, xolos.

Ötgan yili kovid yiqitdi uni. Farzandlari, yaqinlari xavotirga tuşgan kunlar ham ötdi boşidan. Men esa Muhammadjonga, uning irodasiga işondim, ayt­dim ham: “Jurnalist sifatida bir umr ne-ne qattolliklarga qarşi bas kelgan, soğ-omonlikda 70 ning darvozasini qoqayotgan kimsan Muhammadjon Obidov allaqaysi yoqlardan daydib kelib qolgan toj­dor baloga taslim bölişi mumkin emas!” Allohga şukrlar bölsin, aytganimça böldi.

Ha-ya, aytgança, keyingi yillarda döstimiz öşa közga körinmas ofatning “ona yurti”ga tanda qöydi. Bordi-keldisi köpaydi. Havas-hayrat öz yöliga, illo, oçiği, bundayin yaqinlikning şaxsan kaminaga xuş kelmagan joylari ham yöq emas. Buni döstimizdan yaşirmadim ham. “Döstingizni xuşyorlikka çaqirib qöying” deganlarning tagdor tanbehini şuurimda çiğiriqdan ötkazişga ulgurmay, Muhammadjon Çyuyfu şahriga borib kelganidan söz oçib qoldi.

Çyuyfu qayerda, qanday şahar u? Ne taqdir-niyatlar boşlab bordi u tomonlarga, özbekistonlik tinim bilmas jurnalist Obidovni?

Pekinda siz mingan tezyurar poyezd Şandong viloyatining markazi Jinan şahriga yetib boradi, yana poyezdga minasiz, 180 çaqirim yöl bosgaç, Çyuyfuga yetasiz. Dunyoga maşhur mutafakkir Konfutsiy miloddan avvalgi 551 yildan 479 yilga qadar ayni şu şaharda yaşagan va 72 yoşida bu yoruğ olamni tark etgan.

Ana, xolos. Bu Xitoy donişmandining quyma hikmatlariga ixlos qöygan ne-ne taniş-notaniş­larni bilaman, lekin öşa mutafakkirning vataniga borib, u yaşagan hovli-joylarni öz közim bilan körib kelaman, degan özbekni uçratmagandim! Ixlosni qarangki, Muhammadjon öşa qadimiy şahardan olib kelgan hikmatlarni özbekçalaştirişga, alohida kitob holida çop ettirişga boş-qoş böldi.

  1. Mana, 5 yildirki, Farğonada çop etilayotgan, muxlislari-muştariylari köpayib borayotgan nomi ixçamgina, bejirimgina “Olam aro” jurnaliga ham Muhammadjon Obidov boş-qoş. Jurnalni varaqlagan muştariy dunyoni bir kezib çiqqanning zavqini oladi. “Mamlakatlar”, “Möʼjizalar”, “Özbekiston”, “Urf-odatlar”, “Kaşfiyotlar”, “Taşrif qoğozi”, “Taomlar”, “HI TECH” singari ruknlar ostida eʼlon qilingan maqolalar olam aro sayru sayohatga bölgan iştiyoqlarni bir qadar qanoatlantiradi, taftini bosadi.
  2. Va nihoyat, Muhammadjon Obidov muharrirligida kun va son sayin viloyatdoşlar muhabbatini, hurmatini qozonayotgan “Farğona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarini tilga olmoqlik burçimiz. Bosma naşrlar inqirozga yuz tutgan, baʼzan nufuzi tuşib borayotgan bir paytda gazetani öqişli tayyorlaş, keng omma orasida ommabopligini saqlaş borasida mazkur naşrlar tajribasini tarğib etiş foydadan xoli bölmas edi.
  3. Yuqorida “Merganlikda “desyatka” degan tuşunça bor”ligini esladik. Ellik yildan ortib borayotgan tarixga nazar taşlansa, Muhammadjon Obidov hayotda qaysi işga qöl urmasin, faqat va faqat “desyatka”ni möljalga olgan, özbekona jaydari tilda aytganda, turiş-turmuşi, oilasi, yor-birodarlari, faoliyati, dunyoni zabt etişi – hamma-hammasida işni örinlatib, qoyillatib qöygan ekan. Men bu olis, sermazmun va maşaqqatli hayot yölining ayrim bekatlarida birrov-birrov töxtab ötdim, xolos.

* * *

Farğonada jurnalistning, jurnalistlik kasbining çöği baland, nufuzi baland. Matbuotning sözi – söz, közi – köz. Bunday maqomga kötarilişda viloyat ommaviy axborot vositalari fidoyilarining, Muhammadjon Obidov singari jonkuyarlarning xizmatlari katta!

Xurşid Döstmuhammad,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan