Samimiyat sehri

Maktab öquvçisi edik. Saylov, Oliy Majlis, Deputat degan gaplar nima ekanligini unça tuşunib-anglamagan paytlarimiz edi. Undan-bundan, öqituvçilarimizdan sörab bildikki, odamlar özlari işongan, el içida tanilgan kişilarni saylab ovoz berişarkan. Keyin ular vakil bölib, xalqning hayotini yaxşilaş uçun qonunlar yaratişarkan. Har holda, ustozlarimiz mana şunday sodda qilib tuşuntirişgan. Oçiği, yoşimiz 45 dan oşib, matbuotning serğalva köçasida yurganimizga ham bir yigitning yoşi bölayotganiga qaramay, bugun ham bu atamalarning ğoyat ötkir maʼnolarini töla çaqib oldik, — deya olmasam kerak. Yodimda qolgani şuki, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga Urgut tumanidan qö­yilgan uçta nomzodning biri Abdusaid Köçimov edi. Adabiyotu sanʼatga qiziqib yurganim bois, Abdusaid Köçimovning hikoyalarini öqigan edim. Rosti, şunday taniqli inson urgutlik ekanligidan öşa maktab öquvçilik paytimdayoq behad ğururlangan, u kişiga çin dildan havas qilganman.

Dadam rahmatlidan söraganimda, Abdusaid akaning padari buzrukvori Köçim bobo bilan juda yaqin bölişganini, katta bobolarimiz ham bordi-keldi qilişganini köp aytardilar. Keyinçalik jurnalistika sohasiga işqim tuşib, şu yönalişda öqiyman, deganimda ham dadam: “Öqiyver, özim seni Abdusaid akangga aytib işga joylaştirib qöyaman”, – derdilar. Men esa bu gap­lardan havolanib, xuddi Akaning yonida iş boşlagan kişiday tutardim özimni.

Talabalik ham nasib etdi. Samarqand davlat universitetidagi tahsil çoğida domlalarimizdan biri dalda berdi: “Sen yozişdan töxtama, men Köçimov bilan zörman, özim aytib seni işga joylaştiraman”. Yana hovliqib qoldim. Qarang, fariştalar omin degan ekanmi, öqişimiz Toşkentga köçadigan böldi. Mana, Xudoning özi yöl oçdi, endi ikkilaniş yöq, Akaga uçraşaman, “işga kirib olişim endi naqd bölgani”ga özimda ham sira şubha qolmagan edi.

Şunday qilib deng, poytaxtda öqişni boş­lab yubordik. Jurnalistika amaliyot bilan tirik. Şu bois boşlanğiç kursdanoq amaliyotga qatnab, işga kirib olgan poytaxtdagi yangi kursdoşlarimizni körib şoşib qoldim. Çunki bizning orzu qilib, intilib yurgan narsamiz ular uçun oddiy holga aylanib ulgurgan edi. Şunda Samarqanddan kelgan saboq­doşlarimiz ham tezroq iş topişga yöl qidira boşladik. Ayrim kursdoşlarimiz TV.ga işga ötdi, ayrimlari radioga joylaşdi. Qanday kirding, desam, falonçi amakim yoki toğam Köçimov bilan jöra ekan, şu kişiga ayttirib işga joylaştirdi, deyişar, bu gaplardan battar içim qizirdi. Hamma işni yiğiştirib, ertagayoq, yöq, şu zahotiyoq Abdusaid akaning yonlariga boraman, — deya jiddu jahd qilganlarim köp böldi, yana öşa nimadir yöl qöymaydi: yo andişa, yo özimga işonmaslik. Vaholanki, tinmay maqola yozar, ular markaziy gazetalarda bosilib turgan bölsa ham özimga işonmasdim. Ana şu ikkilaniş bois ğoyibona ustozim, bolalikdan havas qilganim —Abdusaid Köçimov bilan yuzma-yuz tanişiş ortga surilaverdi, surilaverdi. Bu orada markaziy naşrlardan biriga işga kirdim, ana-mana degunça yillar ötib ketaverdi.

Oyda yoki ikki oyda bir qişloqqa borsam, dadam: “Abdusaid akang bilan tanişdingmi?”, deb sörab qolardilar. U kişi katta odam, mingta işlari bor, borib nima ham deyman, mana işlab yuribman-ku, deyman. “Gap işda emas, musofirçilikda yuribsan, Köçim bobo juda odamni qadrlaydigan inson edi, farzandlari ham şunday. Bir tanişib olsang, könglim tinçiydi-da, öğlim”, derdilar dadam yana. Xöp-xöp, deb keksa otamga vaʼdalar beraverdim, ammo tabiatan yotsiraş, xilvatnişinlik bois bu “xöp-xöp”larimning “böldi, tanişib oldim”, degan gaplarga almaşişi qiyin edi.

Aslida esa eng muhimi, Abdusaid aka haqidagi yaxşi gaplarni kunda kunora eşitiş edi. U kişining qöl ostida işlagan, şogird sanalgan yuzlab hamkasblarimiz, yozuvçilardan qay biri bir paytlar qiynalib yurganida ustozning kömagi bilan poytaxtda muqim qolganini aytib bersa, yana boşqa biri umr yöliga Abdusaid akaning ulkan odamiyligi bois mazmun kirganini yozardi. Bunday gaplar xuddi men haqimda aytilgandek xursand bölardim. Nega xursand bölmaysan, axir: tamakining zahar-zaqqumi, ertayu keç qora mehnatdan boşqasini bilmaydigan manzil makoningdan şunday inson çiqqan bölsa-yu va yana u kişini hamma zör, deb tursa, faxrlanmaslik mumkinmi?

“Handalak”çilar — Ortiq Sultonov va Zokir Oçildiyevni bugun hamma taniydi. Ortiq Sultonov bir kuni gapdan gap çiqib qanday qilib maşhur bölişgani, buning sababçisi kim ekanligini aytib qoldi:

— Samarqandda juda qiynaldik, — dedi Ortiq Sultonov. — Zokir ikkimiz nima bölsa bölar, deb Toşkentga yöl oldik. Tavakkal qilib Abdusaid akaning oldiga kirdik. Xöp desa, yaxşi, agar işga olmasa, zorimiz boru zörimiz yöq deb turibmiz. Ustoz muddaomizni eşitgaç, tortmadan heç narsa yozilmagan oppoq qoğozni olib, uning tepasiga işga olinsin, deb imzo çekdilar. Keyin bizga uzatdilar: ariza yozib, qöl qöyinglar…

Ortiq aka zavqu şavq bilan yana köp gap­larni aytar ekan, men ustozning mardligi haqida öylayman. Kim nima desa desin, lekin bu holatni isteʼdodni oldindan köra oliş, iqtidorni kaşf etiş, yutuq va muvaffaqiyatni avval-boşdan his eta biliş, deb tuşunaman. Keyin-keyin bildimki, Abdusaid aka uçun bunday yaxşiliklar qiliş odatiy ekan. Xuddi sizu biz har kuni çoy içib ovqat yeyişni esdan çiqarmaganimizdek, ustozning iş kuni kimgadir yaxşilik qiliş bilan boşlanar ekan. Qanday gözal fazilat!

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida işlaydigan döstlarimizdan biri bir holatni gapirib bergan edi. U öz körsatuvining navbatdagi soni uçun qahramoni sifatida Abdusaid akani çaqiribdi. Kiriş yölagidan olib ötayotganida nazoratda turgan militsiya xodimlari baravariga “çest” berib, ustoz bilan quçoqlaşib körişibdi.

Bu balki kimlar uçundir eriş tuyular, ammo bir vaqtlar işlab ketgan joyingga yöling tuşganida, avvalo yuzing yoruğligini his qiliş bölsa, ayni damda bunday ehtiromni köriş, yana deng heç qanday foydang tegmagan odamlardan eʼzoz va hurmatni qabul qilib olişdan ham ortiq xurramlik, mamnuniyat bormikan?!

Ustozning ezgu xislatlariga ana şu tarzda havas qilib, u kişiday odamiy bölaylik, deya orzumand bölib yurganimizda, samarqandlik bir ijodkor akamiz öğlining uylaniş töyiga aytib qoldi. Mezbonlar körsatgan joyga yaqinlaşib qarasam, Abdusaid aka boşçiligidagi bir guruh taniqli insonlar ötirişgan ekan. Ham yoşlik, ham hayajon sabab bir zum kalovlanib qoldim. Şunda Abdusaid aka keling, keling dedilar. Bu iltifotdan qalb mehrga qonib, ötirdim. Fotiha tortilgaç, kimdir hammani bir-biriga taniştira boşladi. Yanayam qattiq hayajonlandim. Meni nima deb aytar ekan bu odam deyman içimda. Boşimni egib ötiribman, yana ustozning ovozi meni ajablantirdi: “Bu yigitni taniştirib ötirmang, hamma taniydi eşon boboni”. Ana bölmasa, deyman özimga özim. Sen özingni çetga olib yurganingga zör tanbeh böldi. Ustoz bu gaplarni meni xijolatdan qutqariş uçun aytayaptilar, deb öyladim. Keyin tabrik uçun sözga çiqqanlarida ham gap orasida maqolalarimni öqib borişlarini aytdilar. Buniyam köngil uçun dedim. Keyin kelib ötirgaç, aynan sönggi paytlarda yozgan maqolalarimdan uç-törttasini aytib, mulohaza bildirdilar. Xullas, şu töy sabab ustoz bilan tanişib oldim.

Abdusaid Köçimovning adabiyot olamidagi örni, asarlarining ahamiyati haqida şu sohaning bilimdonlari, nuktadonlari gapirsa arziydi. Ammo bu borada bilganim şuki, ustozning “şirin tili” bor. Hikoyalari, bir-biridan ajoyib qissa, esselarini öqisangiz, ular xuddi kino tasmasidek köz oldingizda gavdalanaveradi. Çunki hayotning, hayotiylikning bor rangi böy körsatib turadi ustozning har bir asarida. Pub­litsistikasi ham xuddi hikoyadek yoziladiki, ikki qölingizni kötarib tan bermasdan ilojingiz qolmaydi. Abdusaid Köçimov şeʼriyati esa—katta şeʼriyat. Ulkan isteʼdod bilan bitiladi.

Köp xizmat safarlarida yurganda, qayerdansiz, deya sörab qolişsa, Samarqandning Urgutidanman deyman. Şunda juda köpçilik, Abdusaid aka bilan bir joydan ekansiz-da, deyişadi. Ha, xuddi şunday deyman. Va bir vo­qeani yangi tanişlarga ham aytib beraman.

Talabalik paytimda azbaroyi muxlislik bois Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev haqida bir maqola yozdim. Maqola öşa paytlari har bir soni qölma-qöl bölib öqiladigan naşrlarning birida çop etildi. Hofiz bundan mamnun bölib yurgan kunlarda u kişining uylariga bordim. Şerali aka uylangan-uylanmaganim bilan qiziqdilar. Böydoqligimni aytdim. Uylaning, töyga boraman, desalar böladimi? Şunday maşhur sanʼatkorning eng çekka tumanning bir qişloğiga borişini, qişloqdoşu qarindoşlarning qançalar xursand bölişini köz oldimga keltirdimu töyning aniq kunini belgilaş uçun Şerali Jörayevning uylariga bordim yana. Bir kunni belgilagan hofiz, qişloğingizga qanday boriladi, deb sörab qoldilar. Unday deyman, tuşuntirolmayman, bunday deyman uqtirolmayman. Oxiri Abdusaid Köçimovning qişloğiga yaqin, şundoq ötsangiz bizni qişloq, degandim, boşida şuni aytmaysizmi, bunça qiynalmay deya kulgandilar maşhur hofiz.

Şunaqa, tom maʼnoda ğururlansam, maqtansam arziydi. Çunki kamina çindan ham Abdusaid Köçimov bilan deyarli bir qiş­loqdanmiz. Ammo baribir “masofani saqlaş” degan narsa miyaga qattiq örnaşib qolgan. Zotan, ustoz degan uluğ rutbadagi odamlarni hadeb bezovta qilaverişni, bölar-bölmasga vaqtlarini olişni yaraşmaydigan yumuş deb bilaman.

Ustoz haqida kezi kelgan ekan, yana bir oğiz gap aytişni joiz deb öylayman.

Hammamiz bilamiz, Abdusaid Köçimov uzoq yillar Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi sifatida işlab, nafaqat uşbu katta ijodiy jamoani har jihatdan rivojlantirdi, balki televideniyening xalqqa yaqin bölişiga ham erişgan edi. Va bu yerda yuqorida aytganimizdek, yuzlab ijodkorlarning böy körsatişiga ustozlik qildi. Şundan söng “Xabar” gazetasi boş muharriri sifatida faoliyat yuritdi va bu naşr “yöq joydan” nufuzli naşrga aylandi qoldi. Adadi 20 mingdan oşdi. Mana bir neça yildirki, ÖzA — Özbekis­ton Axborot agentligiday nufuzli axborot maydoniga boş bölib, uning eng yetakçi agentlikka aylanişiga erişa oldi. Bugun UzAni nafaqat mamlakatimizda, balki köplab dunyo yurtlarida bilişadi, jahon axborot agentliklari u tarqatayotgan xabarlardan foydalanadi. Çunki agentlik bir neçta tillarda nafaqat qaynoq xabarlar, siyosiy-ijtimoiy materiallar, balki kutilmagan şaxslar, taniqli insonlar bilan qilayotgan jonli suhbatlari heç kimni befarq qoldirmayotir.

Faxr, Ğurur, Ehtirom. Gazetalarda, asosan, katta ruknlar sifatida qöyiladigan bu sözlarni katta Ustozlarga jumladan, Abdusaid Köçimovga nisbat etib aytilsa ham joiz böladi, şubhasiz.

Şuning uçun ham elimizning katta ijodkorlaridan biri, qalbi samimiyatga töla Abdusaid aka bilan faxrlanaman.

Maqsud JONIXONOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan