Millat va hayrat hayqiriği
Maşhur sanʼatkor, Özbekiston xalq artisti, Alişer Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Şerali JÖRAYEV haqida publitsistik qöşiq
Söz va ohang uyğunligi, badiiy yuksak şeʼrlarning qöşiqqa aylanganligi, ovozdagi joziba Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev ijodiga xos fazilatlardir. Yarim asrdan köproq vaqt mobaynida özbek xalqining tiliyu dilidan tuşmagan hofizning hayot va ijod yöli bir maromda keçmaganligi u haqda yozilgan maqolalar, esselar, oçerklar va boşqa tur asarlardan ham yaxşi maʼlum. Uşbu maqolani tayyorlaşdan maqsad buyuk sanʼatkorning umr bekatlaridagi sehrli evrilişlarga yana bir bora, bir qur nazar taşlamoqdir.
Uning qudratli ovozi ötmiş bilan bugunning mangu nolalarini, ohanglarini, barhayot anʼanalarini özida mujassam etgan maʼnaviy köprik. Ajdodlar bilan avlodlarning boqiy tuyğularini zanjirday mustahkamlagan. Asriy dardlarimizga malham böladi uning qöşiqlari. Hayot muammolarini yengib yaşaşga, kelajakka dadil qadamlar taşlaşga daʼvat etadi.
Bu nolakor, betakror va mağrur ovoz Andijonda tuğildi. Anjon tomonlarda yangradi bu qudratli sas. U şarafli kasb egasi çöpon otasiga ergaşib, daştu toğlarda, adoqsiz dalalarda qöy boqib yurgan kezlarida xirgoyi qilib yurişni sira-sira kanda qilmadi. Uning yoqimli va şirali ovozini ilk bor eşitgan otasining yuragi jizilladi, içidan xursand bölib, öğlini duo qildi.
Öğil esa duo qanotida kengliklar, toğ-toşlar bağrida yuragi tölib-toşib kuylayveradi. Bolaligidan qöşiq uning jonu jahoniga aylanib, jajji yuragidan mustahkam örin olgan edi. Bir kun kelib bu xirgoyilar uni ovoz sultoniga aylantirişini hali özi bilmasdi. Bir kun kelib, bu mağrur va yorqin kamalakday tovlanuvçi jarangdor ovoz million-million yuraklarni maftun etişini, zabt qilişini xayoliga ham keltirgan emas.
Uning yagona buyuk orzusi bor edi: qöşiq kuylaş. Hali heç kim eşitmagan, hali heç kim aytmagan qöşiqni aytişni istardi. Bu qöşiq uning yuragida tuğilib, voyaga yetayotgan edi. U öz qöşiği bölişini xohlardi. Bu yölda tinimsiz izlandi, xazinatoparlar singari çinakam ter tökdi. U birinçi qöşiğini katta sahnada 1966 yil, yaʼni 19 yoşida kuylab, muxlislarning yuksak olqişiga sazovor böldi. Va mana 50 yildan buyon sahnadan tuşmaydi, olqişlar tark etmaydi uni. Maşhur kosmonavt Solijon Şaripov hofizning “Oltin qanot quşlar uçsin” qöşiğini kosmosda turib eşitganligini hamişa faxr bilan eslaydi…
— Biz uluğ hofizni özimizga pir deymiz, – deydi taniqli xonanda Sobirjon Möminov.
Orzulari uşaldi. Ollohning inoyati bilan tuğilib ösgan ona-zamini, ulğaygan Vatani, uluğlab kuylagan xalqi uni qöşiqçi qildi, qalbining töridan joy berdi.
U jonajon Vatanini, uluğ ona xalqini baralla kuylaşdan bir lahza ham töxtamadi. Vatan va xalq uning mangu, umrboqiy mavzusi, mangu qöşiği edi. U haqiqiy vatanparvar, şoirlar – goh Abdulla Oripov, goh Erkin Vohidov bölib nido qildi. Vatan mehri va işqini yuraklarda gullatdi.
Bu ötli qöşiq yangraganida xalqimizning yuragida MILLAT va HAYRAT hayqirdi, ğururimiz toğday yuksaldi, özini, özligini angladi. Qöşiqni yana yuqori pardalarga kötardi. Avjini baland oldi. Bu qöşiq hatto Amerikani ham hayratga soldi:
Amerika – sehrli diyor
Uxlar edi Kolumb ham hali.
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql maşʼali.
Kolumbda bor alamim manim,
Özbekiston, Vatanim manim…
U yana ham katta yurak, şijoatli va öktam ovoz bilan kuylagan “Özbegim” qöşiğida şunday naʼra tortdiki, xalqning yuragi qaynab, qalbi kengayib, yuksalib ketdi, qaddini yana ğoz qildi, boşiga döppisini mahkam qöndirdi.
Bu davrda şöroning qatağon va kamsitiş siyosati avjiga çiqqan, tahlikali, ğurbatli yillar edi. Sözdan, harfdan, ijrodan siyosiy xato izlanadigan mudhiş davrlar edi. Lekin hofiz bu qöşiği bilan bizning uluğ va buyuk özbekligimizni hamişa yodimizga solib, kuylab keldi. Bu öşa zamonda haqiqiy jasorat va qahramonlik edi. Bu qöşiqni yuragida olovi bor hofiz ayta oladi.
Hofiz hamişa şeʼrning yuragini qalbiga jo etib, öz yuragiga joylab keyin kuylaydi. Repertuar ustida juda jiddiy ter tökadi. Vaqt va zamon ötayotir. Lekin uning repertuaridagi umri boqiy qöşiqlarini hamon zavq-şavq bilan tinglaydilar. Repertuar şodasidan tuşib qoladigan ötkinçi qöşiq yöq. Asosiy sabab: hofiz sözni çuqur va çeksiz muhabbat bilan sevadi, sevib ardoqlaydi. Söz, avvalo, uning yuragida jarang beradi. “Sözi aning ne balo şirindir…”
Har bir ijro etilgan yangi qöşiq hofizni kaşf qiladi. U qöşiq sanʼatimizda çinakam yaratuvçi – kaşftiyotçiga aylandi. Har bir qöşiq öziga xos tarix.
Betakror ovoz sohiblari bölgan bulbulnafas, buyuk sanʼatkorlar – Halima Nosirova, Hoji Abdulaziz, Komiljon Otaniyozov, Maʼmurjon Uzoqov, Rasulqori Mamadaliyev, Otajon Xudoyşukurov, Bobomurod Hamdamov haqiqiy qöşiq kaşfiyotçilari bölgan. Bu uluğlar safidan bizning suyukli va fidoyi sanʼatkorimiz ham munosib örin oldi. Mardlik va halollik bilan öz örnini topdi. Kaşfiyotçilar sahnasiga uni betakror va umrboqiy qöşiqlari yetakladi.
Maʼlumki, sahroda qatra suv hayot bağişlaganidek, hofiz yaratgan qöşiqlar ham haqiqiy sanʼatga taşna qalblar çanqoğini qondirib kelayotir…
U qadim va buyuk özbek qöşiqçiligi sanʼatida kutilmagan yangi sahifalar oçdi. Öz ijro uslubi va betakror ovozi bilan maktab yaratdi. Bu maktabdan ne bir sanʼatkor yetişib çiqmadi deysiz, hali neça-neça avlodlar bahramand bölişlariga ham işonamiz.
Hofizning şogirdlarini “Toşkent-Andijon” poyezdiga jamlasak ham joy yetmay qolişi mumkin. Ehtimol qöşimça vagon qöyilar…
U qöşiq içida möʼjizaviy qöşiq yaratadi. Uning har bir yirik konserti spektaklga aylanadi. Muxlislar uning konsertlaridan sehrlanib, yuraklari sel bölib çiqadilar.
Uning yuragidagi, ovozidagi dardlari, nolalari Jaloliddin Rumiy, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Fuzuliy, Hofiz Şeroziy, Saʼdiy, Ogahiy, Ganjaviy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Rasul Hamzatov, Usmon Azim, Töra Sulaymon, Sirojiddin Sayyid kabi maşhur ijodkorlarning qalamlaridan tökilgan totli dardlar bilan uyğunlaşib ketadi.
U şeʼr yoki ğazalni çuqur va teran anglab, sözlar qatidagi yaşirin maʼnolarni, yukdor dardlarni, aççiq iztiroblarni öz yuragidan ötkazib, keyin kuylaydi. Kuylaganda ham yonib-yonib otaş bölib, olov bölib, kuyib, kuylaydi “Men işq elining nolayu afğonida kuydim…”
Uning ijrosidagi “Birinçi muhabbatim” qöşiği yangragan lahzalardan boşlab, oşiq yuraklarning işq madhiyasiga aylangani hammaga ayon. Bu umrboqiy qöşiqqa butun xalqimiz jör bölib, Özbekiston kuylaydi, desak, mubolağa bölmaydi. Bu umrboqiy qöşiq har safar yangraganda, yuraklarda muhabbat gullaydi:
Nido bergil, qaydasan, şarpangga quloq tutdim,
Sirli tuşlar köribmen bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga uşbu şeʼrimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinçi muhabbatim,
Yolğiz Ollohim mening, birinçi muhabbatim…
U ijro etgan qöşiqlarda ilohiylik, qandaydir sehru jodu bor. Ham öylatadi, ham yiğlatadi, ham yuragingizda tuğyonlar qözğaydi. Hayot bağişlaydi.
U çinakam qöşiq sehrgari. U sirli, sehrli ovozi bilan muxlislar yuragini öziniki qilib oladi. Siz bu goh mayin, goh uluğvor ovoz oğuşiga tuşib qolganingizni bilmaysiz ham, sezmaysiz ham. Bu bepoyon, hududi yöq, dardli ovozning quliga aylanasiz. Majnun bölib uni izlay boşlaysiz. Bu sehrli ovoz sizni toğu toşlarga, boğlarga, serhosil dalalarga, çölu daştlariga yetaklab ketaveradi. Bu teran ovoz yuragingizga Vatanning betakror manzaralarini, inson olamining murakkab dunyosini çizaveradi, çizaveradi. Uning ovozi davolaydi, dil dardlariga bebaho malham böladi. Avjida ham, mayin nolalarida ham yurakni çertib ötadigan hayqiriq bor, hikmat bor, isyon bor. Uning qöşiqlari odamni özi bilan özi tafakkur va isyon qilişga, özini özi teran anglaşga çorlaydi: “Yaxşidir aççiq haqiqat, lekin şirin yolğon yomon”. Yoki: “Endi inson qadri ham avvalgilarga öxşamas, könglum içra dardu ğam avvalgilarga öxşamas…” “Sozlar çalib kuylasam, madhing ado bölmağay…”
Tinglovçi uning qöşiqlariga şunçaki ermak uçun çapak çalmaydi. Aksinça tuşunib, anglab, yuragini qöşib qarsak çaladi. Yurak bilan çalingan qarsakning qadri baland, bahosi yuksak böladi.
Isteʼdod öz kuşandasi bilan dunyoga keladi. Isteʼdodlilarga hamişa oğir, hamişa azob. Isteʼdodni doimo hasadgöylar, qora yuraklar va körolmas ğalamislar oç qaşqirday qadamini poylab yuradilar. Fursat topildi, degunça hujum qiladilar. Badnom qilişga urinadilar. Buyuk rus yozuvçisi Mixail Şoloxov aytganidek, “Hasad aslo tinim bilmaydi.”
Hofiz ham hayotida ana şunday yovuz va ğiybatçi tödalarga köp marta duç keldi. Sanʼatdan yiroq örtamiyona hamda past kimsalarning beomon hujumlariga, ayrim amaldorlarning tazyiqlari va taqiqlariga uçradi. Nomi köp vaqt “qora röyxatlar”dan tuşmadi. Sahnalarning pardalari oçilmadi.
Maşhur sanʼatkor Bobomurod Hamdamov hofizning yigirma yillik quvğinga uçragani haqida kuyunib şunday degan edi: “El sevgan bu uluğ sanʼatkorni televizorga çiqarmaslik, konsert zallariga qöymaslik mumkin. Lekin muxlislari yuragidagini ekran va sahnalarni taqiqlab bölmaydi”.
U hasadgöylar bilan olişmadi, ğalamis ğanimlariga, har xil bölar-bölmas röyxatlarga aslo parvo qilmadi. Amaldorlarning tazyiqidan, pöpisasidan çöçimadi. Sabr qildi. Çidadi. Faqat haqiqiy döstlariga nido qilib: “Döst bölsang, yonimda tur”, deb kuyladi.
Lekin u jon-joniga payvand bölib ketgan suyukli maşğuloti – qöşiq kuylaşdan bir lahza ham töxtamadi. Ollohga iltijolar qilib: qöşiqqa suyandi, qöşiqdan kuç-qudrat, madad oldi. Qöşiq qanotlarida olis-olislarga parvoz qildi. Qadrdon torini köksiga mahkam bosib, qaddini tik tutib, bor ovozda mağrur kuyladi:
Dunyoni qizğanma mendan, azizim,
Men sening köçangdan ötmasman zinhor,
Mening bu olamda öz aytar sözim,
Va özim siğinar mozorlarim bor…
Yana bir dilbar qöşiğida şunday ötli nola qildi: “Dilimning rangini gul bilsa böldi, mening kimligimni el bilsa böldi”.
Mamlakatimizda izçil, adolatli siyosat havosi esa boşladi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning mustahkam irodasi tufayli turfa “qora röyxat”lar yöq qilindi. Şu bois, elimizning suyukli hofizi Şerali Jörayevga ham oçiq-oydinlik peşvoz çiqdi. Barça tösiqlar olib taşlandi.
Maʼlumki, publitsistika janrida matbuotning hozirjavob, jangovar, keskir, ötkir va teran mavzulari qalamga olinadi.
Bizning hofiz ham sanʼatga qöşiq publisistikasini olib kirdi, uni lirikaga hamohang qildi. Masalan, “Inson” qasidasi barhayot qöşiqqa aylandi.
U yuksak mahorat bilan kuylagan “Muqaddas ayol” qöşiği allaqaçon özbek ayoliga madhiya bölib qoldi. Bu möʼtabar qöşiqsiz bayramlar tatimaydi:
Sen baribir muqaddassan,
Muqaddas ayol!
Hofizning TINÇLIK mavzusidagi qöşiqlari uning repertuaridagi yorqin sahifalarni taşkil qiladi. U hali-hanuz yangi qöşiq izlab yaşaydi. Nazarimda, hamon öz qöşiğini topmaganday izlanadi, qöşiq işqida yonadi. Daryoyu dengizlar suvdan, toğlar qoyalardan, toşu xarsanglardan, boğlar şirin-şakar mevalardan töymagani kabi, u ham qöşiqdan, qöşiq mehridan aslo töygani yöq. U qöşiq ijro etmaydi. Balki qöşiq içida yaşaydi. Qöşiq uning hayoti, umri – joni jahoni.
Uning yuragida bitmas-tuganmas qöşiq zaxirasi bor.
Uning qöşiqlarida ona yerimiz, dalalarimiz tarovati va dardi bor.
Zahmat bilan yetiştirilayotgan buğdoy va paxtaning gardi bor. Ziyoli, dehqon, işçi, yoşlar – hammaning ötli nafasi bor. “Bizning asosiy vazifamiz xalqimizga çin dildan xizmat qilişdir. Bu ezgu yölda bizni Xudo adaştirib qöymasin”, – deydi hofiz sahnalarda Yaratganga iltijo qilib.
Uning zabardast ovozida Özbekning özi bor, sözi bor, mağrur ovozi bor, betakror nolasi bor, dardu quvonçlari bor, baland-baland özbekona avjlari bor.
U toğlarday yuksak qoyalarda, qir-adirlarda mağrur turib qöşiq aytsa, uning ötli nolalari vodiylarda aks sado beradi. Vodiylar, vohalarda turib kuylasa, çöqqilar, qoyalar titraydi. Daryolar tölqin uradi.
Hofizimiz öziga xos, heç kimga öxşamagan ijro uslubi bilan qöşiq sanʼatimizni ança yuksakka kötardi. Uning turli mavzularda kuylagan barhayot qöşiqlari sanʼatda hodisaga aylandi, çinakam voqea böldi. “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
Hofiz ijro maktabini yana bir yorqin sahifa: maşhur şoir va mutafakkir Mir Alişer Navoiy hazratlarining ğazallarini hofizçalik mehr-muhabbat bilan avj pardalarda yonib kuylagan boşqa xonandani topiş qiyin. U Özbekistonda turib naʼra tortsa, Hirotda aks sado beradi: “Istaganlar bizni, sahroi balodan istangiz, Vodiyi hijron ila daşti anoda istangiz…” Yoki: “Oşiq öldum, pand bermang, çorai asbobin tuzung, Işq zor etganga zulm etmang, taraxxul körguzung…” Eh-he, Alişer Navoiy sarhadsiz, xazinalari behad serob bir tengsiz ummon. Hofiz bizni ana şu buyuk ummon sari çorlayveradi, çorlayveradi…
Uning nihoyatda sermahsul, serqirra, xirmoni baland ijodi haqida batafsil yozişning sirayam imkoni yöq. Ularning jild-jild kitoblarga aylanişi muqarrar. Kunlar kelib, bu ezgu işga ham qaytarmiz. “Oşiqma oy tölgunça, olam çaman bölgunça…”
Kaminadan baʼzan “familiyangiz bir xil, ismlaringiz uyqaş, maşhur hofizga kim bölasiz”, deb söraşadi. “Oddiy muxlis”, – deb javob beraman.
Haqiqatan ham hofiz sanʼatining muxlislaridan biriman. Matbuotda işlagan kezlarimda, uning özi va qöşiqlari haqida köplab maqolalar va suhbatlarni eʼlon qilganmiz.
Şu kunlarda maşhur hofizning biroz bemor ekanligi haqida internetda xabarlar tarqalayotgani ham bor gap…
Bir suhbatimizda hofizimiz: “Har tong namozimda uluğ ustozlarim Komiljon Otaniyozov, Maʼmurjon Uzoqovning ruhi poklariga duolar qilaman”,degan edi.
Keling, aziz qöşiq muxlislari, sevimli, ardoqli hofizimizga Ollohdan mustahkam soğliq, uzoq umr va yangi qöşiqlar ijod qilişini sörab duolar qilaylik. Tezroq tuzalsin sevimli hofizimiz. Axir uni konsert zallari va muxlislar qalbidagi soğinç sahnalari orziqib kutmoqda…
Aşurali JÖRAYEV
