ÖTKIR RAHMAT SABOQLARI

1999 yilning may oyi. Işxonada edim. Telefon jiringladi. Göşakni kötardim. Taniş, guldiragan ovoz:

— Ortiq Nomoz qalaysiz?

Bu Namangandan, şoir Habib Saʼdulla edi. Hol-ahvol söraşgan böldik.

— Siz Ötkir Rahmatga qönğiroq qiling, — dedi kutilmaganda Habib aka.

Ğalati bölib ketdim.

— Bu… Prezidentning davlat maslahatçisi Ötkir Rahmatmi? — Yuragim toşib söradim. Habib aka aytgan odamni bir-ikki bor televizorda, katta anjumanlarda körganimni eslab.

— Öşa kişi. Biroq… “Qişloq hayoti” gazetasini öqimaysiz, çoği? Ötkirjon yaqinda şu gazetaga boş muharrir bölib ötgan. Sizni sörayapti…

— Tinçlik ekanmi?

— Xabarim yöq. Şu yigitni topişga yordam bersangiz, menga qönğiroq qilsin, dedi. Telefon raqamini yozvoling!..

Göşakni qöyib bir zum öylanib qoldim. Ötkir Rahmatday arbobni menda qanday işi bölişi mumkin? Şu öy bilan yozib olganim raqamga sim qoqdim.

— Ha, labbay! — degan öktam ovoz eşitildi göşakdan. Özimni taniştirdim.

— E, Ortiqalijon! Tinç-omonmisiz? — Eski taniş­lardek hol-ahvol söradi Ötkir aka. — Bir haftadan beri sizni izlayman. Hayriyat, Habib aka bor ekanlar. Xullas, gap bunday, ukajon. Men sizni kutyapman. Tez yölga çiqing!

Bu çorlovdan keyin nima deyarimni bilmay qoldim. Öşa kunlari gazetamiz muharriri işdan böşab, örniga vaqtinçalik işlab turgandim. Bir yoqqa çiqişning imkoni yöq. Ötkir aka bölsa… xuddi yuqori qavatdan pastga tuşing, degandek çaqiryapti. Nima desam?..

— Mayliku-ya, lekin… — şunday deb vaziyatni tuşuntirişga harakat qildim. Erta ötib indinga gazeta çiqarişimiz kerakligini ham qistirib ötdim.

— Gazetani bir kun oldinga surib bölsa ham, bugun-erta kelib ketsangiz yaxşi bölardi…

… Toşkentdaman. Boş muharrir qabulxonasida u kişini kutib ötiribman. Hademay yölak tomondan qadam tovuşlari eşitildi. Va xonaga örta böylidan xiyol tikroq, oq mağiz çehrali, yuzlaridan nur yoğilib turgan kişi kirib keldi. Menga közi tuşişi bilan:

— Assalomu alaykum! E, Ortiqali! Yaxşi keldingizmi? – deya çiroyli kulib qöl uzatdi.

Tanidim. Meni ming yillik tanişiday, ismimni aytib, dildorlik körsatayotgan bu odam taniqli şoir, “Qişloq hayoti”ning yangi boş muharriri Ötkir Rahmat edi.

— Kutib qolmadingizmi? — dedi u samimiyat bilan. — Qani, marhamat!

Izma-iz içkariladik. Ötkir aka tördagi joyiga emas, katta stol qarşisidagi bir-biriga rubarö qöyilgan stullarning biriga meni ötirişga taklif qildi. Öziga bağoyat yaraşgan, mayin tabassum bilan hol-ahvol söradi.

— Avvalgi iş joyimda vodiyga kurator bölganman, — dedi u. — Bir oyoğim Toşkentda bölsa, bittasi Namangandaydi. Sizni yaxşi bilaman. Maqolalaringizni öqiganman. Xullas, gap bunday ukajon…

Ötkir Rahmat şu köyi “Qişloq hayoti” adadi sönggi yillarda keskin tuşib ketganligi, gazetada yoritilayotgan maqolalarning saviyasi ham haminqadar ekanligini aytib, bu respublika rahbariyatini, gazetxonlarni qoniqtirmayotganligini, şu boisdan ham gazetani oyoqqa turğiziş uçun özini şu lavozimga tayinlaşganini aytib ötdi.

— Mamlakatimiz aholisining 65 foizi qiş­loqda yaşasa-yu, uning yakkayu yagona gazetasi bor-yöği uç ming nusxada çop etilsa, dehqon-u çorvador qöliga yetib bormasa, albatta, bu köpçilikni qoniqtirmasligi tabiiy, — dedi Ötkir aka. — Gazetani, uning saviyasini kötarişimiz kerak. Hukumatimizning qişloq va uning taraqqiyoti bilan boğliq siyosatini keng tarğib qilişimiz, qişloq odamlari hayotini, ularning orzu-armonlarini sodda, öqimişli tilda yoritişimiz, köpçilikni öylantirayotgan katta-katta mavzularga qöl urişimiz kerak. Rahbariyat ham, gazetxonlar ham bizdan şuni kutyapti. Şuning uçun ham tahririyatga viloyatlarda yaşab ijod qilayotgan isteʼdodli jurnalistlarni jalb qilyapmiz. Sizni taklif qilişdan maqsadimiz ham şu. Namangan viloyatiga muxbir bölsangiz, birgalikda işlab, gazetani ismi-jismiga mos, öziga xos gazetaga aylantirsak…

Bu kutilmagan taklif meni ham xursand qilgan, ham öylantirib qöygandi. Xursand bölganim, özi qaçondir respublika gazetalarining biriga muxbir bölişni, el kezib, yurt kezib, turfa odamlar bilan uçraşib, körgan-bilganlarimni yayrab-yayrab yozişni orzu qilganim bölsa, öylanib qolganim, tuman gazetasi muharrirligiga nomzodim borligi… dilim qatidagi yana bir işteboh ham bor ediki, bu – yoşim ham ellikka borayotgani, bu masʼuliyat va işonçni oqlay olarmikanman, degan andişa…

Köpni körgan Ötkir aka dilimdan ötganlarni sezib, his etib turgan ekan.

— Keling, Ortiqali! Hamkorlikda işlaylik, — dedi u xayolimdagilarni uqqandek. — Men sizga işonaman!

Boş muharrirning ana şu bir oğiz gapi, işonçi menga qanot böldi.

Har qanday odamni bir oğiz sözi bilan sehrlab, qalbiga öt qalab yaxşi işlarga yöllaydigan nazarkarda insonlar böladi. Ötkir aka ana şunday insonlar sirasidan ekan. Buni men bu mehri- daryo inson bilan “Qişloq hayoti”da birga işlaş jarayonida his etganman, körib-kuzatganman. Boş muharririmizning topşiriği bilan nafaqat Namanganni, balki Farğona vodiysi qişloqlarini qadamba-qadam kezib, ne-ne ajoyib odamlar bilan suhbat qurganman, ne-ne taqdirlarga duç kelganman.

Eng yaxşi maqolalarim, gazetxonlar eʼtirof etgan oçerk va lavhalarim boş muharririmiz topşiriği, bevosita yöl-yöriqlari bilan yoruğlik körgan.

— Viloyat muxbiri gazetaning öşa viloyatdagi muxtor vakili, hukumat siyosatining faol tarğibotçisi, el-yurt jonkuyari, — deb uqtirardi Ötkir aka. — Joylarda bölganingizda birinçi navbatda, har doim, har on zimmangizdagi ana şu masʼuliyatni his etib turing. Şunga munosib böling. Eng avvalo, oddiy odamlar manfaati diqqat-eʼtiboringizda tursin!

Masʼuliyat hissini har narsadan ustun qöyadigan, tabiatan jonsarak,   fidoyi inson, nozik didli ijodkor Ötkir Rahmat yetakçiligida “Qişloq hayoti” gazetasi, taʼbir joiz bölsa, qaytadan tuğildi. “Gurung”, “Qişloqda duv-duv gap”, “Buni hayot deydilar”, “Hangoma”, “Beşinçi qavatda beş daqiqa suhbat” kabi juda köplab öziga xos ruknlar bilan bo­yidi, haqiqiy ommabop, hammabop gazetaga aylandi. Adadi uç ming nusxaga tuşib qolgan gazeta va uning “Hayot” deb nomlangan ilovasi 30-35 ming nusxada bosildi. Odamlar qölma-qöl, qidirib öqiydigan respublikamizning eng nufuzli, yetakçi naşrlaridan biriga aylandi.

Şu yerda ikki oğiz “Hayot” haqida. “Qişloq hayoti” köproq qişloq turmuşini, fermerlar hayotini, işlab çiqarişni yoritişga ixtisoslaşgani tufayli ham bu gazetada jamoamizda qalam tebratayotgan ijodkorlarning, qolaversa, respublikamizdagi şoir va adiblarning asarlarini berib borişga imkoniyatimiz çeklangan edi. Vaholanki, gazeta adadi oşib, materiallar rang-barang va öqimişli bölib qolgaç, juda köplab ijodkorlar öz asarlarini tahririyatimizga taqdim etişayotgan edi. Buni yurakdan his etgan rahbarimiz “Hayot” deb nomlangan ilova-haftalik taşkil etişga, bu gazetada qamrovi kengroq, ijtimoiy-badiiy materiallarni berişni öz oldiga maqsad qilib qöydi va buning uddasidan çiqdi ham. Oradan heç qança ötmay “Hayot” — odamlar kutib öqiydigan, eng qiziqarli va sermazmun naşrlardan biriga aylandi. Bu gazeta bilan Abdulla Oripov, Pirimqul Qodirov, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid, Saʼdulla Siyoyev, Matnazar Abdulhakim, Şodmonbek Otaboyev kabi taniqli şoir va adiblarimiz hamkorlik qila boş­ladilar.

Ustoz rahbarligida tom maʼnodagi “Qişloq hayoti” maktabi şakllandi. Boş muharririmiz ijodida “yilt” etgan bir narsasi bor qalamkaş borki, tahririyatga tortiş payida bölardi.

Ötkir aka tahririyatga çorlagan, işlaşiga, ijod qilişiga imkon yaratib bergan Ğafur Şermuhammad, Şavkat Ortiqov, Maqsud Jonixonov, Tohir Habilov, Said Rahmonov kabi köplab iqtidorli qalam egalarini bugungi kunda respublikamiz ahli yaxşi biladi.

Ötkir aka — yaxşilik uçun tuğilgan inson. Hammaga — kattayu kiçikka yaxşilik soğinib yaşaydi. Yaxşilik qilsam deydi. Mehr-oqibatni har narsadan ustun qöyadi.

— Şavkat Rahmon degan millatimizning zabardast şoiri oğir dardga çalinib, yostiqdan boş kötarolmay yotganida juda köplab ijodkorlar, döst-birodarlari uning Dörmondagi dala-hovlisiga kelib-ketib turişdi, — deb eslaydi yozuvçi Nabijon Boqiy. — Ana şularning orasida Ötkir akaning mehr-oqibatiga, ayniqsa, qoyil qolganman. Ötkir aka öşanda jiddiy va masʼul lavozimda işlaşiga, vaqti ğoyat tiğizligiga qaramay, har haftaning maʼlum kunida, yo erta, yo keç Şavkat Rahmonning holidan xabar olişga, bemor qoşida ötirib undan hol-ahvol söraşga fursat topardi. Nima yeb, nima içyapti, dori-darmonlar yetarlimi, nima kamçilik bor, bilib olgisi kelardi. Qaytayotganida, közdan narida turgan xizmat maşinasi yukxonasidan turli yeguliklar, meva-çevalar, noyob dorilar solingan qutini asta olib menga tutqazarkan, heç kimga sezdirmaslikni, kim olib kelganini ham qattiq sir tutiş­likni tayinlardi.

Ustozning bu ajoyib xislatiga birga işlaş jarayonida özim ham juda köp bor şohid bölganman. Boş muharririmiz astoydil işlaydigan, yaxşi ijodkor, yaxşi mutaxassisni boşiga kötarişga ham tayyor edi. Bundayin insonlarni har doim qöllab-quvvatlaş, siylab-rağbatlantiriş, hukumat mukofotlariga tavsiya etiş payida bölardi.

“Qişloq hayoti”da Mahmud Jörayev degan grafik rassom işlardi. Öta kamsuqum, sodda, xokisor odam edi rahmatli. Buning ustiga oilasi ham katta, qiynalibroq hayot keçirişi yuriş-turişidan sezilib turardi. Bir umr tahririyatlarda işlagan betaʼma bu inson nafaqa yoşida bölişiga, betobligiga qaramay tahririyatga el qatori kelib ketar, öz işini sidqidildan bajarardi.

Kunlarning birida Ötkir aka şu Mahmud akani huzuriga çorladi. Keksa rassom kirib kelişi bilan örnidan turib kutvolib, bir piyola qaynoq çoy tutdi. Hol-ahvol söradi. Uy-içlarini suriştirdi.

— Çarçamayapsizmi, salomatligingiz yaxşimi? — deya dildorlik körsatdi. Keyin sörab qoldi:

— Iş faoliyatingizga qança böldi, ustoz?

— Qirq yildan oşdiyov… — dedi Mahmud aka.

— Qanday mukofotlaringiz bor? — yana söradi Ötkir aka.

— Bor… avvalgi muharririmiz Ismoil aka bir gal faxriy yorliq berganlar…

— Yaxşi, — dedi rahbarimiz. — Eng muhimi salomatlik. Salomatligingizni asrang. Kamçilik bölsa tortinmasdan ayting. Har doim yordamga tayyormiz.

— Qulluq! — dedi boş muharrirning öziga bu qadar mehribonligidan mutaassir bölgan keksa rassom.

Ikki oradagi bu suhbat bahorda bölib ötgan bölsa, avgust oyining oxirlarida, Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimizning bir guruh fidoyi zamondoşlarimizni hukumat mukofotlari bilan taqdirlaş haqidagi farmoni matbuotda eʼlon qilindi. “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlanganlar safida “Qişloq hayoti” gazetasining bezakçi rassomi Mahmud Jörayev ham bor edi…

Men Mahmud akani farmon çiqqan kuni gazetaga köz yoşlari tomib, yiğlab ötirgan holda uçratganman…

Ötkir aka viloyatlarda yaşab ijod qilayotgan iqtidorli ijodkorlarni ham har doim közi qaroğida tutardi. Gazetamizda “Isteʼdodlar bormisiz, omonmisiz?” degan maxsus ruknimiz ham bölib, şu rukn ostida viloyatlarning olis-olis qişloq-ovullarida yaşab ijod qilayotgan favqulodda iqtidor egalari haqida muntazam maqolalar berib borardik.

2000 yilning avji yozi edi. Mehnat taʼtilida – Çimyon sihatgohida dam olayotgan edim. Sihatgoh rahbarlaridan biri tuşga yaqin meni topib, “Toşkentga, Ötkir akaga telefon qilarkansiz” deb qoldi. Telefon qildim. “E, Ortiqalijon, salomatmisiz? Yaxşi dam olyapsizmi” degan boş muharririmizning odatiy yurakka yaqin ovozi eşitildi. “Rahmat”, dedim. “Uzr döstim, siz dam olayotgan öşa Çim­yon qişloğida ikki qöli yöq bir bola bor ekan. Şu holiga rassom ekan, oyoq barmoqlari bilan ajabtovur suratlar işlarkan. Bir vaqt topib ötib, uçraşib biror narsa yozib yuborsangiz yaxşi bölardi…” “Xöp” dedim. Nogiron rassom bola yaşaydigan xonadonni sörab-suriştirib, topib, u haqida maqola yozib jönatib yubordim. Maqola gazetaning navbatdagi sonida bosilib çiqdi…

Odatda tahririyatga hammadan erta kelib, hammadan keç qaytadigan, tun-u kun işga kömilib ötiradigan rahbarimiz kutilmaganda Xorazmga otlanib qoldi. Bu oşiğiç safar sababi bilan qiziqsak:

— Matnazar kasal, — dedi bezovta holda. — Borib körmasam bölmaydi…

Keyin masʼul kotibni çaqirib tayinladi:

— Kutubxonadan Matnazar Abdulhakimning kitobini topinglar. Eng sara şeʼrlaridan bir turkumini şu songa beringlar. Xursand böladi…

Boş muharririmiz Xorazmda ikki-uç kun qolib ketdi. Keyin öşa yerlik muxbirimiz Xolmurod (Qurbonov)dan eşitdim. Matnazar oddiy kasalxonalardan birida, umumiy palatada ana ketdi-mana ketdi bölib yotgan ekan. Buni körgan ustoz töğri viloyat hokimligiga çiqib boribdi. Mutasaddilar bilan gaplaşib, şu kuniyoq şoirni nufuzli klinikalardan biriga ötkazdiribdi. Uning öziga sezdirmasdan ayoliga bir dasta pul tutqazibdi. Xijolat qilmaslik uçun “eringizning çiqqan şeʼrlari uçun qalam haqi” depti. Davolovçi şifokorga uçraşib, Matnazarning ahvolidan kun-tun xabardor qilib turişini iltimos qilibdi. Telefon raqamini yozib qoldiribdi.

— Bunaqa inson, bunaqa şoir dunyoga yuz yilda bir keladi, — depti. — Uni asrab qolişimiz kerak!

Rahbarimiz Urgançdan qaytdi. Bir hafta-ön kun xayollari tözğin, parişon yurdi. Öşa kunlari özi Toşkentda bölsa ham xayoli Xorazmda edi…

Atoqli adabiyotşunos Ozod Şarofiddinovni qand kasali qiynardi. Oxiri bölmadi. Olimning oldin öng, söng çap oyoğini kesişga töğri keldi. Öşa kunlari Ötkir akaning bir qadami şifoxonada edi. Oradan heç qança ötmay gazetamizda Ozod akaning butunlay yangiça ruhdagi, şirali tilda yozilgan oçerk va esselari birin-ketin eʼlon qilina boşladi. Muharririmiz olimning yuragiga çöğ   taşlab, uni ruhlantirib, qöliga qalam tutişga undagani natijasi edi bu.

Keyinroq Ozod domlaning özi:

— Ötkirjon bölmaganida bu narsalarni qoğozga tuşiriş xayolimda ham yöq edi, — deya eʼtirof etgandi.

… “Qişloq hayoti”da iş boşlaganimga endigina yarim yil ötgan. 1999 yil dekabri avvali. Ötkir aka telefon qilib:

— 10 dekabr qanaqa kun ekanini bilasizmi? — deya sörab qoldi.

Yopiray! Keçagina iş boşlagan, hali özini körsatib ham ulgurmagan oddiy bir muxbirga eʼtiborni köring-da! Axir, bu kun mening tuğilgan kunim-ku!

— Öşa kuni oş qilib beraman, — dedim nima deyarimni bilmay.

— Oşni sizga mana biz qilib beramiz, — dedi Ötkir aka. — Şu kuni sizni tahririyatda kutamiz.

Bordim. Boş muharrir xonasida jamoat jam edi. Viloyat muxbirlarigaça çaqirilgandi. Ötkir aka mening haqimda köp iliq-issiq fikrlar aytib, “joningiz omon bölsin” deya egnimga tön kiydirdi, “belingiz baquvvat bölsin”, – deb belimga belboğ boğladi. Yana sönggi rusumdagi diktafon hamda rassomimiz Mahmud Jörayev çizgan portretimni sovğa qildi… Oradan heç qança ötmay “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlandim…

… Insonning boşida ne qismat, ne körgiliklar bor, Yaratganning özigagina ayon. Bu dunyoi dun deganlari boşdan-oyoq siru sinoatdan iborat.

Boşimga oğir sinovli kunlar tuşdi…

Otam vafot etdi…

Endigina öttiz beşga kirgan toğdek öğlimdan ayrilib qoldim.

Keyin nevaram…

Öşa kunlari ham ustoz yonimda edi.

Dardu dunyoim qoronği bölib, iç-içimdan yiğlardim.

Ammo… Kiftlarimda Ötkir akaning, bu mehri olamjahon insonning qöllari taftini his etib turardim.

Bu taft meni çökmaslikka, çekinmaslikka, yana olğa yurişga, yaşaşga undardi…

Tong bilan tahririyatga kelib, şularni eslab, qoğozga tuşirdim. Çunki soha fidoyilarini, asl ijodkorlarni, ustozlarimizni eslaş, doim yöqlab turiş, ulardan örnak oliş biz, şogirdlar uçun ham qarz, ham farzdir. Ularning yonimizdaligi, qalbimizdaligi, duolari ruhimizni kötaradi, kuçimizga kuç qöşadi…

Töğri, yuqoridagi voqealarga ança böldi… Ança yillardan buyon ustoz Ötkir Rahmat mamlakatimizdagi yetakçi naşrlardan biri, Parlamentimizning boş minbari — “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Boş muharriri vazifasida fao­liyat yuritmoqda.

Mening esa dilimda şu kalom:

Borligingizning özi baxt, mehribon ustoz!

Ortiqali NOMOZOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan