ILMDAN TOPILGAN ŞARAF
Ilm yöli oson emas. Bu yölning nöşi bir bölsa, nişi ming, rohati bir bölsa, taşvişi ming. Qölyozma manbalar ustida ilmiy izlaniş olib boriş, ayniqsa, murakkab. Fanning uşbu sohasida muayyan yutuqqa erişmoq uçun katta bilim va tajribadan taşqari, sabot va matonat ham zarur. Ana şu maşaqqatli va şarafli yölning sadoqatli yölçilaridan biri navoiyşunos va matnşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Şuhrat Sirojiddinovdir.
U kişini taniganimga öttiz yildan oşdi. Ilmda, rahbarlik faoliyatida erişgan har bir yutuğiga guvohman. “Alişer Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasi naşr etilganda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida taqrizim eʼlon qilingan. Monografiya davlat mukofotiga tavsiya etilganda, ekspert taşkilot — Özbekiston Milliy universiteti vakili sifatida fikr bildirganmiz. Birinçi darajali davlat mukofotiga munosib körilganda, hamkasbimizning yutuğidan qalbimizda quyoş porlagan. Özbekiston Milliy universitetiga öquv işlari böyiça birinçi prorektor, keyin rektor etib tayinlanganda, ilmiy-pedagogik va rahbarlik salohiyatiga tan berganmiz. “Maʼrifat nadir” degan kitobim naşr etilganda, eng teran tahlilga asoslangan taqrizni Şuhrat Sirojiddinov yozgan. Bularni aytişdan murod ana şu katta olim va salohiyatli rahbar bilan döstligimiz ildizlari neçoğlik çuqur va mustahkam ekanini taʼkidlaş, qançalik yaqindan bilişimga urğu bermoqdir.
Katta maqsadlar yöli
Şuhrat Sirojiddinov, birinçi navbatda, matnşunos va navoiyşunos olim. “XIX asr Kattaqörğon şoirlari ijodida Alişer Navoiy anʼanalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgaç, u öz oldiga katta maqsadlar qöydi. Birlamçi manbalar asosida Alişer Navoiy ilmiy biografiyasini tiklaş bilan boğliq bu maqsad ilmiy izlanişlarini muttasil davom ettirişini taqozo etar edi. Bu degani, köp sonli, turli davrlarda köçirilgan qölyozma manbalarni qiyosiy örganiş, ulardagi tafovutli maʼlumotlarni çoğiştiriş, mavzuga doir tadqiqotlarda bildirilgan ilmiy qaraşlar bilan muqoyasaviy tahlilni öz içiga oladigan katta zahmatni zimmasiga oliş demakdir. Dunyo fondlaridagi köplab qölyozma manbalarni qiyosiy-tekstologik jihatdan sinçiklab tahlil etiş natijasida olim 1998 yil iyun oyida “Alişer Navoiy hayoti va faoliyatiga oid XV-XIX asrlarda yaratilgan fors manbalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Şuhrat Sirojiddinovning “Alişer Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasi ana şu tadqiqot natijalarini özida mujassam etdi.
Maʼlumki, özbek manbaşunosligi va matnşunosligi bugungi kungaça katta ilmiy tajriba töpladi, muayyan nazariy va amaliy yutuqlarni qölga kiritdi. Navoiyşunoslik misolida erişilgan natijalar, ayniqsa, eʼtiborga molik. Buyuk mutafakkirning “Xazoyinu-l-maoniy”, “Xamsa” va boşqa asarlari ilmiy-tanqidiy matnini tuziş böyiça amalga oşirilgan işlar natijasida ularning muallif varianti, buning imkoni bölmaganda esa şunga yaqin matnlari tiklandi.
Ana şunday zahmatli mehnat samarasi ölaroq uluğ şoir asarlarining akademik naşrlari yuzaga keldi. Hazrat Navoiy hayotiga oid manbalar: Mirxondning “Ravzatu-s-safo”, Davlatşoh Samarqandiyning “Tazkiratu-ş-şuaro”, Xondamirning “Makorimu-l-axloq”, “Habibu-s-siyar”, Zayniddin Vosifiyning “Badoyeʼu-l-vaqoyeʼ” va boşqa asarlarning tarjima va tabdil qilinib, naşr etilişi bu boradagi işlar kölami neçoğlik samarali bölganini körsatadi. Endi manbaşunoslik oldida mazkur manbalarni tadqiq etiş asosida buyuk bobokalonimiz hayotiga doir faktlarni qiyosiy asosda tanqidiy örganiş; asl maʼlumotlar bilan orada paydo bölgan tafovutlarning mohiyati va genezisini aniqlaş; haqiqat va töqimalarni ilmiy baholaş; Navoiy biobibliografiyasini tiklaş yölida yangi manba va maʼlumotlarni ilmiy muomalaga olib kiriş kabi dolzarb vazifalar turar edi. Tabiiyki, bu uzoq muddat davomida köplab qölyozmalar çangini yutib, ularni özaro qiyoslaş maşaqqatidan taşqari, çöng matonatni, çuqur ilmiy tafakkurni, yuqori darajadagi tadqiqotçilik salohiyatini talab etar edi. Şuhrat Sirojiddinov monografiyasi ana şu xususiyatlarni jamlagani bilan katta ilmiy qimmatga ega.
Muallif özi tadqiq qilgan ilmiy muammo zaruratini quyidagiça asoslaydi: “Köpçilik keyingi davr olimlari (XVI-XIX asrlarda bitilgan tazkiralar mualliflari nazarda tutilmoqda – N.J.) Amir Alişer haqida yangi gap aytiş ilinjida xalq rivoyatlari orqali yetib kelgan Navoiy haqidagi maʼlumotlarni ham öz asarlarida zikr eta boşladilar. Yillar ötişi bilan tazkiranavislikning turli saviyadagi iqtidori, dunyoqaraşi, maqsadli yondaşuvi oqibatida Navoiy haqidagi maʼlumotlar şunçalik özgarişlarga uçradiki, kitobxon qaysi maʼlumot asl va qay biri soxta ekanligini ajrata olişga ojizlik qilib qoldi… Manbalardagi maʼlumotlarni qiyosiy-tipologik jihatdan örganiş, bir tomondan, maʼlumotlarning asl va töqima tomonlarini aniqlasa, ikkinçi tomondan, Navoiy hayoti va faoliyatining yoritiliş darajasi, mualliflarning uslubiy öziga xosliklarini körsatib beradi”.
Darhaqiqat, uşbu monografiya navoiyşunoslikning öziga xos yutuği sifatida baholanişga loyiq. “Navoiyga doir maʼlumotlarning özaro qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili”, “Navoiy va davlat xizmati”, “Sulton Husayn, vazirlar va Alişer Navoiy” singari boblar mohiyatan uyğunligidan taşqari, asardagi asosiy ilmiy konsepsiyani yoritişda bir-birini töldirib keladi. Navoiyşunoslikning tadrijiy bosqiçlariga baho berar ekan, muallif uni quyidagiça davrlaştiradi: 1) uluğ mutafakkir hayoti va adabiy merosining öz zamonasida örganilişi; 2) jahon siyosiy maydonida XIX asrning ikkinçi yarmida boşlangan siyosiy evrilişlar davri; 3) XX asr 40-yillaridan boşlangan navoiyşunoslikning alohida ilmiy yönaliş sifatida şakllanişi. Muallif har bir davrning xos xususiyatlarini belgilaydi, yutuqlari va çeklangan tomonlariga munosabat bildiradi, muhim umumlaşmalar çiqaradi. Ahamiyatli jihati şundaki, olim şörolar davri navoiyşunosligi haqida fikr yuritar ekan, salaflari ilmiy işlarini xolis baholaydi. Boşqa ayrim tadqiqotçilarga öxşab, ularning öşa davr mafkurasi talabi bilan aytilgan, zohiran körinib turgan nuqsonlariga urğu beriş yölidan bormay, eʼtiborni asosiy ilmiy natijalarga qaratadi.
Ilmdagi mavjud qaraşlarni yangilaş, muammoga özgaça rakursda yondaşib, baʼzi masalalardagi qatʼiylaşgan xulosalarni özgartira biliş, eng muhimi, bunda munozara madaniyatini saqlaş ilmiy işning yutuğini, tadqiqotçining mahoratini, xolisligini baholaşda asosiy mezonlardir. Muallifning yutuği şundaki, birinçidan, u ilk manbalardagi ixtilofli fikrlar tahlili asosida ular içidan asl haqiqatlarni aniqlay bildi. Jumladan, Mirzo Haydar Döğlotning “Tarixi Raşidiy” asaridagi Navoiy nasabiga oid qaraşlarga munosabat bildirar ekan, olim şunday yozadi: “Keyingi davrlarda yaratilgan manbalardagi maʼlumotlar körib ötilganlari kabi muhim va original emas. Hatto baʼzilarini soxta va adaştiruvçi maʼlumotlar sirasiga qöşiş mumkin… Mirzo Haydar umrining asosiy qismi Koşğarda va oxiri Hindistonda ötgan. Unda Navoiy haqidagi maʼlumotlarni uluğ şoirni şaxsan tanigan kişilardan oliş imkoniyati yöq edi. Hatto umrining oxirini boburiylar saroyida ötkazgan Xondamir ham Mirzo Haydarning Hindga kelişidan taxminan yetti yilça ilgari vafot etib ketgandi. Şunday bölgaç, Mirzo Haydar bahs etilayotgan mavzu böyiça öz hamasrlari Faxriy va Som mirzoçalik öz maʼlumotlarini qayta tekşirib köriş imkoniga ega emas edi”.
Muallif keyingi asrlarga taalluqli manbalarni örganar ekan, ulardagi ikki qusurni ajratib körsatadi: 1) tekşirib körilmagan turli maʼlumotlarni qöşib bayon etiş (Abdulmöminxonning “Tomu-t-tavorix” asari); 2) mavjud maʼlumotlarning özgartirilişi (Darviş Ali Çangning “Tuhfatu-s-surur”i). Tabiiyki, qiyosiy tahlilning bunday usuli katta zahmatni, şu bilan birga, olimona idrokni talab qiladi.
Haqiqat bahslarda oydinlaşadi
Alişer Navoiy hayotiga doir manbalarni qiyosiy örganar ekan, Şuhrat Sirojiddinov zarur örinlarda V.V.Bartold, Ye.E.Bertels, Olim Şarafiddinov, Sadriddin Ayniy va boşqa olimlarning baʼzi fikrlari bilan bahsga kirişadi hamda öz mulohazalarini işonarli dalillaydi. Jumladan, muallif Boburning “Alişerbek mizoji noziklik bilan maşhurdur” degan taʼrifidagi “noziklik” yaʼni “nazokat” sözini V.V.Bartold “vыsokomeriye” – “kalondimoğlik” deb tarjima qilganini yozar ekan, A.N.Boldirevning “tolkovaniye slova “nazokat” V.V.Bartolda neverno: yego sleduyet ponimat v dannom sluçaye kak “preuveliçennaya щepetilnost”, bыstraya “neobosnovannaya razdrajitelnost”, tarzidagi fikrini keltiradi hamda mana bunday xulosa çiqaradi: “Ayni holatda A.N.Boldirev izohi juda töğri, Navoiyning faqru fanoga eʼtiqodini bilgan Zahiriddin Muhammad Bobur “nazokat” deganda takabburlikni nazarda tutmagan. “Badoyeʼu-l-vaqoyeʼ” va boşqa asarlarda uçrovçi faktlar Navoiyning nozikligi uning tez xafa bölişi (yaʼni noziktaʼbligi – N.J.) bilan izohlanişini tasdiqlaydi”.
Yana bir misol: monografiya muallifi navoiyşunoslikdagi uluğ şoirning Hirotdan surgun qilingani haqidagi qaraşga ham özgaça munosabat bildiradi. V.V.Bartold va Ye.E.Bertelsning bu boradagi fikrlari bilan munozaraga kirişadi. Uning qayd etişiça, V.V.Bartold “Mir Alişer va siyosiy hayot” tadqiqotida: “Navoiyning Hirotdan Samarqandga ketişi surgun sifatida qaralişi lozim”, degan fikrni ilgari suradi. “Navoiy” sarlavhali tadqiqotida Ye.E.Bertels bu qaraşni maʼqullaydi. Manbalardagi maʼlumotlarni sinçiklab örgangan Şuhrat Sirojiddinovning yozişiça: “Bertelsning mazkur tadqiqotda bunday yuzaki yondaşuvining maʼlum sabablari bor. U öta sinçkov manbaşunos va bilimdon navoiyşunos bölsa-da, Bartold konsepsiyasini buzmaslik uçun uning xulosalari bilan manbalar orasidagi ziddiyatli fikrlarga aniq çek qöymagan va barçasini bir-biriga moslaştirişga majbur bölgan”.
Yuqorida taʼkidlanganidek, muallif monografiyada ilmiy munozara madaniyati yuqori ekanini namoyon eta olgan. U birlamçi manbalardagi maʼlumotlarni örganiş asosida teran tahlillarni amalga oşiradi, köplab noaniqliklarga oydinlik kiritadi. Şunga qaramay, öz töxtamlarini eng sönggi xulosa sifatida taqdim etmaydi. Özidan keyingi tadqiqotçilarga ham söz aytiş uçun imkon qoldiradi. Jumladan, yuqorida zikr etilgan “surgun” muammosiga munosabat bildirar ekan, olim bu masalani qayta körib çiqiş navoiyşunoslikning dolzarb vazifalaridan ekanini aytadi.
Alişer Navoiyning boş vazir – devon sohibi sifatida qaysi soha va tarmoqlarga masʼul bölgani bilan qiziqqan muallif manbalardan ularning quyidagilardan iborat ekanini aniqlaydi:
1. Turli xalq yiğinlari va umumxalq tadbirlari.
2. Taşqi işlar. Uluğ mehmonlarni rasmiy qabul qiliş va kuzatiş.
3. Favqulodda holatlar, isyonlar, çegara muammolari.
4. Poraxörlikka qarşi kuraş.
5. Talonçilik va bosqinçilikka qarşi kuraş.
6. Sud-adliya.
7. Viloyatlardan tuşgan ariza va şikoyatlarni tekşiriş.
8. Amnistiya (afv etiş).
9. Diniy aloqalar.
Bu maʼlumotlar bugungi avlodlarga hazrat Navoiy bajargan işlar kölamining neçoğlik katta bölganini tasavvur etiş imkonini berişi bilan ham qimmatlidir.
Umuman, uşbu monografiya navoiyşunoslikni yangi ilmiy xulosalar bilan boyituvçi, adabiy manbaşunoslik va matnşunoslik rivojiga munosib hissa bölib qöşiluvçi muhim tadqiqot sifatida ahamiyatlidir.
Ilmdagi eng sönggi yangiliklarni oliy taʼlim auditoriyasiga olib kiriş, öquv jarayoniga tatbiq etiş ilmiy tadqiqotlar ufqini kengaytirgani kabi taʼlim-tarbiya tizimining ham rivojiga xizmat qiladi. Şuhrat Sirojiddinovning “Navoiyşunoslik”, “Özbek matnşunosligi qirralari”, “Matnşunoslikdan saboqlar”, “Hijriy va milodiy yillarni özaro tabdil qiliş usullari” singari darslik va öquv qöllanmalari bu jihatdan alohida qimmatga ega. Olimning Özbekiston xalqaro islom akademiyasi öquv jarayoni uçun yozgan “Islom falsafasiga kiriş: kalom ilmi”, “Istoriya religiy” darsliklari, “Özbek adabiyotining falsafiy sarçaşmalari” qöllanmasi yangi ilmiy xulosalari hamda tahliliy quvvati bilan alohida ajralib turadi.
Olim faoliyatini baholaşning muhim körsatkiçi fanning ustuvor ilmiy yönalişlarida munosib izdoşlar — şogirdlar yetiştiriş darajasi bilan ham belgilanadi. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 40 dan ziyod magistr, 9 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) va 4 nafar fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega mutaxassislar yetişib çiqqani Şuhrat Sirojiddinovning ilmiy kadrlar tayyorlaş borasida ham samarali mehnat qilayotgani isbotidir.
Olim agar rahbar bölsa…
Qariyb beş yildan ziyodroq vaqt mobaynida Şuhrat Sirojiddinov Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori sifatida faoliyat yuritib kelyapti. Garçi taşkil etilganiga köp bölmasa-da, uning rahbarlik iqtidori bois universitet mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida munosib örin egalladi, nufuzi kundan-kunga oşib borayotir. Qisqa davr mobaynida Özbekiston oliy taʼlim muassasalari milliy reytingida töqqizinçi öringa kötarildi. Bunday natijaga erişiş öz-özidan bölmasligi aniq. Buning uçun taʼlim tizimiga xos muammolarni çuqur biliş, ularni hal etiş mexanizmini egallaş, jamoani katta maqsadlar sari yönaltira oliş, kerak bölsa, tunni tongga ulab mehnat qiliş zarur.
Albatta, bugungi globallaşuv zamonida heç bir oliy taʼlim muassasasi öz qobiğida rivojlana olmaydi. Fan va işlab çiqariş bilan, dunyo taʼlim tizimi bilan integratsiya yölga qöyilmas ekan, taʼlimni zamon talablari darajasiga yuksaltiriş haqidagi orzular orzuligiça qolib ketaveradi. Çinakamiga rivojlanmoqçi bölgan universitet dunyoga çiqmoği, nimalarga qodir ekanini xalqaro maydonda sinamoği, hamkorlar bilan tajriba almaşib, jahon taʼlim tizimidagi ilğor yutuqlarni öquv jarayoniga muttasil ravişda tatbiq etmoği zarur. Ana şu ehtiyojni teran his etgan Şuhrat Sirojiddinov universitetga xalqaro miqyosda eʼtirof qozongan olimlarni işga taklif etdi. Bundan taşqari, doktorlik dissertatsiyasi böyiça izlaniş olib borayotgan kezlari Bodlean kutubxonasi, Britaniya muzeyi va Oksford universiteti Şarqşunoslik instituti qölyozmalar fondidagi Alişer Navoiy hayoti va asarlari bilan boğliq qölyozmalarni örganayotganda, Samarqand davlat çet tillar instituti hamda Özbekiston Milliy universitetiga rektorlik davrida hamkorlik qilgan xorijlik mutaxassislar orqali universitetning xalqaro aloqalarini mustahkamladi. Natijada MDH davlatlari, Xitoy, Turkiya, Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polşa, Hindiston, Amerika Qöşma Ştatlari, Saudiya Arabistoni, Belgiya, Afğoniston oliy taʼlim muassasalari bilan 50 dan ziyod şartnomalar doirasida samarali hamkorlik yölga qöyilgani buning isbotidir.
Olim taniqli jamoat arbobi sifatida respublikamizda ijtimoiy-maʼnaviy sohani isloh etiş işiga munosib hissa qöşib kelmoqda. U Özbekiston Respublikasi Atamaşunoslik komissiyasi raisi örinbosari sifatida ham joy nomlari va taşqi yozuvlar böyiça qonunçilik hujjatlarini tartibga keltiriş ustida amaliy işlarga boşçilik qilmoqda. Özbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini mustahkamlaş, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltiriş işiga munosib hissa qöşayotir. Davlat tilining rivoji uçun keng kölamda tarğibot işlarini olib boryapti.
* * *
Şu kunlarda Şuhrat Sirojiddinov ilm odami uçun ayni kamolot pallasi bölgan oltmiş yoşni qarşiladi. Bu sanaga u muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maʼnaviyat universiteti, deya yuksak baholangan nufuzli oliy taʼlim muassasasi rahbari, ilmdan şaraf topgan olim, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qöşayotgan jamoat arbobi sifatida qadam qöyayotir. Lekin hali oldinda yanada katta marralar turibdi. Bugun yangi Özbekiston öz oldiga Uçinçi Renessans degan uluğ maqsadni qöyib, şu yölda ulkan islohotlarni amalga oşirmoqda. Tabiiyki, butun jamiyatning safarbarligini talab qiladigan bu ğoyani amalga oşiriş uçun muayyan vaqt bilan birga fidoyi vatanparvarlar talab etiladi. Şuhrat Sirojiddinov ana şunday fazilat egalaridan. Maʼrifat yoğdusi bilan yoş avlod qalbini yoritib, ana şu uluğvor maqsadlar sari safarbar etib kelayotgani uning Vatan oldidagi munosib xizmatidir. Olimga uşbu murakkab va şuning barobarida şarafli faoliyatida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Nurboy Jabborov,
filologiya fanlari doktori, professor.
