Dunyoni özbekça söylatgan alloma

Şoislom Şomuhamedov. Bu nomni yurtimizda özini ziyoliman degan odam bilmasligi mumkin emas. Çunki maşhur şarqşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori, tarjimon va adib Şoislom Şomuhamedovni tom maʼnoda alloma insonlardan edi desak, xato bölmaydi. U zot hayot bölganida bu yil bir asr — 100 yoşga tölgan bölar edi.

Olim 1921 yilning 16 aprelida Toşkentda tuğilgan, 1941-1942 yillarda Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan, umrini ilm-fanga, adabiyotga baxşida etgan kişi edi. Bir neçta tillarni mukammal bilgan olim, Umar Hayyom ruboiylarini ona tilimizga qanday mohirona tarjima qilgan bölsa, Firdavsiyning “Şohnoma” asarini ham özbek tiliga ögirgan adiblarimizdandir.

Olim 90 ga yaqin kitoblar muallifi bölib, fors tili, fors adabiyoti, Eron adabiyoti va fors madaniyatiga oid qator darsliklarning ham muallifidir.

Quyida uluğ olimni yod etib u kişining şogirdlaridan bölgan, ammo bugun özlari ham katta ustoz, muborak yoşlarga yetgan Hamidjon Homidiy domlaning bir gözal maqolasini çop etayotganimizdan mamnunmiz.

Öylaymizki, aziz muştariylarimiz, ayniqsa, yoşlar elimizning uluğ ijodkorlaridan bölgan Şoislom Mahmudoviç Şomuhamedov hayoti va ijodi haqida ibratli maʼlumotlarga ega böladilar.

Tahririyat.

 

Bunga 54 yil böldi. Öşanda 1967 yilning mart oyi edi. Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşidagi gumanitar fanlar buyiça ilmiy darajalar berişga ixtisoslaşgan Kengaş mening nomzodlik dissertatsiyamga maşhur şarqşunos, filologiya fanlari doktori, professor, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Xalqaro Firdavsiy mukofoti sovrindori, noziktaʼb adib Şoislom Şomuhamedovni rasmiy opponent qilib belgiladi.

Ming istihola bilan yonlariga borganimda:

— Yaxşi mavzuni tanlabsiz. Mendan ustozingiz Natan Mallayevga salom ayting, taqriz 15 kunda tayyor böladi, — dedilar.

Haqiqatan, ön beş kundan keyin borsam, taqriz ikki nusxada tayyorlanib, muhr ham bosilgandi. Öşa onda men özimni ğoyatda baxtli sezdim. Zero, Respub­likamizning nufuzli dorilfununi dekani, özbek şarqşunosligida öziga xos maktab yaratgan maşhur olimning yuksak bahosiga sazovor bölgandim. Şu-şu şapq donişmandlariga xos kamtar, hamişa oçiqköngil, fanimiz darğalaridan biri Şoislom Şomuhamedov bilan ustoz-şogird bölib qoldik.

Bir kuni ustozni muborak sakson yoşlari bilan ziyorat qilib, dilkaş suhbatlaridan bahramand böliş maqsadida Toşkentning Kökça dahasidagi “l-Oqsoy” mahallasida joylaşgan hovlisiga bordim.

— Mening şarqşunos bölişim tasodif emas. — gap boşladi ustoz. — Bobom ham, otam, toğalarim, onam ham ziyoli bölişgan. Toğam Horun Sulaymonov hamda onam Şarofat ayalar çinakam “Navoiyxon” olimlar edi. Ular “Çor devon”ni arab alifbosida öqişardi, men esa baʼzi ğazallarni lotin yozuvida köçirib, yod olardim. Navoiy asarlarining öşa nusxalarini maşhur şoirlar Hamid Olimjon, Uyğun hamda Amin Umariylar naşrga hozirlaşgandi.

Navoiy asarlarida arabça hamda forsça söz, ibora, atama, birikmalar, badiiy tasviriy vositalar juda köp edi. Mening ongimga “arab va fors tillarini bilmagan odam Navoiy asarlarini töla tuşunib yetmas ekan”, degan tuşunça singib qoldi.

Domla öyçan holda xotiralarini sözlaşda yana davom etdi:

—1939 yili harbiy xizmatga çaqirildim. Toşkentdagi piyoda qöşinlar harbiy bilim yurtini tugatgaç, frontga jönatişdi. Jangda yarador böldim. Gos­pitallarda davolanib bölgaç, Termiz çegara zastavasiga boşliq qilib tayinlandim. 1947 yili harbiy xizmatdan qaytib, Toşkent davlat universitetining şarqşunoslik fakultetiga “Eron-afğon filolo­giyasi” ixtisosligi böyiça öqişga kirdim.

Kunlarning birida buvim huzurlariga çorlab, buyuk şoir Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy maʼnaviy”si bitilgan nodir qölyozmani berib, şunday vasiyat qildilar:

— Bolam, bu köp muqaddas kitob, ehtiyot qiling. Bobongiz uni öqiganlarida soqol-möylovlaridan köz yoşlari oqib turardi.

Men bor bisotim — kutubxonamni özim uçun qadrdon bölgan Toşkent davlat şarqşunoslik institutiga inʼom etganman. Öşa nusxa hozir ham şu institut kutubxonasida caqlanmoqda. Şarqşunos böliş asli mening qonimda bölgan.

— Oltmişinçi yillarda siz fors-tojik adabiyoti tarixini jiddiy örganişga kirişib, köplab tadqiqotlar, bir qança şoirlarning özbek tilida ilk bor ança mukammal tarjimai holini yaratdingiz. Önlab forsiyguy adiblar asarlarini tarjima qilib, çop ettirdingiz yoki şunday jarayonga boş-qoş böldingiz. Bu katta ijodiy hodisa maʼnaviy ehtiyojmidi yoki zamona taqozosimidi?

— Dorilfununni tugatgaç, kafedraga işga olib qolişdi. Ana öşanda butun orzularim amalga oşganday böldi, Navoiy merosi hamda forsiy tildagi badiiy ijod mahsullarini jiddiy örgana boşladim, tarjimalar qiliş, ular asosida, majmualar, guldastalar tuzişga kirişdim. Bu orada Şarq adabiyoti ixtisosligi böyiça filologiya fanlari nomzodi, degan ilmiy darajaning sohibi böldim. 60-yillarning örtalaridan boşlab birin-ketin “Ehson Tabariy”, “Haqiqat izlab”, “Umar Hayyom”, “Abdurahmon Jomiy”, “Fors-tojik adabiyoti klassiklari”, “Saʼdiy Şeroziy”, “Malikuş-şuaro Bahor”, “Fors-tojik adabiyoti klassiklari ijodida gumanizm”, “Amir Xusrav Dehlaviy” singari risolalarim, monografiyalarim, köplab maqolalarim, tarjimalarim alohida kitob şaklida çop etildi; 1969 yilda forsiy tildagi adabiyot ixtisosligi böyiça fan doktori degan ilmiy darajani olişga muvaffaq böldim. Hamma kitoblarimdagi tahlilga jalb etilgan misollarni asl dastxat matnlardan qidirib, topib, özim ögirganman.

Öşa yillari Toşkent davlat badiiy adabiyot naşriyoti huzurida “Şarq xalqlari adabiyoti” tahririyati taşkil qilindi va uni boşqariş ham mening zimmamda böldi. Butun faoliyatimni Şarq adabiyotini, xususan, fors-tojik adabiyoti injularini özbek xalqining maʼnaviy mulkiga aylantirişga safarbar etdim. Natijada uluğ şoir Rudakiydan tortib deyarli barça klassik forsiguy şoirlarning ijodiy merosi tarjima qilinib, çop etildi; köp­lab majmualar tuzildi. 1958 yili Toşkentda dunyo Şarqşunoslarining Xalqaro Kongressi böldi. Bizning naşriyot arab, fors, hind, xitoy, yapon, uyğur, vyetnam va boşqa xalqlar tillarida ana şu Kongressga atab 57 nomda guldasta çop etdi. Bu va boşqa işlarda maşhur şoirlar Xurşid, Muinzoda domlalar, Vasfiy va Jumaniyoz Jabborovlar bilan   hamkorlik qilganmiz.

— Ustoz, — gapga aralaşdim men, — Umar Xayyom ruboiylari sizning tarjimangizda xalqimiz orasida keng tarqalgan, 12 marta qayta naşr etilgan. Buning siri nimada?

— Aslini olganda, buning heç qanday siri yöq. Zeroki, Umar Xayyom ruboiylari mazmunan çuqur, ğoyaviy jihatdan teran, şaklan sodda, ravon, hammabop. Men tarjimada asliyatning ana şu xususiyatlarini asraşga harakat qilganman. Ayrim tarjimonlar şoir ruboiylariga öta erkin yondaşib, badiiy sayqal berib, “originallaştirib” ögiradilar. Natijada asliyatdan yiroq “yangi” ruboiy vujudga keladi. Bir kuni ziyoli bir döstim öğlining nikoh töyiga taklif etdi. Bazmda kelin-kuyovni tabriklaş uçun meni örtaga çorlaşdi. Söz orasida kimdir “domla, Umar Xayyom ruboiylaridan öqib bering”, deb luqma taşladi. “Yoddan bilmayman”, deb qutuldim. Davrani boşqarayotgan suxandon yigit şoir ruboiylaridan öndan ziyodini öqib, meni hijolatdan qutqardi. Şunday, yaxşi şeʼrning tarjimasi ham asliyatidek xalq bilan hamişa hamroh yuradi.

Qaysi bir yili bölimimiz Hofiz Şeroziyning devonini naşr etişni rejalaştirdi. Ammo munosib tarjimon masalasida bir töxtamga kelolmadik. Maslahat Xurşid domlaga kelib töxtadi. Men u kişini qidirib Muqimiy nomli teatrga bordim. “Ustoz işdan böşab ketganlar”, deyişdi u yerdagilar. Keyin bilsam, adib “mafkurasi buzuq” ijodkor sifatida adabiy emakdoşlik vazifasidan çetlaştirilgan bölib, “Madaniyat” xöjaligida boğbonlik qilib yurgan ekanlar. Boğlariga qidirib borib, mud­daomni aytdim. Oxir-oqibatda Hofiz devoni Xurşid domla tarjimasida eʼlon qilindi. Asliyatini esa maşhur hattot Abduqodir Murodiy domla köçirib berdilar.

Hofiz devonidan bir nusxasini öşa vaqtdagi Özbekiston Markazqömining Mafkura bölimiga eltib berdim. Ana şu tarjima bahona Xurşid domlani tez orada çorlab Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutiga ilmiy xodim qilib işga qabul qilişdi. Aytişadi-ku, buyuklar ruhini eʼzozlagan odam aslo kam bölmaydi.

Hayot ham murakkab, ham qiziq. Zeroki, baʼzi asarlarning yaratilişida turmuşdagi biron bir turtki yoki biron kişi sabab böladi. Kunlardan bir kun xalq   şoirimiz, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov: “Şohnoma” dunyodagi deyarli barça xalqlar tillarga töla yoki qisman tarjima qilingan. Ammo ustoz, bu şoh kitobning özbekça şeʼriy tarjimasi yöq. Şuning uçun bu işni öz zimmangizga olsangiz”, deb qoldi. Haqiqatan, bu şoh kitob qadimda ikki marta nasr va nazmda özbekçalaştirilgan bölsa ham tugal şeʼriy tarjimasi yöq edi. “Rustam va Suhrob”ning Miriy varianti original asar. Şundan söng men “Şohnoma” tarjimasiga taraddud köra boşladim. Bunday qapacam, uşbu ulkan işni bir özim uddalaşim muşkul körindi. Natijada bu xayrli yumuşga doimiy hamkorlarim, forsiy tildagi şeʼriyatning bilağonlari, atoqli şoirlar Jumaniyoz Jabborov, Nazarmat hamda Hamid Ğulomlarni jalb etdim. Bir neça yillik zahmat tufayli “Şohnoma”dek ulkan kitobning uç jildlik şeʼriy tarjimasi özbek kitobxonlari qöliga yetdi…

— Maʼlumki, kitobnig birinçi jildi tarjimasi tölaligiça sizning qalamingizga mansub. Uşbu ögirmalarda Firdavsiyga xos jangnamonavislik uslubini, badiiy tasvirda öta mubolağali va qabariklikni, har bir doston muqaddima va xotimasidagi pandnomalik ruhini mahorat bilan ifodalay olgansiz. Asar ilm-adab ahli tomonidan iliq kutib olindi va tez tarqalib, noyob kitobga aylandi.

— Keyingi yillarda ham “Gumanizm — abadiylik yalovi”, “Xazinalar jilosi”, “Epos”, “Fors-tojik adabiyoti tarixi”, “Şoh kitob va uning muallifi”, “Jahonni maftun etgan adabiyot” singari kitoblarim, köplab yangi tarjimalarim eʼlon qilindi; qomuslarda, töplam va jurnallarda çop etilgan maqolalarim son-sanoqsiz. Şarq şeʼriyati poetikasiga doir tadqiqotlarim ham ançagina. Körinib turibdiki, bularning barçasi şeʼriyatga, badiiy adabiyotga mehrim, maʼnaviy ehtiyojim taqozosi ekan.

Rostini aytsam, men adabiyotga erta kira boş­laganman. Yaʼni, örta maktabda öqib yurganimdayoq şeʼr maşq qilib yurardim. Bir kuni Şçors, Çapayev hamda Lazolar haqida xalq qahramonligini madh etuvçi şeʼr yozdim-da, bolalar gazetasiga jönatdim. Oradan kun ötmay, redaksiyadan “Uç qahramon haqida bitta şeʼr yozibsiz”, degan tanbehnamo javob keldi. Şundan söng, özim şeʼr yozib, özim öqib yuradigan, baʼzan oşiq döstlarimga bir bayt, ikki bayt yozib beradigan böldim.

Uzluksiz ilmiy izlanişlar, Jahon adabiyoti neʼmatlaridan bir neça ming bayt tarjima qilişim qalbim töridagi köhna ehtiyojni uyğotdi, junbuşga keltirdi. Tabiiy iqtidor, köp yillik taj­riba öz hosilini bera boşladi, bir qança ibratomuz hikoyatlar, ruboiylar, şeʼrlar, ğazallar bitdim. Ular “Baqt”, “Ruboiylar”, “Gulboğ”, “Gulboğ sayri”, “Odam borki”, “Gulboğ nasimi”, “Durdonalar” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola qilingan.

— Şogirdlaringizdan könglingiz töladimi? Şarqşunosligimizning hozirgi ahvoli va istiqboli haqida fikringizni bilmoqçi edim.

— Qirq beş yildan ziyodki oliy öquv yurtlarida talabalarga dars beraman, aspirantlar, doktorantu tadqiqotçilarga rahnamolik qilaman. Demak, şogirdlarim juda bisyor. Ular orasida akademiklar, professorlar, davlat va jamoat arboblari ham bor. Şogirdlar haqida gap ketsa, uşbu ruboiy esimga tuşaveradi:

Şogirdlar ham misli bolalar:

Bor-yöğingni sendan olarlar.

Baʼzilari kökka kötarsa,

Baʼzilari loyga qorarlar…

Xudoga ming qatla şukrkim, mening barça şogirdlarim kökka kötaruvçilar, eʼzozlovçilar bölib çiqişdi. Hammalari mening yulimni tutişgan. Vatanimiz şarqşunosligiga ulkan hissa qöşib yurişibdi. Ularning ham mendek piri badavlat böliş­larini, şogirdlari esa mening şogirdlarimdek sadoqatli va mehribon çiqişini istayman. Şarqşunoslik murakkab fan. Zeroki, Şarq xalqlari ibtidosida turganimiz XXI asr tarixida ham muhim örin tutadi. Dunyo tamaddunida ularning nufuzi tobora oşmoqda. Bularning bari adabiyot va sanʼatda ham öz inʼikosini topadi. Ularning hayoti, iqtisodiyoti, maʼrifati, bugungi intilişlarini har tomonlama idrok etiş lozim. Hozir imkoniyatlar kengayib, şaroitlar yaxşilanib bopmoqda. Internet tizimining özi bu imkoniyat naqadar ulkan ekanliginn körsatmoqda. Demak şarqşunosligimiz yuksalib borişi şubhasiz. Uning yutuqlarini Vatan istiqboliga xizmat qildiriş şogirdlarning istiqboldagi vazifasi, deb bilaman.

* * *

… 2006 yili ustoz ruboiylari Umar Xayyom ruboiylari bilan bir jildda (Naşr uçun masʼul – Minhojiddin Haydar. Tuzuvçi – Alişer Şomuhamedov) naşr qilindi. Toşkent davlat Şarqşunoslik institutida uşbu kitobning taqdimoti böldi. Ming afsus­ki Şoislom Şomuhamedov betobliklari tufayli bu tadbirda qatnaşa olmadilar. Atoqli adib va olimlar bu “benazir ijodkor”ning adabiyotimiz, şarqşunosligimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari haqida tölqinlanib gapirdilar. Kamina ham adib Şomuhamedov ijodi haqida, xususan, hikoyatlari haqida bir nimalar gapirganday böldim. Şundan söng “Köpni körganlar” huzurida rukniga oldingi suhbatlarimni töldirib bergim keldi.

Lekin öğillari “hozir mavridi emas, yana sim qoqarsiz” deb uçraşuvni opqaga surdilar. Hayhot, zamonamizning buyuk allomasi mana oramizda yöq. Ammo u kişi ilmiy asarlari, badiiy ijodlari, eng muhimi faqat Şomuhamedovga xos maʼrifatga yöğirilgan yaxşi xislatlar bilan bizga hamişa hamnafas. Zeroki, ustozning sevgan ustozi buyuk Hofiz Şeroziy: kimda kim bu olamda yaxşilik-la umrguzaronlik qilgan bölsa, u mangu tirikdir, deganlar.

Hamidjon HOMIDIY,

filologiya fanlari doktori,

professor

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan