Sadoqat

yoki Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Şuhrat Jabborov haqida bilganlarim

Inson qalbiga mehr-muhabbat jo etilişi — bu Allohning inoyati. Zero, odamiylik, töğrisözlik, ahdga vafodorlik, infoq-ehsonlik, xuşxulqlik va yana eng muhimi ustozu döstlarga sadoqat insonni gözal qiladi. Yaratganning amriga itoat qilib, ota-onalarining xizmatlarini ado etib, ustozlari körsatgan manzillardan yurib, farzand-zurriyodlariga bor mehrini baxşida etib yaşayotganlar şu boisdan baxtli kişilardir.

Şuhrat Jabborov ota-onasi, ustozlari, keksa nuroniylarni duolarini olib, baxtiyorlikda umrguzaronlik qilayotgan ijodkorlardan biri. Garçi öttiz beş yildan beri u kişi bilan ijodiy hamkorlik qilayotgan bölsam-da, qariyb yarim asr respublika gazeta va jurnallarida boş muharrir sifatida özbek matbuoti taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan taniqli adib, kamtarin va mehridaryo inson sifatida nomi qalbimga muhrlanib qolgan ustozim Maqsud Qoriyev olamdan ötganidan keyin Şuhrat aka bilan yana ham yaqin bölib qoldik. Çunki Şuhrat Jabborov ham Maqsud Qoriyevning sadoqatli şogirdlaridan biri edi.

Keçagiday yodimda, 2010 yilning iyul oyi edi. Şuhrat akaga Maqsud Qoriyevning qizi Nargis opa qönğiroq qilib, “otam sizlarni sörayapti” deydi. Biz oğir jarrohlik amaliyotini ötkazib, şifoxonada davolanayotgan Maqsud aka huzuriga bordik. Ustozning ahvoli juda oğir bölsa-da, bizni körib, sevinib ketdi. Hatto hazil-mutoyiba qilib, kulişib oldik. Bu ustoz bilan vidolaşuv uçraşuvi bölgan ekan…

“Maqsud Qoriyev zamondoşlari xotirasida” nomli kitobda Şuhrat Jab­borovning “Qalamning ilohiy qud­rati” maqolasida şunday satrlar bor: “Maqsud akaning yuz-közidagi quvonçni kuzatiş kişiga bir olam zavq ato etardi”. Xuddi ustoziga lutf etganidek, biz Şuhrat akaning ham yuz-közida quvonç körsak, zavqlanamiz.

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist. Bu unvon har bir jurnalist uçun oliy mukofotdir. Kimki kasb-korini uluğlab, tinimsiz öqib, tinimsiz yozib, hayotga, odamlar içiga, ularning qalbiga kirib borib, xolis va töğri fikrlarni qalamga ola bilsa, u albatta ezgu niyatga yetadi.

Şuhrat Jabborov juda toqatli inson. Jizzaxdan Toşkentga kelganiga ellik ikki yil bölibdi. Kasbdoşlarimizning aytişiça va özim körganlarimdan ayonki, u eng kamida haftasiga bir marta ona yurti — Jizzaxga borib qaytadi.

Buni aytişdan maqsad şuki, Şuhrat akaning boşqalarda kam uçraydigan yana bir xislati bor: biror tanişi betob bölib, kasalxonaga tuşib qolsa, heç ikkilanmay, uning holidan xabar oladi, unga maʼnaviy madad berib, könglini kötaradi. Yaratgan asrasinku, bu hayot, mabodo biror tanişining boşiga musibat tuşib, yaqinlaridan ayrilganini eşitsa böldi, albatta, taʼziya bildiriş uçun uning xonadoniga boradi. Ustoz-şogirdmi, hamkasb-qarindoşmi, qöni-qöşnimi töy-tantanaga taklif qilsa, albatta ularga yelkadoş böladi.

Bir gal qiziqsinib, “Şuhrat aka, Jizzaxga tez-tez borib çarçab qolmaysizmi?” deganimda u: “Töğri, borişda çarçayman. Ammo yaqinlarimni körgaç, hamma çarçoqlarim çiqib ketadi”, degan javobini eşitib, bu savolimga özim hijolat bölgan edim.

Biz Şuhrat aka bilan juda köp safarlarda birga bölganmiz. Jizzaxga böladimi, Samarqandga böladimi, albatta u tuğilib ösgan xonadonga borib, ota-onasini körardik.

2013 yil 25 avgust kuni erta tongda Şuhrat aka qönğiroq qilib qoldi. “Dilmurodjon, bugun oilamizga yangi mehmon keldi, öğlim öğilli böldi. Sizga havas qilib yuraman, şu nabiramning ismini Dilmurod qöymoqçiman” degan lutfini eşitib, boşim osmonga yetgandi. Axir, qadrdoningiz nabirasiga yaxşi umidlar bilan ismingizni qöysa, quvonmay böladimi?!

Baxtiyorlik onlarini tuhfa etuvçi tasodifni qarangki, yaqinda, aniqroği şu yil 25 avgust kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan respublika “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan taʼsis etilgan “I darajali Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga sazovor bölgan bir guruh ustoz-jurnalistlarni taqdirlaş marosimi böldi. Uşbu xayrli tadbir Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan Milliy matbuot markazida tantanali tarzda ötkazildi. “Oynai jahon” orqali töğridan-töğri efirga uzatilgan keçada Şuhrat Jabborovga ham “I darajali Mehnat faxriysi” kökrak nişoni topşirildi.

Tadbirdan söng Şuhrat aka, turmuş örtoği Marhamat yanga bilan meni bir piyola çoyga taklif qildi.

— Bugun  – qöş bayram, – deydi xursandçiligini yaşirolmay Şuhrat aka. — Adaşingiz Dilmurod 12 yoşga töldi. Uning muçal töyi. “Xalq sözi” gazetasida köp yillardan buyon muharrirlarning uzoğini yaqin qilib kelayotgan haydovçi Akbarjonni ham das­turxonga taklif etdik. Kamtarona dasturxon atrofida maza qilib suhbatlaşdik, ön ikki yoşidayoq elga tanilgan sportçi nabirasi Dilmurod Jabborovga bobosi kabi sermazmun va saodatli umr tilab duo qildik.

Ehtimol, inson boşida qoronği kunlar bölmaganida nurli damlar qad­riga ham yetmasdi. Mening boşimga ham qora bulutlar soya solgan sinovli kunlar edi. Avvallari yiğin, ijodiy uçraşuvlar, töy-tomoşalarda men bilan ötiriş ilinjida yurgan hamkasb döstlarim özlarini har tarafga olişgan sinovli kunlar edi. Döst boşingga taşviş tuşganda bilinar ekan. Lekin ustozlarimiz Xurşid Döstmuhammad, Ötkir Rahmat va ayniqsa, Şuhrat Jabborovlar bilan aloqamiz uzilmadi. Ular menga mehribon böldilar, tuşkun damlarimda maʼnaviy madad berdilar.

Bir gal Şuhrat aka bilan tuşlik qilib ötirsak, muharrir hamkasblarimizdan biri uni çetga çaqirib, “Dilmurod bilan birga yurmang, tegiş­li idoralardan gap tegib qolmasin”, debdi. Şuhrat aka bunday gaplarga parvo qilmaydigan, döstlarini oğir kunda yolğiz qoldirmaydiganlar sirasidan. Yaqinda “Dilmurod bilan birga yurmang”,  degan öşa muharrir aka bilan bir dasturxon atrofida ötirib qoldim. Mendan “doim Şuhrat aka bilan birga yurasiz-a?”, deb söradi. “Aka, biz siz bilan ulfatmiz, Şuhrat aka bilan esa döstmiz. Ulfatlar har qadamda topilaveradi, ammo haqiqiy döstni topiş qiyin”, dedim.

Mayli hammaga insofni Özi bersin.

Darhaqiqat, bobomiz Mir Alişer Navoiy taʼbiri bilan aytganda, Şuhrat Jabborov “yelkani yelkaga qöyib, dardlaşadigan” döstdir.

Uşbu satrlarni yozayotganimda, Xurşid Döstmuhammad, Abdusaid Köçimov, Ahmadjon Meliboyev, Ötkir Rahmat, Husan Ermatov, Olimjon Ösarov, Farmon Toşev, Muhammadjon Obidov, Umida Fayziyeva, Neʼmatillo Xudoyberganov, Odil Olimjonov, Abdubanno Xolmonov, Nabijon Nazarov, Tugal Saidov, Bahriddin Orifjonov kabi ijodkor va boşqa sohalarda el-yurt hurmatiga sazovor bölgan insonlarning Şuhrat aka haqidagi samimiy dil sözlarini ham yozmoqçi böldim. Ammo buni bir maqolaga siğdira olmayman. Agar nasib etib, Şuhrat aka haqida kattaroq bir nimarsa yozganimda, albatta ustozu döstlarimiz bitiklaridan foydalanişni niyat qildim…

Yaratgan egam Şuhrat akaga munosib ahli ayol, otam-onam deydigan solih farzandlar ato etgan. Turmuş örtoği Marhamat aya bilan qirq olti yildan beri qöşgani bilan qöşa qarib, baxt­li-saodatli hayot keçirib kelmoqda. Surʼat va Jasur ismli öğillari, Sadoqat va Saodat degan qizlari ota-onasiga mehr körsatişda ham odamlar havas qilgudek farzandlardir. Qolaversa, ön uç nafar nabiralariga muhabbatli Şuhrat bobo va Marhamat momo bölişning özi qodir Egamning bu oilaga bergan fayzu barokatidandir.

Ha, kimki sadoqat körsatsa, albatta saodat topajak.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan