Korrupsiyaga qanday kuraşamiz?

Aytiş mumkinki, bugun korrupsiyaga qarşi kuraş dunyo miqyosida eng dolzarb masalaga aylanib ulgurdi. Bu illat nainki Özbekistonda tobora avj olib bormoqda, balki yer yuzining barça mintaqalarini keng qamrab olayapti. Albatta, poraxörlik, yulğiçlik, birovning haqidan or qilmaslik singari illatlarga qarşi kuraşişda mamlakatimizda bir- munça ibratli işlar amalga oşirilayapti.

Jumladan, korrupsiyaga qarşi kuraş doirasida Özbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tomonidan ham bir qator çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan bölib, bu borada yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarşi kuraşiş hamda uning oldini oliş böyiça 2020-2021 yillarga möljallangan “Yöl xaritasi” tasdiqlandi. Xaritada belgilangan topşiriqlar yuzasidan Qömitaning 139 ta meʼyoriy-huquqiy, meʼyoriy-texnik hujjatlari xatlovdan ötkazildi, 13 ta idoraviy hujjatlar qabul qilindi.

Şuningdek, Qömitaning ştat jadvaliga özgartiriş kiritilib, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça boş mutaxassis lavozimi joriy etildi.

Bu illatga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni samarali va öz vaqtida amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş uçun Qömitaning hududiy boşqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va taşkilotlari rahbarlariga tarkibiy tuzilmalarda qatʼiyatlik bilan işni muvofiqlaştiriş vazifasi yuklatildi. Mazkur faoliyat doirasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş bö­yiça boş mutaxassis bilan hamkorlikda iş olib borilişi belgilandi.

Yana bir dolzarb muhim masala, tizimni muvofiqlaştirişda masʼul bölgan kadrlarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş muammosi borligida. Bugun mazkur masala yeçimini tezroq hal qiliş öta muhim ahamiyat kasb etayapti. Aslida davr ham bizdan şuni talab qilayapti. Maʼlumki, tizim fao­liyatini tölaqonli amaliyotga joriy etişga masʼul bölgan kadrlar yuridik yoki pedagogik bilimga yoki kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bölişi lozim. Ularni tayyorlaşda korrupsiyaga qarşi kuraşiş va kasbiy odob-axloq qoidalarini qamrab olgan maxsus öquv-metodik qöllanmalar ham yetarli emas.

Mazkur işlarni takomillaştirişda ijtimoiy tadbirlar, fikr almaşuv, seminar-kengaşlar, forumlar ötkaziş yaxşi natija beradi, albatta. Şu­ningdek, taʼlim muassasalari öquv dasturlariga korrupsiyaga qarşi kuraşiş kurslarini kiritiş uning zararli oqibatlarini ösmir-yoşlarga anglatib boriş muhimdir.

Hozirgi kunda amaliy işni yölga qöyişda öquv qöllanmalariga zarurat mavjud. Jamiyatda korrupsiyaning mavjud bölgan xavf-xatarlari va ularning oldini oliş çoralari asosida materiallarni tayyorlaş uçun yagona metodologik talablarni işlab çiqiş bugunning bajarilişi lozim bölgan masalalaridan biridir.

Bundan taşqari, oliy va örta hamda umumtaʼlim muassasalari iştirokida tobora ildiz otayotgan illatning tub mohiyatini aniqlaş borasida fikr almaşiş ham kun tartibida turibdi. Sababi, ular hamkorligida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida taʼlim berişga masʼul şaxslarning malakasini oşiriş va kasbiy tayyorgarligini takomillaştirişda maxsus dasturlar, qöllanmalar işlab çiqilib, amaliyotga joriy etiladi.

Albatta, belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşirişda xalqaro ekspertlar iştirokida seminarlar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy konferen­siyalar ötkaziş ham foydadan xoli bölmaydi. Ayniqsa, bu sohaga xalqaro mezonlar va ilğor çet el tajribalarini joriy etişda xorijda malaka oşirişni taşkil etiş yanada muhim.

Taşkilotning töğri faoliyat körsatişi, xodimlarning halol mehnat faoliyati muammoni aniqlaşda yetarliça tasavvurni paydo qiladi. Biror muassasa nomidan harakat qilayotgan xodimga qarab öşa idora yoki taşkilot faoliyatiga baho beriladi, deb bejiz aytilmaydi. Şu sababli, har bir taşkilotda işning qanday amalga oşirilayotganligi korrupsion omillar mavjud yoki mavjud emasligiga qarab baholanadi.

Afsuski, mamlakatimizda yetuk va qobiliyatli kadrlar masalasi oqsoq holatda. Ayniqsa, Qömitani malakali kadrlar bilan taʼminlaş, malakasini oşirib boriş, bundan taşqari, samarali xodimlar zaxirasini şakllantiriş masalasi bajariliş lozim bölgan birinçi galdagi vazifalardan hisob­lanadi. Şunday ekan, tizimni joriy etişda   masʼullarning malakasi va salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Hilola MIRJAVHAROVA,

Özbekiston Respublikasi

Sanoat xavfsizligi davlat qömitasining

korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça

boş mutaxassisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan