Şudgordagi quyruq yoxud maʼnaviy jinoyat ildizlari qayerda?

Bugungi voqeligimizning şiddatli oqimi har qanday hozirjavob, tezkor muxbirni ham şoşirib qöyayotgani sir emas. Şunga qaramay, axborot maydonida “javlon urayotgan” ayrim jurnalistlarning qöl uçidagina yozayotgan, ming bor uzrku-ya, tuzsiz, nursiz, samarasiz, “xöjakörsin” maqolalarini öqib (oçiği öqib bölmaydi, birrov köz yugurtirsangda. M.P.) asabing qaqşaydi. Çunki, ularning gazetadan gazetaga “köçib” yurgan sarlavhalarini köriboq, öqişga bölgan iştiyoq yöqoladi.

Atoqli Doğiston şoiri Rasul Hamzatov taʼbiriça: “Menga mavzu emas, köz bering!”, deydigan payt kelmadimikan?! Özbekistonda bugungiday evrilişlar, uluğvor qurilişlar, odamlarning kayfiyatidagi özgarişlar qaçon, qaysi davrda bölgan? Jurnalist hayotning eng qaynoq jabhalarida bölişi, islohotlarni yanada jadallaştirilişida kömakçi, “tişli-tirnoq”li maqolalar yozişi, eng muhimi, xalq dardini, muammosini kötarib çiqib, amaliy natijaga erişiş yölida harakat qilmoği kerak. Şunday jurnalisti bor matbuot vositasinigina xalq öqiydi, hurmat qiladi.

Yaxşi narsalar yozib, el oğziga tuşişni niyat qilgan matbuot xodimi qilni qirq yorişni biladigan, mantiqiy fikrlaşga odatlangan, qalamga olayotgan sohani atrofliça örgangan bölsa, bu — katta yutuq.

Afsuski, bizda hamon axborot yetkazişning almisoqdan qolgan usullari zör berib qöllanilaveradi. Tahlil qolib, taʼrifu tavsifga, natija, samara qolib, yuzaki son körsatkiçlariga urğu beraveramiz.

Keling, şu örinda kiçik bir misol. Aytaylik, bir fermer xöjaligi yoki dehqonçilik klasteri şartnoma rejasini ikki hissa bajardi. Bu albatta, matbuotda çiqişga loyiq körsatkiç. Lekin öşa fermer yoki klaster rejani ikki hissa bajariş uçun ikki hissa köp sarf-xarajat qilgan bölsa-çi? Uruğlik, yoqilği-moylaş materiallari, texnika işlatiş va boşqa körsatkiçlar böyiça davlatga, bankka katta miqdorda qarzdor bölib qolgan bölsa-çi? Endi özingiz ayting, zarar hisobiga şartnomasini ikki hissa bajarayotgan jamoani ibrat qilib axborot maydoniga çiqariş töğri böladimi?

Hozirgi paytda “bosma axborot vositalari kerakmi özi?” — degan fikr hatto ayrim jurnalistlar orasida ham “bolalab” ketdi. Bu savolga javob bitta: kerak! Gazeta-jurnallar şak-şubhasiz davr yilnomasini yaratayotgan, uluğ maqsadlar yölida bel boğlagan xalqqa maʼnaviy madadkor bölayotgan, kamçiliklarni öz vaqtida oçib berayotgan qudrat manbai. Ular barça hokimiyat tuzilmalari yölidagi haqiqat va adolat mayoği bölmoği zarur. Demak, şunday qutluğ dargohda işlaydigan biz, jurnalistlar hozirgi mavqeimizni yana ön çandon yuqori kötarişimiz, yangi davrga, yangi voqeliklarga mos işlaşimiz, xalqimizga davr nafasini yetkazişda hozirjavob bölişimiz şart.

Ammo… nima deysiz, buning uçun matbuotimizni, avvalo, bir elakdan ötkazadigan, saragini sarakka, puçagini puçakka ajratadigan davr kelmadimi? Qaysiki özida savoddan asar ham yöq bir şovvoz (taassufki, ular bir emas bugun önlab, balki yuzlabdir. M.P.) qandaydir MÇJ taşkil qilib, uning qoşida turli nomdagi gazeta-jurnallar oçib (qarang-a, bundaylarga litsenziya oliş ham “şest sekund”), turli taşkilotu korxonalarga, asosan, byudjet taşkilotlari (xalq taʼlimi, soğliqni saqlaş bölimlari va hokazo)ga ot surib, ulardagi ayrim taʼmagir odamlarni topib, xufiyona kelişuvlar qilib, “çötali”ni berib, yuz millionlab, hatto milliardlab mablağni heç kim öqimaydigan, töğriroği öqib bölmaydigan nomi “gazeta” yoki “jurnal” deb ataladigan sariq çaqaga arzimas oyda bir-ikki bor naşr etiladigan va ğirt savodsizlarça çop qilinadigan matohlarga obuna taşkil qilib, kseronusxa — matohlarni paçkalab byudjet taşkilotlariga olib borib taşlamoqda. Bu makulaturadan farqi yöq “naşr”lar esa ana şu taşkilotlarda talay vaqt çang bosib yotadi va boradigan, yaraydigan joyi… yana qayta işlaş korxonalari böladi. Buning otini esa biznes deb qöyibdi! Agar rostini aytsak, bu biznes ham emas, aslida maʼnaviy jinoyatdir! Çunki bunday olğirlarning maqsadi xalqqa maʼnaviyat, axborot ulaşiş emas, aksinça birinçi navbatda pul yiğiş, nima qilib bölsa-da, mömay daromad orttirişdan iboratdir.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yili yurtimiz ziyolilari bilan uçraşuvlarida “Matbuotning heç qaçon biznes vositasi bölişiga yöl qöyilmaydi”, degan edi.

Bugun ming afsuski, savdogar, maʼlumotining tayini yöq qator MÇJçilar allaqaçon matbuotni ham biznes vositasiga aylantirib ulgurişdi! “Bir balosi bölmasa, şudgorda quyruq na qilur”, deganlaridek, ha, ularga matbuot emas, pul kerak.

Xöş, bundaylar bilan kim şuğullanadi? Kim nazorat qiladi va qaçon tegişli çora köriladi? Öylaymizki, bunday közböyamaçilik va betamizlikning oldini olmoq kerak. Matbuotning obrösi borgan sari yer bilan bitta bölib borayotganining asosiy sabablaridan biri şundadir. Mana nima uçun taşkilot va korxonalar, muassasalar obuna desa zor qaqşaydigan, aftini buruştiradigan bölib qolişgan! Demak, birinçi galda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning joylardagi boşqarmalari bölgan-bölmagan MÇJlarga gazeta-jurnal oçib berişni töxtatişi lozim. Söz erkinligi, matbuot erkinligi kerak, albatta. Biroq dunyoning heç bir mamlakatida gazeta-jurnal oçib oliş bizning yurtdagidek öyinçoq bölmasa kerak. Bu ketişda eşakbozorning ham “gazet”i bölmasligiga kafolat qolmadi!

Munavvar PARDAYEV.

Guliston şahri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan