Möʼjizalarni izlab…

Nihoyat, mehnat taʼtiliga çiqdim. Köpdan buyon Kambodjaga boriş, quyuq örmon orasida yuzlab yillar “yaşirinib” yotgan, XVIII asr oxiridagina fransuz olimlari tomonidan qaytadan “kaşf” etilgan Ankor Bat saroyi, ibodatxona, afsonaviy inşootlarni borib köriş niyatim bor edi. Bu haqda yaqin hamkasblarimga aytganimda, ular hamroh bölişlarini bildirişdi. Şunday qilib, olti jurnalist-sayyoh Kambodjaga yöl oldik. Özbekistondan töğridan-töğri samolyot uçmagani uçun yölimiz Xitoy orqali ötdi.

Sian — Xitoyning qadimiy poytaxti. U bugungidek uluğvorlikka ilk qadamni bundan yigirma uç asr ilgari qöygan. Ungaça Xitoy hududi bir neça ön kiçik-kiçik boşqaruvdagi birikma-davlatlardan iborat bölgan. Sian davlati taxtiga 13 yoşli Sin Sin Şixuondi ötirgaç, Buyuk Xitoy devorlarini bir-biriga boğlaydi va qudratli imperiyaga asos soladi. Dastlab ixtiyoriy, söng böysunmaganlarni kuç bilan saltanatiga qöşib, zamonasining yer yuzidagi eng yirik davlatlaridan birini taşkil qiladi.

Inson tabiati qiziq. Imperator Sin qançalar qudratli bölmasin, 14 yoşidayoq vaqti kelib ölimga yuzma-yuz bölişini bilib, öşa kun uçun maqbara qurdirişim lozim deb hisoblaydi. Uning tuşunişiça, u dunyoda ham xos armiyasi bölişi va uni himoya qilişi kerak. Şu maqsadda eramizdan avvalgi 246 yilda öziga muhtaşam maqbara qurişni hamda 8100 ta tölaqonli armiya haykalini yasatişni boşlaydi.

Tarixçilarning yozişiça, bu işga 700 ming quruvçi, haykaltaroş, rassom, işçi-usta yollangan. Ular 38 yil davomida Sin armiyasidagi mavjud 8100 ta askar, sarkarda, qömondonlarning asl qiyofasi aks etgan haykallar tayyorlaşadi. Imperator 52 yoşida vafot etgan. Şunda uni özi qurdirgan maqbaraga, armiya haykallarini uning atrofiga kömganlar.

Sin dunyodagi eng şafqatsiz imperator bölgan deyiş mumkin. U maqbara qurilişi va haykal yasaşga, ularni kömiş marosimiga daxldor barçani ölimga hukm qilgan. Tarixçilar yozişiça, 700 mingdan ziyod odam qatl qilingan. Qotillar esa özlarini özlari öldirganlar. Şunday qilib, imperator Sin maqbarasi va 8100 ta haykallar haqida 1974 yilgaça heç kim bilmagan! 18 yoşli dehqon Yan Çjifa öz yerida quduq oçayotib, tasodifan yer ostidagi haykallarga duç kelmaganida, bu dunyo yana neça asrlar davomida, balki, bu möʼjizadan bexabar ötardi…

Biz Sin qalʼa-yu saroylari, dunyodagi Xitoy tuproğida ilk bor qurilgan musulmon köçasi, muhtaşam masjid va muzeylarni borib kördik.

Kambodja safari Siyem Rep şahridan boşlandi. Birinçi kuniyoq Ankor saroy va ibodatxonalari tomon yöl oldik. Ular IX – XII asrlar oraliğida qurilgan 220 kvadrat kilometr maydonda joylaşgan 240 ta inşootdan iborat edi.

Biz eng ulkan va tarixi afsonaviy saroy va ibodatxonalarda böldik. Masalan, Ankor Bat, Bayon, Ta Prom, Bapxuon şular jumlasidan. Ular orasida eng ulkani — Ankor Bat saroyidir. Uni şoh Suryavarman II XII asrning birinçi yarmida qurdirgan bölib, u 300 yildan ortiq vaqt içida Ankor imperiyasi şohining qarorgohi vazifasini bajargan. Saroyda 53 ta katta-kiçik minora bor. Eng balandi 65 metr. U qirol taxti ustiga qurilgan bölib, imperiya qudratini körsatgan. Saroyni haykallar galereyasi deyiş mumkin. Yuzlab metrga çözilgan atrof va içki toş devorlarga öng minglab haykallar öyib işlangan va ularning har biri mukammal sanʼat asariga teng.

Taqdirni qarangki, bu tarixiy obidalar yillar silsilasida quyuq jungli örmonlari orasida unut bölib qolib ketgan. Faqat 1861 yil 21 yanvarda fransuz botanik olimi Anri Muo tasodifan Ankor saroylaridan birini topadi. Keyin bundan xabar topgan hukumat va dunyo olimlari ikkinçi, uçinçi… ikki yuz qirqinçi inşootni aniqlaydilar. Bugunga kelib, Kambodjaning Ankor Bat majmuasiga har yili 2 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar kelmoqda.

Gazeta çop etilayotgan ayni kunda biz, farğonalik jurnalistlar Vyetnamning Fukuok orolidamiz. Örmon, okean, köngiloçar şaharçalar qurşovida sayohat qilyapmiz. Qayerga bormaylik, avvalo gazetalari bilan tanişamiz, telekörsatuvlarini tahlil qilamiz, jurnalistlari bilan uçraşib, muloqotga kirişamiz. Maqsad sayohat va tajriba almaşiş. Qaytişimizda bizni Urumçida Şinjon jurnalistlar assotsiatsiyasi, Xitoyning “CNS” axborot agentligida kutişmoqda. Ijodiy uçraşuv va kelişuvlar tuziş rejalaştirilgan.

Eng muhimi: Siandagi Terrakor armiyasi, Kambodjaning Ankor Bat yodgorliklari va Fukuok oroli möʼjizalari haqida alohida-alohida tahliliy maqolalar yozyapmiz, tez orada ularni eʼlon qiliş niyatidamiz, albatta.

Jurnalist dunyo kezişi kerak. Biz şu aqidani amaliy dasturlarimizdan biri deb qabul qilganmiz, xolos.

Muhammadjon OBIDOV,

Xitoy – Kambodja – Vyetnam.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan