Kutilmagan mehmon

Guljahon MARDONOVA

Muallif haqida:

Guljahon MARDONOVA — Qaşqadaryo viloyati, Qamaşi tumanidagi Badaxşon qişloğida tavallud topgan.

1985 yilda ToşDU (hozirgi Özbekiston milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Adibaning öndan ortiq kitoblari naşr etilgan. Jumladan, “Ori qöşiq bölgan yurt”, “Quyoşim enam” nomli qissalari kitobxonlar mehriga sazovor bölgan.

Yozuvçining mard, jasur, şijoatli, vatanparvar köpkariçilar hayotiga bağişlangan “Kökka uçgan tulporlar” etnografik-maʼrifiy romani şu kunlarda “Şarq” naşriyot matbaa korxonasida naşrga tayyorlanmoqda. Quyida uşbu romandan bir parçani adabiyotni ardoqlovçilar uçun ilindik. Qiş qattiq keldi. Yarim oy oldin uç kun böralab yoqqan qor erimay yer bağirlab yotadi. Yilt etgan nur yöq. Uylarning tomi qay yösinda kuralgan bölsa, şundayligiça yaxlagan. Nogahon, Jarbuva ariği suvi ham qalin muzlagan. Daraxt şoxlari qorga burkangan köyi qaytib uyğonmaydigandek tasavvur uyğotadi. Tom böğotlarida qunişgan musiçalar don-dun topişga közlari yetmay, bir-birining pinjiga tiqilgança odamlardan najot kutadi. Aslida, iztiroblardan toliqib ketgan odamlarning özi ham najotga muhtoj, tirişib ölmaslik uçungina harakat qiladilar. Havoda tutun va atala isi kezadi.

 

(“Kökka uçgan tulporlar” romanidan parça)

Garçand ot taqasi zarbidan yerni quçoqlab yotgan muz qirs-qirs tovuş çiqarsa-da, Nogahon tomondan kelayotgan suvoriyga heç kimning közi tuşmadi. Egniga qalin jun pöstin kiyib, boşiga salla öragan otliqning qamçi dastasini qisgan qöllari muşt bölib tugilgan. Çehrasiga tikilib qaragan kişi uning yuz-közlarida iztirob alangasi pörtana yasayotganini anglaydi.

Suvoriy jilovni Şoyim çavandoz taşlab qöygan xari çegarasiga kelib tortdi. Atrofga ziyraklik bilan alanglab oldi-da, otdan tuşdi. Bir qumğon çoy qaynagulik fursatda sandal atrofida olti erkak gurunglaşib ötirardilar.

— Çavandoz buva, men Yakkaboğding Çimqörğon qişloğilik Oçil çavandozding oldidan keldim, — dedi mehmon kişi eşitmas darajada.

Ötirganlarning çehrasi yorişdi.

— E, şunday deng-a, inim. Oçilboy bebaho çavandoz-da. E, ne ellarga birga borib, birga qaytmadik, — Şoyim çavandozning ovozi tovlanib ketdi.

— Çavandoz akam yaxşima? — söraşdi Bobomurod çavandoz.

— Yaxşi bögani qursin, buva. Amirimiz sarbozlarining Toxta Qoraçada bögan qizillarminan töqnaşuvida çavandoz akamding uli Jabbor köp mardlik körsatgan. Endi hibsxonadan qoçganiça şörodan berkinib juripti. Şuning alamiga şörolar polvon akamding Döstqobil degan uli, kelini Hanipa yangani qözğolonda qatnaşgani uçun otib öldirdi.

Uy egalari qon hidi kelgan bu gapdan dong qotib qoldilar.

— Qanday qözğolon?

Javob andak keçikdi. Nihoyat, mehmon közlarida qalqiyotgan yoşni keskinlik bilan sidirdi.

— Eşitgan bölsalaringiz, erta kuzda Yakkaboğ qörğonida şöro hukumati eʼlon qilindi. Özini kambağalparvar körsatib, uyding töriga ötib ogannan keyin şöroning hunari çiğayapti. Bir Yakkaboğdamas, hamma joyda şularga qarşi qözğolon bölayapti. Qorşi qözğoloni munday yakun topganidan xavarlaringiz bor. Lekin Yakkaboğda yuragi ikkita yigitlar  köp ekan. Ular Qorşidagi taşkilotdan  topşiriq kelgan zahoti qözğolonga tayyorgarlikni boşlagan edilar. Bu vaqt içida mablağ, qurol-yaroğ töplandi. Elimizning boylari qarab turmadi, Xudoga şukur. Ozroq miltiq, qiliç, kaltak, çöqmor, panşaxa, öroq bilan qurollangan odamlar şöro egallab olgan Yakkaboğ begining qalʼasiga bostirib bordi. Lekin oramizda sotqinlar, çaqimçilar borligini unutibmiz. A, bu sotqinlar, xoinlar ölmasligini esdan çiqarippiz. Zomon zomondan ötsayam vatanpuruşlarding ustidagi çoponining paqat tusi özgarişi heç kimning xayoliga kemapti. Bundaylar hamma zamonlarda yaşab keganini, bunnan keyinam yaşaşini öylamappiz. Ular allaqaçon qözğolon xabarini şöroga yetkazgan ekan. Padar laʼnati şörolar Ark darvozasining ustiga pulimatlarni örnatib kutib turgan ekan-da. Öq yomğiri oldida bahargi jala, döl heç narsa bömay qoldi, çavandoz aka. Lekin jonidan töygan xalq uç kun qözğolon qildi. Erkak tugul ayallar ham bolalarining qölidan uşlab tikka borivurdi. Ölimini bilsayam ortiga qaytmadi. Enağarlar ularning hammasini qirib taşladi, qirib taşladi-i, — yigit böğziga tiqilgan ökirik tölqiniga doş berolmadi.

Mehmon erkak boşi bilan yiğlar, köksiga muştlar, iztirob alamlarini tökar, qayğuning zöridan yelkalari silkinar, keng, yapaloq yuzi çöğ ustiga tuşgan nondek qorayib ketgan edi.

— Yo, alhazar!

— Hah, qon qusgurlar-a!

Bir qultum çoy höplagan mehmon öziga kelganday böldi. Hali yoş bölsa-da, iztirob muhri bosilgan çehrasida ajinlar qatorlaşgani, közlarining tagi qorayib, osilib tuşgani, qöllarining qaltiraşi — ajriqning tomiriday tomirlaridan ayrilgani, jigari jonlarini boy bergani, umid bilan yölga çiqqan elining qiyratilganidan qolgan aççiq mevalar edi.

— Elim-a, elim nobud böldi, bitta qomay qirildi, çavandoz aka. Amirga sorboz, bekka navkar bölgan bahodirlar, davralarga payz kiritgan ne-ne jigitlar, yelkasi yerga tegmagan polvonlar, köpkaridan solimsiz çiqmagan uloqçilar şöro otgan öqdan doroxtda öz göyida turgan quşday nobud böldi. Xudodan topgurlar, qurolsiz olomonga qarab öq otişdi. Bevaqt ajalga röpara bögan ayallarding etaklari kötarilib jotgani — elding ori öldirilgani. Majaqlangan ordi qaytib tiklaymiz? Orsiz, ğurursiz el — elma? U nimaga jaraydi, aka?

Eşituvçilarning uyilgan qoşlari, uçqun saçratayotgan közlari, qay birlarining pirpirab uçayotgan, qay birlarining tirişib, tortilayotgan yonoqlari bölayotgan voqealarga nafratidan, ğazabi oşganidan dalolat berardi.

— Maydonda ming-ming jasadlar toxlonib, xirmonday uyulib ketdi. Nekin odamlar ortga qaytmadi, yana oldinga boraverdi. Pulimat yana tarillatib otavirdi, aka. Egasini boy bergan otlarning motamsora kişnaşi, öq tekkanlarning dod-faryodi, oldiginasida otasi, onasi ölib yotgan bolalarning çinqiriği, e xudoyim, tuşlarimga kirib çiqadi. Oqqan qonlardan muzlab yotgan Qöştegirmon ariği erib ketdi, — mehmon közlaridan yoş şaşqator bölib oqqança şivirlab xirgoyi qila boşladi. — Ha, aka-ya, yigitlar ölib yotar yoş boşida, kaltaklar çirib yotar yonboşida, ming askar beraman deb qöl qöydi Rahmon amin, qöliga kaltak berib tirik öldirdi Farmon amin. Bu qöşiq bekarga töqilmadi. Beşöğil qişloğilik Farmon amin bilan Rahmon amin vaʼdasining ustidan çiqmadi. El çibinday qirildi.

Makon egalari xuddi joni oyoğidan çiqib ketganday, nafas olmay qotib qolgan edilar. Çuqur uh tortdilar.

— Qizil juldizingga öt tuşgurlar, yaradorlar minan jasatlardi olişga qöymadi. Kim şu tarapga ötsa öq otivurdi. Oxiri qari-qartang buvalar qöllariga oq loto tutib kattasining oldiğa bordi. Keyin mayli dedi. Jasatlardi, yaradorlardi alohida aravalarga jayladik. Oqsoqollar “şöro bulardi tiri qöymaydi, yaşiriş kerak”, dedi. Yaxşiyam mehribon Xudo ğorlarni yaratgan ekan. Yaradorlarni ğorlar, kömir, tuz konlariga yaşirdik. Ulardi umrganazasi uzoq bögir zarmaslik Muqim tabib zirk, kökdori içirib öziga keltirdi.

— Inim, qözğolon şu minan töxtadima?

— Hozirça töxtadi. Nekin elga bir nima dep bömaydi. Buning alami minan qanday tiri yaşaş mumkin, aka? Eng alam qiladigani kopir tomonda turib musurmon musurmonga öq uzdi.

— Yaratgan öz qahriga olgan bandalarini xato qiluvçilar sapiga qöşadi. Har bir amalning u dunyoda javobi bor.

Şoyim çavandozning gapidan söng xonaga toşday oğir jimlik çökdi.

— Inim?

— Endi Melkimip minan Karpip  degani qişloqlarda bittama-bitta tintuv ötkazib, qözğolonçilardi qidirib topib otib taşlayapti. Yaradorlarning öziga kelgani toğ qişloqlarida yaşaydigan uruğlarinikiga berkinayapti, qançasi Boysun, Tangiharamga  ötib ketdi. Bizdi xavotirlantirayotgani Oçil çavandozdi ullari Jabbor minan Eşmömin. Çavandoz aka, oldingizga uloqçining iltijosi minan keldim, — yigit bir lahza tin oldi. — Sizlar tomonda tintuv yöq. Nima deysiz, bahorgaça aka-uka sizdikida pinhan yaşab turişsa.

Noqulay sukunat uzoq davom etmadi. Şoyim oqsoqol boşini adl kötardi.

— Şu jigitlarga jonimiz sadaqa bösin, inim. Elga oralagan jovga tikka çiqqan jigitlar bizarga beganamas, boşlab keling, borimizdi baham köramiz. Poqot el-oyon haqiqatdi bilmagani maʼqul. Yaxşiki, bizarda milisa degani jöq. Amin özimizdi odam. Sesi çiqmaydi.

— Yo, jaratganim, oxiri nima bölaykan-a?

— Qölimizga tayoqmas, qurol olişimiz kerak.

Ertasi şom mahali somon bosilgan arava Şoyim oqsoqol taşlab qöygan xari oldida töxtadi. Atrofni qoronğilik bosib, kişi-kişini tanimas holga kelganda somonni ehtiyotlik bilan taşib ola boşladilar. Somon uyumi orasidan çiqib, aravadan sakrab tuşgan ikki kölaga Haydar çavandoz imo-işora bilan körsatgan uy tomon ildamlaganini heç kim ilğamadi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan