Közoynak taqqan qiz

Şuhrat MATKARIM

 (HIKOYA)

Muallif haqida:

Şuhrat Matkarim – 1960 yilda Turkmanistonning Toşhovuz tumanida tuğilgan. 1985 yilda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi UrDU)ning filologiya fakultetini ingliz tili öqituvçisi ixtisosligi böyiça tamomlagan.

Taniqli özbek  şoiri  Matnazar Abdulhakim  haqidagi “Ustoz haqida söz” xotira-essesi, “Kun şunday boşlanadi” qissa va hikoyalar töplamlari çop etilgan.

“Yilon”, “Salav”, “Qum etagida Oq uy”, “Maqar” kabi qissalar muallifi.

Ernest Xemingueyning novellalari va Vasiliy Şukşinning qator asarlarini asliyatdan özbek tiliga tarjima qilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi­­ aʼzosi.

— Assalom, Xolboy oğa!

Xolboy yalt etib qaraydi. Yana öşa közoynakli qiz. Çullikdin1. Sariq yuzi sepkilli. Qoşiqdekkina yuziga nisbatan ança uzun burgut burni yaraşmaydi. Uni kimdir qizni qisintiriş uçun atay yopiştirib qöyganday. Qora, yöğon gardişli közoynagi ham öxşovsiz. Xolboy avval gavda-sitrasiga qarab uni 17-18 yoşlardami, degan edi. Uning allaqaçon yigirma beşga yaqinlaşib qolganini hamxonasi Yoqutjondan eşitganida hayratini yaşirolmadi.

— Navçun hayron bölasiz? — maʼnoli jilmaydi Yoqutjon. U oppoq yuzli, allaqaçon juvon etiga mingan, mehribon, yoqimli ayol. Qirqlardan ança ötgan, turmuşga çiqmagan. Köngli oçiq, doimo kulib turadi. — Nasli şunday. Hammasi yoş körinadi bularning. Yaxşi qiz, faqat… baxti kelişmadi.

“Unçalik xuşröy emas-u”, demoqçi edi, ammo xuddi közoynakli qiz uni eşitib turganday bu gapni aytişdan istihola qildi.

— Baribir özlarimizning qizlar yaxşi, töğrimi?

— Töğri, — deydi Xolboy va yuzini derazaga burib köçaga qaraydi. Keçadan beri qor yoğardi. Köçalar oppoq. — Töğri, — takrorlaydi Xolboy. — Özlarimizning qizlar yaxşi-ii…

Xolboy öttiz-öttiz beş yoşlarda. Böydoq. Özi takrorlaşni yaxşi körganiday: “Bor edi bizda ham bir çobuksuvor…”. “Xudo seni hamma işini yiğiştirib qöyib, bir orqayin böli-ib yasagan”, derdi Xolboy unga. Haqiqatan ham, qizning qaddi-qomati deysizmi, qoşu qovoği deysizmi, sutga çayib olinganday oppoq çehrasi deysizmi, bir yigit orzu qilsa va yetişsa armonsiz ötadigan edi. Xolboyning u bilan gap-sözi olişib qolganiga beş yildan ortiqroq vaqt bölgan edi. U ham iş odami edi. Biznesmen. Turmuşga çiqişga şoşilmasdi. Xolboy ham u bilan yaqin munosabat örnatganidan keyin jufti halol masalasini hal qildim, deb orqayin bölgan edi. Ola xurjunni böyinga ilişga bu ham qistanmadi: “Qilamiz-da şu bir töy deganni. Allaqaçon ikkimiz bir odam bölgan bölsak, töy nima, bu bir rasmiyatçilik-da”. Unga özidan ham ortiq işonardi. Nimaga asoslangan edi özi bu işonç? Bugun öylab qarasa, qançalik mantiqsiz bölmasin, öşa işonç Xolboyning öziga bölgan çeksiz işonçiga asoslangan ekan. Ha-ha, Xolboy uzun yillar davomida özining işonçiga özi mössayib2 qolgan ekan. U esa bu işonçni bir kunda kunpayakun qildi. Odam bir lahzada borliqdan yöqliqqa şönğişi mumkinligini öşanda aniq-tiniq his qildi u. Bu uning uçun şunçalik kutilmagan hol ediki, butunlay özini yöqotib qöydi. Depressiyaga tuşdi-qoldi. Ahvolning bunçalik çatoqligini körgan jöralari, birga işlaydigan hamkasblari Xolboyni markazdan uzoqroqqa, yurtiga jönatib yuborişdi. Bunga ham, mana, uç oy bölayotir.

— Yaxşimisiz? — Xolboy boş irğab alik oladi.

Qiz önğaysizlanib közoynagiga borgan qölini keskin tortib oladi. Yerga qaraydi. Uning hamma harakatlarida özining borligidan, jussasi kiçikligidan, uzun burni qoşiqdek yuziga yaraşmaganidan, közoynagi kattaligidan va nihoyat ovozining nihoyatda yoqimliligidan qimtiniş borday tuyuladi. Közoynakli qiz duvva qizaradi. Şoşilib orqasiga buriladi, ildam, deyarli çopqillab jönab qoladi. “U esa bunday paytda, albatta, bir gap aytgan bölardi. Xuşröyligini bilar va uning “dahşatli” taʼsiriga qattiq işonar edi”.

Bu jamoa Xolboyni xuşlamaygina qarşi oldi. Uning markazdan kelganligi, nufuzli taşkilotda işlagani, ular esa şu yerda, döppidekkina şaharçadagi qis-qisaloqda umrlarini ötkazayotganlariga xuddi Xolboy aybdordek yovqaraş qilişadi. Göyo hamma: “Xöş, katta şaharda işlagan bölsang ne böpti, mana endi itimga öxşab oramizda yuribsan-ku”, deyayotgandek. Jamoaning bu muomalasidan Xolboyning bir ensasi qotadi, bir ahamiyat bermaslik kerak, degan fikr xayolidan ötadi. Bu yerda Xolboyga xuşmuomalada bölayotganlar ham bor. Masalan, hamxonasi Yoqutjon. Yana biri direktor örinbosari. Yetmişlardan ança oşib qolgan, yuzlari qip-qizil, tepakal qorinlas3 Töravoy aka. Direktor yaqin orada uning örniga boşqa kişini tayinlaşi haqida gap-sözlar yuribdi. Agar şunday bölib qolsa, bu, albatta, markazdan kelgan kişi böladi, deyişadi. Şuning uçun bu keksa xodim Xolboyga yoqişga harakat qiladi — şu yerda işlab qolişdan umidvor.

— Siz bulardan xafa bölmang, — könglini kötaradi Yoqutjon. — Bular şundin, yovvoyiroq. Toza kelganimda meni niçik qisintirganlarini körsangiz edi-ii… Endi mennan yaxşi odam yöq bularga. Şuning uçun…

Xolboy boş irğab qöyadi.

Közoynakli qiz Yoqutjon bilan yaqin. Qöli işdan sal böşasa, darrov Yoqutjon opasining yoniga keladi.

— Keldingmi? — deydi Yoqutjon.

— Hovvo, — deydi közoynakli qiz sekingina.

Yoqutjon unga ortiqça eʼtibor bermaydi. Öz işi bilan bölaveradi. Közoynakli qiz esa Yoqutjonga yaqinroq turgan böş stullarning biriga joylaşadi-da, yerga qarab miq etmay ötiraveradi. Har zamon-har zamonda köz ostidan Yoqutjonga qarab qöyadi. Keyin uning közini şamğalat qilib Xolboyga köz qirini taşlaydi. Buni heç kim sezmasa-da, har safar Xolboyga qaraganda öğirlik ustida qölga tuşgan yoş boladay duvva qizarib ketadi. Yoqutjon opasidan ham, Xolboydan ham tortinadi.

— Esa men ketdim, — deydi bir vaqt közoynakli qiz deyarli eşitilar-eşitilmas.

— Yaxşi, — deydi Yoqutjon işdan közini uzmay.

Bu hol har kuni bir-ikki marta takrorlanadi.

— Sizni körmakka keladi, — deydi maʼnoli jilmayib Yoqutjon. — Avval bu yerga kirmas edi.

Xolboy hamxonasining bu gapidan negadir ozroq oğrinadi.

— Buning menga ne aloqasi bor? — Xolboy odatiça yuzini çetga buradi. Közoynakli qiz bir safar Yoqutjon yöqligida kirib qolgan, hamişagiday ançagina jim ötirganidan keyin, sekingina boşini kötarib: “Çoy damlab beraymi?” deb söragan. Xolboy şu voqeani eslaydi. — Topgan gapingizni qarang.

— Sizni körmakka kiradi, — takrorlaydi Yoqutjon Xolboyning eʼtiroziga ahamiyat bermay. — Yaxşi qiz… Sizni yoqtirib qolgan, — Yoqutjon xörsinib qöyadi. — Qizlar özi şunday, kerak vaqtida tilini topolmay qoladi. Keyin butun umr…

Bu gaplar yana uni yodiga soladi. “U esa heç qaçon “tilini yöqotmagan”. Aksinça, bidirlaşdan töxtamasdi. Xolboydan ham “mazali-mazali” gaplar talab etardi. “Siz meni yaxşi körmaysiz. Agar yaxşi körganingizda aytar edingiz. Quloqlarimni yondirib şivirlagan bölar edingiz”. Xolboy esa bunday ehtirosli izhorlarni ortiqça deb bilar edi. Uning talablariga kulibgina qöya qolardi. Oqibat esa, mana. Yoqutjon bu gaplarni ne yerdan bilsin? “Gap bu hamişa yuragimizning yuz foiz aksi emas. Qaysidir faylasuf aytganiday, biz köpinça haqiqatni yaşiriş uçun gapiramiz. Töğri gap ekan”.

— Içi qisganidan4 kirsa kerak, — deydi Xolboy.

— Men buni bilganimga köp vaqt böldi, — öziça jilmayib gapida davom etadi Yoqutjon. — Işga sal keçiksangiz, darrov bezovtalanib qoladi.

“U bilan bu qizçani sira-sira tenglab bölmaydi, — öylaydi Xolboy. — U qanday edi. Bu…” Ammo közoynakli qizning yerga boqib, qumriquşday munğayib ötirişlarini eslagan Xolboyning yuragiga nimadir “tiq” etib uradi. Nima u? “Şunday maʼsum, toza. Közdan çet böladi bular, ammo bunday qizlar… yaxşi xotin böladilar. Yigitlar esa, eh, köproq xuşröylarga intiladilar”. Yana uni eslaydi. “Qançalar çiroyli edi. Qançalar işongan edim. Dunyodagi hamma narsa va hammadan ustun qöydim. Ammo barçasini kunpayakun qildi. Nahotki odam qadri şunçalik bölsa? Oda-am qa-adri?!”

— Yaxşi ham uylanmasingdan oldin bilib qolding bu gaplarni, — degan dösti Xolboyga. — Bir sodani5 topib oldim, deb öylagan u. Ammo sen qisinma. Hali oldingdan xira-xirmon qizlar çiqadi. Çertib-çertib olasan! Hozirlikça esa muhitni almaştirib kel.

Şunday qilib kelib qolgan bu yerga Xolboy. Yoqutjon esa yangi gap topadi.

— Görsangiz yilovuq6 bölib qoldi bu qiz!

— Navçun ekan?

— Bilmiyman. Xonaga kirganda siz bölmasangiz, darrov yiğlab yuboradi.

Xolboy ne deyişini bilmaydi.

Şundan keyin u har kuni ertalab işga kelganida stolining usti taxlanib, supurib-sidirilganini, qoğozlar tartibga keltirib qöyilganini seza boşladi. Xolboy Yoqutjonga qaraydi. U maʼnoli jilmayadi. Közoynak taqqan qiz esa Xolboyga uçraşsa, salom berib-bermay uçib qoçadi. Bora-bora Xolboy ham uni körgisi, gaplaşgisi keladigan bölib qolganini sezadi. Qiz tasavvurida suluvlaşganday, burni ança kiçrayib, qöpol közoynagi ham ixçamlaşganday.

Bir safar uni ön kunlarça körmadi. Noxuşlanib qolgan ekan. Buni Yoqutjondan eşitganida taşvişlandi. Uni körişni istayotganini sezdi. Xonaga jimgina kirişlarini, miq etmay ötirişlarini va sassizgina çiqib ketişlarini esladi. Köz oldida uning qahraton qişda sovqotgan qumriday munğayib ötirişlari qayta-qayta jonlandi. Şeʼr quyilib kela boşlaydi:

Yiğloqi qizga

Bahor yiğloqidir, bulut yiğloqi,

Zaminning bağri toş, qirning bağri toş.

Eritmas, erimas ming yoqqan bilan

Yomğirdan, közyoşdan Xiva bilan Şoş.

 

Qiyiqköz möğulning qahri köp qattiq

Yibitmas xalqimning çekkan ohlari.

Hamon zirqiratar Çingizning tiyği

Azoblar onalar çekkan vohlari.

 

Ming yil beridaman. Qiynayman jonim

Maʼyus közlaringga qalqqanida yoş.

Közlarim qamaşar, qamaşar nurdan

Ummonning ortidan çaraqlar quyoş.

 

Ne deyman, oşiqman, oşiq bandaman

Orzusi, öyiga kuçi yetmagan.

Qiynaydi, qiynaydi yiğloqi bir qiz,

Könglimda kökargan gulni bilmagan.

 

Sönggi satrlarni yozar ekan, Xolboy jilmayib qöyadi. Ammo bu şeʼrni hali közoynakli qizga öqib beradimi, yöqmi aniq bilmaydi.

 

1Çullikdin –  kiçkinagina.

2Mössaymoq– orqayin bölib qolmoq.

3Qorinlas – qorin qöyib yuborgan.

4Içi qisganidan – zerikkanidan.

5Sodani – soddani.

6Yilovuq – yiğloqi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan