Tavba
Oçil XUDOYBERDIYEV
Muallif haqida:
Oçil XUDOYBERDIYEV — 1942 yili Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida tuğilgan. 1972 yil Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakulteti jurnalistika bölimini tugatgan.
Muallifning “Bahor soğinçi”, “Sensiz bu dunyo”, “Mehringni dariğ tutma”, “Keçikkan baxt”, “Armonli dunyo”, “Söqmoqdagi odamlar”, “Sadoqat”, “Alvido, yoşlik” singari qator şeʼriy va nasriy kitoblari çop etilgan.
Qariyb 50 yildan ziyod Surxondaryo viloyatidagi turli matbuot naşrlarida xizmat qilgan. Hozirda nafaqada.
(Hikoya)
Tong yorişa boşladi. Zulmat çekindi. Nim qoronğilik paytida ham şarpalar kuymalana boşladi. Bu — qişloq odamlari. Tirikçilik deganlari şu bölsa kerakda, tong qoronğisida, hali yölçi yulduz çekinmay turiboq, tirikçilik ilinjida ğimirlaşardi.
Kuz kunlari emasmi, saharmardondan dalada iş qizğin. Suyagi mehnatda qotgan nuroniy otaxonlar-u yoş-yalanglar dalaga şoşgan. Odamlar şovqinidan sas olgan tong darakçilari ham jonlanib qoldi. Havo toza, çet joy emasmi, sal şovqin ham qişloq çetidagilarga-da baralla eşitiladi. Qöy-qözilar maʼrab, uyqusi oçilib ulgurmagan bolakay va qizaloqlar haydovida dalada örlaydi. Şu payt:
— Hov, uying kuysin sen öğrining! — Eşmamat boboning noligan ovozi butun köçaga eşitildi. Bobo oq yaktak, sarpoyçan köçaga otilib çiqdi. Boşidagi döppisi qiyşayib, qip-qizil boşi uzra siyrak oqiş soçlari şamolda öynardi. Qölidagi hassasini havoga irğab-irğab, yiğlamsiragan köyi qarğandi. Yurak-yurakdan, iç-içdan qarğandi.
— Iloyo, uying kuysin, kim bölsang ham! — otaxon yiğlamsirab qarğanardi. — Ölimligimga deb olib qöyuvdim-a! Pensiyamni jiyib oluvdim-a! Bolalarima ovur bömayin, devdim-a. Jigaring ezilsin sen öğrilarding!..
Otaxonning içida gap qolmadi. Aytib-aytib yiğlab yubordi. Kun-kun emas deb, soatlarni sanab, yiğinib qöyuvdi. Semirsin deb, hassasiga suyansa-da, qölida yem tutayotgan edi-ya! Odamning mehri tuşmasin ekan, tuşsa yomon bölarkan.
Öğillari özlari bilan özlari.
Bu xabar bir zumda qişloqqa yoyildi. Tiliga erk bergan, şubhalangan köp böldi. Kimdir iz oldi, yana kimdir sas. Kimdir eşitganidan, kimdir esa taxminlaridan söz oldi. Hamma gap bilan böldi. Otaxon behol molxonaning kesak devoriga suyandi. Lohas böldi.
— Uçastkovoyga odam jönatiş kerak, — dedi kimdir. Yana kimdir: “Mahallaga boriş kerak”, dedi.
Köpga bormay, uçastkovoy yonida posbon bilan yetib keldi. Işni örgangan böldi.
— Köramiz, topamiz, — dedi. — Siz çopib yurmang, bobo. Bu yoğini bizga qöyib bering. Neça boş qöy edi?
— Uçta qöçqor. Olti oydan beri boylab jotuvdim, — dedi közda ğilt-ğilt yoş bilan Eşmamat bobo. Öğirlangan qöylarini bir soatga qoldirmasdan topib kelişlariga işongandek umid bilan.
— Hamma tarqasin. Öğrini biz özimiz topamiz. Qişloqning tit-pitini çiqaramiz, — dedi Usmon uçastkovoy.
Oradan uç kun ötdi.
Öğri topildi bölib, miş-miş bir bolaladi… Topilmadimi… tinçidi. Yo “tinçi(tiş)dimi?”
— Öğri begona emas. Sizning uyingizni yaxşi bilgan odam öğirlagan, — dedi qöşnilardan biri.
— Ha, töğri, şunday, — maʼqullagan böldi boşqa qöşnilardan yana biri.
— Hamsoya. Gap şu yerda qolsin-u, — dedi qöşni Aliboy bobo atrofga alanglab olib. — Şu uçastkovoy bilan posbonning tili bir. Mol şulardan begona bölmagan.
— Ey, qöşni, köngil duşman, deyişadi. Har narsa deyavermang!
Eşmamat bobo hafsalasiz qöl siltadi.
— Ey, şuytaberasiz-da. Öğri begona emas, şularding odami. Bölmasa, davno uşlab kelardi öğrini. Topildi, topildi böp, mana, jimjit-ku. Odam bolasiga gap tutmaydi. Gap bir odamga ikovladimi, tamom, uşlaşmaydi, el oralaydi. Ana, keça sizni tağin devor suyatdi-ku! Prokurorga bormang, özimiz topamiz deb.
— Bölmasa, borayma?
— Poydasi jöq, avvalroq böğanda mayli edi. Hammamiz unga işonib ong qoldik. Öğrining izi çang minan jobilip ketdi. Bu hovlining har jerida sizning izingiz, isingiz anqib jotibdi. Ha, desa, jetalab kegan iti is olib, sizga qarab hurabersa, unda siz öğri böb qolasizma? Bir kamingiz şu isnatti kötarişingiz qabidima?
— Ibi…
— Ha-a, ana, otağinangizga rahmat. Şu-da!
— Uç molimdan ayrilib qolaberamanmi?
— Endi bilmadim. Osmon jiroq, jer qotti böp turibdi… Qaraysiz-da! Tuyaning ustida it qopgani şu bölar ekan…
— Xudoga soldim. Xudo bor-ku! Ketar navbat meniki edi. Taraddudimni jebidim. Mayli, u şoşibdi. Iloyo, niyatiga jetkazsin, — duo qildi Eşmamat bobo diydasi yumşab. Közidagi yoşi soqoliga tomdi.
Lekin öşa kuni quyoş botmay, Eşmamat boboning eşigini taqillatib kelişdi. Qarasa, mahalladoşi tadbirkor Soatmurodboy.
— Ota, manov tanaçani sizga olib keluvdim. Şu işni Xudo könglimga soldi. Bu yoği “mehr-muruvvat yili” deb eʼlon qilingan. Bir duo bering…
Buyoğini otaxon eşitmadi. Köngli allaqanday zavq-şavqqa töldi. Xudo yetkazsa, şuytib yetkazaverar ekan-da! Duo qildi.
Oradan bir neça kun ötib, uçastkovoyning maşinada halokatga uçragani haqida xabar keldi. Xudo saqlagan ekanmi, haytovur posbon şifoxonaga qadar yetib kelibdi. Aft-angoriga qarab bölmas edi. Eşmamat boboni köp söratdi, xöp söratdi. Otaxon yetib borgan vaqti tildan qolgan posbon imo-işora qildi. Heç narsa deya olmadi. Faqat keçirim söramoqçi bölib köp qiynaldi.
— Nimaga?
Til yöq, gap yöq. Xudo bilar! Eşmamat boboning köngliga bir gap kelib, tilini tişladi.
— Köngil duşman, — dedi.
“Eşmamat boboning qarğişini olibdi. Qöymabdi…”
Tağin yana bir tong yorişdi. Odatdagidek, tong qoronğisida qişloq içra yana hayot qaynay boşladi.
Eşmamat boboning hovlisidan kötarilgan kuçli qahqahadan qöşnilar yana yiğila boşlaşdi.
— Nima gap?
— Hadya qilingan tanaçani ham öğirlab ketişibdimi?
— Otaxon aqldan ozdimi?
Otaxon esa birin-ketin eşikdan kirib kelayotgan qöni-qöşnilarga beparvo, tizzasini şapatilagança qöraga qarab kulardi.
Qörada esa öğirlangan uç qöçqor turar edi.
Qoyil, aftidan, tavba qilişganmi, işqilib, keçasi qöçqorlarni qöraga qaytarib taşlab ketişibdi…

