“Sen qayoqdan bilasan?..”

Xayriddin SULTON,

Özbekiston xalq yozuvçisi

Muallif haqida:

Xayriddin SULTON Toşkent viloyatida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.

Adibning “Quyoş barçaga barobar”, “Bir oqşom ertagi”, “Onamning yurti”, “Umr esa ötmoqda”, “Boburning tuşlari”, “Boburiynoma”, “Töqçilik va yöqçilik”, “Saodat sohili”, “Uç yuz oltmiş tört kun”, “Köngil ozodadur”, “Odamlardan tinglab hikoya”, “Yaldo keçasi” singari ön beşga yaqin kitoblari çop etilgan.

Yozuvçi kinossenariylari asosida “Çangak”, “Moziydan bir sahifa”, “Mehrobdan çayon”, “Tuşlarimda körib yiğlayman”, “Yolğiz yodgorim”, “Uluğ amir va Donna Maria” kabi filmlar suratga olingan.

– “Yoşlik devoni” endi naşrdan çiqqan paytlar, – deb hikoya qilgan edi Erkin aka. – Men uçun ota maqomida bölgan toğam Karim Saxiboyevning uyiga bir kuni ulfatlari mehmondorçilikka yiğilişdi.

Ulfatlar kim desangiz, maşhur ulamo, siyosiy arbob Alixontöra Soğuniy, aka-uka hofiz Şojalilovlar, Maʼrufxöja Bahodirov, şoir Çustiy… Hammasi madrasa körgan eski odamlar. Men çoy taşib xizmat qilib turibman.

Bir vaqt gap aylanib kelib, “Yoşlik devoni”ga taqaldi. Suhbatdoşlar biri olib, biri qöyib kitobni taʼriflay ketişdi. Ularning hammasi bir fikrda yakdil edi, yaʼni devonda işqi ilohiy kuylangan, yor, dilbar, maʼşuqa deganda avvalo Xudoi taolo uluğlangan. Bu esa Erkin Vohidov ijodida mutlaqo yangi buriliş boşlanganidan dalolat berar ekan.

Boşida indamasdan, odob bilan çoy quyib ötiraverdim. Ammo gap çuqurlaşgani sari taşviş-xavotirim orta boşladi. Nima bölganda ham, partiya aʼzosiman, komsomol naşriyoti boş muharririning örinbosariman. Xudo körsatmasin, agar bu gaplar ertaga biron joyga yetib borgudek bölsa…

Şuning uçun masalaga oydinlik kiritmoqçi böldim.

– Bu maşqlar bir havas, katta baho berdinglar, rahmat, – dedim, – ammo, muallif unday yuksak maqsadlarni öz oldiga qöymagan. Bu ğazallarda oddiy insoniy tuyğular, yoş yigit-qizlarning beğubor muhabbati, sevgi-sadoqati tasvirlangan, xolos.

Mening bu gapim bir umr adliya xodimi, sudya bölib işlagan, Oliy sud aʼzosi ham bölgan toğamga yoqmadi.

– Yoş bola narsa, bu kitobda nima yozilganini sen qayoqdan bilasan? – dedi qovoğini solib.

“KONVOY”

“Tafakkur” jurnali tahririyatida bölib ötayotgan bir tadbirda boş muharrir Erkin Aʼzam davrada iştirok etayotgan er-xotin olimlarni maqtab qoldi.

– Men Falonçijon bilan Falonçixonga nihoyatda havas qilaman, qoyil qolaman. Bular institutda ham birga öqigan, idorada ham birga işlaşadi. Şunça yildan beri ahil-inoq bölib yaşaşadi. Men bularni bamisoli Tohir-Zuhroga öxşataman. Işga ham birga kelişadi, tuşlikka ham birga çiqişadi, işdan ham birga qaytişadi…

Tursunoy opa bu gapni eşitib, miyiğida kuldi.

– Aylanayin özimning bahosi yöq ukamdan, – dedi maqtalgan erni maqtab, – işga konvoy bilan kelib, işdan konvoy bilan ketişga har kim ham doş berolmaydi, axir.

“NOINSOF DÖXTIR”

Taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev bilan bir ziyofatda yonma-yon ötirib qoldik. Ahmadjon aka doktorning tavsiyasiga köra parhezda ekan, dasturxonga ketma-ket kelib turgan anvoyi taomlardan nafsini tiyib, faqat suv höplab ötirdi.

Bir vaqt loladek qip-qizarib pişgan, qaynoq somsa tortildi. “Oling-oling”, deb harçand manzirat qilişimizga qaramasdan, u kişi somsadan tatib körişga ham unamadi. Boşqalar iştaha bilan tanovul qilişga kirişdi.

Ahmadjon aka ziyofat ahlini zimdan kuzatib turdi-turdi-da, oxiri çidayolmadi, lagandan bitta somsani olib, ikkiga böldi. Hil-hil bölib pişgan, içida dumba yoğlari kilkillab turgan somsaning burqiragan hidi iştahani karnay qilib yuborardi.

Ahmadjon aka bir qölidagi somsaga, bir yonidagilarga qaradi, keyin yutinib:

– Noinsof döxtir, şundoq zör narsani yema deydi-ya! – deb xörsindi.

“MAYDA BURJUAZIYA KUYÇISI”

80-yillarning oxirida naşriyotda Muhammad Yusuf bilan birga işladik. Men – boş muharrir, u kişim buyurtma naşrlar bölimining muharriri.

Baʼzan şoir keçasi bilan ijod qilib, çarçaganidan bölsa kerak, ertasi kuni işga vaqtida kelolmasdi. Lekin u bormi-yöqmi – bundan qatʼi nazar, kabinetining eşigi oldida hamişa beş-önta odam ilhaq bölib kutib ötirar edi. Men bu kişilarni naşriyotga buyurtma asar, yaʼni öz hisobidan kitob çiqariş uçun kelgan investor-mualliflar, deb öylardim va imkoniyatni boy bermaslik uçun Muhammadjonning örniga ularni qabul qilardim. Biroq har safar adaşgan bölib çiqardim.

Bular olis-olis viloyatlardan, hatto qöşni respublikalardan kelgan, kitob-pitob yozadigan emas, umuman kitob öqimaydigan odamlar ekani maʼlum bölardi. Bittasi, masalan, qassob, yana bittasi dorboz, uçinçisi – provodnik, törtinçisi – boksyor, keyingisi – mantifuruş va hokazo kişilar edi. “Muhammadjonda nima işinglar bor?” deb sörasam, xuddi kelişib olgandek, baʼzilari “işim yöq, özim şundoq bir körib ketmoqçi edim”, desa, yana baʼzilari “Mahamadjon akamga bir çuqum oş qilib bermoqçi edim”, deb javob qaytarardi.

Şoir viloyatga safarga ketgan, kutib ötirmanglar, deb ularni aldab-suldab tarqatib yuborsam, ertasiga naşriyot yölagida yangi guruh ziyoratçilar paydo bölardi: biri – sartaroş, biri – uloqçi, boşqasi – piçoqsoz, keyingisi – öt öçiruvçi va hokazo. Ular ham öşa dard, öşa maqsad bilan kelgan bölardi.

Muhammadjon naşriyotga qadamranjida qilib qolgan baxtli kunlarning birida men unga hazillaşib:

– Şoir, muxlislaringizga qarab bildim, siz – “mayda burjuaziya kuyçisi” ekansiz, – dedim. — Xayriyatki, oşkoralik davrida yaşayapmiz, ilgarigi zamon bölsa, mana şundoq ayb bilan urilib, abjağingiz çiqib ketardi… Uydayam şu ahvol bölsa kerak?

Muhammadjon indamay turdi-da, keyin:

– Podʼyezddan ötib bölmaydi. Goh qayoqqa qoçib ketişni ham bilmayman, – deb hasrat qildi.

– Şukur qiling, döstim, – dedim unga taskin berib. — Xalq mehri hammagayam nasib qilavermaydi.

– Töğri, – dedi şoir, – faqat şu mehr daryosi ğarq qilib yuborişi çatoq-da.

“Navoiy – 30” kitobidan.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan