Kapalaklar qöşiği
Nargiza ASADOVA
Muallif haqida:
Nargiza Asadova 1984 yilda Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanidagi Gul qişloğida tuğilgan.
Abdulla Qodiriy nomidagi Toşkent davlat madaniyat institutini imtiyozli tamomlab, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti qoşidagi Oliy adabiyot kursida öqigan.
Muallifning “Işq ostonasi”, “Yuragimning sarhadlari”, “Nastarin”, “Atalgan kunlar” va “Mujde” (Turkiya), “Helva” (Turkiya), “Sabah çizgeleri” (Turkiya) nomli şeʼriy va nasriy töplamlari naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Kunlarning birida kökda oftob çaraqlar, möʼjaz uy hovlisida rango-rang gullar yal-yal yonib, tevarakka ifor taratar, osmon uzra çarx urib kapalaklar uçar va jör bölib qöşiq kuylarmiş.
Şamşir közlarini oçganda burnidan yana qon sizayotganini sezib, örnidan turib ketdi.
— Oyi, — dedi u yonidagi karavotda yotgan onasiga qarab. Hamişa huşyor yotgan Oydin yuzlariga yopişgan soçlarini apil-tapil yiğarkan:
— Ha, bolam, voy, yana oqyapti-ku. Hozir, — deya karavoti boşida yuvilgan dokani şartta olib, öğlining burniga tutdi. Yostiqni balandlatib, peşonasiga kaftini bosdi.
— Xudoyim-ey, özing şifo ber, — dedi bolasining oqarib ketgan yuziga qarab. Şamşir esa onasining közidagi xavotirga ahamiyat bermay:
— Oyi, tuşimda uyimizni köribman, — dedi derazadan taşqariga qarab.
— Yanami? — dedi onasi siniq jilmayib.
— Ha, uyimiz avvalgidan ham çiroyli ekan. Ikkalamiz hovliga ekkan gullar bor edi-ku, şu gullar çiroyli oçilibdi. Möʼjizalar hayotda böladi, derdingiz, töğrimi, oyi?
Oydin bir muddat öylanib turdi. Söng bolasini mulzam qilmaslik uçun:
— Ha. Agar Olloh istasa, möʼjizalar çinga, tuşlar huşlarga aylanadi, çiroğim.
— Xuddi teşikni körmay qolgan kapalak haqidagi hikoyangizga öxşabmi, oyi? Agar kapalak yaxşilab qarasa, oynaning oçiq turganini körardi-ya?
— Ha, bolajonim. Agar u umidini uzmay harakat qilganida, tirqişni körardi.
Oydin öğlining burnidan dokani olib, qonning töxtaganini körgaç, biroz xotirjam böldi. Keyin matoni yuviş uçun xonadan çiqdi.
Şamşir yana uyi haqida öylab yotdi. Qanday çiroyli uyi bor edi-ya? Ota-onasi nega sotişdi ekan? Hovlisida gullar ekkandi, unga yozda qanotlari çipor kapalaklar kelib qönişardi. Bu qanotli jonivorlar göyo qöşiq aytar, gullar esa raqsga tuşardi. Qiziği, bu qöşiqni faqat Şamşir eşitardi. Kapalakçalar qanotlarini silkitib-silkitib, kökka yengil sakrab kuylaşar, gullar bölsa gulkosalarini qimirlatib, hidlarini taratib xirom etişardi.
Bir kuni dadasi xonasiga bir surat keltirib, devorga ildi. Rasmda tabiat çunon gözal qilib çizilgandiki, Şamşir soatlab rasmga tikilib yotar, tuşlarida ham şu manzarani körib çiqardi. Rasmda gullar çaman bölib oçilgan, atrof yam-yaşil, olisda esa ulkan toğ közga taşlanardi. Bu suratda, ayniqsa, kapalaklarni tomoşa qiliş Şamşirga yoqardi. Hatto bir gal u dadasiga:
— Dada, bu rasmda neçta kapalak bor, bilasizmi? — dedi.
— Rasmda kapalak bormi? — dedi dadasi hayron bölib, suratga diqqat bilan qararkan.
— Ha, uçta. Mana, qarang, birinçisi qizil gul yonida, barg oldidagisi ikkinçi, anuv daraxtga qarab uçayotgani uçinçisi. Tağin-çi, ular ölmaydigan kapalaklar, dada, — dedi Şamşir topağonligidan quvonib. Dadasi kulib yubordi.
— Yöğ-e, şunaqasi ham bölarkanmi? Tirik narsa borki, oxiri umri tugaydi-da, toyçoğim. Keyin kapalaklar eng qisqa umr köradigan jonivor.
— Yöq, ölmasin, dada. Gullarga keyin kim qöşiq aytadi?
— Mayli, ölmaydi, doim böladi.
— Uraaa!
Hozir şularni eslarkan, şunday gulzorini, rasmlari bor uyini dadasi qanday közi qiyganini tuşunolmadi. Balki şu yerda davolanişiga işlatişganmikan? Axir bir yildan beri kasalxonada bölsa. Afsuski, bu yerdagi devorlarning aksariyati oppoq. Birorta gulning, heç qursa, daraxtlarning surati yöq. Özi nimaga ham bu joyga kelib qolişdi? Öşanda tuğilgan kunida issiği çiqib, huşidan ketganidan keyin onasi rosa yiğladi, dadasi tinmay doktorlarga olib boradigan böldi. Har safar ota-onasi xafa bölib qaytar, özi bölsa holsizlanib, tezda çarçab qolayotganini tuşunmasdi.
Kasalxonadan taşqariga çiqmaydigan Şamşir bu yerda juda zerikadi. Bir xil manzaradan, har kungi maşğulotlar, ukol-dorilardan yuragi bezillaydi. Oq xalatli hamşiralar qançalik yaxşi gapirişmasin, unga yuzidagi niqobini yeçmasligini muloyim tayinlamasin, baribir yuragi siqiladi. Yaxşiyamki, özi kabi bolalar bor. Ular bilan öynaydi, yozadi, öqiydi. Darslar ham şu yerda ötiladi. Unga dadasi, qarindoşlari olib keladigan mazali yeguliklardan köra, eng yaxşi sovğa rasmli kitoblar va rangli qalamlar. Aytgança, uni bu yerdagi jimjitlikdan, bir xillikdan rasm çizişdek maşğuloti saqlaydi. Yaqinda kasalxonadagi bolalar orasida ötkazilgan tanlovda u çizgan “Uy” degan rasm ğolib böldi. Keyin katta rassom kelib, uni hammaning oldida tabrikladi va böyiga mos molbert sovğa qildi. Şamşir şunday xursand böldiki, katta rassom: “Isming Şamşir ekan. Bu dami ötkir qiliç degani. Sen albatta kasallikni qiliçdek kesib yöq qilasan va katta rassom bölasan!” — degani endi sirayam esidan çiqmaydi. Har esiga tuşganda yuragi bir orziqadi, öz-özidan jilmayadi. Öşandan buyon Şamşir rasmlarini molbertga qöyib çizadi.
Hozir ham çizayotgan rasmini davom ettiriş uçun örnidan turdi. Boşi aylandi, holsizlanib yana karavotiga çökdi. Söng keça çala qolgan suratiga tikildi. Suratda kasalxona derazasi oçiq turar, oq pardalar şamolda silkinar, taşqarida esa bir söqmoq bor edi. U hali bu yöl adoğiga öz uyini çizişi kerak. Bolakay kuçini töplab, surat oldiga keldi. Qöliga yassi möyqalamni oldi.
Oydin şifokor bilan xonaga kirib kelganida, öğli berilib surat çizayotganini körib, bir zum töxtab qoldi. Şifokorga bir qarab qöydi-da, söng dilbandini çalğitmaslik uçun sekin bir çekkaga borib ötirdi. Vraç ham sassiz ortiga qaytdi.
Oydin bolasining möyqalamni xuddi mohir rassomdek tutib rasm çizişini körib, umidi yana çöğlandi. Ayni navqironlik yoşida soçlari tökilib, ukpardek rangi, ozğin vujudi xastalikka taslim bölayotgan farzandi bugun ijod tufayli hayotga qaytayotganini sezib, onaning közlari baxtdan namlandi. “Xudoyim, şu murğagimni panohingda asra!” dedi piçirlab. Hozir Şamşir dunyoni unutib çizar, söqmoq çetlariga gulğunçalarni, ular ustiga esa kapalaklarni qöndirardi…
* * *
Tunda yana Şamşirning issiği kötarildi. Terlagan kiyimlari, yostiği qayta-qayta almaştirildi. Tepasiga kelgan navbatçi şifokor issiqdan lovullab yonayotgan bemorning tanasini közdan keçirarkan, bolakayning barmoqlarida kökariş paydo bölganiga diqqat qildi. Oydin bu holatni körib, lablarini tişlagança yiğlab yubordi. Doktor hamşiralarga tez kerakli muolajalarni qilişni tayinlab, çiqib ketarkan, bir çetda muştdek bölib izillayotgan onaizorni yupatdi:
— Özingizni qölga oling. Sizni bu ahvolda körsa, bolangiz ham tuşkunlikka tuşişi tayin.
— Doktor, töğrisini ayting, umid bormi? Biz dadasi bilan hamma narsaga tayyormiz, faqat rostini ayting, iltimos! Bilasiz, u isteʼdodli bola. Hozir uning şu qöllaridan boşqa tasallisi yöq. Agar u rasm çizolmay qolsa…
Oydin gapirolmay yiğlab yubordi.
— Leykozdan, odatda, 80 foiz bolalar tuzalişadi. Bu degani hali umid bor. Yana bir yaxşi xabar, hozirgina markazdan suyak iligi transplantatsiyasi böyiça yaxşi xabar oldik.
— Yaʼni, aytmoqçisizki…
— Ha, yaʼni qon tahlillari orqali munosib donor topildi. Agar tekşiruvlar natijasi yaxşi çiqsa, yaqin kunlarda öğlingizda jarrohlik amaliyoti ötkaziladi. Siz özingizni tuting, muhimi, işonçni yöqotmang!
Boyagina haroratdan bazör nafas olayotgan öğliga azob töla nigohlari bilan qararkan, onaning közlarida umid yolqinlandi:
— Rostdanmi, doktor? Rahmat sizga!
— Ha, hali bu jajji rassomdan umidimiz katta, — dedi şifokor onaning könglini kötarib.
Ukoldan söng tafti pasaya boşlagan Şamşir endi bir maromda uxlar, odatda, tunni orom olib emas, azob bilan ötkazadigan Oydin bugun kasalxonaning yoruğ derazasidan qoronği köçaga boqib, yum-yum yiğlar, Yaratganga tinmay iltijo qilardi.
* * *
Tong. Quyoş nurlarini deraza tokçasiga yoyib, içkariga emin-erkin böyladi. Tuni bilan öğlining boşida behalovat bölgan onani tongga yaqin uyqu elitdi. Qança uxladi, bilmadi. Közlarini oçganda, rutubat kölankasi xonadan arigan, çoyşablar, jihozlar tonggi oftob nurlariga limmo-lim edi. Oydin uyqu aralaş röparasidagi molbertga beixtiyor qaradi. E voh! Suratda uy paydo bölgandi. Xuddi özlari yaşagan uy. Tomlari yaşil, boğçasi töla gul… Bolasi tuşmagur qaçon turib çizdi ekan, sezmabdiyam. Axir operatsiyadan keyin rasm stoliga yaqinlaşmagan, hayot va mamot orasidagi sinovlardan mardona ötişni uddalayotgan bir paytda yana surat çizişi, bu çindan möʼjiza edi!..
Oydin birdan xavotir bilan karavotda yotgan öğliga qaradi. Şamşir endi qöllarida möyqalamni mahkam siqqança uxlab qolgan, şirin bir tuş körayotgandek jilmayar, maʼsum çehrasi subhidam nurlarida yanada porlab körinar, boyagina çizib bitkazilgan suratida esa rang-barang gullar barq urar, kapalaklar tinmay qöşiq kuylardi…

