Matbuot dökonlari kerak emasmi?
Yevropani maʼnaviyatsizlikda ayblaymiz gohida. Ammo rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida tong — aççiq qahva hamda gazeta mutolaasi bilan boşlanadi. Hatto pandemiya şaroitiga qaramay, millionlab nusxada çop etilişdan töxtamagan, öquvçilarini yöqotmagan gazetalar ham oz emas. Şu munosabat bilan yaqinda Toşkent şahridagi matbuot dökoni sotuvçilarining savdo şoxobçalari borasidagi öylariga qiziqdik va fikr-mulohazalarini yozib oldik.
Eʼtibor bersangiz, tobora şaharlarda (çekka hududlarda-ku tamoman) matbuot dökonlari siyraklaşib borayotir. Qaysi bir “kiosk”ka qaramang yo kompyuter xizmatlari dökoniga aylanganini körasiz yoki butunlay taşlandiq holdagi manzaraning guvohi bölasiz. Töğri, talab nimaga köp bölsa, savdo ham öşa narsaga ixtisoslaşadi. Ammo hamma narsa öz örnida, öz joyida bölgani durust. Şunday emasmi?
Mehrigul Xolmurodova (52 yoş):
— Rostini aytsam, dökonimizda gazeta savdosi havas qilgulik emas. Şoxobçamda 15 xilça gazetam bor bor-yöği. Asosan, “konstovar” sotaman. Nima qilay, qora qozon qaynaşi kerak axir… Matbuot dökoni bölgani uçun majbur bir-ikkita naşrlardan olaman. Köproq narsa xarid qilganlarga gazetalarimdan “podarka” qilib bervoraman. Qaysi gazetalar bor deysizmi? “Maʼrifat”, “Hurriyat”, “Xalq sözi”, “Pravda Vostoka” … Yana rusça gazetalar bor, yaxşi sotiladi. Xaridorlar köproq nima xarid qiladi… Xöş, bu yer talabalar şaharçasi bölgani uçun yoşlar daftar-ruçka, sigaret, guvohnomasiga “çopon”, pulni rezinkasi, list sörab kelişadi köproq… Lekin gazeta sörab kelişmaydi. Öqimaganidan keyin olmaydi-da. Men ham talab nimaga köp bölsa öşa narsadan köproq sotaman.
Qani edi, matbuot dökonlarida ham turnaqator navbat bölsa-yu yangi gazetalar talaşib-talaşib olinsa, deb öyga tolamiz özimiz ham. Garçi yoşlar orasida kamnamo bölsa-da, kattalar orasida bosma naşr öquvçilari bor, hartugul. Biroq auditoriyasi keng qamrovli bölişiga qaramay, rasmiy naşrlardan köra sariq matbuot naşrlarining xaridorgirligini kuzatib aytsak tilimiz kuyadi, aytmasak dilimiz…
Rahimjon Qosimşayxov (67 yoş):
– Men tört yildan buyon gazeta-jurnal sotaman. Şoxobçamga özbek-rus tillarida 60 xil naşr keladi. Har bir gazetaning öz muxlisi, öz öquvçisi bor sizga aytsam. Mening dökonimda haftalik krossvordlar, “Darakçi”, “Hordiq”, “Söğdiyona”, “Argumentы i faktы”, “Mir novostey” gazetalariga talab köp. Xaridorlar köproq yoşi kattalar. “Tasvir”, “Xumo” kabi rusça gazetalar tez ketadi. Kamdan-kam hollarda 1-2 ta sotilmay qoladi. “Xalq sözi”, “Toşkent haqiqati”, “Adolat”, “Hurriyat”, “Maʼrifat” degan gazetalarni köproq domlalar, davlat işida işlaydiganlar oladi. Ha, yana salomatlikka, sportga oid gazetalar ham yaxşi ketadi. Har bir naşrdan oyma-oyiga, sotilişiga qarab, 4-5 tadan 50 tagaça olaman. Sotilmay qolsa “Matbuot tarqatuvçi” aksiyadorlik kompaniyasi gazetalarni qaytarib oladi. “Dogovor” şunaqa.
Faxriddin Xayriddinov (yoş sotuvçi):
— Bizdan ham intervyu oladiganlar bor ekan-da (kuladi). Fikrlarimni öğlimni nomidan bera qoling, elga tanilsin.
Xöş, dökonimizda 20-30 xil gazetalar bor. Bu yerda universitetlar, davlat idoralari köp bölgani uçun köproq rasmiy gazetalar sörab kelişadi odamlar. Yoşlar kelsa biror mavzu aytişadi va şu mavzuga doir gazetalar berişni söraşadi baʼzida. Domlalari aytsa kerakda öqi deb. Meni otam ham jurnalist bölganlar, ismlari Xayriddin Muqimov, radioda işlaganlar. Matbuot dökonlariga kelsak, ular bizga kerak, internet yetib bormagan çekka hududlarga, telefon işlatişni yaxşi bilmaydigan qariyalar uçun ham kerak. Ayniqsa, bunday şoxobçalar har bir universitet yaqinida bölişi lozim deb bilaman. Lekin özingiz bilasiz-ku, bugun yoşlarning topgani – telefon…
Aziz öquvçi, maqsadimiz şunçaki, ziyolilikka “daʼvogar” jamiyatimizga birrov oyna tutiş edi. Xulosa esa özingizdan.
Yu.Örmonova tayyorladi.
