Boşga loyiq döppi yöqmi, yo…

Tikuvçilik hunarining barça turi insondan qunt va metin matonat talab etadi. Bu ayollarimizni nafaqat böş vaqtlarini bekor ötkazmaslikka çorlaydi, balki rözğor yuritişda “aravani bir tomoni”dan tortib yuborişda ham asqotadi. Boş omon bölsa, döppi topiladi, deydi xalqimiz.

Ammo bugun köpçilik odamlar, ayniqsa, yoşlar milliy boş kiyimlarga bir qadar eʼtiborsiz munosabatdaki, göyo omon boşlarimizga ham döppi topilmayotgandek. Aslida, zamonlar oşa avlodlardan-avlodlarga ötib, qadriyat darajasiga kötarilgan döppilarning inson salomatligi va milliy mentalitetimizni namoyon etişda ahamiyati beqiyos.

 

Xöş, döppilar qaçondan boşlab eʼzozlanib, xalqimizning milliy kiyimiga aylangan? Tarixiy manbalarda keltirilişiça, ayollar döppisi yaʼni boş kiyimlari bundan 6-7 asrlardan avval yaratilgan Movarounnahr hamda Samarqand miniatyuralarida uçraydi. Lekin ming yillar avval ham ota-bobolarimiz boş kiyimlarini aziz bilgan. Ular, odatda, kimdir bosib ketmasligi uçun uylarning töriga yoki balandroq joyga ilib qöyilgan.

— Men döppidözlik bilan 52 yildan buyon şuğullanaman. Bugungaça döppilarning nima uçun eʼzozlanişi haqida köplab afsonayu rivoyatlar eşitganman, — deydi andijonlik döppidöz-hunarmand ayol,— “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Yorqinoy Töyçiyeva.— Ularning birida aytilişiça, qadim zamonlarda xalq orasida ölat tarqalibdi. Odamlar halok böla boşlabdi. Yurt podşohi şunda kim uşbu kasallikka davo topsa, boşidan tilla soçişga vaʼda beribdi. Kunlar ötib, bir möysafid uşbu muşkul vazifaning uddasidan çiqqani ovoza bölibdi. Podşoh uni huzuriga çorlabdi va şifo siri nimada ekanini sörabdi. Möysafid javob tariqasida kaftida bir siqim qalampirni körsatadi, yaʼni barça dardni u garimdori bilan yengayotganini aytibdi. Podşoh uning sözlaridan hayratga tuşib, toki ölimga eltuvçi dardni davolagan ekan, men uni boşimda kötaraman, deya boş kiyimining tört yoniga qalampir çizdirişni buyurgan ekan. Ana şu tarzda garimdori şakli tuşirilgan boş kiyimlar xalq orasida keng yoyilgan ekan.

Bu bir rivoyat. Ammo har bir rivoyatda ham hikmat yaşirin.

Iroqi döppi, oqpar, baxmal, laylo, qalampirmunçoq döppi… Sanasangiz yigirmadan ziyod turlari bor döppilarning. Şu bilan birga, uşbu boş kiyimlardagi har bir şaklning siri turidan köp.

— Döppidagi har bir şakl ramziy maʼnoga ega, — deydi Özbekiston Respub­likasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli xattot Habibullo Solih. — Ular baʼzan odamlarning ijtimoiy va maişiy holatidan, zehnu kayfiyatidan xabar beradi. Şuningdek, şakllarda durdona hikmatlar yaşirin. Masalan, döppilardagi törtlik şaklidagi gumbazlar birdamlikni anglatadi. Munçoqsimon şakllar esa inson toki hayot ekan, hamişa harakatda ekanligini anglatadi. Oq-qora rang esa oyning ön beşi qoronği bölsa, ön beşi yoruğligidan darak. Bundan taşqari, avvallari munçoq atrofidagi yulduzçalar döppi egasining neç­ta farzandi borligidan xabar bergan. Şu bois böyi yetgan qizlar yaxşi niyatlar bilan döppi tikkan. Nikoh töyida kuyov bola boşini döppi bezagan. Insonlarning orzu-umidlarini özida mujassam etgani uçun ham bu boş kiyimlarni xalqimiz nihoyatda qadrlagan.

Ammo bugun kimningdir boşida döppi körib qolsak, könglimizga har xil gap­lar keladi. Dafʼatan, “tinçlikmi?” deya xavotirga tuşamiz. Jamiyatda döppi kiyib yurgan kişiga nisbatan din sohasi vakili, degan fikr qaror topib bormoqda. Aslida, bu qançalik töğri?

— Darhaqiqat, boş kiyimda yuriş sunnatdan, — deydi “Hazrati imom” jome masjidi imom noibi Habibulloh Abdurazzoqov. — Muqaddas islom dinida ibodat amallarini boş kiyimda ado etiş joiz hisoblanadi. Biroq döppilarni diniy liboslar safiga qöşib qöymaslik lozim. U, avvalo, xalqimizning milliy libosidir. Şunday ekan, döppini kundalik hayotda ham ğurur bilan kiyib yuriş mumkin.

Mamlakatimizda hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan işlar bois bugun bozorlarimizda, qadimiy şaharlarimiz köçalarida milliy liboslar rastalari taşkil qilingan. Ularda qöl mehnati mahsuli bölgan turli buyumlar, aşyolar, milliy kiyimlar bilan birga, albatta, döppilar ham sotilmoqda. Gavjum rastalarda xaridor sifatida, asosan, sayyohlarni uçratasiz.

—Özbek milliy döppilarini yaxşi köraman va yurtingizga har kelganimda özimga, ayolimga ulardan sotib olaman, — deydi amerikalik mehmon Kristofer Ford. — Bu libos, öylaymanki, xalqingizning bebaho mulkidir. U jahonda özbek brendi sifatida qabul qilinadi. Şu bois dunyoning qaysi bir davlatiga bormay, kimningdir boşida döppi körsam, uning özbekligini yoki Özbekistonda bölgan sayyoh ekanligini bilaman.

Ha, döppida xosiyat köp. Ular mehr nuri qöşib tikiladi. Ularda urf-odat va anʼanalarimizning inʼikosi bor. Endi öylab köring, har tomonlama maʼnaviy hayotimizga daxldor, soğliğimizda ahamiyati beqiyos döppilarni bugun nega kam kiyyapmiz?! Nahot şoira aytganday:

“Boşga loyiq döppi yöqdir yo

Boş qolmadi döppiga loyiq…”

Yulduz ÖRMONOVA,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan