Otasiz sinf
- Alimentsiz ösayotgan bolalar
- Aysbergga urilgan yurak
- “Yaralangan yer şari”…
- Farzand uni boqmagan, tarbiyalamagan otasi qarşisida burçdormi?
Maʼlumotlarga qaraganda, dunyoda 2,7 million nafar bola Mehribonlik uylarida yaşar ekan. Bu yetim bolalarning umumiy soni degani emas. Çunki ularning maʼlum qismi oilalarda özgalar qaramoğida ham yaşaydi. Özbekistonda bolalar uylarining soni 13 ta, ularda 4000ga yaqin ota-onasiz bolalar tarbiyalanişi aytiladi.
Bundan ön yillar muqaddam bir tanişim farzandi “Otasiz sinf” degan hikoya yozganligi haqida gapirgandi. Hikoyaga köra maktabning bitta sinfida 32 nafar bola öqir va ularning hammasi otasiz ekan. Dahşatli hikoya, norasida bolaning yuragidan unib çiqqan aççiq iztirob bu! Otasiz sinfda ösayotgan bolalarning öylari, qaraşlari, dardu ğamlari deyarli bir xil böladi. Ular bitta qanot bilan katta böladilar.
Bugungi kunda Özbekiston aholisining 10 millionga yaqinini 14 yoşgaça bölgan bolalar taşkil qilar ekan. Öğil-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari şaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qişloq joylarda istiqomat qilişadi. Biroq 10 million bolaning orasida yo ota, yo ona mehridan ayri ösayotganlar talaygina. Bugun dunyoni otasining yelkasida ötirib tomoşa qilgança katta bölgan bolalar haqida emas, ming afsuski peşonasiga qop-qora harflarda otasizlik bitilgan bolalar qismati haqida fikr yuritmoqçimiz.
Psixologlar fikriga köra bola risoladagi inson bölib voyaga yetişi uçun tölaqonli oilada, yaʼni ota va ona qurşovida tarbiya topgan bölmoği kerak. Bunga-ku eʼtiroz yöq. Biroq buni hayot deb qöyibdilar, unda hamma narsa röy berişi mumkin. Ota va onaning kelişmasligi, ajrimlar yoki boşqa baxtsiz hodisalar tufayli yer şarida har kuni qançalab gödaklar yetim qolişmoqda.
Maʼlumotlarga köra ötgan yili mamlakatimizda 28 ming 233 ta ajrim qayd etilgan. Ajrim-ku yuz bergan, ajrimdan keyingi hayot-çi? Ajrimning orqasidagi manzaraga xotirjam qaray olasizmi? Bolaning tökis va yetarli şaroitda ösişi, atrofdagilardan, yaʼni ota va ona bağrida ösayotgan bolalardan kam bölmay tögarak va repititorlarga qatnaşi, kiyinişi va hokazo masalalar bor oldinda. Agar ota-ona ajraşsa, belgilangan qonunga köra farzandning yeb-içişi, kiyinişi va boşqa xarajatlar uçun ota tomonidan aliment tölanadi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga köra, ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar. Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-, 100-moddalarida esa ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, şuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berişi şartligi belgilangan. Aliment miqdori esa sud tomonidan belgilanganda ota-onaning har oydagi iş haqi va (yoki) boşqa daromadining bir bola uçun — törtdan bir qismi, ikki bola uçun — uçdan bir qismi, uç va undan ortiq bola uçun — yarmi miqdorida undiriladi. Xöş, ayting-çi, bugungi ota-onalar Konstitutsiyada va Oila kodeksida belgilangan majburiyatlarni qay darajada bajariş(ma)yapti?
Tanişlarimdan birining aytişiça, ikkita farzandi uçun 280 ming söm aliment olar ekan. Ha emiş, ota işlamasmiş(Eh-he, farzandiga aliment kam tölaş uçun maxsus davlat işidan böşaganlar, kam oylik maoşli işni rasmiylaştirib qöyganlar qança). Öylab köring, 280 ming söm aliment ikki farzandning qaysi bir ehtiyojini qoplab beradi? Axir bu pulning 100 mingga yaqinroq qismi(agar faqat buxanka isteʼmol qilinsa) ikki nafar bola yeydigan nonning öziga sarflanadi! Qolgan 180 ming sömni ikki öğil bolaning qaysi ehtiyojiga yetkaziş mumkin? Oyiga 90 ming sömlik xarajat bilan katta bölgan boladan polvon çiqadimi, yo biz haliyam qorni töyib ovqat yemagan boladan daholar çiqadi degan çöpçaklarga berilişdan çarçamadikmi? Töğrisi, bu pulni nimaga sarflaşni öylar ekansan, fariştadek begunoh polaponlarga rahming kelişi barobarida, farzandlarimni aliment tölab boqyapman degan pisanda bilan ötirgan ojiz otaga rahming keladi, yuragingning hamma yoğida sassiz oğriq tuyasan, odam.
Baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda, baʼzan oğzaki gurunglarda “falonçi”ning öz bolalariga aliment tölamay qoçib yurganligi haqidagi xabar quloqqa çalinib qoladi.
Özining farzandiga atalgan pulni sarflamagan, sarflay olmagan otani nima deb ataş mumkin? Kun.uzning 2021 yil 27 fevraldagi xabariga köra “Majburiy ijro byurosida hozirda iş yurituvidagi 1 million 90 mingga yaqin ijro hujjatlarining 268 mingdan ortiğini (24,6 foizi) aliment tölovlariga oid ijro işlari taşkil qiladi”. Bu degani 268 ming nafar ona va bir neça minglab farzandlar özining ham Alloh, ham qonun tomonidan belgilab qöyilgan halol haqlarini ololmay sarsonu sargardondirlar.
Masalaning ikkinçi tomoni esa oramizda ğururi toğlarni titratadigan, botiniga yölbars terisini yopingan onalar bor. Ularni körib-körmaganga, bilib-bilmaganga olsak-da, bir erkak eplolmagan işni qilib bolasini yolğiz qöl bilan katta qilişyapti. Ular oramizda juda ham köp. Ehtimol, alimentdan hazar qiladigan onalar soni aliment oladiganlardan köp bölsa bordir. Ular aliment talab qilib mahkamalarga bormaydi, hayotini kelgan joyidan davom ettiradi, biroq iztirobni, maşaqqatni kelgan joyidan davom ettirmaydi. Iztirobini har kuni qayta boşdan yaşaydi. Uning otini ona deb qöyişgan axir, dilbandining bağrida ekanligidan suyunadi. Bolasining haqli haqqidan ayri ösayotganligi ona uçun heç qanday qiymatga ega emas. Çunki u “Bandaning bandada qilça haqqi bor bölsa, tortib olib beriladigan uluğ kun”ga qattiq inonadi.
Aslida har bir taqdir tarix tahrir qilolmaydigan alohida bir tilsim. Bir erkakki suyay olmagan qaddini boşqa heç nima va heç kim suyaşiga inonmas u. “Yaralangan yer şari” orzularining körinişiga aylangandir balki. Yolğiz onalar dardiga quloq tutaman.
Birinçi ona:
Öğlimni yolğiz özim tarbiya qildim. Öqitdim, uy oldim, hatto atrofdagilardan kam bölmasin deb maşina olib berdim. Biroq heç nima bolamning yuragidagi ota degan böşliqni töldira olmadi.
Ikkinçi ona:
Farzandim bolaligida juda köp kasal böldi, bir neça marta operatsiya qilindi. Begonalar holimga yiğlaganida, öğlining hayoti qil ustida turganida farzandining holidan xabar olmagan, eşikma-eşik pul sörab öğlining omon qolişi uçun kuraşgan onaning yelkasiga hamma yukni taşlab qoçgan otaning nomi nima, nega şu paytgaça bundaylarga mos nom topilmagan? Öğlim, Allohga şukur tuzaldi. Öğlini taşlab qöyib dunyo lazzatlaridan bahramand bölayotganlar esa yon-atrofimizda yurişibdi.
Uçinçi ona:
Öğlim ötiş yoşida, qiz sinfdoşi haqida köp gapiradi. Bir kuni unga Ruhşonaga otang yöqligini aytdingmi, desam, “Ha, men otam yöqligini har doim faxr bilan gapiraman. Çunki mening sizday onam bor” deb javob berdi. Farzandimning bu sözlarini eşitib, beixtiyor yiğlab yubordim…
Törtinçi ona:
Bolam ikki yoşlar atrofida, endigina tili çiqqandi. Bir kuni töqqizinçi qavatdagi uyimiz derazasidan qarab turgança “Oyi Laylo(Layloni demoqçi) dada bor, Akbar (Akbarni demoqçi) dada(si) bor, man(mening) dada(m) qani?” deb savol berdi. Özining otasizligini ilk bor anglab qolgan bolaga nima deb javob beriş mumkin, bunday kezda, ayting?
Beşinçi ona:
Bolam hali öquvçi. Televizorni qöysak, diniy ulamolardan biri ota-onaning farzand va farzandning ota-ona oldidagi burç va vazifalari haqida gapirayotgan ekan. Öğlim, “Oyi, otam meni katta qilmagan, boşimni silamagan, hatto körmaganman. Men katta bölsam, meni dunyoga keltirgan ota qarşisida burçdor bölamanmi?” deb söradi.
Biz aynan ana şu kabi savollar yuzasidan Özbekiston Musulmonlar idorasi Toşkent şahar vakilligi axborot-tahlil bölimi boşliği Sahobiddin Satimovga murojaat qildik:
— Farzandni taşlab ketişi mumkin emas, çunki bu Alloh bergan omonatni taşlaş böladi. Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Har bir kişi özining raʼiyati (qöl ostidagi unga Alloh inʼom etganlari)dan masʼul (söraladi) va kişi öz ahli oilasidan (Qiyomat kuni) söraladi”. Şunga köra ota farzandlarini befarq taşlab qöysa katta gunoh qilgan böladi. Garçi u onasidan ajralgan taqdirda ham farzandlarning tarbiyasi va taʼminoti otaning zimmasidadir. Demak, bunday holda ota masʼullikdan qoçişi, ikkinçidan Alloh buyurgan karindoşlik ota-bola riştasini uzişi, uçinçidan “Baqara” surasi 233-oyatida aytilgan Allohning amrini bajarmagan böladi.
Savolning ikkinçi qismiga kelsak, farzandlarning taʼminoti u voyaga yetganga qadar otaning zimmasida böladi. Agar ota farzandini taşlab ketgan bölsa ham farzand otasiga yaxşilik kilişni davom ettirişi şart. Çunki farzand “Otam meni boqmagan” deya ota-bolalik riştasini uzsa, “ehtimol (iymondan) yuz ögirsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoşlik riştalarini uzarsiz” (Muhammad surasi 22-23-oyatlariga qaralsin) ana öşalarni Alloh laʼnatladi, ularni (maʼnaviy) kar qildi va közlarini kör qildi” oyatidagi iymondan yuz ögirgan, yer yuzida fasod qilgan va Allohning laʼnatiga uçraganlardan bölib qolmasligi uçun ham farzand otasiga yaxşilik qilişi lozim. Zero payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “qarindoşlik (ota-bola riştasi ham) riştasini uzgan odam jannatga kirmaydi” deganlar.
Ha, dunyo savollarga töla, javobsizligi tayin savollarga. Baʼzan közyoşlaringiz közlaringizga oğirlik qiladi. Alimentsiz farzand östirayotgan onalarning yuragiga yaqin yölasang, jizğanak bölasan. Ularning dardi, iztirobi, qörquvi, umidsizligi, orzularining qayrilgan qanotlari… hamma-hammasi yurakni zirqiratadi. Axir biz murğak deb atayotgan butun boşli-közli odamning taqdiri, kelajagi ortilgan yukni yelkaga olgan onaning yuragi har kuni misoli aysberg bilan töqnaşadi.
AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama ota-onasi ajraşganida ikki yoşda ekan. U bolalik çoğlarida sinfdoşlariga, bobosi hindular qabilasining yetakçisi, otasi esa şahzoda ekanligi haqidagi hikoyalarini maroq bilan gapirar ekan. Sakkiz yil ötgaç, ota öğlini köriş uçun boşqa qitʼadan uçib keladi. Qisqa muddatli uçraşuvda bola otasining umuman boşqaça, onasining hikoyalaridan tasavvur qilgan odamga sira ham öxşamasligini biladi. Otasiz bolalikka qaramay, u Garvardning ajoyib bitiruvçisi, taniqli siyosatçi bölib yetişdi. Tasavvuridagi otaning uluğvor qiyofasini saqlab qolişga muvaffaq böldi. Va, ehtimol, tutqiç bermas tasavvurlari sabab Barak Obama ham “öz qabilasining yetakçisi” — AQŞ prezidentiga aylangandir.
Ötgan yili dunyoda Farovon bolalik indeksi böyiça eng baxtli bolalar kelajagi kafolatlangan mamlakatlar röyxati eʼlon qilindi. Unda Norvegiya birinçi, Janubiy Koreya ikkinçi va Niderlandiya uçinçi öringa munosib körilgan. Norvegiyalik bolakaylarga havasingiz kelyapti, töğrimi? Mening ham, hatto öninçi örindagi Buyuk Britaniya bolalariga ham havas qildim. Biz har birimiz ota-ona sifatida farzandimizning taşqi axborot xurujlaridan, elektron tamakilardan, internet janglaridan, eng muhimi, oilaviy hujumlardan olisda bölişini xohlaymiz. Qanoti juft bölişidan, joni va qalbi ozor tortmasligidan umidlanaveramiz. Çunki biz onalarmiz. Joan Rouling “Garri Potter”idagi Lomosning vazifasi “2050 yilga kelib barça bolalarni mehribon, ğamxör va himoyaçi oilalarda ösişini taʼminlaşdir”, — deydi.
Buning uçun esa Ota va Ona örtasidagi munosabatlar bola rivojlanişiga katta taʼsir körsatişi ilmiy jihatdan isbotlanganligini tan oliş kerak böladi. Zero, bola ortida ota va ona degan mehribonlari turganini köz oçgan daʼfadayoq his qilsin. U yolğiz onaning rözğor tebratiş haqidagi taşvişlarini emas, dunyoni özgartirguvçi orzularni kötarib katta bölsin. Bolaligidan tili qisilmasin, boşi egilmasin, nafratni kötarib ulğaymasin! Ijtimoiy tarmoqlarda “Qayerdasiz, erkaklar?” degan yozuvga közim tuşgandi. Zotan bu otasiz bolalar qalbidagi “Qayerdasiz, Otajon?” degan xitobiga uyqaşdir. “Hozir otasizlik oldingi davrlardagidek juda qayğuli, fojiali hodisa emas. Çunki bugungi kunda har ikki bolaning birisi otasiz ösmoqda” degan gaplar bot-bot quloqqa çalinadi. Demak, otasizlik urfga aylandimi, köça tilida aytsak otasizlik modami? Demak, maqolamiz boşida keltirganimiz bolalarimizning, otasiz sinfda öqib, ulğayayotgani real voqelik ekan-da. Ertaga Xudo saqlasinki, ammo otasiz mahalla, otasiz şahar, otasiz mamlakatga aylansak holimiz ne keçadi?
Dunyoda qança odamlar tirnoqqa zor. Baʼzilar bitta farzand uçun har narsaga tayyor. Kimlardir bola savdosi orqali, noqonuniy yöl bilan bölsa-da farzandli böliş istagida. Yana tamoman boşqa toifa odamlar esa qoraközlaridan voz keçgan, öz puştikamaridan bölgan norasidaga mehrsiz bir parça bolalikni “hadya” etgan. U qoraközlarning aybi nimada? Genetik otaning farzanddan voz keçiş uçun körsatgan vaj-karsonlari bir inson taqdirini abadiy tahqirlaşga sabab böla oladimi? Öz bolasining ilk sözini eşitişdan, kulişlarini tuyişdan, ilk otgan qadamini körişdan mahrum otaga – şu jazoning özi yetarliday aslida. Biroq, “Nega” degan savol qiynayveradi… Çunki otasiz ösayotgan bolalar közida har kuni qayta tiriladi bu savol: NEGA?
Gözal BEGIM
