Yurt bolasi — el dardi

Umr daraxtiga qança orzu, qança armonlar bitilgan. Kimdir farzandga zor, kimdir esa dilbandining soğlom kulgusidan bezor. Bu maskandagi beğubor yuraklar hamon yöldan közini uzol­maydi, ularning mungli nigohlari allaqaysi makonlarda beğam yaşayotgan onasi, otasini çorlaşdan töxtamaydi…

Ana şunday öylar oğuşida Farğona şahridagi 1-sonli “Mehribonlik uyi”ga yetib keldim. Uni oşyon tutgan bolalarning soni ança kamaygani haqida eşitib, yurakda iliq taskin uyğonadi. Qaniydi bunday “uy”­lar bölmasa. Heç bir bola taşlab ketilmasa, manglayiga “ortiqça yuk” degan tamğa bosilmasa!

Darvoza oldida bizni kutib olgan “Mehribonlik uyi”dagilarning “katta oyi”si — boş şifokor Faridaxon Xoldorovaning közlarida har bir gödakning közi yaşayotgandek tuyu­ladi.

52 nafar tarbiyaçi, 30 nafar enaga, 18 nafar hamşira mehnat qiladigan bu makonda bolalar uçun hamma şaroitlar bor. Toza va şinam xonalar, oş-ovqat taʼminoti, bolaning soğlom ulğayişi, qiziqişlarini östirişga qaratilgan maşğulot va öyinlar, sayr­lar… Kiçikkina jussasiga yaraşgan, çiroyli liboslarini aytmaysizmi?! Otasi, onasi bermagan mehrning örnini şu Vatan töldirayotganini tan oliş kerak.

Muassasada yangi tuğilgan çaqaloqlardan 6 yoşgaça bölgan bolalar 6 guruhda tar­biyalanişadi. Ularning qanday qilib bu yerga kelib qolgani haqida yurak yutib söradim, eşitganlarimdan, dunyoning hoyu-ha­vaslaridan ustun bölgan neʼmatni abgor etgan odamlardan dilim oğridi.

Qönğiroqsoç Saʼdiya endigina 1,5 yoş. Qadam taşlay boşlaganiga ham köp bölmagan. Uning löppi yuzi, porloq közlariga qarab, Yaratgan qaysi ayolni u bilan siylagan ekan, deya öyga tolasan. Afsus… bu gödak asli “Mehribonlik uyi”ning sobiq tarbiyalanuvçisi bölgan M.ning beboşligi, mudhiş xatosi sabab tuğilgan. Bunisi yetmagandek, bolasini şu yerga taşlab, özi xorijda sarson yurgani ayançli. 2 yoşli Azizbekni taşlab ketgan ona bir yarim yildirki, na kelib hol sörarkan, na qönğiroq qilarkan. Hozir viloyat sudida uni onalik huquqidan mahrum qiliş jarayoni ketmoqda.

Hasanjon va Zahroxonlar   — egizak. Ularning yana biri — Zuhraxon   uç aka-opasi bilan otasining qaramoğida. Tuğiliboq, onasidan ayrilgan norasidalarga qaraş va boqişga heç bir insonning kuçi yetmasligi aniq.

— Madinaxon va Boburjonlar ham 3 yoşga tölişdi. Ularni öz onasi sotib, pullamoqçi bölgan vaqtida qölga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan, bolalar esa biz bilan katta bölişyapti, — deydi boş şifokor Farida Xoldorova. — Şirinani esa tuğuruq uyi­dan ötkazişgan, ona bölmiş noqonuniy, noşaʼriy yöl bilan tuğilgan dilbandidan or qilgan köyi undan voz keçgan.

Yana bu “uy”da onasi ozodlikdan mahrum qilingan Botir va Zarina, ota-onasi ruhiy kasal bölgan Ali singari turli oilaviy sabablarga köra bu yerda panoh topgan bolalardan 19 nafari yaşaydi.

— 5 yoşli Murodjon harbiy bölmoqçi, Şodiyora qizimiz şifokor, Muhammadrözi esa olim bölişni orzu qiladi. Ularning qiziqişlariga qarab maşğulotlar ötişga, orzularidagi kasblari haqida maʼlumotlar berişga harakat qilamiz, — deydi muassasa tarbiyaçisi Madinaxon Komilova. — 27 yildan buyon şu dargohda mehnat qilaman. Söng­­gi yillarda muassasamizga davlatimiz eʼtibori, saxovatpeşa hamyurtlarimizning yordami kuçayganiga guvoh bölayapman.

Bu maskanda tarbiyalanayotgan 5 nafar bola yangi oilalarga köçib ötişibdi. Bundan taşqari, bugungi kunda 600 nafardan ziyod oila bola oliş uçun navbatda turişgan ekan. Mazkur “Mehribonlik uyi” 100 öringa möljallangan bölib, hozirda 46 nafar bola yaşaydi, yil oxiriga borib yana kamayişi kutilmoqda. Ammo tarbiyalanayotgan bolalar öz ota-onalari yoki yangi oilasi bağriga qaytsa, aslida bu yaxşilikka, lekin Farida opa: “Ayrim hamkasblarim bola kamaysa, muassasamiz yopilib qoladi”, degan xavotirda. Biz bunday xavotirdan qutulişimiz kerak”, dey­di.

Bugun elning dilidagi oğriq bölib turgan, begunoh dilbandlarning mehrxonasi — “Mehribonlik uyi” ertaga jamiyatning ötmişiga aylansa qanday yaxşi… Biz: yurtning bolasi elning dardiga aylanmasin, deymiz.

Endi derazadan boqib, yölga köz tikkan, mitti qöllarini olamga çözayotgan bolalarga baxt berişga faqat mehrgina qodir!

Dilnavoz QÖLDOŞEVA.

Farğona.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan