Qadringni qaçon baland tutamiz Ona tilim?

Til – insoniyat tarixidagi eng buyuk kaşfiyot, har bir millatning közgusi hisoblanadi. Til bor ekan, millat barhayot. Bejizga til Onaga qiyos­lanmaydi. Har bir inson öz onasini qançalik yaxşi körsa, eʼzozlasa, öz tilini ham şunçalik qadrlaşi kerak. Til taraqqiyoti – mansub xalq maʼnaviyati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy rivojlanişining ifodasidir.

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev “Kimda-kim özbek tilining bor latofati, jozibasi va taʼsir kuçi, çeksiz imkoniyatlarini his qilmoqçi bölsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, ölmas maqomlarimizni eşitsin, baxşi va hofizlarimizning sehrli qöşiqlariga quloq tutsin”, deya bejiz taʼkidlamagan edi.

Albatta, ona tiliga eʼtibor faqatgina til bayrami kunlari ötkaziladigan tadbirlardan iborat bölmasligi kerak. Bu tuyğu har bir insonning qalb qörida yaşamoği şart. Unga munosabat ham şunga yaraşa bölişi kerak. Lekin ming afsuski, bizda ahvol, tilga munosabat köngilni kuydiradigan, yurakni oğritadigan darajada desak xato bölmaydi.

Qaşqadaryo viloyati, Kasbi Madaniyat bölimi tomonidan tuman “Madaniyat saroyi”da 21 oktyabr – Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadri baland, ona tilim!” mavzusida bayram dasturi bölib ötdi. Bunda viloyat hokimi maslahatçisi Ziyoda Aminova hamda viloyat Madaniyat boşqarmasi boş­liği Ishoq Törayevlar sözga çiqib, anjuman qatnaşçilariga ona tilimizning tarovati, tengi yöq çiroyi, betakror olami xususida öz mulohazalarini bayon etişdi. Sözga çiqqanlar ona tilining muqaddasligi haqida gapirdilar. Yuqoridagi mulohazalar ham tadbir iştirokçilari tomonidan aytib ötildi.

— Har bir davlatda qilinadigan işlar, imzolanadigan hujjatlarning barça-barçasi öz tilida amalga oşiriladi, — dedi Ishoq Törayev, — Şunday ekan, öz tilimizni asrab-avaylaşimiz, uni asl holiça kelajak avlodga yetkazişimiz insoniy burçimizdir. Afsus­ki, baʼzi yoşlar milliy tilimizdan köra özga tillarda sözlaşişni ustun bilişadi. Yöq, avvalo, öz tilimizning qadriga yetaylik. Şunda boşqa xalqlar tillari oldida özbek tilining afzal jihatlarini his qila olamiz, uni yanada boyitiş darajasiga erişamiz.

Sunnatillo BOYTURDIYEV,

Kasbi tuman Madaniyat bölimi

boş mutaxassisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan