“Ajraliş kuyi”ni çalmang
Oilaviy ajrimlarning “möda”ga aylanayotganligiga sabab nimada?
Oila — jamiyatning asosiy böğini, muqaddas maskan. Mamlakat taraqqiyotini harakatga keltiruvçi asosiy hujjat — Boş Qomusimizda oila masalasiga alohida urğu berilgani ham bejiz emas, albatta.
Konstitutsiyamizda oila jamiyatning asosiy böğini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega ekanligi belgilab qöyilgan. Har qaysi millatning öziga xos maʼnaviyatini şakllantiriş va yuksaltirişda, heç şubhasiz, oilaning örni va taʼsiri beqiyos. Çunki insonning eng sof va pokiza tuyğulari, ilk hissiy tuşunça va tasavvurlari birinçi galda oila bağrida şakllanadi. Yaʼni oila maʼnaviy jihatdan butun bölsagina, mustahkam böladi. Mustahkam oilalardan taşkil topgan mamlakat esa, albatta, qudratli böladi.
Agar ota-onalar bir-birlariga mehr-muhabbat qöyib, döst va ahil bölib yaşasalar, ularning farzandlari ham dilkaş, mehribon, imonli insonlar bölib yetişadi. Lekin ota-onalar ahil yaşamasa, bir-birini tinmay haqorat qilsalar içkilikbozlikka berilsa, bolalarini ursa, bu holat bola tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatadi.
Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tuğilayotgan bahslar, turmuşning darz ketişi va u bilan boğliq mojarolar, ayrim xonadonlardagi mavjud notinç maʼnaviy-ruhiy muhit natijasida sodir bölayotgan nikohdan ajralişlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtibor qaratilişi lozim bölgan xavotirli masaladir. Maʼlumotlarga qaraganda, ajraşişlar soni yurtimizda joriy yilda ötgan yilning mos davriga nisbatan ançagina köpaygan.
Mahallalar kesimida ajralişlarni kuzatib rosti yoqamni uşladim. Ayniqsa, bir neçta farzandlari böla turib ajraşayotgan ota-onalar farzandlarining taqdirini öylab körişayaptimikin degan savol tuğildi. Arzimagan vajlar sabab oilani barbod etiş, albatta, bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. “Bolaning uvoli tutadi”, degan gaplar ham öz-özidan paydo bölmagan. Afsuski, uvol-savobni bilmaydigan, norasidalarning yetim qolişini öylamaydigan ota-onalar ham oramizda yöq emas.
Xalqimizda “Otasiz yetim – gul yetim, onasiz yetim – şum yetim” degan maqol bor, şaxsan men keyingi yillar mobaynida otasiz qolgan bolalar ham yaxşi odamlar bölib yetişişi mumkinligini isbotlaşga urindim.
Bir mahallaga bir oyda beştagaça ajraliş töğrisida arizalar kelib tuşibdi. Yaraştiruv komissiyasi bu arizalarning oldini oliş uçun bor salohiyati bilan iş olib bormoqda, lekin niyatlaridan qaytarib bölmaydigan oilalarning soni kundan-kun ortmoqda.
Xöş, buning asosiy sababi nima ekan? Haqiqatdan ham iqtisodiy sababga taqalganmikin yoki…
Bir oila vakili sudga ajraşiş uçun ariza bergan, özi tadbirkor, topiş-tutişi yaxşi. Ikki farzandi ham bor ekan. Qaynona kelinidan rozi. “Bu oilani yaraştirsa bölar” dedim özimça, lekin çuçvarani xom sanagan ekanman. Er allaqaçon boşqa ayol bilan şarʼiy turmuş qurib, birga yaşayotgan ekan.
Yana bir holatda mahalladagi yaraştiruv komissiyasiga ajrim yoqasidagi ayol bölajak eri bilan keldi. Ularning ham örtada farzandlari bor ekan.
Endigina turmuşiga 3 oy bölgan yoş juftlik hayotining eng gözal damlarida ajraşamiz deb FHDYOga ariza beribdi. Mahalla idorasiga kelgan qizning uyalmasdan “tezroq ajraşsam erga tegaman”, degan gaplaridan töğrisi peşonamdan ter çiqib ketdi. Er yoki xotin topiş şunçalik oson bölib qoldimi?!
Bugungi ajrim holatlarni zanjir reaksiyasiga qiyosladim – bir ayol ajraşadi va boşqa oilali erkakni oilasini buzadi, ikkinçi oilada ham ajraşiş holati, tirik yetim gödaklar paydo böladi, eng qiziği, yetim qolgan farzandlarning kelajak taqdiri nima bölar ekan? Ayni kunda aksariyat ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar notöliq oilalardan ekanligi kuzatilyapti. Yoki bölmasa, boşqa huquqbuzarliklar, odam savdosi qurbonlari, noqonuniy yöl bilan çet davlatlarga çiqib ketayotgan yoşlar, ayollar, albatta, bularning aksariyati asosan ajraliş oqibatida yuzaga kelgan hamda notöliq oilalarda bölayotgani açinarli.
Beş oiladan atigi bittasi eri işlamagani uçun, ikki nafari ikkinçi turmuşi bölganligi, yana ikki nafari ota-onalarining aralaşuvi bilan ajrimga muqarrar yuz tutdilar.
Yoşlarning psixotrop dori vositalari isteʼmol qilişlari ham keng ajrimlarga sabab bölmoqda ekan. Qanday qilib deysizmi?! Psixotrop tabletkalarni isteʼmol qiliş bangilikdan özga narsa emas-da. Bunday yölga kirganlarga esa na oila, na bolaning qiziği qoladi.
Beştagina ajrim katta körsatkiç emasdir, lekin mamlakatimizda ön mingga yaqin mahalla borligini inobatga olsak, taşvişli raqamlar kelib çiqmoqda.
Bunday ajralişlar sonini kamaytiriş uçun yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlab boriş zarur. Oila tinçligi uçun eng avvalo mahalla ahli, mahalla faollari, keng jamoatçilik javobgardir. Bugungi kundagi islohotlar asosida yaratilgan yangi lavozimlar – “Hokim yordamçisi”, “Yoşlar yetakçisi” va “Ayollar faoli” aynan oilaning, şaxsning osoyiştaligi, tinçligi, iqtisodiy barqarorligini taʼminlaş uçun tuzildi. Mazkur vakillar bir qator omillarga eʼtibor qaratiş lozim böladi, yaʼni oiladagi ajrimlarning oldini olişda, asosan, yoşlarni oila ilmiga örgatiş maqsadga muvofiqdir. Ularda oila muqaddas qörğon ekanligi töğrisidagi tarğibot-tuşuntiriş işlarini butunlay yangiçasiga olib boriş kerak.
Insonni şakllantiradigan omil – hamkorlik, uni insongarçilikdan çiqaradigan narsa esa noahillikdir. Ahillikning nimalarga qodir ekanligini bizning mahallamiz misolida ham yaqqol köriş mumkin. Bir misol. Köça boşida bir köp bolali yoş oila istiqomat qiladi. Samandar işlamasdi, iş taklif qilsam heç unga maʼqul bölmasdi. Ayolining esa yoş bolasi borligi uçun işlaşga imkoni yöq. Xonadonda qaynona kelin örtasida mojaro çiqdi. Yöqçilik ham bu janjalga qorişib yoşlar ajraşamanga tuşdilar. Oxir-oqibat oilaviy masalaga aralaşdim. Öylab bir qaror qildim. Bu oila deb atalmiş dargohni mustahkamlaş uçun ularni bir maqsad ostida birlaştirişni rejaladim.
Samandar çilangarlik kasbini egallab, bir paytlar şu sohada işlagan ekan.Ularga tadbirkorlik rejasi tuzib berildi. Xullas, subsidiya asosida kompressor va payvand apparati oliş uçun tavsiya kiritildi.
— Siz özingizni-özingiz band qilib boşlanişiga xonadon darvozalarini böyaysiz, daromadingiz köpayib darvoza yasaşni boşlaysiz, şu qölingizdan keladimi? — deb Samandarga taklif berdik. Ayolining közi yorişib ketdi, Samandar ham birdan: “Ha, bu qölimdan keladi”, deb javob qaytardi. Sal oldin ajraşamanga tuşib turgan oila bir bölib tadbirkorlik rejasini maslahatlaşa boşladilar. Şunda özimga-özim — töqçilikdan ajraşayotganlarni yaraştirib bölmasa ham, yöqçilikdan ajraşayotgan oilalarni saqsab qolsa bölarkan, – degan xulosaga keldim.
Yoşlar oila deb, atalmiş muqaddas dargoh ostonasiga qadam qöyar ekan, “Men oila qurişga tayyormanmi? Oilam mustahkam bölişi uçun nimalar qilişim kerak?” degan savollarni öziga bersa, mustaqil hayotga yuzaki emas, öta jiddiy masala deb qarasa, oilalarda paydo böladigan baʼzi bir noxuş holatlarning oldi olinadi.
Jahongir NOSIROV,
Toşkent şahar, Olmazor tumanidagi
“Çiltöğon” MFYning yoşlar yetakçisi
