Gazetalar ölmaydi!

Otajonim “Onamning nomi öçmasin, qizimning ismini Xonbibi qöyamiz” degan ekan. Meni heç qaçon öz ismim bilan çaqirmagan. “Onaşim” derdilar erkalab.

Bolaligimda otajonimning tizzasiga ötirib ovqatlanardim. Söngra menga örgatgan şeʼrlarini aytib berardim. Otajonim erinmasdan yana menga şeʼr örgatardi. Meni zukkoligimni körib, ayamga qarab “onaşim yozuvçi böladi! Katta şaharga borib öqiydi. Kitoblar yozadi” derdilar.

Tört yoşdan ötganimda tösatdan otajonimdan ayrilib qoldik. Öşa kundan boşlab men ham bolaligimdan ayrildim.

Maktabga çiqqanimda onam “Otang seni yozuvçi böladi degan. Şuning uçun yaxşi öqigin. Albatta, yozuvçi bölasan” dedi.

Şu sababli, bilmadim yozuvçi kim ekanligini yaxşi anglamasam-da aʼlo baholarga öqişga harakat qilardim. “Ğunça” jurnaliga özim çizgan suratlardan va yozgan hikoyaçalarimni yuborardim. Keyinroq öşa paytdagi “Lenin uçquni” (hozirgi “Tong yulduzi”) gazetasi va “Gulxan” jurnallariga hikoyaçalar yozib yuborardim. Tumanimizdagi “Iştixon ovozi” (oldingi “Kolxoz hayoti”) gazetasiga ham maqolalar yozardim. Yozganlarim gazetalarda çiqqan kun men uçun bayram edi. Gazetani kötarib iloji bölsa hammaga maqtangim kelardi. Har bir çiqqan maqolamni asrab qöyardim.

Ön uç yoşimda qişloğimizda oçilgan muzqaymoq va şirin suv sotadigan sotuvçining yulğiçligini felʼyeton qilib, tumanimiz gazetasiga yozgandim. Tahririyatdagilar kelişib, örganişibdi. Yozganlarim tasdiqlanibdi. Bu gap qişloqda şov-şuv bölib ketdi. Tanqidim gazetada çop etilmasa-da hamma meni “Ana yozuvçi kelyapti” deb aytadigan bölişgan. Sotuvçi hamqişloğim bölsa mendan qattiq ranjigan. Boşqa sotuvçilar esa mendan hayiqadigan bölib qolişgandi.

Maktabdan qaytganimdan söng oğir ketmonni yelkamga taşlab, kolxoz dalasida işlardim. Har yili bizlarni gazeta-jurnallarga obuna qilişardi. Biz jon-jon deb obuna bölardik. Poçtalonni intiqib kutardik.

Uyimizdan gazeta-jurnal arimasdi. Hozirgaça ham şunday. Onam nabiralariga ayttirib, gazeta oldirib, öqib berişni talab qiladi.

1991 yilning 1 sentyabrida “Oila va jamiyat” gazetasi çiqa boşladi. Bu bizning eng sevimli gazetamizga aylandi. Payşanba kunini intiqlik bilan kutardik. Köp maqolalarim “Oila va jamiyat” gazetasida çiqqan. Milliy universitetning jurnalistika fakultetiga ham asosan, “Oila va jamiyat” gazetasida çiqqan maqolalarimni topşirib yuqori ball olganman. Uyga borganimda qişloqdoşlarim “Oila va jamiyat”da yozganlaringni öqidik. Zör yozibsan!” deya olqişlaşardi.

1996 yilning dekabr oyida esa “Hurriyat” mustaqil gazetasi çiqa boşladi. Bu gazetani, ayniqsa, talabalar zör quvonç bilan kutib olganmiz. Çunki şu paytgaça mustaqil gazetaning özi yöq edi. Birin-ketin “Hurriyat”da tanqidiy materiallarim bosilib çiqdi. Matbuot dökonlarida “Hurriyat” gazetasi talaş edi.

Har bir davrda gazetaning öz örni bor edi. Hattoki rahmatli Qudrat momom öqişni bilmasa-da erinmasdan varaqlab, rasmlarini körib, izohlardi.

Turmuşga çiqqanimda men bir sandiq gazeta-jurnallarimni ham olib ketganman. Tokçaga gazeta-jurnallarni terib qöyganman. Vaqtim bölganida olib öqirdim. Hattoki butun oila aʼzolarimiz bilan birgalikda öqirdik, muhokama qilardik.

2017 yil “Adolat közgusi” nomli gazetada ham muxbir, ham xatlar bölimi mudiri bölib işladim. (Gazeta öşa paytda 10.000, hozirgi kunda 1.400 adadda çiqyapti.) Telefonimiz tinmaydi. Har kuni kamida 10 ta savolni daftarimga yozaman. Xatlar oqimi töxtamaydi. Har hafta najot istab, muammolarini yeçişimizga umid qilgan muştariylarga va tegişli taşkilotlarga 30-40 ta xat yuboraman. Savollariga javob topib, gazetamizda berib boramiz. Şikoyatlarni esa qisqaça mazmuni va tegişli taşkilotlardan kelgan javob xatlari bilan berib boramiz. Eng qiziği bu gazetaga odamlarning özi xohlab obuna bölişadi. Bironta gazetamizning sonini topişolmasa, darrov xat yozib öşa sonlardan yuborişimizni söraşadi. Men ham erinmasdan ular söragan gazeta sonlarini muxlislarga yuborardim.

Ötgan yilgi pandemiya barça gazeta-jurnallarning obunasiga yaxşigina öz taʼsirini ötkazdi. Ayrim gazeta-jurnallarimiz yopilib ham ketdi. Açinarlisi, har kuni çiqib turadigan “Toşkent oqşomi” gazetasi ham bugun çiqmayapti. Bironta inson, hattoki Toşkent şahar hokimi ham şu gazetaning taqdiriga qiziqişmaydi. Tovba!

Töğri, bugungi kunda internet rivojlanib ketdi. Ammo gazeta-jurnalning örni boşqa. Qolaversa, hamma joyda ham internet yaxşi işlaydi, deya heç kim kafolat berolmaydi. Ayniqsa, qişloq joylarda internet yöq, hisobi. Qöpol qilib aytganda ayrim joylarda tomning ustiga çiqsagina internet işlaydi. Aksini olib gazeta-jurnallar kamaygani uçun tumanlarda poçtalon vazifasi ham qisqartirildi. Ilgarilari har ikki kunda poçtalon uyi­mizga kelsa, endi bir haftada yoki 15 kundagina u eşigingizni qoqib kelişi mumkin.

“Majburiy obuna” yöqolib, deyarli köpçilik ixtiyoriy obunani ham esdan çiqardi. Bu bilan özlariga maʼnaviy ziyon qilişdi. Ilgarilari senzura bölganligi uçun gazeta-jurnallarimiz tanqidiy materiallarni berolmasdi. Bugun qaysi matbuotni qaramang hammasida xalqimizning muammolari, dardi yozilyapti. Şuning ortidan köpgina muammolar yeçilyapti.

“Farğona haqiqati” gazetasining “Har bir muammoning yeçimi bor”, “Jamiyat zanjirining zaif halqasi”, “Bolalar uyi”dagi öylar”, “Zarafşon” gazetasining “Tadbirkorga imkoniyat beriş kerak”, “Yoqilmagan tabiiy gaz uçun olingan pullar öz egalariga qaytarib beriladi”, “Işonç” gazetasining “Ğayriqonuniy buyruq bekor qilindi”, “Kredit foizlari kamayadimi?”, “Yertölada suv quvuri yoki “şoşqaloq” murojaatgöy hamda “Tuya göşti yegan” muammo”, “Oğizda bor-u amalda yöq(mi?)” kabi materiallar heç kimni befarq qoldirmasa kerak. “XXI asr”, “Oila davrasida”, “Jamiyat” gazetalari ham dolzarb mavzularni kötarib çiqyapti.

“Gazetalar ölyapti” deya kimlardir ayyuhannos solayotgan bir paytda yangi-yangi naşrlar dunyoga kelyapti. Farğonada “Olam aro” nomli jurnal çiqa boşladi.

Bosma naşrlarni köpçilik majburiy obunaga boğlanib qolganlikda, axborotni keç uzatişda ayblaşadi. Aslida aksariyat gazetalarimiz bir haftada bir marotaba çiqişga möljallangan. Şu bir hafta içidagi axborotlarni özida jamlab çiqaradi.

Sayt yönalişining ham öz örni bor. Çunki saytlar tezkorlikka asoslangan. Lekin bu degani faqat saytlarni öqiş kerak degani emasku!

Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş payti keldi. Axir şu gazeta-jurnallarning ortidan rözğorini tebratayotgan köplab jurnalistlar işsiz qolib ketişdi. Ularni kim öylaydi?.. Qaçongaça jurnalistning kosasi oqarmaydi?

X.MAHAMOVA,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan