“HURRIYAT»imiz “Oltin qalam” XV milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovi 1-ÖRIN sohibi!
3 may — Jahon matbuot erkinligi kuni mamlakatimizda özgaça bir sevinç bilan nişonlanadi. Negaki, insoniyat fitratida erkinlikka, hurriyatga, ozodlikka bölgan iştiyoq, soğinç va undan bahramand böliş taʼmasi har doim huşyor turadi. Bu kalomlar esa öz-özidan jurnalist söziga, uning badaliga borib taqaladi. Zotan adl sözni aytiş hamma zamonda ham qarsak bilan kutib olinmagan, şunday davrlar ham bölganki, bu uçun kerak bölsa, qon bilan, jon bilan tovon tölangan.
Bugun har birimiz “Oltin qalam” XV milliy mukofotini olişga lozim topilgan nomzodlarga qarab beixtiyor ularning yil davomidagi çiqişlarini Haqiqat, Adolat, Jasorat degan tamoyillarda tekşiruvdan ötkazamiz. Çunonçi, har birimizning botinimizda odil bir tarozibon bor.
“Oltin qalam” mukofoti mamlakatimizda 15 yildan buyon jurnalist va matbuotçilarga taqdim etib kelinadi. Unda millatning va millatdoşlarining dardini ayta olgan, bugungi kunning bezovta ruhini öz xabar va reportajlarida jonlantirib bergan, hayotning orqa fonidagi dardu taşvişlarni ham old planga olib çiqqan, bir söz bilan aytganda, millat yuragiga oyna tutgan jurnalist va tahririyatlar işiga alohida eʼtibor qaratildi. Jurnalist yilning 365 kunida qalam qitirlatadi, uning bir kunida mukofotini oladi yoki yöq. Mamlakatning uzoğu yaqini demay ovoz yoziş va tasvirga oliş uskunalarini kötarib tinç “uruş” ga otlanadi. 365 kun davomida jurnalist qalamining uçi tegmagan mavzu qolmaydi hisob. Jurnalist qavmi borki, sovuqni sovuq demay, issiqni issiq demay, ofatni ofat demay, virusni virus demay xalq içiga nega şoşadi? Holbuki uni bunga heç kim majburlamaydi. Uşbu kasb egalari tabiatan şunday yaralgan – bezovta va millatparvardirlar.
Ötgan yili pandemiya sabab hamma uyidan çiqmay ötirgan bir paytda jurnalistlar virus öçoqlaridan turib reportajlar tayyorlaşdi, şifokorlar bilan salkam yelkama-yelka turib işlaşdi, desak mubolağa bölmas. Yoki tarixda misollar juda köp bunga: Xeminguey, Oruellar uruş oralab yurib, avvaliga özlarining jonli maqola va reportajlarini, keyinroq şoh asarlarini yaratişgan.
Abdulla Qodiriy bobomiz esa “Yiğindi gaplar”ini yozmaganida ehtimol 38-yilgi qonböronidan omon qolgan bölarmidi… Ehtimol… Biz bularni bekorga eslamadik, “Hurriyat” yurtimizning ilk bor dunyo yuzini körişi jadidlarga borib taqaladi. U 1917 yil aprelidan 1918 yil apreligaça – roppa-rosa bir yil faoliyat körsatgan va Çor hukumati tomonidan yopilgan.
Köryapsizki, jurnalistning vijdonini qolipga solib bölmaydi, u hamişa uyğoq va bong urişga tayyordir! Şu bois, bu millatning “Oyna”si, “Sadoyi Turkiston”i çiqqan, mustaqil “Hurriyat”i xalq bilan birga yaşayapti.
Bayram oqşomida ötirib negadir Abdulla Qodiriyning “Sönggi nutq”i, Fitratning “Tilimiz”, Abdulhamid Çölponning “Ruhimiz ölmasun”, Mahmudxöja Behbudiyning “Bizni kemirguvçi illatlar” maqolalari esga tuşdi. Bir paytlar jadid bobolarimiz haq sözi uçun tahqirlangan, surgun qilingan, otilgan edi. Bugun esa haqsöz taqdirlanmoqda. Söz uçun xizmat qilganlar mukofotlanmoqda. Bularning oldingi safida esa “Hurriyat”imiz ham halol peşona teri bilan qör tökib turibdi.
Albatta, bugungi “Hurriyat”imiz — Istiqlolimiz mevasi, u mamlakatimiz bosma OAV orasida yagona mustaqil naşr bölib, bu yil taşkil etilganiga 25 yil böladi!
Bu — bir yigitning yoşi! Juda körkam yoş!
“Yilning 365 kunida ham matbuotingiz erkin bölsin” dedi xalqaro miqyosda taşrif buyurgan mehmonlardan biri. Darhaqiqat, yilning 365 kunini özining yurak zarblarida yozilgan maqolalar bilan bezagan “Hurriyat” naşri “Oltin qalam” XV milliy mukofotida bosma OAV yönalişida birinçi öringa munosib körildi. Töğri, ayrim naşrlarda faoliyat yuritayotganlar bu mukofotni qayta-qayta yoki bir jamoadan bir neçtasi turli nominatsiyalarda olayotgan bölişi mumkin. Biroq bu “Hurriyat”ning birinçi “Oltin qalam”idir. Kimdir aytganidek, “Qalam oltinmi yoki oddiymi, yozib tursa, bas!” emas, bizningça u oltin bölsa, sehri ham, kuçi ham boşqaçaroqdek. Çunonçi, “Hurriyat”ning aytayotgan sözi, yetib borayotgan fikri yuraklarga oltindek örnaşsa, deymiz.Bugungi söz, keçagi hissiyotlar uyumi, bugungi dard ötmişdan qolgan yiğindi gaplar emasdir.
Negaki, bugungi gazeta avvalgi “qoğoz qöğirçoq” örnida xonadonlar eşigini qoqmaydi. Zero, uning har bir harfida, tiniş belgisida va rangida jurnalist vijdonining hayqiriği bor!
Ayni “Hurriyat”imiz ham ötgan asrdan qolgan “Hurriyat” emas! U tamoman yangiça tafakkur ozuqasiga töyingan, uyğoq vijdonning aksi tuşgan, hurlik va ozodlikning şohsupasi desak xato bölmas! Zero, endi millatimiz öz hurriyatini “Oltin qalam” bilan yozajak!
“Oltin qalam”ing olğa yurişdan tolmasin, “Hurriyat”! Ğoliblar safi va şohsupadagi birinçi örin muborak bölsin!
Artur Şopengauer,
nemis faylasufi
Artur Miller,
amerika yozuvçisi
Syoren Kirkegor,
daniyalik faylasuf
Gözal Begim.
