Xalq tanlovi — haq tanlov

Maʼlumki, Özbekistonda umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq andazalari, demokratik tamoyillar va milliy qonunçilik meʼyorlariga muvofiq taşkil etilgan navbatdagi prezidentlik saylovlari öz yakuniga yetdi. Beş siyosiy partiya va ular tomonidan körsatilgan nomzodlar iştirok etgan, özaro raqobat ruhida ötgan saylov kampaniyasida ilgari surilgan saylovoldi dasturlari va tarğibot tadbirlarida bildirilgan fikr-mulohazalar saylovçilar tomonidan öz bahosini oldi.

Xalqimiz davlat va jamiyatning yaqin istiqboldagi taraqqiyoti, qolaversa, har bir fuqaro öz kelajagi qaysi yönalişda bölişini istaşi haqida öz fik­rini oçiq bildirdi. Endi bu muhim tadbirda qatnaşgan siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari uçun saylov natijalarini sarhisob qiliş, davlat boşqaruv organlari uçun esa saylov kampaniyasida ilgari surilgan taklif va rejalar hamda ularga nisbatan fuqarolarning munosabatini çuqur tahlil qiliş vaqti keldi.

 

“Xalq tanlovi –xaq tanlov” degan gap bor. Özbek xalqi saylovda öz tanlovini qildi, hisob-kitoblar Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzodi körsatilgan mamlakatimizning amaldagi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev saylovlarda işonçli ğalabaga erişganini körsatmoqda.

Saylov natijalarining tahlili xalqimiz nomzodlarning saylovoldi dasturlari va tarğibot tadbirlarida örtaga qöygan masalalarni jiddiy örganiş bilan bir qatorda bu ğoyalarning hayotga tatbiq etişning qançalik hayotiy, yaʼni real zaminga egaligi, bu taklif va rejalarning har tomonlama, huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va boşqa jihatlardan asoslantirilganiga, şuningdek, nomzodlar tomonidan bu yönalişlarda şu paytgaça qanday ijobiy harakatlar qilinganiga alohida eʼtibor qaratganini körsatmoqda.

Avvalo, şuni taʼkidlaş kerakki, Özbekis­tonning amaldagi qonunçiligida saylovda iştirok etiş va özi tanlagan nomzodlarga ovoz beriş fuqarolarning huquqi hisoblanadi. Ayni paytda köplab rivojlangan davlatlarda ham saylovda qatnaşiş va ovoz beriş fuqarolarning burçi deb belgilangan. Ayrim mamlakatlar qonunçiligida esa saylovda qatnaşmaganlik uçun turli jazo çoralari ham mavjud.

Ikkinçidan, saylov jarayonlarida ayrim şaxslar tomonidan turli axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistondagi saylovlar kerak emasligi hamda saylovlarni “boykot qiliş”, yaʼni saylovda qatnaşmaslik maqsadga muvofiq degan köplab daʼvatlar tarqatildi. Şunga qaramay, saylov huquqiga ega bölgan va saylovçilar röyxatiga kiritilgan fuqarolarning mutlaqo köpçiligi saylovlarda ovoz beriş yöli bilan bu masalaga nisbatan ham öz fikrini bildirdi.

Umuman olganda, bu yilgi saylov natijalari keyingi yillarda Özbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyat yuksalib borgani, fuqarolarning siyosiy faolligi oşgani, aholining özi yaşab kelayotgan hamda kelajakda öz farzandlari kamol topişi kerak bölgan davlat va jamiyat hayotiga befarq emasligini namoyiş qildi.

Mana şu ikki holatning özi ham mamlakatimiz xalqining siyosiy dunyoqaraşi oldingi davrlarga taqqosan sezilarli darajada kengaygani, mamlakat içi va taşqarisidagi ayrim “ekspert” va “siyosatşunos”larning özbek xalqini siyosiy jihatdan faol emasligi töğrisidagi daʼvolari notöğri ekanligini körsatdi.

Şu maʼnoda Şavkat Mirziyoyev nomzodini qöllab kimlar va nima uçun ovoz berdi degan savolning özi ortiqça. Çunki, saylov huquqiga ega barça vatandoşlarimiz bu savolga özlarining aniq javobini berdi.

Ötgan beş yil davomida Şavkat Mirziyoyevning olib borayotgan içki va taşqi siyosati haqida aholining barça qatlamlarida tasavvur şakllangan, ilgari surilgan taşabbus va rejalarning ijobiy natijalari köpçilikning hayotida yaqqol sezildi. Şu sababli ham xalqimiz saylovda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak!” degan tamoyilga asoslangan islohotlarning izçil davom etişi uçun ovoz berdi.

Bu mavzuda juda köp mulohazalar bildiriş mumkin, biroq hozir biz faqat aholining köpçiligi uçun bevosita aloqador bölgan ayrim muhim masalalar yuzasidan bir-ikki fikr­lar bilan çeklanişimiz mumkin:

— naqd pul bilan boğliq muammolarning bartaraf etilişi va valyuta bozorining erkinlaştirilişi. Köpçilik eslasa kerak, işçi va xizmatçilarning iş haqlari, ayniqsa, nafaqalarning va pensiya tölovlarini hali yetarli şaroitlarni yaratmay turib, “plastik karta” tizimiga ötkazilişi sababidan aholi öz qonuniy pul mablağlarini turli xil löttibozlarga yalinib, katta foiz evaziga naqd pulga almaştirişar edi. Çunki, savdo şaxobçalari har xil sabablar bilan naqd pulsiz savdo qilişdan qoçar, bank kartalaridan pul yeçiş uçun yetarli bankomatlar yöq edi.

Öqiş, biznes yoki davolaniş maqsadida çet davlatlarga borib keliş hatto buning uçun yetarli mablaği bölgan fuqarolar uçun ham katta muammo edi. Albatta, xorijga çiqiş uçun xorijiy valyuta kerak bölib, oddiy insonlar uçun “xöjakörsin”ga oçib qöyilgan valyuta almaştiriş şaxobçalaridan valyuta sotib olişning esa imkoni yöq edi. Ayni payt­­da, turli xil korrupsiya aloqalari tufayli konvertatsiya amaliyotiga qöli yetadigan ayrim toifaga mansub şaxslar milliy va xorijiy valyutaning rasmiy va “qora bozor” narxidagi farqi evaziga juda katta miqdorda “havodan pul” qiliş bilan şuğullanişardi.

Şavkat Mirziyoyev Prezident sifatida elimiz işonçini qozongaç, moliya va bank tizimi faoliyatini tubdan yaxşilaş böyiça bir qator qatʼiy çora-tadbirlarni amalga oşirdi, naqd pul muomalasi hamda milliy pul konvertatsiyasi bilan boğliq köp yillik salbiy holatlarga çek qöyildi. Albatta, aholining köpçiligi hayotiga bevosita taʼsir körsatgan bu özgarişlarni öz boşidan ötkazgan millionlab insonlar saylovda bu işlarning taşab­buskori bölgan inson nomzodini qöllab ovoz berdi;

— fuqarolarni “röyxatga qöyiş” (propis­ka) tizimini isloh qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida ham yuqoridagidek fikrlarni bildiriş mumkin. Köpçiligimiz “röyxatga oliş” masalasida juda köp yurtdoşlarimiz önlab yillar davomida qiynalib kelgani va “propiskangiz yöq” degan birgina bahona sababli qança iqtidorli yoşlar “taşqarida” qolib ketganiga guvoh bölganmiz. Ötgan davr mobaynida vaqtinça yoki doimiy “propiska”siz yaşab turgan fuqarolarni işga qabul qilganlik uçun iş beruvçining maʼmuriy javobgarligi bekor qilindi, barça uçun mamlakatning istalgan hududida mehnat qiliş imkoni yuzaga keldi. Poytaxtda köçmas mulk sotib oliş uçun uşbu hududda doimiy röyxatda böliş şartiga boğliq qoidalar qonunçilikdan çiqarib taşlandi. Fuqarolarning doimiy yaşaş va vaqtinça turar-joyi böyiça röyxatga oliş bilan boğliq işlar kelgusida idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darça” tamoyili asosida amalga oşirilişi nazarda tutilgani aholining ortiqça ovoragarçiligi va sarf-xarajatlariga barham berdi.

20 yildan ortiq davrda bunday imkoniyatni faqat orzu qilib kelgan ön minglab fuqarolar va ularning yuz minglab oila aʼzolari saylovda Şavkat Mirziyoyev nomzodini qöllab ovoz bergani aniq;

— fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasi fuqaroligini tan oliş tartiblarining soddalaştirilişi.

Mamlakatimiz hududida fuqaroligi bölmagan şaxslar muammosi ildizlari mustaqillikning dastlabki yillariga borib taqaladi. Bir paytlari yagona huquqiy-siyosiy makon tarkibida bölgan va keyinçalik mustaqil rivoj­laniş yöliga kirgan davlatlarning bir qator toifadagi aholisi şunday muammolarga duç kelgan edi. Turli sabablarga köra, bir mamlakatdan boşqasiga doimiy yaşaş uçun kelgan şaxslar ön yillab mamlakat hududida yaşab, hatto bola-çaqalari voyaga yetgunça ham fuqarolik maqomiga ega bölmay yaşab kelardi. Maʼlumotlarga köra, 1991 yildan 2007 yilgaça bunday toifadagi şaxslardan bor yöği 482 tasi Özbekiston fuqaroligini olgan. 2007-2016 yillar davomida esa heç kimga fuqarolik berilmagan. Mutaxassislarning fikriga köra, Özbekiston Prezidenti taşab­busi bilan kuçga kiritilgan bu norma mamlakatda doimiy yaşab turgan qariyb 100 ming nafar fuqaroligi bölmagan şaxslarning öz xohişiga köra qisqa muddatlarda Özbekiston fuqaroligini olişi mumkinligini taʼminlagan. Agar bunday tartibda fuqarolikni olgan har bir inson ortida kamida 8-10 tadan yaqin qarindoşlari mavjudligini hisobga olsak, bu toifaga mansub yuz minglab fuqarolar ham saylovlarda Şavkat Mirziyoyev uçun ovoz bergan;

— ötgan beş yil davomida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining himoya qiliş va rivojlantirişga doir tizimli çora-tadbirlar amalga oşirildi. Biznesni röyxatdan ötkaziş va uni yuritiş böyiça jarayonlar soddalaştirildi, tadbirkorlar tomonidan davlat organlaridan önlab turdagi litsenziyalar va yuzlab şakldagi ruxsatnomalar oliş amaliyoti bekor qilindi. Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş tizimi izçil takomillaştirilib, xotin-qizlar, yoşlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining tadbirkorlik bilan şuğullanişi uçun qulay şaroitlarni yaratişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Ayniqsa, nazorat qiluvçi idoralarning tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga aralaşiş holatlari keskin kamaytirildi.

Şu sababli ham bugungi kunda iqtisodiyotning turli sohalarida mehnat qilayotgan yuz minglab kiçik va örta biznes vakillari, ularning boşqaruvidagi katta va kiçik jamoa aʼzolari saylovda Şavkat Mirziyoyev nomzodini yakdillik bilan qöllab çiqişdi;

— oliy öquv yurtlarida yoşlarning öqiş qamrovining keskin oşirilişi, sirtqi va keçki öqiş şakllarining qayta tiklanişi, turli hududlarda xorijiy va xususiy universitetlar hamda ularning bölimlari taşkil etilişi katta hayot maydoniga kirib kelayotgan yoş yigit-qizlar va ularning yaqinlari tomonidan bevosita his qilindi. Abituriyentlarga bir vaqtning özida bir neçta oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlarini topşiriş imkoniyati yuz minglab yoşlar va ularning ota-onalarining minnatdorligiga sabab böldi. Albatta, bunday yoşlarimiz va ularning köpsonli yaqinlari saylovda Şavkat Mirziyoyev uçun ovoz berişdi.

Şavkat Mirziyoyev prezidentlik maqomida bölgan dastlabki beş yil davomida amalga oşirilgan islohotlarning fuqarolar uçun eng muhimlarini şunçaki sanab çiqiş uçun ham köp vaqt talab qilinişi yuqoridagi misollardan ham körinib turibdi.

Bu borada har bir fuqaro öz kasb-kori, turmuş tarzi, dunyoqaraşi va şaxsiy qiziqiş­laridan kelib çiqib öz fikrini bildirişi mumkin. Masalan, kimdir, Özbekiston Prezidentining mintaqamiz davlatlari bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini örnatiş yölidagi saʼy-harakatlarini taʼkidlasa, kimdir aholiga davlat xizmatlari körsatiş sohasida ortiqça qoğozbozliklar hamda fuqarolardan önlab şakldagi maʼlumotnomalarni talab qiliş amaliyotiga çek qöyilganiga eʼtibor qaratişi mumkin. Köpçilik davlat organlarining oçiqligi va ularning jamoatçilik oldida hisobdorligini taʼminlaş yölidagi ijobiy natijalarni eʼtirof etişi aniq va albatta, bunday fikrlarning barçasi öz asosiga ega.

Bölib ötgan saylovlarning eng muhim natijasi köp millatli Özbekiston xalqi özining yaqin istiqboldagi orzu-umidlari Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan ğoyalar va rejalar bilan uyğun ekanligini bildirdi. Mamlakatimiz rivoji va xalqimiz farovonligini közlab işlab çiqilgan bu rejalar asosidagi keng kölamli islohotlar yaqin istiqbolda izçil davom ettirilişiga işonamiz.

Anvar EMINOV,

Adliya vazirligi huzuridagi

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan