Vatan qanotlari
14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni
Vatan – har bir millat uçun or-nomus, sadoqat, eʼtiqod, matonat, jasorat mezoni va timsolidir. Hatto, quşlar mavsumiy qay manzillar tomon uçsalar ham, lekin öz oşyoniga yana va yana qaytaveradi. Şu maʼnoda Vatan va vatanparvarlik tiriklikning öziga xos omili desak, xato bölmaydi. Vatan hissi insonga Vatanidan olisda bölganida yaqqol seziladi. Turli sabablar bilan özga yurtlarda yaşagan köplab vatandoşlarimizning hayoti ayançli va qayğuli keçgani bizga tarixdan maʼlum. Bu haqiqat buyuk bobomiz Alişer Navoiyning “Oltin qafas içra gar qizil gul bitsa, Bulbulğa tikondek oşiyon bölmas emiş”, degan daʼvatlarida ham özining yorqin ifodasini topgan.
Ayniqsa, yoşlarda vatanparvarlik tuyğularining yuksalişi va namoyon bölişida, ularning jismonan baquvvat va maʼnan yetuk bölib kamol topişida milliy armiyaning örni beqiyos. Bugun yoşlarimizda yuksak vatanparvarlik tuyğulari asosida yon-atrofimiz va jahonda röy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib çiqqan holda yondaşiş könikmalarini, turli içki va taşqi tahdidlarga qarşi mafkuraviy immunitetni şakllantirişga erişiş ustuvor masala bölib turibdi.
Jahon va mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xatar va tahdidlarga mos holda qayta işlab çiqilgan va 2018 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu tarixiiy hujjat mazmun-mohiyatidan kelib, Şavkat Mirziyoyevning harbiy sohaga oid qabul qilgan qarorlari, harbiy xizmatçilarga yaratilgan imtiyozlar va qulay şart-şaroitlar, ularni uy-joy bilan taʼminlaş böyiça uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berilişi, harbiy şaharçalarni obodonlaştiriş, ularda zamonaviy infratuzilmalar barpo etiş, muddatli xizmatni ötayotgan yoşlarga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli yöllanmalar beriş, harbiy xizmatçilarning farzandlariga oliy öquv yurtlarida taʼlim olişlari uçun davlat grant örinlari ajratilişi mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlaşda muhim omil bölmoqda. Ayniqsa, bu borada tumanlar, şaharlar, mahallalarda uzluksiz tarğibot- taşviqot tadbirlari ötkaziş yoşlarimizning harbiy xizmatga, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş imkonini beradi. Undan taşqari, harbiy qismlar, taʼlim muassasalarida yoşlarning harbiy kasbga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptiriş maqsadida tarixiy qahramonlar Tömaris, Şiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari uluğ zotlar hayoti va faoliyati, jasorati, jangovar taktikasini tarğib etuvçi uçraşuv va davra suhbatlarini taşkil etiş katta ijobiy natija beradi. Şundan kelib çiqib, Prezidentimiz “Vatanparvarlik har bir davlat hayotining maʼnaviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantiriş borasida eng muhim safarbar etuvçi kuç sifatida namoyon böladi”, deya bejiz taʼkidlamagan edi.
Zero, harbiy-vatanparvarlik konsepsiyasining ustuvor vazifalari ham yoşlarda milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bölgan işonçni kuçaytiriş, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qiliş, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalaniş malakasiga ega kadrlar yetiştiriş, Özbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barça jabhalarida himoya qilişga tayyor, yurt uçun fidoyi, bugungi kun talabiga javob bera oladigan qilib tarbiyalaşga qaratilgandir.
Mamlakatimizda ötgan yillar davomida harbiy taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş borasida ibratli işlar amalga oşirildi. Jumladan, oliy harbiy taʼlim muassasalari faoliyati kengaytirilib, ularning salohiyati yanada oşirildi. “Ösmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari va davlat xizmati uçun kadrlar zaxirasini tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2019 yil 28 iyundagi 4375-sonli Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida yangi Özbekiston Respublikasi Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida barça hududlarda taşkil topgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarida farzandlarimiz ongi va tafakkuriga yoşligidan vatanparvarlik, milliy armiyaga işonç tuyğulari singdirilib borilmoqda.
Bugun dunyoning olis va yaqin mintaqalarida murakkab mojaro va töqnaşuvlar davom etayotgan bir paytda Özbekistonimizda tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi işlar yanada samarali taşkil etilmoqda. Xususan, mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş, qöşinlarni zamonaviy qurol-yaroğ va texnikalar bilan taʼminlaş, bölinmalarni boşqarişda axborot texnologiyalarini keng qöllaş, jangovar tayyorgarlik va kasbiy mahoratni oşiriş ustuvor vazifalar bölib qolaveradi.
Zero, yoşlarda Vatanga daxldorlik hissini kuçaytiriş bugun hayotiy va axloqiy ehtiyojga aylanişi kerak. Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev şu yilning 7 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanişar ekan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylaşgan “Temurbeklar maktabi” öquvçi-yoşlari bilan uçraşdi.
“Sizlar Yangi Özbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuçli böladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uçta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilişingiz kerak”,—dedi Yurtboşimiz.
Darhaqiqat, yurtimizning tinç-totuvligi, ertamizning porloq yöli ona Vatanimizning tinç-totuvligiga boğliq. Şu bois Vatan himoyaçilari Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda hayotimiz qanotlaridir.
Eşbolta Qobulov,
Termiz davlat universitetining
pedagogika instituti direktori,
tarix fanlari doktori
