Mamlakatdagi yetakçi axborot manbai
Özbekiston axborot agentligi (ÖzA)
taşkil etilganiga 30 yil töladi
Jahon taraqqiyotining turli davrlariga nazar taşlansa, jamiyat hamişa axborotga kuçli ehtiyoj sezib kelgani maʼlum böladi. Axborot maydoni uçun kuraş nafaqat mamlakatning içida, şu bilan birga, uning taşqarisida ham keçadi. Mustaqil davlat axborot siyosatida erkin bölmoği, öz maqsadlarini ommaga, qolaversa, jahon ahliga tezkor, xolis yetkazib beruvçi milliy axborot agentliklariga ega bölişi taqozo etiladi.
Ana şu ehtiyojdan kelib çiqqan holda endigina mustaqillik yöliga qadam qöygan davlatimizning Milliy axborot agentligi bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam — Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 fevraldagi “Özbekiston axborot agentligi (ÖzTAG)ni Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA)ga aylantiriş töğrisida”gi Farmoniga binoan taşkil etildi.
2019 yil 2 dekabrdagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorga köra, ÖzA — Özbekiston Milliy axborot agentligi respublika hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tarqatuvçi rasmiy axborot agentligi ekani qayd etildi va agentlik faoliyati tubdan qaytadan takomillaştirildi, moddiy-texnik bazasi zamonaviy talablar asosida yangilandi.
Taʼkidlaş joizki, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Özbekiston Milliy axborot agentligi örtasidagi hamkorlik samarali davom etayotgani, xususan, Uyuşma tomonidan ötkazilgan tadbirlar ÖzA muxbirlari tomonidan muntazam yoritib kelinayotganidan mamnunmiz. Jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy mahoratini oşiriş böyiça Uyuşma va Agentlikning birgalikda amalga oşirilayotgan işlari, şubhasiz, milliy axborot makonining ravnaqiga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, ÖzA mamlakatimiz içki va taşqi siyosatini, jamiyatimizda keçayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar va yangilanişlarni, amalga oşirilayotgan tub islohotlar mohiyatini, ahamiyati va samaralarini xolis, izçil va Özbekiston milliy manfaatlari nuqtai nazaridan yoritadigan rasmiy davlat axborot agentligi hisoblanadi.
Xalq xizmatida kunu tun bölib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yaşaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim özgarişlar, ustuvor ğoya va taşabbuslarning maʼno-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan jurnalistlar haqida söz yuritilganda, birinçi navbatda, köz oldimizda ÖzA muxbirlari gavdalanadi.
Negaki, respublikamiz miqyosidagi yangiliklar, axborot va xabarlarni tezkor va xolis yetkazib beriş amaliyoti uşbu Agentlikda muhim tamoyil sifatida qadrlanadi.
Yana bir muhim jihati, ÖzA Özbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari, rasmiy bayonotlari va maʼruzalari, şuningdek, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, eng muhimi, ular faoliyatiga oid axborotlar birinçi bölib yoritib boriladigan rasmiy axborot manbaidir.
Mamlakatimiz içki va taşqi siyosatini, amalga oşirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda keçayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy özgarişlar va yangilanişlarni tezkor yoritiş; jamoatçilikning katta qiziqişini uyğotayotgan voqealarning mohiyati böyiça fuqarolarda xolis fikrni şakllantiriş hamda maʼlumotlardan buzğunçi va boşqa ğayriqonuniy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini bartaraf etiş uçun aholini bunday hodisalar haqida öz vaqtida xabardor qilib boriş; öquvçilar uçun qulay va qiziqarli şaklda Özbekiston xalqining öziga xos madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, mamlakatning köp yillik tarixi va ilm-fan rivojiga qöşgan hissasini namoyiş etişga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş; yurtimizda yuz berayotgan özgarişlarni dunyoga tarqatiş, jahonda sodir bölayotgan voqea-hodisalar haqida mamlakatimiz aholisiga tezkor axborot yetkazib beriş, xorijdagi axborot agentliklari va boşqa ommaviy axborot vositalari, media-tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantiriş ham ÖzA faoliyatida ustuvor vazifalardandir.
Maʼlumki, Özbekiston Milliy axborot agentligiga turli yillarda bir qança taniqli jurnalistlar rahbarlik qilgan. Ayniqsa, Abdusaid Köçimov Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori etib tayinlangandan keyin ÖzAdagi eski qoliplar özgardi. Agentlik faoliyatida katta ijobiy özgarişlar kuzatildi. Xususan, maqolalarda fikrlar xilma-xilligi namoyon böldi, tanqidiy-tahliliy çiqişlarga keng örin berildi. ÖzA turli soha vakillari uçun tom maʼnoda minbar vazifasini ötay boşladi. Ijtimoiy hayotdagi şunday muammolar yoritildiki, dastlabki paytlarda buni köpçilik tasavvuriga ham siğdira olmadi.
Tan olişimiz kerak, keyingi beş yilda jurnalistikamizda röy bergan özgariş, yangilaniş va rivojlanişlarni ilgari tasavvur etiş qiyin edi. Soha va uning vakillariga keng erkinliklarning berilişi jurnalistlarga kötarinkilik bağişlaşi barobarida ularda zamon bilan hamnafas böliş, bir qadam oldinda yuriş hissi va masʼuliyatini oşirdi.
Özbekiston Milliy axborot agentligi bugun nafaqat yurtimizda, balki jahon axborot maydonida ham öz örniga ega tuzilma sifatida tanilmoqda. Dunyodagi önga yaqin yetakçi axborot agentliklari bilan özaro aloqa örnatilgani va agentlikning Veb-saytiga sakkiz tilda materiallar joylaştirilgani ham şundan dalolat beradi.
Özbekiston Prezidentining yurtimiz hududlariga, xorijiy mamlakatlarga safarlari haqidagi axborotlar ÖzA muxbirlari tomonidan tayyorlanib, respublikaning barça OAVlariga tezkor yetkazib berilayotgani eʼtirofga molik.
Yana bir quvonarli jihati, söngi yillarda ÖzA Media markazi taşkil etilib, axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eşittiriş va körsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlaş, audio va video materiallarni qayta işlaş, ularni ÖzAning veb-saytiga joylaştiriş va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib beriş yölga qöyildi. Bu, öz navbatida, respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar böyiça fuqarolarda xolis fikrni şakllantiriş, ularga axborot-tahliliy, şu jumladan, audio va video axborotlar yetkaziş imkoniyatlarini yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
Garçi 30 yil tarix uçun qisqa vaqt bölsa-da, şu davr içida ÖzA milliy jurnalistikamizda öziga xos maktab yaratdi. Agentlikda qançadan-qança yoş kadrlarning qalami çarxlandi, ular bugungi kunda yetuk mutaxassislar sifatida mamlakatimizning nufuzli ommaviy axborot vositalarida, siyosiy-ijtimoiy sohalarida faoliyat olib bormoqda.
Yangi Özbekistonning axborot makonida yuqori maqomga ega böliş maqsadida Özbekiston Milliy axborot agentligi öz faoliyatini yangiça, aytiş mumkinki, jahon axborot maydoni ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda yanada takomillaştirişni davrning özi taqozo etmoqda. Qolaversa, mamlakat OAVning, amalga oşirilayotgan islohotlarning oldingi qatorida bölişi ham zamon talabi. Şunday ekan, hali Agentlik tizimida ham yana qator işlar amalga oşirilişiga işonamiz.
Muxtasar aytganda, Agentlik ijodiy jamoasining namuna sifatida körsatiladigan jihatlari bisyor. Ezgu maqsad yölida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan aziz hamkasblarimiz — ÖzA ijodiy jamoasini Agentlik taşkil etilganining 30 yilligi bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sihat-salomatlik va ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Olimjon ÖSAROV,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi raisi
