Jahonni qamrayotgan “Oltin qalam”

Insoniyat tafakkurining rivojlanişida oddiy qalamning beminnat xizmati beqiyos. Olamşumul ğoyalar ham, muhim tarixiy voqea-hodisalar ham, buyuk allomalarning asarlari ham dastlab qalam orqali qoğozga muhrlangan va şu yöl bilan avloddan-avlodga yetkazilgan. Özbekiston Qahramoni, sevimli şoirimiz Abdulla Oripov “Özbekiston” qasidasida “Temur tiği yetmagan joyni qalam bilan oldi Alişer” deya bitib, qalamga alohida urğu bergani bejiz emas, nazarimizda.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari xodimlari örtasida ötkaziladigan tanlovlar dunyo miqyosida, mamlakatimizda ham köp bölişiga qaramasdan, “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning nufuzi baland,   nafaqat mahalliy, balki xorijlik jurnalistlar ham “Oltin qalam”ga intilmoqda desak, aslo mubolağa bölmaydi.

Albatta, buni sönggi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlar, islohotlar, inson qadrini uluğlaşga qaratilgan saʼy­-harakatlar jarayonida tabiiy holat sifatida qabul qilamiz. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning oçiq va pragmatik taşqi siyosati tufayli nafaqat qöşni davlatlar, balki uzoq va yaqindagi xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar mus­tahkamlanib bormoqda. Bu, öz navbatida, xorijlik jurnalistlarning Yangi Özbekistonga qiziqişini sezilarli darajada oşirmoqda.

Har yili 3 mayda Jahon matbuoti erkinligi kunini dunyo böylab keng nişonlaşdan boş maqsad axborot erkinligi tamoyillarini ilgari suriş, barça mintaqalarda axborot oliş va tarqatiş erkinligi holatiga baho beriş, sayyoramizda röy berayotgan voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy yoritib, inson huquq va manfaatlarini taʼminlaşga munosib hissa qöşib kelayotgan behalovat kasb egalari — jurnalistlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Bu muhim sananing tarixiga nazar taşlasak, 1991 yil 3 may kuni Afrika mamlakatlari mustaqil matbuoti vakillari Namibiyaning Vindxuk şahrida deklaratsiya qabul qilib, jahondagi barça mamlakatlar hukumatlarini matbuot erkinligi va uning demokratik xususiyatini taʼminlaşga daʼvat etgan. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Boş Assambleyasi qaroriga köra, 1993 yildan boşlab har yili 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nişonlanib kelinmoqda. YUNESKO tomonidan taʼsis etilgan 1986 yili xizmat vazifasini bajarayotganda halok bölgan kolumbiyalik jurnalist Gilyermo Kano nomidagi mukofot şu kuni fidoyi jurnalistlarga matbuot erkinligiga qöşgan hissasi uçun topşiriladi.

Özbekistonda ham bu sana keng nişonlanadi. 2006 yili Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan xalqaro miqyosda tanlov ötkaziş taşabbusi bilan çiqqan. Milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalaştiriş, OAV xodimlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etişlari uçun şaroit yaratiş, jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy fikrlaşni şakllantiriş, ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuvlarni qöllab-quvvatlaş hamda milliy jurnalistika rivojiga hissa qöşişni rağbatlantiriş maqsadida Jahon matbuot erkinligi kuniga bağişlangan “Oltin qalam” Milliy mukofoti taʼsis etilgan.

Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning qatʼiy siyosiy irodasi va taşabbusi bilan ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada takomillaştiriş, axborot va söz erkinligini taʼminlaş, jurnalistlarni har jihatdan qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana şu ezgu işlar doirasida 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan anʼanaviy ötkazib kelinayotgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov har yili yuksak saviyada taşkil etiladi. Bu tanlov   xalqaro maydonda matbuot va söz erkinligi sohasida mamlakatimiz nufuzini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.

Taʼkidlaş joiz, keyingi yillarda yurtimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada takomillaştiriş, axborot va söz erkinligini taʼminlaş böyiça ilgari tasavvur ham qilib bölmaydigan işlar amalga oşirilmoqda. Davlatimiz rahbari doimiy ravişda ommaviy axborot vositalari vakillarini qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Kuni keça esa ajoyib bir xuşxabar eşitdik. “Çegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan tuziladigan Söz erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida Özbekiston öz körsatkiçlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxşilab, jahon böyiça 157-örindan 133-öringa kötarildi. Bu ham   mamlakatimizda axborot va söz erkinligi taʼminlanayotganining bir eʼtirofidir.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining örinbosari – Prezident matbuot kotibi Şerzod Ikromoviç Asadov Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” mukofotini topşiriş marosimida iştirok etdi va tantanali tadbirda sözga çiqib jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişini eslatib ötdi.

“Amaldagi qonunçilikda davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş, senzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş kabi harakatlar sodir etilgani böyiça javobgarlikni kuçaytiriş böyiça bugun kerakli işlar boşlangan”, – dedi Ş.Asadov.

“Şubhasiz, qayerda milliy matbuot erkin va kuçli bölsa, öşa mamlakatda xalqçil islohotlar ham bardavom böladi. Kuçli matbuotni esa öz faoliyatida xolislik, adolat va haqiqat mezonlariga amal qiluvçi professional jurnalistlar yaratişiga işonçim komil”, – deya alohida taʼkidladi Prezident matbuot xizmati rahbari.

Şu örinda, “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda xorijlik jurnalistlarning iştiroki masalasiga yana eʼtibor qaratsak örinli böladi. Zero, yaqin yillargaça “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasi tanlovning asosiy yönalişida emas, rağbatlantiruvçi nominatsiyalari qatorida bölgan va bor-yöği bir nafar xorijlik jurnalist mukofotlangan. 2021 yildan boşlab ularning iştirokini kengaytiriş maqsadida “Çet ellik jurnalistning Özbekiston   haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasi tanlovning asosiy yönalişiga kiritildi. Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XV tanlovi ğolib va sovrindorlari safidan “Business Turk” jurnali boş muharriri Ruzubay Akuren (Turkiya Respublikasi) joy olib, Özbekis­tonda amalga oşirilayotgan yangilanişlar jarayonini Turkiyada keng va tahliliy yoritib kelayotgani va mamlakatlar örtasidagi aloqalar rivojiga qöşayotgan hissasi uçun 1-öringa munosib körilgan. 2-örinni Tojikiston Respublikasi hukumati qoşidagi Televideniye va radio qömitasi “Ovozi tojik” radiosi özbek bölimi katta muharriri Atobek Ğoibov özbek-tojik madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini tarğib etuvçi körsatuvlari, radioeşittirişlari va maqolalari uçun qölga kiritgan. “NDR” teleradiokompaniyasi, “Deutschlandfunk” radiostansiyasi va “Zentralasien-Analysen” jurnalining Markaziy Osiyo böyiça iqtisodiy eksperti Birgit Vetsel (Germaniya Federativ Respublikasi) ham Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar keng yoritilgan materiallari uçun 2-öringa sazovor bölgan. Şuningdek, “Sputnik” axborot agentligining Özbekistondagi muxbiri Dilşoda Rahmatova (Rossiya Federatsiyasi) Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi strategik munosabatlar haqidagi materiallari uçun, “Xabar” telekanali boş muharriri Jasin Birkenov (Qozoğiston Respublikasi) Möynoqda amalga oşirilayotgan islohotlar, Özbekistonda pandemiya davrida aholiga körsatilayotgan kömak, Özbekis­ton va Qozoğiston munosabatlariga bağişlangan turkum reportajlari uçun 2-örinni egallagan. Bundan körinib turibdiki, ötgan yili 5 nafar xorijlik jurnalist “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning asosiy yönalişlaridan biri – “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasi böyiça mukofotlangan.

Bu yil “Oltin qalam” XVI tanlovida yigirmaga yaqin davlatdan qirq nafardan ziyod jurnalistlar qatnaşgani, ular orasida Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika qitʼasidan OAV vakillari borligi tanlovga xorijda ham qiziquvçilar safi kengayib borayotganidan dalolat beradi va butun dunyoni qamrab olayotganining bir isbotidir. Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi va Tojikiston Respublikasidan Jurnalistlar uyuşmasi raislari va vakillari “Oltin qalam” tanlovi ğolib va sovrindorlarini taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosimiga iştirok etiş istagini bildirgani va ular mukofotlarni topşirişda bevosita qatnaşişi ham bejiz emas, albatta.

Xöş, bularning sababi nimada? Birinçidan, tanlovlar orasida “Oltin qalam”ning nufuzi baland, mukofotlari miqdori moliyaviy jihatdan salmoqli. Ikkinçidan, faqat ijodiy işlar mavzuning ijtimoiy ahamiyati, jurnalistning fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy-tahliliy muşohada, sözga masʼuliyat va ifoda mahorati, ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuv kabi mezonlar böyiça baholandi. Uçinçidan, şaffof ötkazildi.

Maʼlumot örnida aytib ötiş joizki, “Oltin qalam” XVI tanlovida 448 nafar OAV vakillari 5 mingga yaqin ijodiy işlari bilan qatnaşdi. Buni hududlar kesimida aytadigan bölsak, Toşkent şahridan 150 nafardan ziyod, Qoraqalpoğis­ton Respublikasidan 40 nafar, Surxondaryodan 29 nafar va mamlakatimizning barça hududlaridan önlab jurnalistlar tanlovda iştirok etdi.

Bu yil ham “Oltin qalam” tanlovida jurnalistlar eng köp iştirok etgan nominatsiya bosma naşrlar yönalişi böldi va 140 nafar jurnalistning bir yarim mingga yaqin ijodiy işlari körib çiqildi. Mazkur nominatsiya böyiça tanlovda qatnaşgan eng yoşi uluği iştirokçi 82 yoşda bölsa, eng yoş iştirokçi 16 yoşda ekani, ular orasida Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Oliy Majlis Senati aʼzosi kabi ustoz jurnalistlar borligi eʼtiborga molikdir.

Tanlovda televideniye yönalişi böyiça 126 nafar jurnalist iştirok etdi. Hakamlar hayʼati tomonidan ularning mingdan ortiq ijodiy işlari körib çiqildi. Eʼtiborli jihati, tanlovning bu yönalişi böyiça ijodiy işlarini taqdim etgan jurnalistlar orasida davlat mukofotlari sohiblari, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari örtasida ötkazilgan turli tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritgan taniqli jurnalistlar ham bor.

Bu yil “Oltin qalam” XVI tanlovida radio yönalişi böyiça 40 nafarga yaqin jurnalist qatnaşdi va uç yuzdan köproq ijodiy işlar körib çiqildi. Mazkur nominatsiya iştirokçilarining aksariyati jurnalist ayollar ekanini taʼkidlaş joiz. Tanqidiy-tahliliy muşohada, sözga masʼuliyat, ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuv, eng muhimi, jurnalistning fuqarolik pozitsiyasi ijodiy işlarda yaqqol körindi.

Tanlovning internet-jurnalistika nominatsiyasi böyiça   45 nafar jurnalist iştirok etdi. Hakamlar hayʼati tomonidan tört yuzdan ortiq ijodiy iş körib çiqildi. Mazkur nominatsiya böyiça tanlovda qatnaşganlarning asosiy qismini öttiz beş yoşgaça bölgan ommaviy axborot vositalari vakillari taşkil qildi. Iştirokçilar orasida ğoliblikka munosiblar köp, ammo ğoliblik örinlari çeklangan.

“Oltin qalam” XVI tanlovining şaffofligini taʼminlaş maqsadida qabul qilingan materiallarni baholaşda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining rasmiy jurnalistiar.uz sayti orqali keng jamoatçilik iştirokidagi onlayn baholaş ham inobatga olindi. Saytda tanlov iştirokçilarining elektron röyxati şakllantirilib, “Oltin qalam-2022” sahifasiga ularning ijodiy işlari joylaştirildi. Bunda har bir tanlov iştirokçisining alohida sahifasi bölib, ijodiy işlarini baholaş tizimi ham avtomatlaştirildi.

Bundan taşqari, baholaşning dastlabki bosqiçida ijodiy işlar har bir yönaliş bö­yiça işçi hayʼat aʼzolari tomonidan örganilib, har bir ijodiy iş 5 ballik tizim asosida baholandi. Ikkinçi bosqiçda ijodiy işlar kengaytirilgan hakamlar hayʼati tomonidan körib çiqildi va har bir ijodiy iş 5 ballik tizim asosida baholandi. Hakamlar hayʼati tasdiğidan ötganidan söng elektron yiğilgan ballar ham qöşilib, yakuniy natija çiqarildi.

Ğoliblar uçun quyidagi mukofotlar taʼsis etildi:

Jurnalistika sohasida Boş milliy mukofot. Ğolib maxsus diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 200 barobari miqdorida (yaʼni 54 000 000 söm) pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-örinlar); Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-örinlar); Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-örinlar); Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-örinlar).

Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun – 1 ta birinçi örin, 4 ta ikkinçi örin (bosma OAV, TV, radio, internet).

Birinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 160 barobari miqdorida (yaʼni 43 200 000 söm) pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ikkinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 140 barobari miqdorida (yaʼni 37 800 000 söm) pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Uçinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 120 barobari miqdorida (yaʼni 32 400 000 söm) pul mukofotini qölga kiritişdi.

Tanlovning rağbatlantiruvçi nominatsiyalari ğoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 50 barobari miqdorida (yaʼni 13 500 000 söm) pul mukofoti sohibiga aylanişdi.

Şu örinda mazkur nominatsiyalarga töxtalib ötsak, ulardan har biri hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.

“Inson qadrini uluğlaşga bağişlangan eng yaxşi materiallari uçun”. Köp yillar davomida “davlat – jamiyat – inson” tamoyilga amal qilib kelingan bölsa, endi barça harakatlar “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyilga qaratildi. Inson birinçi öringa qöyildi. Aholining yaşaş şaroitini tubdan yaxşilaş, ijtimoiy muammolarni adolatli hal etiş, ayniqsa, insonni eʼzozlaş, uning huquq va erkinliklarini taʼminlaş davlat siyosati darajasiga kötarildi.

“Mahalla, oila va gender tenglik mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun”. Mahalla özini-özi boşqariş organlarining eng yorqin körinişi, ayni paytda fuqarolik jamiyatining asosi va tayançi deb tan olingani bilan özining yuksak mavqeiga ega. Oilalarda özaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini şakl­lantiriş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda rivojlantirişda mahalla muhim örin tutadi. Fuqarolarning özini özi boş­qariş organlarining jamiyatdagi nufuzini oşirişga jiddiy eʼtibor qaratilib, bu borada keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani eʼtirofga molik. Inson, avvalo, oila bağrida unib-ösadi, şaxs sifatida şakllanadi. Oila inson kamolotining boş böğini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz özagi, negizidir. Har qaysi millatning öziga xos maʼnaviyatini şakl­lantiriş va yuksaltirişda oilaning örni va taʼsiri beqiyosdir. Gender tenglik masalasi ham jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarga erişiş, jamiyat va davlat işlarini boşqarişda ularning teng iştirok etişini taʼminlaş, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, şuning­dek, xotin-qizlarni tazyiq va zöravonliklardan himoya qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.

Tanlovning “OAV bilan faol hamkor axborot xizmati” nominatsiyasi böyiça söz yuritsak, xabaringiz bor, bir paytlari axborot xizmati poytaxtdagi davlat taşkilotlaridagina bölardi va ularda faoliyat olib boradigan jurnalistlarning şu sohaga oid tor doiradagi maqolalari   onda-sonda gazetalarda körinib qolardi. Bunga heç kim eʼtibor bermas edi. Bugungi kunda esa davlat idoralarining jamoatçilik bilan aloqalarini mustahkamlaşga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Hatto çekka tumanlarda ham kuzatiladi. Agar 2019 yilda davlat va nodavlat taşkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari — rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani taşkil etgan bölsa, 2022 yilga kelib bu raqam 3000 ga yetdi. Ommaviy axborot vositalaridagi tanqidiy çiqişlarga vazirlik va idoralar, hokimliklarning axborot xizmatlari orqali tezkor munosabatlar bildiriş amaliyoti şakllandi. Turli taşkilotlarning axborot xizmatlarida faoliyat olib borib OAV bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan jurnalistlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yaqqol közga taşlanmoqda. Misol uçun, Energetika vazirligidagi axborot xizmati xodimlarining tahliliy maqolalari xorijdagi nufuzli naşrlarda ham çop etilayotgani bizni quvontiradi.

“Oltin qalam” tanloviga “Özbekiston tarixi yoritilgan eng yaxşi material uçun” va “Eng yaxşi fotoreportaj” nominatsiya kiritilgani ham eʼtiborga loyiq. Negaki, ona Vatanimiz tarixini ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib beriş orqali yoş avlod ongida milliy özlik va vatanparvarlik tuyğulari şakllantiriladi. Fotoreportaj janri ham matbuotda muhim örin tutadi.

“Oltin qalam” XVI tanlovida xalqaro taşkilotlar va çet davlatlarning Özbekistondagi elçixonalari tomonidan nominatsiyalar eʼlon qilingani yanada eʼtiborga molik. Jumladan, Turkiya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi tomonidan 4 ta nominatsiya böyiça, Xitoy Xalq Res­publikasining Özbekistondagi elçixonasi tomonidan 4 ta nominatsiya böyiça, Ozarbayjon Res­publikasining Özbekistondagi elçixonasi huzuridagi H.Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan 2 ta nominatsiya bö­yiça, Germaniya xalqaro hamkorlik ja­miyati tomonidan 2 ta nominatsiya böyiça ijodiy işlar qabul qilindi. Eng asosiysi, xalqaro hamkorlar tomonidan eʼlon qilingan nominatsiyalar ğoliblariga uşbu davlatlarga sayo­hat sertifikatlari ham taqdim etildi.

Muxtasar aytganda, “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov Yangi Özbekistonda keçayotgan yangilaniş jarayonlariga monand kötarinki ruhda, yuksak saviyada bölib ötdi. Tanlov ğolib va sovrindorlarini yana bir bor qutlaşdan baxtiyormiz.

Olimjon ÖSAROV,

“Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti uçun

xalqaro tanlovi taşkiliy qömitasi raisi,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan