Sönggi qönğiroq (Bitiruvçilar tilidan)

                                       Rustam MUSURMON,

                                       Qoraqalpoğiston xalq şoiri

 

Ustozlar mehridan bahramand bölib,

Öqidik, maktabda tugadi saboq.

Yangraysan xayrlaşuv vaqtin bildirib,

Sönggi qönğiroq!

Sönggi qönğiroq!

 

Darsning boşlanişi, darsning yakuni

Vaqtida neça bor kuy çalding yangroq.

Nahot, yetib keldi ayriliq kuni,

Sönggi qönğiroq!

Sönggi qönğiroq!

 

Naqadar qadrdon bizga ovozing,

Naqadar örganib qolgandir quloq.

Maktab musiqasi, tengi yöq sozing,

Sönggi qönğiroq!

Sönggi qönğiroq!

 

Baxt yölin izlaşga çorlaydi hayot,

Samoda yulduzsan, ummonda mayoq.

Orzu osmonida tolmagay qanot,

Sönggi qönğiroq!

Sönggi qönğiroq!

 

Endi sen hayotning imtihonida

Ustoz savolidek berasan söroq.

Yangrab tur umrning har bir onida,

Sönggi qönğiroq!

Sönggi qönğiroq!

 

Ona maktab, sening oşiyoningdan

Quşlar kabi uçib ketamiz yiroq.

Sayraysan qaqnusdek keçib joningdan,

Sönggi qönğiroq!

Sönggi qönğiroq!

                                                   25. 05. 2021

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan