“Gullayotgan bir asoman men…”
Muallif haqida: Abdulla Şer (Abdulla Şerov) 1943 yil 5 avgustda Çinoz tumanida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Köklam tabassumi” (1973), “Alyor” (1977), “Atirgul soyasi” (1979), “Roz” (1980), “Kuz hiloli” (1983), “Qadimgi kuy” (1987), “Nuqtadan söng” (1989), “Toqat” (1997) kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. “Axloqşunoslik” (2003) öquv qöllanmasi muallifi. J. Bayronning “Don Juan” şeʼriy romani, K. Kaynening “Olmoniya” dostoni va “Qöşiqlar kitobi”ni, A. Puşkin, A. Nekrasov, A. Axmatova asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.
* * *
Keçir, Tangrim, goh ketsam toyib,
Netay, hanuz norasoman men,
Borliğimni yomğirga çayib,
Gullayotgan bir asoman men.
Gar suvratan soçda qor, biroq,
Siyratimda çöğnamoman men,
Tört fasl ham köklamga örtoq,
Gullayotgan bir asoman men.
Şukr, ilhom umrimga şaydo,
Garçand goh-goh ğamsaroman men,
Ikki asr oralab, yakto
Gullayotgan bir asoman men.
* * *
Özimni kötarib yaşayman özim,
Sözimni kötarib yaşayman özim,
Közimni kötarib yaşayman özim
Bu yolğon dunyoni tuyganim uçun.
Ajdodlar xokini deb: “Ota yurtim!”,
Yaproqdek sarğaydim, kurtakdek börtdim,
Böyinturuqdagi Ğirotdek yörtdim
Vatan dardlariga kuyganim uçun.
Kimman, deb zamondan özni söratdim,
Yilu oy, kunimni nurga qaratdim, –
Umrimni çöğ qilib, elga tarqatdim
Jafokaş xalqimni suyganim uçun.
BARMOQLARIM
Barmoqlarim qoğoz yuzida şunday tez yuguradiki, baʼzan men emas, ular özidan özi yozayotgandek tuyuladi.
Valter Skott.
Barmoqlarim, şoşqaloqlar,
Munça şoşib netasiz?
Qarab tursam, çopib, hatto,
Mendan özib ketasiz.
Piçoq bilan jon talaşgan
Qalam uçi – döstingiz.
Ilhom degan yorni körar
Men körmagan közingiz.
Goh oq qoğoz qorayganda
Uyğongan dardingizdan,
Hatto fikr yetolmaydi
Quvalab ortingizdan.
Toğ haqida yozsangiz gar,
Buloq qaynar qoyada,
Şeʼrdan daraxt östirsangiz,
Xuşböy yaşar soyada.
Umrim sizmi? Siz umrmi? –
Bilganim şu: Tozasiz!
Qarsaklarga vaqtingiz yöq,
Qalb tarixin yozasiz!
TONGDA
Jiydalar bargining şildiraşini
Dutorning kuyidek tinglab turaman
Va sönggi yulduzning miltiraşini
Kun böyi yodimda olib yuraman.
Tongni qarşilagan vazmin daraxtlar
Quyoşni köray deb böynini çözar.
“Çirq-çirq”lar boşlanar
tugab “çax-çax”lar,
Boğ quşlar tilida köklamdan sözlar.
Anhor öşa-öşa: oqadi tölib,
Çaqirib ninaçi — tanişlarini,
Suvning suvratini çizmoqçi bölib,
Möyqalam qiladi qamişlarini.
Tun, kun, boğ, suv – bari, garçandki öşa,
Lekin men har tongda göyo yangiman.
Balki menga yermas, osmondir göşa, –
Tuproğim qaysidir yulduz çangidan?!.
Ha-da! Nega kerak şuhrat, as-asa,
Bas, quşlar ismimni basma-bas aytar…
Meni kökka boşlab ketgan falsafa
Oçiq daftarimga şeʼr bölib qaytar.
* * *
Ariqlarning sayraşidan mast,
Tebranadi yelda giyohlar.
Yulsang, hatto qölingni kesmas
Xanjarlikdan keçib qiyoqlar.
Uyğotadi boğni ildizlar,
Kokil yoyib, yayraydi işkom.
Qiqirlaşib, qizarar qizlar
Quvlab kelsa kelin degan nom.
Bolarilar kuyin eşitib,
Oq bulutga aylanar daraxt
Va şeʼrimga umr baxş etib,
Şoxlar aro sano aytar Vaqt.
* * *
Taqdir şamolini bir çetda kutib,
Zoriqqan qoqigul uruği misol
Botguvçi quyoşning nuridan tutib,
Olis dalalarga boşlaydi xayol.
Özgaça sas berar unda qirğoqlar
Zovurda qamişlar qöşiq aytganda,
Ufqqa boş urib kuylar yiroqlar
Turnalar “qur-qur”lab takror qaytganda.
Ötkir hid çeçaklar, kelsa gul sayli,
Kutar böyqizlarni xuşböyga tölib:
Bir lahza tursa bas, – uzsalar mayli, –
Nim oçiq yoqaga tugmadek bölib…
Va lekin bugun yöq senlaşgan köklam,
Öşa kengliklarga singgan aks-sado;
Hamrohim – ohori tökilgan olam
Men bilan gaplaşar sizlaşib, sipo.
Çopqir bolakaydek şamolga oşna
Yoşlik ötib ketdi zumda “zuv-zuv”lab.
Men daryo böyida öltirgan taşna,
Suv tölib oqar-u, namlanmaydi lab…
OLIS BOLALIK
Sönggi qor oralab maysalar dadil,
Köklamni çaqirib kötardilar boş;
Ariqning şaştidan yupqa muz çil-çil,
Bulutni sal surib, jilmaydi quyoş;
Işqiboz yellarning silaşlaridan
Qizarib börtdi xöp tafttalab kurtak;
Zaminning oftobni tilaşlaridan
Daryo deb his qildi özini kölmak;
Uyğondi xaslarni surib yalpizlar,
Köz-közlab qizğiştob tanin, kerişdi;
Yalpizdek böy soçgan suluv böyqizlar
Qiqirlab qirqkokil soçin örişdi;
Yigitlar qoq tunda çalgan huştaklar
Adaşmay topdilar manzillarini;
Çol-kampir atalgan şirin turşaklar
Adaştirib qöydi, voh, yillarini;
Quyoş ham, bulut ham tez-tez adaşar,
Faslini unutar osmon ham goho;
Köklam şoşiladi, odamlar şoşar,
Hislarni şoşirar şoşqaloq dunyo;
Qora qarğalarning muddati tamom,
Kökqarğa xöjayin daraxtu simga…
“Olis bolalik” deb qöydi şoir nom
Söz bilan çizilgan uşbu rasmga…
SONET
Olis daralardan kelgunça har gal
Jarangin yöqotgan baland tovuşdek,
Vujudlar quloqqa aylangan mahal
Sukutçan til bilan dildan qovuşdik.
Qanotimiz quçdi osmonni avval
Muhabbat şaxtidan semurğ quşdek,
Söng bizni çorladi yalpizböy hamal,
Buğlangan zaminga uruğdek tuşdik.
Kel, jonim, soçingga tolpopuk ula,
Yoşlik bir zum aytsin bizga aşula,
Bizni döst deb bilar qara, har bir tol, —
Ikkimiz dunyoda bir çimdim köklam,
Töldirib yaşaymiz neki bölsa kam, –
Asl baxt degani şudir, ehtimol.
ÖYLAR
Yağir qildi, evoh, yelkamni
Taşvişlari köhna dunyoning;
Bir daraxtdek östirdim ğamni
Tuxumini izlab Anqoning, —
Aytgin, Tangrim, özi kimman men,
Aytgin, tutay kimning baridan?
Bir kun sözlab, ön kun jimman men,
Şirin orzu ötar naridan.
Nima qildim dunyoda, axir,
Qaçon kelar men kutgan Bugun?
Bir kun şirin, ön kunim taxir,
Bir kun ruhman, vujudman ön kun.
Çorlov bilan aksi sadoni
Farqlolmadim, yaşadim sizlab.
Men izladim baxtli maʼvoni
Bir xiviçni Ğirotga mengzab.
Savollardan aylanar boşim, —
Olisdadir javoblar şahri.
Yonib borar iç bilan taşim,
Çanqoq bosmas kitoblar nahri.
Meni ezar qadimiy jabr,
Tepçib çiqar közga asriy yoş.
Sabr bergin, Allohim, sabr,
Kosa bölsin sabrga bu boş.
Oyoqlarim ostidan, hayhot,
Ovoz bölib çopadi yöllar.
Öngman deya qiçqirar bot-bot
Tört tarafni quçoqlab söllar.
Şundan goho dostonlarimga
Köçat qilib dodni ekaman,
Dardlarimning xirmonlariga
Satrlardan qanor tikaman.
Lekin baʼzan sezaman ajib
Xayolotning şarpalarini.
Şunda bari tuyular najib,
Men sevaman boru barini.
Goh tarixdan kelgan ovozda
Tuşlar aro yangraydi otim,
Yoritadi uyni qoğozda —
Yaşayotgan buyuk Hirotim.
Taşda esa hanuz yaltirab,
Oy bölay deb tinmaydi hilol,
Yaproqlarga çapak çaldirib,
Daraxtlarni öynatar şamol.
Kimdir deydi: “Bor ekan oxur, —
Egilişda davom etar boş!.. ”
Şu hikmatda töxtaldim, oxir,
Sakson tomon qaraganda yoş.
* * *
Xarobot aro kirdim oşuftahol
May istarga ilkimda sinğon safol.
Alişer Navoiy.
Netay, kelişolmay köpriklar bilan,
“Hayt!”, deya mavjlarning ustidan çopdim,
Tirik suhbat qurib ölganlar bilan,
Qadim kitoblardan bugunni topdim.
Göyo daraxtidan ajragan soya —
Uzoqlab boraman men toş yöllardan.
Yolğiz Yaratgandan sörab himoya,
Haqiqat izlayman izsiz çöllardan.
Netay, sindirdilar, may töla xum deb,
Xarobot ahliga eltar közamni.
Bilmam, qanday köray, endi sizga ep
Singan sopoldagi siniq sözimni.
Ne tong, qars-qurs etib, bersa aks-sado
Egilmay, singan söz nogahon şeʼrda:
Hazrat Navoiyga qilib iqtido,
Osmonni sotmasdan yaşadim yerda!
* * *
Kimning bölsa öz haqiqati, –
Xoh kattaroq, xohi kiçikroq, –
Yoritadi kelib fursati
Taqdirini bamisli çiroq.
Biri soçar nurin uzoqqa
Katta yölda – yoruğlikka möl,
Biri esa kiçik söqmoqda
Milt-milt qilib, körsatadi yöl.
Haqiqatsiz kimsalar – şörlik,
Nur körinmas yuraklarida,
Qismatidir ularning körlik –
Ikki közi kuraklarida.
Lekin kimki haqiqattalab –
Şaxt bağişlar uçqunimizga:
U ötolur tarixni hatlab
Biz yaşagan bugunimizga.
* * *
Çopaverma halloslab, odam,
Çegaman deb har bir siniqqa,
Şoir aytmiş: “Ikki dunyong ham
Arzimaydi bir xörsiniqqa!”
Quvonçni iç, ğamni nondek yeb,
Axir, umring ilohiy tortiq.
Bu dunyo deb kuyinma hadeb,
U dunyo deb talpinma ortiq.
Qara, maysa qolar har qişdan,
Sen ham maysa bölişni örgan;
Attorni lol qilgan darveşdan
Kulib turib ölişni örgan.
Armonlarni unut butunlay,
Hammasiga sen jilmayib boq
Va yarq etib uçgan yulduzday
Nur şaklida yerga qarab oğ.
* * *
Agar kimdir mengga qöl çözsa,
Men qölini körmagan bölsam,
Kimdir mendan agarda özsa,
Unga qarsak urmagan bölsam,
Döstlar denglar şunda: “Senga suf!
Torligingdan toraydi olam; —
Şoir bölib, bölib faylasuf,
Bölolmabsan hali ham odam!”
Abdulla Şer
