Yölni izlab ötar kunlarim
Muallif haqida: Karim Bahriyev — 1962 yil Urgut tumanida tuğilgan. 1985 yil Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
U bugungi kunda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamğarmasi “Meros–nyus” axborot xizmati rahbari va Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professoridir.
K.Bahriyev “Sabr kosasining siniqlari”, “Tomçidil” şeʼriy kitoblari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyati”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari” nomli ilmiy-ommabop kitoblari, “OAV va saylovlar” hamda “SMI i vыborы” nomli özbek va rus tilidagi qöllanma, “Söz erkinligi haqida söz” nomli özbek, rus va ingliz tillaridagi siyosiy-ijtimoiy töplami hamda qator tanqidiy-tahliliy maqolalar muallifi.
Bundan taşqari mahoratli tarjimon sifatida Seneka, Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroşfuko, Labryuyer singari dunyoga maşhur donişmandlarning falsafiy asarlarini, Genri Forlning “Mening hayotim”, Jorj Oruelning “1984” va “Molxona” romanlarini va Malkolm Gladuelning “Daholar va uddaburonlar” asari, Çingiz Aytmatov, Dino Butssati, Jovanni Papini, Korrado Alvaro, Marçello Venturi kabi adiblarning hikoyalarini, uyğur şoiri Temur Davomatning şeʼriy kitobini, ozar şoiri Romiz Ravşanning şeʼrlari va dostonini, A.Avtorxonovning “Kreml saltanati” kitobini özbek tiliga ögirgan.
ILTIJO
Ruhim, endi şu sahar tiril,
közim, toza gullarga qara –
ular hozir bayroqday qizil,
yuragimday bağri qon, yara.
Ruhim, endi şu tongda qölla,
ötib ketar boşimdagi ğam,
qara
ötib ketmasdan gullar,
uçib ketmay bargdagi şabnam.
Pok nurlarni töyib simirgin,
ötib ketar daydi şabboda,
körib qolgin:
bir qatim yoğdu
bir sen uçun öynar havoda.
… Töxtang, gullar, şuʼlalar, sabo,
uçib bitma bargdagi şabnam –
ötib ketar, axir,
sizlarga boqib
yiğlayotgan ana şu odam.
TILSIMLI DUNYO
Bunda tunlar eng mitti terak
ösaverib yulduzga yetar;
quvonçiga çidolmay kurtak
novdalarda yorilib ketar.
Bunda suvlar şildirab mangu
quçib yotar tuproqni xuşbaxt;
bir tong zangor gulbarg bölar-u,
şovullaydi şamolda daraxt.
Bunda bari dilbar va şirin,
tiriklikka töymas – dil yarim…
Yurtdoşlarning qalbiga yaqin
yölni izlab ötar kunlarim.
Faqat oqşom jimirlab samo
xayolimga quyadi bir ğam –
men sevgan şu tilsimli dunyo
kirmas sening tuşlaringga ham.
EVRILIŞ
Turğun davrga çizgi
Bugun Azon emas, uyğotar Gimn,
Masjidga kirişga patta kerakdir.
Sovutlarni qöydik yölakka töşab,
Kulliyotni qozon tagiga yoqdik.
Endi öt tulporlar yugurmas kişnab,
Otni söyib yedik, şunaqa işlar.
Janggohlarga paxta ekib taşladik,
Muzeylarga tuşdi keskir qiliçlar.
Kesilib qoğozga aylandi izsiz
Şoirlar “sarvqad” deb yozgan çinorlar –
Ularga bitildi dunyoqaraşni
Şakllantiruvçi ilğor şiorlar.
Demak, siz bekorga turibsiz hurkib,
Heç kim uyğonmadi biz aytgan sözdan.
Bugun öltiribmiz çivinni qörib,
Endi qörqmasa ham böladi bizdan…
SOÇIMGA OQ TUŞDI…
Çiyron soçlarimning ildizi kuydi,
Bezovta şovullar. Sevgilim, boq-çi:
Uç tola oq tuşdi – qop-qora yurtga
Xufiyona kirdi uç oq ayğoqçi.
Qoraköz, silagin, taroq qil qölni,
Uyğot, quloğimga sözla uyğonç söz –
Bölmasa har kuni qorasoç elni
Bir-bir yöldan urar bu uçta josus.
Soçlar qaroligin oxir unutar
Va mangu yumilar sözdonning labi –
Yastanib yotadi oq-oppoq boşim
Batamom yengilgan mamlakat kabi…
UŞŞOQ
Yaqinda tong çoği tösatdan noayon bir dard umrimda ilk bor töşakka yotqizdi. Soçimdan tirnoğimgaça sirqiraydi, qöl-oyoğimda mador yöq, faqat tiyra közlarim jovdirab dunyoga termuladi… Dard-ku bir keçada ötib ketdi. Qalbda bir oğriq qoldi: meni ham bu dunyoga boğlab qöymagan ekan…
Şamollar uyğondi. Barg – hayajonda…
Hatto yer tagida qözğoldi ilon.
Dunyo tirilayotgan şu toza tongda
Ölgim kelmayapti, onajon.
Öngirlarda kezar muzday havolar,
Işqalab qoboğin kötarar osmon.
Dunyo közlarini oçayotganda
Men köz yumayinmi, onajon?!
Qaydadir silkinar tomçidil ötlar,
Bargida çumoli kezadi hayron.
Hali men körmagan boğlar bor ekan,
Ölgim kelmayapti, onajon.
Qizlarning ovozi jaranglar munis,
Işq desam – daftarga saçrab ketdi qon.
Sevmasa sevmabdi meni bitta qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon?!
Qayoqqa qoçadi bu issiq qonim,
Qöllarni soğinib soçlarim ğujgon.
Kimga kerak böldi mening yoş jonim,
Ölgim kelmayapti, onajon.
Begunoh bittadir – u ham osmonda,
Qölga çivin qöndi, quvmoqqa yöq jon.
Çivinlar, çumçuqlar yurgan jahonda
Menga joy yöqmikan, onajon?!
Quyoşga termuldim – közim qamaşdi,
Kiprikdan şabnamday yoş oqdi marjon.
Nurlarni soğinib qaqşar qovurğam,
Ölgim kelmayapti, onajon!
Garçand men qayğuli şeʼrlar töqidim,
Garçand azob kördim mudom bepoyon –
Men hali dunyoga töygan yöq edim,
Dunyo töydimikin mendan, onajon…
1962 YIL. 2 YANVAR
Men tuğildim. Kimdir quvondi.
Kulbasida ğayur çekdi ğam.
Endi yurtga töy beraman, deb
Kökragini kötardi otam.
Zamharir qiş tiş qayragan çoğ
Bir kişiga köpaydi dunyo –
Yöq, örnidan qözğolmadi toğ,
Özanidan çiqmadi daryo.
Otam – xursand, uyalar onam,
Men yiğlardim, hamma kulardi –
Toğ örnidan qözğolmasa ham,
Bir silkinib qöysa bölardi.
Közlarimni hayrat-la oçdim:
O, poyonsiz, notaniş olam!
Baxtni sevib ortidan çopdim,
Meni esa sevib qoldi… Ğam.
Yöq, hayotga hali qonmadim,
Anglanmasdan yotibdi olam.
Baxtni izlab men topolmadim,
Lekin meni izlab topdi Ğam.
Men ketganda yiğlar kurtaklar,
Tungi boğlar, quşlar bilgaylar.
Şoxi beşik bölgan terakning
Bir şoxidan tobut qilgaylar.
Men ölganda kimlardir kuyar.
Toğ qulamas. Toşmagay daryo.
Bu tun bölar… Yo jim-jit sahar…
Bir kişiga kamayar dunyo.
DANGAL XULOSA
Vaqt nimadir –
bir damlik omad
yo ajalning vaqtinça rahmi;
bu tilsimni tuşuna olmay
ötib ketdi umrning yarmi.
Vaqt ketdi deb çekmagin afsus,
afsus çekib ajragaysan naqd.
Vaqt nimadir – mana şu şeʼrni
öqigunça ötib ketdi – vaqt.
QÖRIQXONADA
Sim devorning qoşida turib,
qalqib ketdi közlarimdan yoş:
mana şu boğ, mavjudot, giyoh
hozir juda madadga muhtoj.
Bugun yitdi yirtqiç börilar,
Yölbarslarning tahdidi – xayol…
Bu yonda – men, u yonda – ana,
jonivorlar yurar bemalol.
Lol turibman –
qarşimda tösiq,
mumkin emas ötmoq şu simdan –
bu olamni asraşar kimdan?!
… Qöllarimga boqdim uyalib,
nafratlanib ketdim özimdan.
UZR
Maylimi, oy çiqqan şu oydin keça
nafas olaversam yutinib, xursand,
maylimi, dunyoning bitta burçida
men ham vaslingizni qömsab ötirsam.
Keça siz ötganda harir köylakda
ergaşgan şamolning boşi aylanib,
telbadek uvillar hanuz yölakda –
men ham şu yöllarda yursam maylimi?!
Maylimi, soğinsam va toşsa könglim,
yiğlasam maylimi, maylimi kulsam?!
Öksitmaymanmikin sizni, sevgilim,
agar men şu keça bexosdan ölsam…
1986
GÖZALLIK HAQIDA ŞEʼR
Qiz öynar.
Kemaning yelkanlaridek
Uning etagidan böronlar qöpar.
Öynar –
Kuylagining şabbodasida
Qulab ketmasaydi bu qadim şahar.
Ohangi titraydi ötluğ qöşiqning,
Şoş – Qöqon yöliga arava tuşdi.
Qovurğam ostida bedor oşiqning
Qafasga urilib qonaydi muşti.
Mana, Oğriyotgan yurakni tutdim,
Suzyapman,
Kelyapti oq-oydin şeʼrlar.
Yelkam,
Közlarimga urilib sinar
Bir menga atalgan ğanimat nurlar.
Raqqosa raqsga tuşyapti.
Göyo
Qahqaha uradi bir şoda örik.
Nega yiğlamayman, nega kulmayman,
Nega kuylamayman şu qizni körib?!
Odamzod özini anglasa şoyad,
Sevolsa sof, suluv ayollarini,
Quvib yuborarmi edi
Boşidan
Turfa qilvir, fosiq xayollarini…
Dunyodan nolima,
Bağrim,
Nafas ol,
Esyapti bir damlik pokiza şamol.
Ana,
Şohmaşrabning ohanglarida
Silkinib öynaydi sen sevgan ayol.
U öynar,
Ming yillar naridan kelgan,
Öynar
Ohu kabi hurkak, omonat;
Şu soğlom çehraga munosibmisan,
Qanday yaşayapsan,
Şoiri bebaxt?!
Qörqaman,
Tutmasa uning uvoli,
Söng izlab yurmasak yillar, zamonlar…
Öynar,
Çöng kemaning yelkanlaridek
Qizning etagidan qöpar böronlar.
1985
UYĞONÇ
Sitamgar şom. Qora samoning
yuzlarini yuvar pok suvlar.
Şu poyonsiz, çeksiz dunyoning
bir çetida börilar uvlar.
Şu poyonsiz, çeksiz dunyoning
bir çetida uyğoqman, borman –
bu keça ham dilxunman, jonim,
yaşirmayman, men sizga zorman.
Bu keça ham börilar uvlar,
çirildoqlar çirillar bir-bir,
qurbaqani suvilon quvlar,
yuvaverar dunyoni yomğir.
Ğamangiz şom. Daraxt şoxlari
oy nurida sutday yöğrilar –
bunday tunda uyğoqdir faqat
yo şoirlar va yo öğrilar.
Borayapman yalang, loy keçib,
sizga zorman, qoşi qiyğoçim.
Yulduzlarga boqdim dilparçin,
oy nurida quridi yoşim.
Qop-qora şom. Bilaman, gulim,
bu yöllarda bevaqt yurmaysiz.
Kelmagaysiz, mayli, seviklim,
tuşlarimga nega kirmaysiz?
1986
IŞQ MARSIYASI
Nega kulay desam, sizib çiqar yoş,
nega oh çekkanda, saçrab ketar qon –
axir topganim yöq, sizni, qalamqoş,
yöqotganim ham yöq, demak, heç qaçon.
Siz özga kulbaga bölganda mehmon,
falak yomğir quygaç guvillab, birdan,
qonsirab köçani kezganim yolğon,
köylagim ividi şunçaki terdan.
Yöq, sevgan emasman sizni, çilvirsoç,
faqat bir narsaga bölarman hayron –
nega kulay desam, sizib çiqar yoş,
nega oh çekkanda, saçrab ketar qon…
1989
TAQQOSLAR
Sizning kelişingizni eşitganda
otiş hukmi bekor qilingan
mahbusday quvonaman,
rost.
Boşqalar uçraşganda
tillo topgan qaşşoqdek
baxtiyordir,
bilaman.
Biz uçraşgaç,
oğir aravaga qöşilgan otlar misol
horğinmiz,
nega?
Siz ketdingiz,
töşakda yotibman
suvga çökib ketgan odamning
qirğoqda qoldirgan kiyimi kabi
egasiz,
oqlov qoğozini yöqotgan
mahbusday
mahkum.
1989
SEVGI YÖLLARIDA…
Hamma unga köz tikar beor,
u – heç kimga boqmaydi, mağrur.
közi – qora, yuzi – şuʼlakor,
özi toza – bamisoli nur.
Qamiş kabi şovullayotgan
soçlariga qöl tekkan emas.
U gul kabi böy soçib yotgan
töşagiga höl tekkan emas.
Dilidadir muqaddas sözi,
kokilini öynar şabboda –
şunday gözal,
şunday pokiza…
Qiz bormikin özi dunyoda.
1979
UYAT
Bu yurtda çinorlar kökka çözilgan,
Hattoki yulingan ğözalar tikka.
Uzilgan,
Içimda nedir uzilgan –
Baribir, köz tikdim men yuksaklikka.
Bu zahil tuproqqa bir çöp qadasang,
Osmonga talpinar, tik ösar yakkaş.
Daraxtlar askarday tik turgan yurtda
Insonga uyatdir egilib yaşaş.
Dalalar bepoyon, sahrolar söngsiz,
Adoqsiz, hadsizdir bu yer, bu borliq.
Bu çeksiz olamda, bu keng dunyoda
Uyat – dili tanglik, yuragi torlik.
Çöqqilar azaliy, turar joyida,
Turar salobatli toğlar ming yillik.
Vazmin, oğir çökkan toğlar poyida
Uyat – hovliqmalik, uyat – yengillik.
Uyatdir ezilib ming yilki şundoq
Dalada tuproqday sarğaygan, hayron
Xalq köziga boqib yolğon sözlamoq…
Heç kim bilmasa ham, uyatdir yolğon.
Bir don eksang, unib yozadi yaproq,
Gullarning atridan bulbullar sayroq.
Toş ham gullab özin anglatgan yurtda
Uyatdir zulm körib, sassiz yaşamoq…
2010
Karim Bahriyev
