Bu tun uzun emas…

Muallif haqida: Nodira Afoqova — 1966 yilda Buxoroda tuğilgan. Buxoro davlat universitetida tahsil olgan. Filologiya fanlari doktori.

“Bahorning boşlanişi”, “Arosat fasli”, “Köngil şevasi”, “Söz ayvoni”, “Qora navo”, “Vatan darslari” kabi töp­lamlari naşr etilgan. “Fitratning tuşlari”, “Jazo” dostoni; “Muhammad (s.a.v) dedilar…”, “Xayyom   çodirinda”, “Muhabbatnoma”, “Faqat Sen bilursan”, “Hazrat Navoiyning yetti gözali” şeʼriy turkumlari muallifi. Alişer Navoiyning “Ruh ul-quds” qasidasini forsiydan; Leonid Andreyevning “Yahudo Iskariot” qissasi, Gi de Mopassan, Konstantin Paustovskiy hikoyalari hamda Mixail Lermontov, Marina Svetayeva şeʼrlarini rus tilidan özbek tiliga ögirgan.

 

* * *

Qanday şahar özi bu gözal şahar –

Qora bosaverar ruhi-jonimni.

Çöl tovuşi kelar. Bözday maysalar.

Xotiralar çalar ustixonimni.

Mana, dastagulday mening döstlarim,

Qanday hukmfarmo, qanday badastir!

Bağirlaşmoq bölarlar…

ğamgin qaraydir

Bir tubsiz ayriliq, tubsiz közlarim.

Xoki turob bölib yotarlar, mana,

Aziz-avliyolar, gödakday pirlar.

Xuddi bir nusrat bor,

Borday tantana —

Gul uzatib turar qabrlar.

Qordek bulutlardan yorişgan keça.

Gumbazlar buloqday yiltirar.

Kimdir kelar… kimdir izma-iz kelar.

Yer töxtagan kabi muzlar közda yoşgaça.

Yirtqiç közlarida yulduz şuʼlasi.

Ey çöl, dengizday oç qum barxanini,

Darveşlaring uyğot, samo boşlasin.

Yaşir meni

yohularga yaşir meni.

Darvoqe, şamollar… qaylardan kelur?

Bu gözal şaharda bölmaslar ado.

Haydalgan kabirlar, jorubkaş valiylar

Söng bora puf degan bir yutum havo

Oyo…

 

* * *

Menga ayt.

Közingga dözaxlar töldi –

Öşa ğamlar meni aylasin ado.

Özingga şafqat qil özingga, böldi,

Ey joni ğamzada, yodi ğamzudo,

…“O, bu tabassumlar, tabassumlar! — şör.

Uzun keçalarda qiblamiz vayron.

Tajriba aşyosi, jonliqmi bu jon,

Şuyam muhabbatmi, qaro gör de, gör”…

Ğöldira telbara… dunyo çalkaşsin.

Daraxtlar höngrasin oşiqlar misol,

Yerga botib qolgan quşlar ular ehtimol.

Tunni tösib tursin Oyning pardasi.

Göyo hayot emas, körgulik göyo,

Aççiq şarobdir u… içsak, yiğlasak,

Oqib ketar ikki közimiz çak-çak…

Şular bari aro, yo Xudo! –

Yomğirlar şivirlab öturlar bizga.

Şafaq darçamizga gul taşlab ketar.

Daryolar koşğariy yir aytar.

Zulmatlar yaşaşni örgatar.

Quyoş umrimizni parça-parçalab

Har kun olib ketar, abadga ketar.

Qismatimiz singlisiday qahrnok gullar

Vulqonlar böğzida oçilib yotar…

 

* * *

Birdan Seni sokin öyladim

Bir közimda Oy-u,

Birida Quyoş.

Şamolga va Tunga urilib

Siltandi, yolvordi qurigan bir şox.

Özimdan söradim, rostmi şu, nahot?

Zulmat çökka tuşgan, tuyaday çökkan.

Nafaslar şol ölmiş.

Hayotda hayot

Yöq kabi… qoyimdir faqat xotirot.

Nimaga arziydi söng bu sokinlik?

Nimaga arziydi jonimdagi ğam?

Muhit daryosida siniq billurdek

Umidlar yulduzi yotar, lojaram…

Dedik, haqni haq de, bizkim, qora el.

Qismatimiz qölidaday illoyu billo

Qayrilib boqmadi bir töda öziça Xudo,

Yuzi nurdan judo bir töda gado.

Ular qon içganlar, şundan savdoyi.

Oy tölsa qörquvga tuşarlar.

Yaproqlar şunçaki qon zardobiga

Böyalsa qörquvga tuşarlar.

Kuz, axir, şunçaki kuz kelgan bölar.

Muloyim tortadi suv,   tuproq va kök.

Puşti-puşti quşlar xuddi odamdek

Öçgan şafaqlarga termular.

Kelmaysan… qançalar sokin aytaman!

Qanday erişdilar aqlim yetmaydi:

Ehtimol, bir kuni qaytsang ham

Bu şunday ayriliq – ölsa bitmaydi.

 

* * *

Aqrab yomğirlari boğlar ustida

Manguday, gumburlar…   körib yotaman

Ğaroyib dunyolar çegarasida –

Közlarimga har kun, axir, Kun botgan.

U juldur boğlarda taslim va hayot.

Quyoşlar ertangi tong uçun sönar.

Har kun umr barbod… xotirga dönar.

Daxlsiz, navqiron faqat xotirot.

Kel, umr çökmoqda ul qora öçoq.

Qara, közlarimdan qanday boqar Ğam.

Ketsam, bari ketar men bilan ul çoq…

Men bilan ketajak muhabbatim ham.

 

* * *

Men, mana, qayğudan ölmagan ayol.

Yuragim şuvillar

Bamisli töfonda qolgan qoratol…

Balki yöl izlaydi oydin bir xayol.

Bulutlar bağrida uyğonayotib

Çaqmoqlar tinglaydi yovvoş va behol.

Tillarang tumanlar parişonxayol.

Toğlar siljib borar jim quloq tutib.

Meni aççiq quyunlarga öragan yaproq,

Ey yaproq! Huv u payt sen uçun çekindim.

U uçun çekindim…

ne deyin endi,

Bizga qolganda bu dunyo besöroq.

Men, axir, ölganu ölmagan ayol.

Meni tanimaslar endi, yomğirdaraxtman.

Yerimga yotdayman, ruhimda bir hol.

Xalal berar dunyo, göyo sezgilarim şol.

Bulutli keçalar yomğirsiz, iliq.

Xira parda bölib yoyilar havo.

Baribir yomğirpöş olib çiq,

Deymanu… yo Xudo, u qayda, men qayda ammo!

U qayda, men qayda… yançar bu kalom.

Ilohi, şodlikdan şodlanmay qöydim.

Ilohi, tölin Oy qölimda bir jom.

Ilohi, ruhimda bir söng, bir tamom.

Ilohi, yulduzday uçmiş quyoşim.

Ilohi, quyoşmi tomçi-tomçi xun.

Ilohi, bordir-ku bir tamom, bir söng.

Ilohi, mujda ber, tuproqda boşim…

 

* * *

Sizga bari ayon,

Mening bor umrim

Motam aytimiday çolğusiz qöşiq.

Gözal orzulardan haydalgan yölim –

Ul-da Sizga ayon har nedan ortiq.

Siz yaxşi bilasiz, lojaram,

Köz yoşni körsatmoq… yöq-yöq, bu ölim.

Balki bu kibrdir…

Yiqilgan odam

Izzati nafsiga tasalli, balkim.

Yiqildim, tuproqni tanidim…

Bir tun

“Siğmazam…” – öqirdi yiğlab köhnadöz.

Oyning şuʼlasiga uzalgan gulbun

Ilohiy harf bölib körindi, ey döst.

“Oh, uni unutsam” – vidolar uçdi,

Motam aytimiday çolğusiz qöşiq.

Jununlar ketmadi. Oşgandan oşdi.

Umid yöq… Erta yöq…

Qolmiş faqat işq.

Işqkim, tayrlarni, qurtlarni sevdik.

Bulutlar komida ötlarni sevdik.

Tunning adoğinda nolani sevdik.

Subh ayoğinda jolani sevdik.

Kuz ildi – havoda mezonni sevdik.

Yomğirlar dorida xazonni sevdik.

Xazon islarida alvonni sevdik.

Alvonga kömilgan ayvonni sevdik…

Sizga bari ayon,

Boşqamen endi.

Inonmoq istagi şafaqday öçmiş.

Tabassumim töldirar bu makonni.

Ruhim, ruhim… tark etmiş, köçmiş…

Jismimni tanirlar,

Kelarlar bir kun

Közlarin töldirib ölik nurlarga.

O, uni gullarga kömarlar balkim,

Qabrni kömganday gullarga.

 

* * *

“Qalbim töla muhabbat va öç…”

Şitirlaydi qop-qora çorboğ.

Xazon çeksiz.

Xazonlar namxuş.

Men kuylayman ğamgin, xirqiroq.

Bu keç Oy rangida bulutlar.

Olçazorlar soyasiz va tund

Arvoh kabi ohlar, qörqitar…

Ne zamonkim, neçundir-neçun

Surgun ruhi kezar ruhimda.

Göyo qadim ayolğu kezar.

Xazonlarga töla bu tunda

Oy rangida bulutlar suzar.

Öyin kabi tuyular dunyo.

Bari öyin kabi, bari puç.

Men kuylayman ğamgin, xirqiroq,

“Qalbim töla muhabbat va öç”.

 

* * *

Taşla ul kitobni, ketdik, azizim.

Qismat kitobimi ul qora kitob

Bizga tutqazmişlar…

Bir tomçi zardob

Bir tomçi qora qon ölmişdir közim.

Şarros uyğondi ruh, bölmas töxtatib.

Bu uyğoniş kelar köpdan va zimdan.

O, yöq, qörqma mendan.

Qörqma dinimdan.

Dinim muhabbatdir, yolğiz öşadir.

Tabassum sörarlar faqat, tabassum,

Şart emasdek içdan toşib kelmoği.

Bas, endi kuçimiz yetmaydi çoği.

Muşfiq saroblarga ketdik, azizim,

Ofoq sahrosinda yobonlari bor

Sarobday qalqigan, yolğon inmagan,

Yomğirlari oylab-oylab tinmagan,

Kimsasiz kezmakka tunlari zangor.

Mehribon yerlarga borib yetaylik.

Töyib yiğlagani, duo qilgani.

Kökdan kelgan ajal bilan ölgani.

Tumanlar bağrida ğulğulday yotaylik.

Yolvorişlar, isyon… qutqarmadi, yöq,

Ne Kunlar tutildi,

Ne Oylar töldi.

Ötirsang duo qil, tursang duo qil,

Qismat ham özgarar – işonsak böldi.

 

* * *

Könglimni kötarma. Yotsin. Yer bölsin.

Alkimyogar bölsin nihoyat.

Hurlarning içinda hur bölsin.

Yiğlasin, yiğiçi gul bölsin.

Sözdan töyib ketdi-ku

badbaxt

Rostu yolğonlardan töydi u, töldi.

Ayrildi, ayrildi, tinmay ayrildi…

Ayrilmagan nima qoldi, ayt!?

Qöy-qöy, söramasin alardan şafqat,

Yovuz şodlanurlar, kutganlari şu.

Sörasa Tangridan sörasin faqat,

Yolvorsa Tangriga yolvorsin, qöy-qöy.

Kerakmas hikmatlar, vaʼdalar, taskin…

Hayot istayur u. Faqat gul hayot.

Orzular röyobin istar…

Va lekin

Söngan yulduzlarning yoğdusi kabi

umid bor umid bor…

qörqinç xotirot…

 

 

* * *

Bu tun uzun emas, bahaybat ammo.

Nedir şovullaydi izçil va sokin.

Şamollar taragan daraxtzor

Va yo

Yomğirdir, bilmayman bilmayman…

Balkim

Sunbula soylarin tirilgan yodi.

Yotibman… xuddiki olam beega.

Qalbim ğussalardan böşamas nega?

Beega kezar… u kimning faryodi?

Çaqmoqlar xonamga kirar bemalol.

Sen-ku olislarda soğsan, omonsan.

Mustabid xayol bor bir qora xayol…

Neçun u?

Qaydan u?

Topmasmi zavol?

O, bari behuda bari behuda…

Tunning xayollari öziday qaro.

Nedir şovullaydi…

Yotibman göyo

Vaqt tugab, mangulik boşlangan joyda.

 

         AKBARAGA MUNOJOT

Yiğlama.

Yiğlasang ketmoğim kerak,

Yupanç söz axtarib Koşğariy tomon.

Hatto töqqiz asr daydib, tentirab

Bitta tasalli söz topmoğim gumon.

Bilaman, ojizdir, ğaribdir,

Benavo, notavon, jaydari

Sen çekkan ğam-hasrat oldida

Dunyoning jamiyki dardlari.

Bilaman, odamlar emasdir ular,

Böridir, vahşiydir, qotil, jalloddir.

O, iqror etmaklik oğir naqadar —

Ular senga emas, menga avloddir.

Yiğlama, qovurğam ostida sim-sim

Bir quşça zardobga aylanayotir.

Yiğlama, Akbaram, jonim, munisim,

Köz yoşing girdobga aylanayotir.

Bu girdob naqadar, naqadar buyuk,

Dunyoni ğarq etar, ğarqoblar etar.

Ğurubda ğurbatdan qovjirab, kuyib,

Quyoşmi yo sening yuraging botar?

Yiğlama, möʼjiza röy berar aniq:

Borliqqa onalik senga tan topar,

Endi oftob emas, har subhi sodiq

Dunyoni qon bölgan yurak uyğotar!

 

* * *

Dafʼatan uyğondi şamollar.

Boğlar nafas oldi dafʼatan.

Bir zumga yorişdi xayollar,

Söng maʼyus tortdilar qaytadan.

Uçar gilam yangliğ uçar quşlar…

ğaroyib! —

Suvlar tiniqmasdan-tinmasdan

Olis nuqtalarga aylanib

Asta

Ufq yoymasida böldilar ğoyib.

Fasllar almaşdi şom tuşgan mahal.

Şomgullar ğujmayib tökildi tuyqus.

Oçiq qoldirilgan deraza oşa

Söng bor falaklardan jilmaydi Avgust.

Kelmaysan…

O, yozgi sayillararo

Unutilmiş edi – uyğondi bu ğam.

Fasllar raftiga boğliqday göyo

Taxayyul, xotirot… hislarimiz ham.

Nahot, inonmoğim kerakdir hanuz –

Yo Xudo, uyğondi bu qadim xulyo!

Qonsiz bir çehradir… Oymi u? Hargiz

Har tun isyon aybi ila osarlar göyo.

Nahot, inonmoğim kerakdir hanuz?

Yerlarga qoradir qora bu savol,

Yerlarga qoradir beayov, şafqatsiz

Ğarib umrimizda munavvar ne bor.

Bu oqşom heç nima bölmadi sodir.

Qadim sunbulaga qaytdik qaytadan.

Bir sokin. Bir muteʼ… çulğar xavotir.

Notaniş makonda yurganday dafʼatan.

 

                                                             Nodira Afoqova

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan