Tabiat faryodi
Hayot gözal, yaşaş zavqi bölakça. Tabiat husni közingizni quvontirsa, toza havo bahri-dilingizni oçadi. Yam-yaşil daraxtlar, gullar, maysalarga qarab quvonasiz. Goho yolğiz qolib dalalarga, qirlarga çiqqingiz keladi. Anhor yoqalab yayov yurişni, xuşmanzara boğ-roğlarda sayr qilişni, soy labida ötirib, jilğalar ovozini eşitişni istab qolasiz. Lekin…
Keksalarning suhbatida bölsangiz, ular yoşligida ariq suvidan töyib-töyib içganiyu, unda non oqizib yeganlarini zavqlanib aytib berişadi. Çunki, uzoqqa bormang, bundan 40-50 yil ilgari ham heç kim suvga axlat taşlamasdi. Hamma suvni uluğ neʼmat, muqaddas bilişardi. Keksayu yoş uning uvolidan birday qörqardi. Bizga ham bolaligimizdan “Heç qaçon suvga axlat taşlama, tupurma, gunoh böladi, fariştalar qarğaydi”, deb uqtirişgan. Ammo… bugun-çi?
Bugun esa tabiatni siquvga olayotgan global industriya, urbanizatsiya, modernizatsiya kabi insoniyat vujudga keltirgan unsurlar, afsuski, butun yer yuzini halokat yoqasiga keltirib qöydi. Aslida, yer, suv, havo va çor atrofimiz tozaligini saqlaş tarbiyasi oiladan, bola tuğilişi bilanoq şakllantirilişi kerak. Afsuski, juda köp hollarda biz kattalar ham bunga ahamiyat beravermaymiz.
Ayrim befarq qöni-qöşni yoxud uy bekalari supurgi, axlat çelaklarini bola qöliga tutqazib, “Bor, ariqqa tökib kel, suv oqizib ketadi” deganiga baʼzan guvoh bölganmiz. Kalavaning uçi mana qayerga borib taqalyapti! Çiqindini suvga taşlab kelgan farzand köp narsani suvga taşlaş mumkin ekan, onam aytdi-ku, degan xulosaga bormaydimi?
Abu Ali ibn Sino “ Agar tutun, çang bölmaganida inson ming yil yaşardi” degan ekan. Bugun esa supurindiyu xazon yaproqlari, qişda qurib qolgan begona öt, ajriq va yantoqlarni joyida bemalol yoqib yuboraveramiz. Oqibati bilan esa heç kimning işi yöq. Tabiatga munosabatimiz tubdan özgarganini, bu qilmişimizning salbiy “natija”larini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boryapmiz. Masalan, yaqin-yaqingaça muhokamalar markazida turgan Söqoqdagi xuşmanzara maskanni olaylik. Internetda bu gözal joyning surati eʼlon qilinganidan söng odamlar bir hafta içida bu beqiyos gözallik maskanini çiqindixonaga aylantirişgani naqadar açinarli hol.
Köpgina rivojlangan mamlakatlarda neft, gaz, kömir kabi manbalar yer ostida qolib, örniga muqobil quvvat vositalaridan foydalanişga ötilayotgani bejiz emas. Deylik, Germaniyada havoni ifloslantiradigan 10 yillik eski avtomaşinalar utilizatsiyasi amalga oşirilib, avtomobil egasiga 2500 yevrogaça pul mablaği tölab beriladi. Maişiy çiqindilarni turlarga ajratiş, qayta işlaş, undan ikkilamçi mahsulot oliş yölidagi amaliy işlar ham allaqaçon germaniyaliklar turmuş tarzining ajralmas qismiga aylangan. Mamlakat hududidagi ekomaktab va ekoboğçalar faoliyati allaqaçon keng jamoatçilik nazoratiga olingan. Bu tajriba Yaponiya, Singapur, Malayziya va boşka taraqqiy etgan davlatlar siyosatida ham kuzatilmoqda.
Yer yuzida aholi sonining ösişi tufayli foydali qazilmalar va suv resurslarining sarfi kun sayin ortib bormoqda. Maʼlumotlarga köra, 25 yildan söng, hozirgi ekologik muammolar qatoriga içimlik suvi taqçilligi ham qöşiladi. Binobarin, körilayotgan çoralar, qabul qilinayotgan qator qonunlarga qaramay, tabiatning faryodi hanuz töxtagani yöq.
Mutaxassislar fikriça, odamlarning eʼtiborsizligi sabab, dunyo okeaniga bir yilda 1 milliard tonnadan ziyod plastik idişlar taşlanadi.
Xöş, toza xudud şiori nima uçun yurtimizda ommalaşmaydi? Onda-sonda xöjakörsinga ötkaziladigan tadbirlardan qanday naf bor?
Feruza AKROMXÖJAYEVA,
Dilfuza TOŞPÖLATOVA,
Özbekiston Davlat tabiat muzeyi xodimlari
