Tabiat oldidagi vazifa va masʼuliyat
Poytaxtimiz va bir qator hududlarda atmosfera havosining ifloslaniş holati yuzaga kelgani har birimizga toza atrof-muhitning qadr-qiymatini yana bir karra namoyon qilib qöydi. Yon-atrofimizdagi ekologik muammolarga beeʼtibor bölmaslikni, tabiat va yaşillikni asraş zarurligini yodimizga soldi.
Darhaqiqat, bugungi kunda turli körinişdagi ekologik muammolarning inson salomatligiga xavf-xatari ortib bormoqda. Şu örinda taʼkidlaş lozimki, yangilangan Konstitutsiyamizda ilk bor har bir şaxsning qulay atrof-muhitga ega böliş huquqi kafolatlab qöyildi.
— Atrof-muhitni muhofaza qilişda turli yöl va usullar qöllaniladi, lekin ular içida eng muhim vosita huquqiy muhofaza hisoblanadi, — dedi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Sapargul Utemuratova. — Barqaror rivojlaniş va tabiatni asraş uçun asosiy poydevor aynan huquqiy mexanizm.
Şu nuqtai nazardan, Konstitutsiyamizning örni beqiyos. U nafaqat davlatning boş qonuni, balki fuqarolarning soğlom va xavfsiz muhitda yaşaş huquqini kafolatlovçi asosiy hujjatdir.
2023 yilda umumxalq referendumi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ilk bor har bir şaxsning qulay atrof-muhitga ega böliş huquqi hamda uning holati töğrisida işonçli axborot oliş huquqi aniq belgilab qöyildi. Jumladan, 49-moddaga köra: “Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlaş va atrof-muhitga zararli taʼsir körsatilişiga yöl qöymaslik maqsadida şaharsozlik faoliyati sohasida jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi”.
Şuningdek, Konstitutsiyada yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy resurslar umummilliy boylik ekani, ulardan faqat oqilona foydalanilişi lozimligi qatʼiy belgilangan. Tabiat — bizning eng qimmatli boyligimiz va kelajak avlod uçun meros hisoblanadi. Şu bois ham atrof-muhitga zarar yetkazişga yöl qöyilmaydi. Mulkdan foydalanişda ham, şaxsiy huquqlarni amalga oşirişda ham boşqalarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik talab etiladi, — dedi deputat.
Darhaqiqat, fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlaş davlatning zimmasida ekani konstitutsiyaviy norma bilan mustahkamlab qöyilgan. Buning amaldagi ijrosini Prezident tomonidan tegişli farmon qabul qilingani va şu asosda maxsus komissiya tuzilgan holda butun hukumat doirasida izçil işlar amalga oşirilayotgani misolida körişimiz mumkin.
Öz navbatida, biz fuqarolarning ham tabiatni, tabiiy boyliklarni asraş, kelajak avlod uçun soğlom muhit qoldiriş borasidagi vazifa va burçlarimiz borligini ham unutmasligimiz lozim. Xususan, Konstitutsiyamizning 62-moddasiga köra, fuqarolar zimmasiga atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş majburiyati yuklangan. Bu esa atrof-muhitni asraşga har birimiz masʼul va burçli ekanimizni, jamiyatda ekologik madaniyatni oşiriş zarurligini anglatadi.
Bir söz bilan aytganda, Boş qomusimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş, fuqarolarning tabiat oldidagi vazifalari, masʼuliyati kabilarga alohida eʼtibor qaratilgani ekologik xavfsizlikni taʼminlaşda alohida ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga nisbatan masʼuliyatli va ehtiyotkorona munosabat musaffo atmosfera va xavfsiz ekologik muhitni taʼminlaşga zamin böladi.
Muhtarama KOMILOVA.
