Qiziqqonlik balosi
Şunday insonlar borki, arzimagan muammoni deb bir-birining dilini xufton qiliş bilan birga hatto qotillikka ham qöl urişdan toymaydilar.
Aytmoqçi bölganimiz Orif ham onasi, bobosi, katta onasi, xolasi va xolasining farzandlari bilan birgalikda katta hovlida yaşab kelardi. Çunki ota-onasi qonuniy ajraşmagan. U tuğilganidan buyon otasi bilan birga yaşamasdi. Onasi ruhiy oğir kasal, 2-guruh nogironi…
Orif Oqdaryo tumani, “Çorboğ” mahallasidagi “Pure-milke” MÇJga işga kirdi. Böş vaqtlarida esa şaxsiy “Damas” rusumli avtomaşinasida “Yangirabot-2” mahallasining içki qişloqlariga yölovçilarni taşiş bilan şuğullandi.
Kunlarning birida Orif Uklon qişloğining kiriş yölida yölovçi kutib turardi. Şu payt Uklon qişloğida yaşovçi Şohid “Neksiya” rusumli avtomobili bilan kelib qoladi. Ikkala örtada yölovçi masalasida kelib çiqqan tortişuv özaro janjalga aylanib ketadi.
— Seni oldin odam taşiganingni körmaganman. Yangimisan, özingni bosib ol! — dedi Şohid Orifga öşqirib. Ikkalasi heç murosaga kelmadi. Şohid Orifni kurakda turmaydigan sözlar bilan haqoratlab, yoqasidan olib, haqoratlay boşladi.
Jasur ismli “Damas” haydovçisi yöldan ötayotib, voqea joyidan çiqib qoladi. Ularga yölovçi ustida tortişmaslikni, yöl hammaniki ekanligi, heç kimning şaxsiy “tomorqa”si emasligini tuşuntirişga harakat qiladi. Vaziyat biroz yumşab, “qahramon”larimiz tarqalişadi.
Lekin Orifga Şohidning haqoratlari alam qildi. Şuning uçun bu yigitni yaqindan biliş maqsadida tanişi Şokirning yoniga borib uni obdon suriştirdi. Ikkalovi Uklon qişloğiga kirib ketadigan yölga borişdi. Şu yerda turgan bir kişidan Şohid ismli bola kimligini söraşdi.
Buni qarangki, Şohid bu kişining jiyani ekan:
— Sen nima uçun örtoğingni yetaklab kelding? Şohid bilan janjal qilmoqçimisan? Çaqiraymi? — deydi öşqirib.
— Janjallaşmoqçi emasman. U heç bir sababsiz meni haqorat qildi. Nogiron bölgan onamni ham kurakda turmaydigan sözlar bilan sökkaniga jahlim çiqdi, — deya Orif vaziyatni tuşuntirgan böldi.
Baribir Orifning hovuri bosilmasdi. Tuşdan söng qişloqdoşi Şoakbarga qönğiroq qilib, undan ham uklonlik Şohidni suriştiradi. Şoakbar Şohidning maktabdoşi bölib çiqadi. Bölib ötgan voqeani gaplaşib olişgaç, ular yiğilib, murosa qilişga kelişişadi.
Ular Orifning avtomaşinasiga ötirib Uklon qişloğidagi 36-sonli maktab yonida töxtaşadi. Ularning ortidan Jasur ham xabar topib yetib keladi.
Hamma töplangaç, birgalikda Şohidning hovlisiga kiriş joyiga borişadi. Şokir Şohidni uyidan çaqirib çiqdi. Şohid avtomaşinaning orqa örindiğiga ötirdi.
— Nima sababdan onamni haqorat qilding? Otangni çaqir, bu haqida aytaman! — dedi Orif unga.
— Otamga aytib nima qilasan? Meni nega senlayapsan özi? Beşigimni tebratganmisan? — dedi Şohidning jahli çiqib qöllarini muşt qilganiça.
— Özimizni ukamiz böladi, janjallaşmanglar, — dedi Şokir Şohidga.
— Ukaxoning özidan ketib qolgan! — deya Şohid avtomaşinadan tuşib ketdi.
Şundan söng Jasur avtomaşinasini haydadi. Ular asfalt yölga çiqişdi. Şohid ham örtoği bilan şu yerga çiqib keldi.
Tösatdan yana janjal boşlanib ketdi. Ular bir-birini ayovsiz kaltaklab ketişdi. Orif Şohidning yuziga urganida, u yerga gursillab yiqildi. Burni qonab, közlari oçiq bölsa-da, ammo gapirmasdan behuş bölib qoldi.
Qörqib ketgan Orif darhol Şohidning burnini futbolkasi bilan artdi. Qon töxtamasdi.
— Kelinglar, yordam beringlar! — deya tomoşabin bölib turgan yigitlarni çaqirdi.
Şu payt Şokir va Şoakbarlar kelib, Şohidga yordam körsata boşladi. Atrofda yurgan maktab qorovuli ham voqea joyiga yetib keldi. Orif esa maşinaga ötirib, hovliqqança qoçib ketdi. Şokir bilan Şoakbar jarohat olib, behuş yotgan Şohidga yordam berişga harakat qilişardi.
Kimdir Şohidning tilini tortdi, kim bölsa yuziga suv sepdi, xullas, har kim qöldan kelgança Şohidga yordam körsata boşladi. Ammo u öziga kelmadi.
Şu payt Şohidning opasi Manzura kelib qoldi. Jigarining qonga belanib yotganini körib, Manzura atrofdagi bolalarga baqira ketdi. Qorovul unga ukasini urgan bola qoçib ketganini aytdi. Birozdan söng Şohidning otasi yetib kelib, öğlini şifoxonaga olib bordi. Şohidning ahvoli oğirlaşib, tibbiyot birlaşmasiga yetib borguniça joni uzildi.
Mana, oddiy gap-söz, bölmağur tortişuvning oqibati ölim bilan yakun topdi. Şuning uçun xalqimizda “Gap quvgan baloga yöliqadi”, degan naql bejiz aytilmagan ekan-da.
Sud Orif Saidazimovni Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismining “d” bandida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.
Yölovçi talaşib, janjallaşgan Orif endi umrining 9 yilini panjara ortida ötkazadi. Şohid esa ming afsuski endi yöq…
Ilyos DONIYOROV,
jinoyat işlari böyiça
Oqdaryo tuman sudining raisi,
Xonbibi HIMMAT qizi,
jurnalist
