Suddagi ertak

Sözni xulosada aytilişi kerak bölgan gapdan boşlamoqçimiz. Şörçilik Ortiqboy göyo qayergadir haşarga borib, xuşböy ösimlikka duç kelgan va uning taʼmini totib körgan. Qarasa, xuş yoqyapti. Bundan çoy damlab içsa ham böladi, degan xayolda uning uruğidan uyiga olib kelgan. Ke­yingi yil bahorda çöntagida olib kelgan tört dona ösimlik uruğini tomorqasining bir çetiga ekkan.

Uruğ unib çiqib, ösa boşlagan. U kun ora yangi ösimligidan heç kimga sezdirmay xabar olib turgan. Tomorqada işlagan paytlari har safar unga uyidagilari xos idişda sovuq çoy berişardi. Ham çoy, ham suv olsa   undan şubhalanişardi — tomorqalarida “begona öt” borligini sezib qolişardi. U faqat suv olib boradigan, ham öz taşnaligini qondirib, ham ösimligiga quyib yuradigan bölgan.

Vaqt ötib hosili pişib yetilgan. Heç kimga bildirmay yiğib olgan,   uruğini bir yerga yaşirgan, bargini ezğilab boşqa joyga qöygan.   Xumori tutganda çekib turgan. Yana öziga öxşaş bir jörasiga ham öqtin-öqtin örab bergan…

Bir kuni uning uyiga kutilmaganda mahalla oqsoqoli uç-tört kişini boşlab keldi. Tanişuv çoğida ularning biri içki işlar xodimi ekanligi maʼlum böldi.

— Ortiqboy aka, xafa bölmang, — gap boşladi öşa odam ança iltifot bilan, — Siz töğringizda içki işlar bölimiga, uyi­­da “naşa” saqlaydi, degan maʼlumot tuşdi. Şu bois, uyingizda tintuv ötkazişga keldik. Bunga ruxsatnomamiz bor.

Qiş çillasi payti. Tomorqada undan asar ham topilmasligi aniq. Şuning uçun ular uy içi, xonalar, tokçalarni tekşirib körişdi. Tintuv, tekşiruv besamar ketmadi. Eski çoynak içidan ikki ming ikki yuz qirq töqqiz dona naşa uruği topişdi. Yana maydalab gugurt qutilarga joylab qöyilgan “naşa”, “marixuana” ösimligi borligi ham aniqlandi. Topilgan giyohvandlik uruği xolislar guvohligida hujjatlaştirilib, olib ketildi… Aytgança, Ortiqboy Husanovni ham olib ketişdi.

Endi gap avvalidagi işoraga qaytsak. Yuqoridagi voqea bayoni Ortiqboy Husanovning töqigan ertagi, töğriroği, mahalla oqsoqoli bilan uyiga kelgan huquq himoyaçilariga dastlabki iqrori. Eʼtibor bering, u haşarga borganida qandaydir xuşböy ösimlikka duç kelib, undan çoy damlab içib yuraman deb olib kelganmiş.   Unda nega ularni yaşirinça östiradi? Nima uçun şunday “xuşböy” narsani uyidagilardan sir saqlaydi? Hamma gap şunda-da! Endi özingiz öylang, “naşa”, “marixuana” ösimligini isteʼmol qiliş, u bilan savdolaşiş butun dunyoda maʼn qilingan, bunga qarşi keskin tarzda kuraşilayotgan bir paytda Özbekistonimizning qaysi yerida bu ösimliklar şunçaki ösib yotgan ekan? Axir, bizda bu baloni topib, yöqotiş uçun keskin çoralar körilgan. Hatto bu borada aerovositalardan muntazam foydalaniladi. Qir-adirlar, çöllar, dala hovlilari, tomorqa yerlari doimiy nazoratda. Demak, Ortiqboy Husanov bu ösimlik uruğini kimdandir olgan va hozirça isteʼmol qiliş, keyin undan yaxşigina daromad qiliş payida bölgan, ehtimol. U bilmaydiki, oldinda tergov jarayoni, odil sud bor…

Darhaqiqat, sudda uning ertagi yolğon, asossiz ekanligi maʼlum böldi. Sudda bor haqiqatni aytib, aybini böyniga oldi va qonunga binoan tegişli jazosini oldi.

M. HAKIMOV,

jinoyat işlari böyiça

Şörçi tuman sudi raisi.

Ç.QORAQULOV,

sud maslahatçisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan