Nobakorning qilmişi

“Bosqinçilik, yaʼni özganing mol-mulkini talon-toroj qiliş maqsadida   hujum qilib, hayot yoki soğliq uçun xavfli bölgan zörlik işlatib yoxud şunday zörlik işlatiş bilan qörqitib sodir etilgan bölsa,

— beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Bosqinçilik:

a) qurol yoki qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan boşqa narsalarni işlatib sodir etilgan bölsa,

— sakkiz yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi”.

 

Özbekiston Respublikasi

Jinoyat kodeksining 164-moddasi

1-qismi va 2-qismi “a” bandi.

Erta tong. Köçada odam kam edi. Katta yöl yoqasidagi qator tuşgan binolar yonidagi yölak böylab örta yoşlardagi bir ayol, qölida sumka, şoşganiça bormoqda. Xuddi şu payt ayol ketayotgan   yölakda bir yoşgina yigit   ham paydo böldi,   uning közi ildam yurib ketayotgan ayol va uning qölidagi sumkaga tuşdi-yu   nima uçundir atrofga alangladi.

“Ayolning qölidagi sumkasida pul borga öxşaydi…”

“U… pul meniki bölişi kerak…”

Yigitning xayoliga tösatdan kelgan bu öydan yuragi dukkilab urib ketdi, közlari bejo böldi, yana orqa oldiga qarab qöydi.

“Köça kimsasiz. Dod-voy qiladi, albatta, ammo unga yordam beradigan odam yöq…”

U xayolida tuğilgan bu öyni miyasidan quvib taşlaşi, “Nimalarni öylayapman, axir bu   jinoyat-ku, jinoyat bölganda ham juda oğir jinoyat… Men bunday qilmasligim kerak, axir nomim qora böladi, men bu   qabih rejani qilmasligim kerak” degan xulosaga kelişi kerak edi.

Ammo… könglida boş kötargan öyni   quvib taşlaşga kuçi yetmadi. Quvib taşlaş qayoqda, qaytanga diliga örnaşib olgan şaytoniy istakni amalga oşiriş, sumkadagi pulni egallaş niyati borgan sari kuçayib borayotgan edi.

“Köçada heç kim yöq, ayolga bir zarba berib, sumkani tortib olaman-da qoçib ketaman. Yöq, bu bölmaydi, u meni tanib qoladi va keyin militsiyaga aytib beradi.

“Bölmaydi…”

“Boşiga biron oğir narsa bilan ursam dod ham deya olmaydi…”

Şunda içida kimdir, “Ey, xumpar, jinoyating bir kun emas, bir kun oçiladi, ana öşanda qilmişingga ming marta puşaymon bölasan, ammo foydasi bölmaydi, jinoyatçi, bosqinçi degan tavqi laʼnatdan heç qaçon qutula olmaysan, ota-­onang ham, aka-ukalaringning boşlari ham böladi, yuzlarini yerga qaratasan, undan köra şaytonga hay ber-da öz yölingda töğri ketaver, ayolga ham, özingga ham jabr qilma “ deb xitob qilgandek böldi.

Ammo u parvo qilmadi. Aksinça, ayolga tösatdan zarba berib huşidan ketkazadigan narsa qidira boş­ladi.

Sababi u nafs köçasiga, qiynalmasdan, mehnat qilmasdan pul topiş, kayf-safo qilib yuriş köçasiga allaqaçon kirgan, faqat bunga erişiş uçun qulay imkoniyat vujudga kelişini kutib yurgan edi.

Erta tongda işiga ketayotgan ayolning qölidan sumkasini zöravonlik bilan egallab olişni esa u qulay imkoniyat deb bilayotgan edi.

Şu çoğ közi yölak çetida yotgan bir toş bölagiga tuşdi va şoşib uni qöliga oldi…

Ayol esa bugun işga ertaroq borib, yumuşlarini tezroq tugatiş, söng dökonlarni aylanib farzandiga kiyim oliş niyatida bölgani uçun sumkasiga piça pul solib olgan, ulgursa katta qizining buzilib qolgan qöl telefonini taʼmirlatiş niyati ham bor edi.

U orqasiga qiyo qarab, yigitni kördi, lekin u ham men singari işiga şoşib ketayotgan bölsa kerak, deb parvo qilmay yölida davom etdi. Agar yigit işga emas, qölidagi sumkasini tortib oliş uçun öziga hujum qilişini, soğliğiga jiddiy zarar yetkazişi mumkinligini bilganida edi, şubhasiz özini himoya qilişga harakat qilgan bölar, baqirib-çaqirib bölsa-da bosqinçidan himoya qilişlarini   sörardi.

Bu orada yigit qadamini tezlatib ayolga yetib oldi, köz oçib yumgunça   bir qöli bilan sumkani uşladi, ikkinçi qölidagi toş bilan   ayolning boşiga zarb bilan urdi, ayol zarbaga çidab sumkani qöyib yubormagan edi, şunda uning yuz-közlariga muşti bilan bir neça marta urdi,   ayol kuçli zarbalardan ingrab yerga yiqilar ekan, sumkasi qölidan sirğalib çiqib ketganini özi ham sezmay qoldi.

Yigit sumkani olib orqaga qarab jon-jahdi bilan qoçdi. Xavfsiz joyga   yetgaç, sumkani oçdi, uning içidan   ikkita qöl telefon, bir qança bank   kartalari va 350 000 söm naqd pul çiqdi. Telefonlar va pulni olib çöntagiga soldi, sumkani esa taşlab yubordi, söng özi işlaydigan quriliş obʼyektiga yöl oldi.

Pulni tez kunda kayf-safo qilib   yöq qildi.   U   qilgan qilmişimni heç kim bilmay qoldi deb xursand bölib yurgan edi, ammo xursandçiligi uzoqqa bormadi. Içki işlar xodimlari Axtam Salimov (ismi-şarifi özgartirilgan-tahr.) sodir etgan jinoyatni foş etdi. U hibsga olinib, Özbekiston Respub­likasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi, 2-qismi, “a” bandi bilan ayblandi.

Oldiniga Axtam Salimov sodir etgan jinoyatiga iqror bölmadi, ammo tergovçi   kamera orqali olingan foto suratlarni   körsatgandan keyin aybini böyniga olişdan boşqa çorasi qolmadi. U yaşayotgan uydan esa aşyoviy dalillar: bosqinçilik qilib qölga kiritgan ikki dona qöl telefoni ham topildi.

Jabrlangan ayol öşa kuni 1-son klinik şifoxonasiga yotqizildi va   burun suyaklari singan, boşida yirtilgan jarohatlar bor degan taşxis qöyildi. Bir qança vaqt şifoxonada yotib davolanişiga töğri keldi.

Şu yil 24 yanvar kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida Axtam Salimovga tegişli jinoyat işi böyiça sud majlisi bölib ötdi. Sudda sudlanuvçining öz aybiga töliq iqrorlik bildirib bergan körsatmalaridan taşqari jabrlanuvçi B.ning körsatmalari bilan öz isbotini topdi.

Sud sudlanuvçi Axtam Salimovga jazo turi va muddatini belgilaşda uning yoşligini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqror bölib qilmişidan puşaymonligini, oilaviy şaroitini, jabrlanuvçining buyumlari   töliq qaytarilganligi,   yetkazilgan moddiy zarar qisman qoplanganligini eʼtiborga oldi va Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uçun jazo tayinlaş amaliyoti töğrisida”gi 1-sonli qarori 37-bandidagi amaliy tuşuntiriş­larga amal qilgan holda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan sakkiz yil muddatga   ozodlikdan mahrum qiliş jazosini kamaytirib tayinlaşni lozim topdi va Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab unga beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. Jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zararni töliq undiriş belgilandi.

Xalqimizda “Qinğir işning qiyiği qirq yildan keyin ham çiqadi” degan dono maqol bor. Axtam Salimov yovuzlik yöliga kirgan edi. Şaytoniy nafs uni şunday jinoyatga undadi. Ayol kişiga, öz onasi tengi bölgan ayolni urib, moddiy jihatdan nimadir qölga kiritiş niyatida qabih yöldan qaytmadi. Hatto ana şu kir niyatda qotillikka qöl urişi ham heç gap emas edi.

Ha, baxtli tasodif tufayli ayol ölmay qoldi. Oçiq aytganda bu nabakor kimsaga tayinlangan jazo juda yengil böldi. Bu adolatni, keçirimlilikni bunday nusxalar tuşunarmikin? Töğrisi, bunga işoniş qiyin.

Şohrux AKBAROV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan