“Sirdaryocha to'y qilamiz”
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyat bo'limi, bo'lim xodimi, iste'dodli jurnalist, adiba Dilorom Ismadiyorovaning “Sirdaryocha to'y qilamiz” hamda “Sirdaryoga qo'nib o'ting, do'stlarim” kitobi taqdimotini o'tkazdi.
Mazkur kitob taqdimotida Sirdaryoda ko'p yillardan buyon ijod qilib kelayotgan faxriy jurnalistlar, adibaning kasbdoshlari, shogirdlari ishtirok etdi.
Ular mazkur kitoblarda yoritilgan har bir maqola, adibaning so'nggi yillardagi eng sara va o'qimishli bo'lgan maqolalari bo'lib, ushbu to'plamlardan joy olganligini, shunga yarasha bu kitoblarni o'z o'qirmanlari o'qib, yaxshi taassurotga ega bo'lishini taqdimotda qayd etishdi.
O'z muxbirimiz.