Tarixning oqarmagan soçlari yoki uy-muzey oçişning muzday taşvişlari

  •   Muzeylar tarixiy sukutdami?
  •   Puşkin halok bölganida yurişdan töxtagan soat.
  •   40-50 yillik böşliq…mi?
  •   Muzeylar elektron bölsa…(Xudo saqlasin!)

 

Quyida muzeylar — tariximiz közgusi haqida muşohada yuritiladi. Çunki muzeylarda millatning qiyofasi bor holiça aks etadi. Biz uni özimizning xohişimizga monand özgartira olmaymiz. Muzeylar sabab juda olis zamonlarga sayohat qilamiz, ötmişga qaytamiz. Bugun gazeta öqiş, kutubxonaga kiriş, teatrga tuşiş göyoki “eskirgan”, urfdan qolgan   bir zamonda muzeylarimizning eşigida kimdir bormi? Dunyoning maşhur muzeylaridan eksponatlarini öğirlaş haliyam davom etayotgan bir asrda Özbekistonda muzeylarning ahvoli ruhiyasi qanday? Ular özlarining tarixiy sukutlari içiga çökib ketişmaganmi?

Quyida asosan uy-muzeylar töğrisida. “Uy-muzey” nomi odatda yodgorlik funksiyasini nazarda tutadi. Tipologik uy-muzeylar faqat 1980 yillarda paydo böla boşladi. Rossiyadagi birinçi yodgorlik uy-muzeyi 1726 yilda Narvada (Luda uyi) Buyuk Pyotr xotirasiga oçilgan.

1980 yillarning oxiriga kelib Rossiyada 130 dan ortiq uy-muzeylari bölgan. Muzey uylari xayoliy personajlar muzeylari turi yoki ularning prototiplari bilan çambarças boğliq.

Rossiyadagi eng qadimiy uy-muzey – maşhur kompozitor, dirijyor, musiqa tanqidçisi P.I.Çaykovskiyning davlat uy-muzeyidir. Jahondagi ilk muzey esa eramizgaça 290 yilda Misr podşosi Aleksandr Ptolemey tomonidan öquv dargohi sifatida yaratilgan.

Rossiya-ku, mayli, mamlakatimizda bu borada ahvol qanday? Statistik maʼlumotlarga köra mamlakatimizda muzeylar soni 100 ta bölib, ularda 2065,7 eksponat örin olgan. Ötgan yili muzeylarga sakkiz yuz mingga yaqin tomoşabin taşrif buyurgan, şulardan 3497,4 nafari öquvçi va talabalardir. Biz umumiy muzeylar holati   emas, balki uy-muzeylar haqida mulohazamizni davom ettiramiz.

Ha, butun dunyoda bölgani kabi maşhur insonlarning, davlat arbobi, sanʼatkor va ijodkorlarning uy-muzeylari Toşkentda ham faoliyat yuritadi. Ular nimasi bilan qiziqarli yoki davlat va jamiyat ahamiyatiga molik? Uy-muzey oçiş maşhurlarning oila aʼzolari uçun imijmi, buyuk insonlardan qolgan buyum va aşyolarni asrab-avaylaşmi yoki kelgusi avlod uçun tarixiy darsxonami? Bu savollarga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muzeylar javob bera oladimi? Bugun   mamlakatimiz poytaxti Toşkent şahrida Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Anna Axmatova, Sergey Yesenin, Sergey Borodin kabi şoir va yozuvçilarning, Muxtor Aşrafiy, Tamaraxonim, Örol Tansiqboyev, Yöldoş Oxunboboyev kabi tarixiy şaxslarning uy-muzeylari bor. Darvoqe, ularning asosiy qismi ötgan asrning oxirgi çoragida oçilgan. Xöş, undan keyin-çi, özbekdan buyuklar çiqmadimi? Ötayotgan davrga tarixiy muhr vazifasini ötovçi muzeylar nega barpo etilmayapti? Yoki asr öz buyuk farzandlarini tan olmaydimi? Oradagi yangi 40-50 yil böşliq pallasimi? Özining özbek adabiyoti va madaniyatiga qöşgan bemisl hissasi bilan uluğ kişilar safida eʼzoz­lanişga, örganilişga muştoq ijodkoru sanʼatkorlarimizni nomma-nom sanab ötiş mumkin.

XX va XXI asrning maşhur şaxslaridan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Toğay Murod, Şukur Xolmirzayev, Odil Yoqubov, Matyoqub Qöşjonov, Ozod Şarafiddinovlarning uy-muzeylari oçilsa, har biri asrlar uçun mangu saboq böladi. Yoki viloyatlarda yaşab hassos ijod qilgan ijodkorlarimiz Matnazar Abdulhakim, Sadriddin Salim Buxoriy, Tilak Jöra, Ibroyim Yusupov, Toğay Murod, Töra Sulaymonlarning qolgan qölyozmalari, kitoblari, buyumlari faqat oila aʼzolari uçungina qadrli mulk sifatida bir burçakda qolib ketmasligi kerak. Bir odamning yoki oilaning mulki sifatida qaralgan boylik bir kun izsiz yöqolişi tayin. Zotan ularning har bir aşyosi   millatning mulki, millatning boyligidir. Ular davlat tomonidan muhofaza qilinişi şart.

Moskvada tahsil olgan yillarimiz davomida juda köp uy-muzeylariga taşrif buyurganman. Ular orasida Puşkin, Lermontov, Gorkiy, Gogol, Çexov, Yesenin, Marina Svetayeva, Lev Tolstoy, Kumuş asr muzeylari bor. Eʼtiborimni tortgani bu muzeylar hamişa gavjum, eksponatlar öziga xos. Deylik, Puşkin uy-muzeyidagi şoirning karta çetlariga yozilgan şeʼrlari ğaroyib bölsa, Kumuş asr muzeyining simvolistik körinişi, Futuristlar muzeyidagi Şeʼriyat keçasiga taşrif buyurganlarga bir bokal pivo tekin tarqatilişi eʼlon qilingan afişalar,   Yesenin muzeyida esa eksponat sifatida saqlanayotgan Erkin Vohidov tarjimasidagi Sergey Yeseninning “Fors taronalari” kitobi diqqatimni tortgan. Marina Svetayevaning şinamgina uyi, uning devorlari şeʼriy satrlarga tölib ketganligi, şoira stoli ustidagi Napoleon haykalçasi hayratga çoğlayveradi. Bu esa butun dunyo sayyohlari va Rossiya aholisining maʼnaviy ibodatxonasiga aylanib ketgan.

Bugun bizda ham yaşagan, yaşab ötgan şoirlarimizning turmuş örtoqlari   yoki farzandlari hujjat kötarib idorama-­idora sarson yurganligi haqida bot-bot eşitib qolaman. Aslida buyuk insonning millat uçun ulkan bir boylikni qoldirib ketgani kamdek yaqinlari ha uy-muzey oçiş haqidagi taşviş bilan yelib-yugursa, idorama-idora sargardon bölsa… Axir bu muzey kelajakdagi faqat öşa şoir yoki sanʼatkorning oila aʼzolari uçungina asqatmaydi-ku.

— Rossiyada, Kiyevda, Tbilisida bir-biriga aslo öxşamaydigan muzeylarni tomoşa qilganman, — deydi yozuvçi va tarjimaon Maʼsuma Ahmedova. – Ayniqsa, Sankt-Peterburgda Puşkin uy-muzeyi hamişa köz oldimda turibdi. Aleksandr Sergeyeviç olamdan ötganida uning soati öşa lahzalarda töxtagan. Saqlanayotgan bir tola soçi ham diqqatni tortadi. Gruziyada maşhur şoir, yozuvçi, tarjimon va siyosatçi Çavçavadze uy-muzeyining öziga xos qurilişi, qörğonning muhtaşam körinişi bilan hozirgina tanişgandayman. Xotiralarim eskirmagan. Dostoyevskiy uy-muzeyi ğaroyibligi bilan esimda qolgan. Muhimi, ular bor, millat boyligining timsoli sifatida butun dunyoga xizmat qilyapti.

Bugun Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murodning asarlari juda köp tillarga tarjima qilinmoqda. Agar kun kelib boş­­qa mamlakatlardan sayyohlar kelsa, yozuvçining muxlislari uning muzeyini körişni istasa, nimani körsatişimiz mumkin deb öylayman. Muzeylar xalqqa tarixdan gapiruvçi eng bilimdon, eng dono notiq vazifasini ötaydi.

Ha, bu muzeylar oçilişini faqat şoir-yozuvçiga daxli bölganlar emas, uning asarlarini bilgan har bir öquvçi istaydi. Biroq muzeylar hanuzgaça oçilmayapti. Yoki şoir Tilak Jörani hammamiz yaxşi bilamiz. U 1947 yilda Qoraköl tumanining Sayyod qişloğida tavallud topgan. Şoir atigi 47 yil – qisqa umr körgan bölsa ham, uning şeʼriy kitoblari, tarjimalari, ilmiy maqolalari özbek adabiyotining bölinmas xazinasiga aylanib ulgurgan. Tilak Jöra telegram kanalidagi maʼlumotlarga asoslanadigan bölsak, Qoraköl tumanida jami 52 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat yuritib, ularning öndan ortiği öz öquvçilari bilan Tilak Jöraning Sayyod qişloğidagi uyiga taşrif buyurişgan, şoirning uyi, buyumlari, aşyolari, kutubxonasi haqida maʼlumotga ega bölişgan. Öquvçilar borib körgan uy aslida muzey tariqasida faoliyat olib borsa hamma uçun rağbatlanarli emasmi?! Uning uy-muzeyini oçiş uçun kimdan yoki qayerdan buyruq kutiş lozim?

Muzeylar – tarixning oqargan soçlaridir, degan edi uluğlardan biri. Bunga qöşimça “Muzeylar tarixning oqarmagan soçi” deyiş ham mumkin. Ularda millatning taroşlanmagan devorlari, gard yuqmagan qalbi, ozorlanmagan aşyolari va mangu tirik xotirasi yaşaydi. Ular tabiiy boyligimiz monand xazinamiz. Çunonçi, tarixiy hujjatlarning eng tabiiysi muzeylardir. Biz bugun elektron asr qarşisidagi bir avlodni tarbiya qilayapmiz. Tunov kuni öqib qoldim. Unda kimlardir hatto kitob, gazeta-jurnallar singari muzeylarni ham elektron şaklga ötkazişni taklif qilişmoqda. Negadir yuragim bir qalqib ketdi. Xudo saqlasin! Axir, yangi tariximiz elektron körinişda davom etsa, butun taraqqiyot inson qalbi, tafakkuriga emas, bitta tugmaga doxil bölib qolişini unutmaylik! Ertaga bitta tugmaça orqali zavol topişi mumkin bölgan elektron muzeylarga kunimiz qolmasin! (Yoqangizga tuflab qöying) Inçunun, uy-muzey qilişning taşviş va maşaqqatlari muzdekkina bölsa ham unga bugun erişaylik!

Gözal BEGIM

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan