Ekspress test va çöntaklarimiz…
(Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
maxsus komissiya aʼzolari eʼtiboriga!)
Yaqinda qöşni Qirğizistonning Öş şahridan sim qoqib, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston Xalq şoiri Abdulla Oripovning 80 yilligini bu yerda ham nişonlaş maqsadlari borligini aytib, bizni taklif etişdi. Bir guruh ijodkorlar bajonidil rozi böldik va safarga çiqdik. “Döstlik” çegara punktiga yetib borganimizda kun asrga yaqinlaşib qolgan edi.
— Keçaning boşlanişiga yana bir soat vaqt bor, ulguramiz, — dedi guruhboşimiz, sakson tört yoşli taniqli rejissyor. Va bizni qadimiy Öş tomon yetakladi…
Çegaraning birinçi darvozasiga yetganimizda askarlar töxtatib, hujjatlarimizni söraşdi. Barçamiz pasportlarimizni çiqardik. Şu payt askar bola guruhboşimizga qarab:
— Siz çetroqqa ötib turing, — degan sözlarini eşitib qoldim…
— Bu qonun qaçon çiqdi? – söradi yölovçilardan biri.
— Qonunmas, Vazirlar Mahkamasining qarori, — dedi askar savol bergan yölovçiga. – Bu joydan ötib, Qirğiziston darvozasiga yaqin borsangiz, çap tomonda laboratoriya bor. Öşa joyda koronavirusga test topşirib, keyin ötasiz…
Keling, biz çegaradan emas, maqsadga ötaqolaylik. Bugungi kunda tojdor virusning mamlakatimizga kirmasligi va tarqalmasligi uçun davlatimiz tomonidan zarur çora-tadbirlar körilmoqda. Bu borada hukumatimizning qator qarorlari, yiğiliş bayonnomalari mavjud. Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining 60-sonli yiğiliş bayoni, şu komissiyaning 65-sonli va 55-sonli yiğiliş bayonnomalari şular jumlasidan. Ularda mamlakatga koronavirusning kirişi va tarqalişi oldini oliş yuzasidan aniq çora-tadbirlar belgilab qöyilgan. Jumladan, maxsus komissiyaning 2021 yil, 25 yanvarda bölib ötgan 60-sonli yiğiliş bayonnomasida şularni öqiymiz: “Özbekistonga kirib keluvçi şaxslarga arzon va sifatli koronavirusga antigen ekspress test tekşiruvlarini taşkil etiş maqsadida ön kun muddatda tanlov asosida, jamoatçilikka eʼlon qilgan holda laboratoriyalarni qayta jalb etiş çoralarini körsin; … körsatiladigan xizmatlar narxlari arzon va sifatli bölişi taʼminlansin”. Maxsus komissiyaning 2021 yilning mart oyida deb körsatilib, ammo ötkazilgan kuni yozilmagan 65-bayonnomasida esa şunday deyiladi: “1. Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil, 18 dekabrdagi 55-son bayoni 11-bandi bilan joriy etilgan Özbekiston Respublikasiga havo, temiryöl transporti hamda çegara punktlari orqali taşrif buyurayotgan barça şaxslardan öz hisobidan aeroport, temiryöl vokzali yoxud çegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlaş ekspress test oliş tartibi joriy yilning 15 martidan bekor qilinsin…
…avtoyöl çegara ötkaziş punktlari orqali Özbekistonga kirib kelayotgan şaxslar tomonidan sönggi 72 soatdan köp bölmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjirli reaksiya) orqali tekşirilib, manfiy körsatkiçga ega degan maʼlumotnoma taqdim etilganda yoki PZR natijasi bölmagan hollarda çegara ötkaziş punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus antigenini ekspress test tekşiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda Özbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi”.
Körib turibsizki, davlatimiz mamlakatga koronavirus kirib kelişi va tarqalişi ehtimolini har jihatdan oldini olmoqda. Şuni ham aytiş kerakki, bu ehtimoliy çora xarajatlari bir qismi nafaqat Özbekistonga kirayotgan çet el fuqarolari, şuningdek, çet davlatlarga çiqayotgan Özbekiston fuqarolari hisobidan ham amalga oşirilmoqda. Bu — “mablağingiz bölsa, çetga çiqing, aks holda uyda ötiring”, deganidir. Ammo insonning boşida har xil taşviş, közda tutilmagan yumuşlar, özaro bordi-keldilar, ölim-itim, töy-törkinlar borki, hamişa ham “uyda ötiriş”ning iloji bölmay qoladi. Egnidagi tönini sotib bölsa ham çegaradagi ekspress test tekşiruvidan ötişga majbur. Yoki bölmasam, “Essiz, çöntagim kötarmas ekan”, deya çegaradan ortiga qaytib ketadi.
— E, aka, şu testga tölaydigan pulga Toşkentga borib, qaytaman, — deydi çegaradan ortiga qaytib ketayotgan bir yigit yiğlagudek bölib.
— Akam kasalxonada betob bölib yotibdi. “Döstlik”dan ötmoqçi bölgan edim, testning narxi 150 ming söm ekan, “Madaniyat”da esa 140 mingdan olyapti. Çegaraga kiraverişda esa ayrim “vositaçi”lar 100 ming sömga qildirib beramiz, deb turişibdi. Qaysi birlarining “testi” haqiqiy bilmayman. Amaldor bölsam ekan, tadbirkor bölsam ekan, şunça pul kissamning bir çekkasidan çiqib ketsa, bilinmaydi. Ammo men oddiy mardikorman. Har kuni ertalab Toşkentning turli joylaridagi mardikor bozorlarida iş qidiraman. 20 ming, 30 ming, ana boring 50 ming söm desin, 140 ming söm menga öxşagan mardikorgagina emas, boşqalarga ham oğirlik qiladi.
Mardikor yigit bilan suhbatimiz ustiga bir oqsoqol kelib qoldi.
— Qirğiz çegarasidan ötarkanman, “test” deganlari haqida söraşmadi ham. Bu yoqqa ötsam, anavi yerga uçraysiz, deb qölbola laboratoriyani körsatişdi. Andijonga, nevaralarimni körgani boryapman. Ularga bir-ikki kilo göşt olaman, degan pulimni şu “laboratoriya”ga taşlab çiqyapman. Şunça pullik tölov davlat tomonidan joriy qilinganmi yoki… Unday desam, muhriga “FARM STANDART LUKS m.CH.J.”deb yozib qöyibdi. Ha, aytişlariça, safarim uç kundan ortib ketsa, yana şunça pul tölab, qayta test topşirar ekanman. Aks holda qirğizlar (özimning yurtim) kiritmaydi… Buyam pul. Test topşirsang ham pul, topşirmasang ham pul. Mamlakatlar örtasidagi aloqalar yaxşilangunga qadar (u paytlar tojdor virus yöq edi) qirğizlarga naqdini bermasangiz muhr bosmasdi. Endi özbeklar “test”ga deb olyapti. Yoşligimizda uyim-joyim deb heç qayerga çiqmagan edik. Endi nafaqaga çiqib, bir dunyoni köraylik desak, bunaqa tölovlar, kasalliklar çiqib turibdi. Kondan boşqa joyni körmay ölib ketamiz, şekilli…
Özbekiston va Qirğiziston çegarasida bugun yuqoridagi kabi eʼtirozlarni har qadamda eşitasiz. Bexos xayoldan qaror bayonnomasida bitilgan: “…körsatiladigan xizmatlar narxlari arzon va sifatli bölişi taʼminlansin”, degan sözlar ötadi. Ana şular haqida öylab turgandim, boyagi oqsoqol gapini ulab qoldi.
— Yodimda, ötgan yili kuz oylarida Özbekistonga borişdan oldin koronavirusga test topşirganimizda, natijasini ikki kundan söng olgan edik, — dedi u kulimsirab. – Hozir esa “Madaniyat” çegara ötkaziş punktidagi laboratoriyada ötirgan yoş ayollar (boşqa çegara punktlarida ham. Yo.X.) “manfiy” natijani ikki minutga qolmay çiqarib beryapti. Qoyil qolmasdan iloj yöq. Tojdor virus degani fan-texnikani şu darajada rivojlantirib yuboribdiki, atigi tört-beş oy içida “manfiy” natija oliş naqd 48 soatdan 2 daqiqaga tuşibdi…
Yuqoridagi tuşunmovçiliklar, agar tuşunmovçilik deb öylasak, oddiy xalqning sözlari. Sirasini aytganda, bu işlarning tagiga biz ham yetolmadik. Biz ham tuşunmadik. Balki, “çegara punktlarida ekspress test oliş tartibi va ularning arzon narxlarda bölişi lozimligini” xatga tuşirgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maxsus komissiya aʼzolari izohlab berişar?
Qolaversa, çegara postlarida test topşiriş özi neça pul? Va ular nima uçun har xil narxda? Bu hukumat qarori va bugun siyosat darajasidagi yumuşlar ekan, nega bu narx-navolar biron joyda oçiq-oydin eʼlon qilinmaydi?
Ha, aytgança, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripovning ijodiga bağişlanib Öş şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan keça nima bilan tugagani haqida aytiş sal bölmasa, yoddan kötarilibdi. Ijodiy keça nomaʼlum muddatga qoldirildi. Birinçidan, keçani ötkazişga masʼul bölgan rejissyorimiz çet elga çiqadigan pasportini rasmiylaştirmagan ekan (şu bois askar bola uni yölakdan bir çetga çiqarib qöygan edi. Yo.H.). Tabiiyki, ijodiy guruhning boşqa aʼzolari ham Öşga kirmay Toşkentga qaytişdi… Albatta, ularning qaytişi öz yöliga… Ammo “ekspress test”ning qimmatligi bois bir-birlariga yetolmayotgan ikki mamlakat fuqarolarining bordi-keldilari haqida esa öylab köriş kerakka öxşaydi…
Yo.Xöjamberdiyev,
jurnalist
