Boğdagi boqibeğamlik

Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi, partiyaning Toşkent şahar hamda Olmazor tuman taşkilotlari masʼullari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça inspektorlar, Xalq deputatlari Şayxontohur tuman Kengaşi deputatlari, hududda istiqomat qiluvçi aholi vakillari iştirokida poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boğining bugungi kundagi holatini örganiş maqsadida ekologik reyd ötkazildi.

Reyd davomida mazkur boğning qarovsiz ahvoldaligi bu yerdagi aksariyat manzarali daraxt va ösimliklar öz vaqtida suğorilmagani oqibatida qurib qolgani, bu jarayon boşqa daraxt turlarida endi boşlanayotgani, yanada açinarlisi yaqin yillar davomida öz körki va çiroyi bilan insonlarni öziga jalb qilgan mazkur boğ bugunga kelib, yonğin kelib çiqişi mumkin bölgan çiqindixonaga aylangan.

Boğdagi bunday holatning yanada açinarli tus olişiga yaqinda uşbu hududdagi avtomobillarni vaqtinça saqlaş maydonida sodir bölgan yonğin ham sabab bölgan.

Ekologik reydning natijasi böyiça şu yerning özida masʼullar iştirokida bayonnoma rasmiylaştirildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boğining investorlarga taqsimlab berilgan qismlarida daraxtlarning qurib qolişi va çiqindilar bilan tölib borayotgani böyiça rasmiy ogohlantiriş xati va qonuniy tartibda çora körilişini Özbekiston Ekologik partiyasi qatʼiy talab qiladi va nazoratga oladi.

Ekopartiya tomonidan şahardagi madaniyat va istirohat boğlarining holatini örganiş böyiça maxsus reja tuzilib, ekologik reydlar boşqa manzillarda ham izçil davom ettiriladi.

Akbarjon Abduraimov,

Özbekiston Ekologik partiyasi

Markaziy kengaşi matbuot xizmati rahbari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan