Olimjon Ösarov: “Eng kam maoş olib işlovçilardan biri — Jurnalistlar ijodiy uyuşmasining xodimlari”

Jurnalistlar ijtimoiy dolzarb axborotlarni töplaş, tahlil qiliş va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatiş bilan şuğullanadi. Demakki, xalq va davlat örtasidagi muhim böğin, bu — jurnalistika. “Ommaviy axborot vositalari sözda emas, amalda “törtinçi hokimiyat” darajasiga kötarilişi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi”, — deya Prezidentimizning bot-bot soha vakillariga eʼtibor qaratişi ham bejizga emas.

Bugun bu sohada qanday özgarişlar kuzatilmoqda? Mahalliy, res­publika va xalqaro darajada qanday işlar amalga oşirilmoqda va rejalaştirilmoqda? Bu va şu kabi bir qator masalalar yuzasidan Özbekiston Milliy axborot agentligi uşbu soha vakillarining kasb bayramlari arafasida Jurnalistlar ijodiy uyuşmasiga yangi saylangan rais — Olimjon Ösarov bilan maxsus intervyu taşkil etdi.

– Bugun Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi öz vazifalarini qay darajada bajara olyapti, deb öylaysiz?

— Oçiğini aytiş kerak, uyuşma öz oldiga qöygan maqsadlarni tölaqonli bajarmayapti. Çunki taşkilot nizomida qator vazifalar qöyilgan. Afsuski, ötgan yillar davomida obʼyektiv va subʼyektiv sabablarga köra, uyuşma öz oldiga qöygan vazifalarni köngildagidek ado eta olmagan.

Tarixga nazar taşlasangiz, 2000 yillarda uyuşmaga aʼzolik töxtatilgan va taşkilot nomlanişida “ijodiy” sözi, tuşunçasi qöşimça qilinib, “Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi” sifatida yuritila boşladi. Tom maʼnoda jurnalistlar huquqini himoya qiluvçi taşkilot emas, şunçaki ijodiy taşkilot sifatida qaraş boşlandi. Mana şu birgina tuşunçaning kiritilişi birinçidan aʼzolikning töxtatilişiga sabab böldi, ikkinçidan, uyuşmaning oldiga qöygan maqsadlarini amalga oşirişga qaysidir maʼnoda tösqinlik qildi.

Bundan taşqari, tan olişimiz kerakki, matbuotga, söz erkinligiga bölgan tösiqlar ham uyuşma faoliyati çegaralanişiga sabab böldi. Biz bu kabi kamçiliklarga “mana şular sabab bölgan», degan fikr bilan özimizni oqlamoqçi emasmiz. Zero, bugungi kunda jurnalistlar ham, keng jamoatçilik, yaʼni axborotdan foydalanuvçilar ham uyuşmadan juda katta narsa umid qiladi. Çunki mamlakatimizda oçiqlik siyo­sati, söz va matbuot erkinligi davlat siyosati darajasiga çiqdi.

Demak, bugun jurnalistlar öz oldiga qöygan vazifasini tölaqonli amalga oşirişi uçun hamma şaroitlar yaratil­yapti. Ham huquqiy jihatdan, ham maʼnaviy jihatdan.

Xohlaymizmi-yöqmi, jurnalist turli tösiqlarga duç kelişi yoki qandaydir manfaatlariga zarar yetişi mumkin. Sönggi oylarda buning juda köp guvohi bölyapmiz. Demak, bunday payt­­da Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi maydonga çiqib, öz oldiga qöygan maqsadlaridan kelib çiqib, jurnalistlar huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

— Uyuşma oldida hal qilinmay kelinayotgan eng muhim masalalar qaysi? Bu masalalarning qaysilarining ijobiy yeçimini taʼminlay olaman deb öylaysiz?

— Agar hal qilişimiz kerak bölgan vazifalar haqida batafsil gapiradigan bölsak, fikrimça bir kun ham kamlik qiladi. Lekin men qisqaça ifodalaşga harakat qilaman.

Yuqorida aytganimday, eng birinçi vazifamiz – jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş. Qanday yöllar bilan yoki qanday usullar bilan amalga oşiriladi, degan savol köndalang qöyilişi tabiiy. Uyuşmaga rais etib saylangan kunimning ertasigayoq biz telegram ijtimoiy tarmoğida murojaat botini, yaʼni uyuşma raisiga masofadan turib töğridan-töğri murojaat qiliş imkonini beradigan elektron manzil taşkil qildik.

Qisqa fursat içida mingga yaqin murojaatlar kelib tuşdi. Ana şu murojaatlarni tahlil etganimizda, körindiki, uyuşma oldida juda ham köp vazifalar turgan ekan. Ayniqsa, sönggi yillarda jurnalistlarimizning moddiy va maʼnaviy himoyalaniş masalalari ham eʼtibordan çetda qolib ketgan.

Oxirgi paytlarda menga “Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida şunça imkoniyatlar, imtiyozlar mavjud. Mana bir-neçta dam oliş oromgohlari, sihatgohlari bor, ammo Yozuvçilar uyuşmasidan aʼzolari bir neça barobar köp bölgan Jurnalistlar uyuşmasida esa imkoniyat va imtiyozlar yöq, nima uçun, degan köplab savollar ham kelib tuşdi. Bu savollar bejiz emas. Uyuşma OAV xodimlarining ijtimoiy, maʼnaviy himoyasiga ham eʼtibor qaratişi kerak. Bu borada “Döstlik klubi” — hamkorlarimiz bilan qilinajak işlarni rejalaştiryapmiz. Bundan taşqari, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasini yanada takomillaştirişga doir huquqiy hujjat qabul qilinişi lozim.

Bilasizmi, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasining hatto öz binosi ham mavjud emas. Alişer Navoiy köçasi 30-uyda ijarada turamiz. Hattoki xodimlarimizga xona yetmaganidan jamoaning bir qismini Milliy matbuot markaziga joylaştirganmiz, masofaviy işlaymiz. Boşqa uyuşmalarga borganda, albatta havas qilamiz, qani edi Jurnalistlar ijodiy uyuşmasiga ham şunday bino ajratilsa, deb.

Holbuki, Prezidentimizning 2017 yilgi uyuşma faoliyatini takomillaştiriş töğrisidagi qarorida Toşkent şahar hokimligiga Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi uçun alohida bino ajratiş masalasi kun tartibiga qöyilgan. Mana oradan qariyb tört yil vaqt ötdi, qarorning ijrosi taʼminlanmayapti.

Yana bir maʼlumot, Prezidentimiz öşa qarorda ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan jurnalistlar uçun imtiyozli kreditlar asosida uy-joylar ajratilişini barça viloyatlar, Qoraqalpoğis­ton Res­publikasi Jöqorği Kengesi hamda Toşkent şahar hokim­liklariga vazifa qilib yuklagan.

Ming afsuski, jurnalistlar orasida uy-joyga muhtojlar juda ham köp bir paytda qarorning mazkur bandi ijrosi ham taʼminlanmagan. Biz bu borada murojaat qilganmiz, ammo hali ijobiy natijaga erişganimiz yöq. Yana bir oğriqli jihat — kadrlar masalasi. Yaxşi kadrlarni işga jalb qilaylik desak, maoş havas qilgulik emas. Kam oylikka esa yaxşi kadr kelmaydi.

Bilasizmi, bugun Özbekistonda eng kam oylik oluvçi kasb egalari, bu — jurnalistlar. Bu ham oldimizdagi körib çiqişimiz kerak bölgan muhim masalalardan biri. Öylaymanki, Uyuşmaning bu muammolarni bartaraf etişida heç qanday tösiq bölmaydi.

— Darhaqiqat, butun bir taşkilotni özgartiriş yolğiz rahbarning qölidan kelmaydi. Buning uçun jamoa, ijod ahlining yordami kerak. Siz ham bugun jamoangiz va hamkasblaringizdan qanday masalalarda, jabhalarda kömak kutasiz? Umuman olganda, qaysi işlarda kamarbasta bölişini xohlar edingiz ijod ahlini?

— Men bu yerdagi 10-15 nafar xodimni emas, balki yigirma ming nafardan ziyod Özbekiston jurnalistlari jamoasini bizga xayrixoh sifatida özlarining taklif va tavsiyalari bilan faoliyatimizni jonlantirişga hissa qöşadi degan umiddaman.

Boisi, sohaning muammolarini eng çekka hududlarda faoliyat olib borayotgan, buni teran his qiladigan, boşidan ötkazayotgan, yurakdan ötkazgan ijodkor biladi. Şu sabab yuqorida aytganimdek, masofadan turib uyuşma raisiga murojaat yöllaş imkoniyatini beruvçi telegram bot taşkil qildik.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo, Buxoroning uzoq tumanlarida, Navoiy viloyatining çölli hududlarida faoliyat körsatayotgan jurnalistlarning takliflari, kötarayotgan masalalari kelib tuşmoqda. Öylaymanki, kelayotgan ana şu murojaatlardan jiddiy masalalarni birinçi navbatda hal etişimiz kerak.

Bu bora muayyan yöl xaritasini tuzib oldik. Oldimizda turgan dastlabki vazifalardan biri — bosma naşr, televideniye, radio barça OAV tahririyatlarini va ularning moddiy texnik bazasini yaxşilaşga eʼtiborni qaratiş.

Sababi, OAV töğrisidagi qonunda yaxşi bir qoida qatʼiy qilib belgilangan. Yaʼni, muassis tahririyatning moddiy texnik bazasini yaxşilaşga, jurnalistlarga yetarli şaroitlarni yaratib berişga, şu naşrning muntazamligini taʼminlaşga masʼuldir.

Afsuski, bugungi kunda juda köp muassislar özining mana şu majburiyatini “unutib” qöymoqda. Şu bilan birga, viloyat naşrlarining boş muharrirlarini örganganimizda, aksariyati nomutaxassis, yaʼni jurnalist bölmagan odamlar ekani meni ajablantirdi. Qanday qilib jurnalist bölmagan odam xalqqa öqişli axborot yetkazib berişi mumkin? Mana şu jihatni ham kelgusida atrofliça körib çiqamiz.

Bundan bir neça yillar avval Buyuk Britaniyaga qilgan safarimda, u yerda Lordlar palatasi masʼuli: “Inglizlar yangi kunini bir finjon qahva va gazeta öqiş bilan boşlamasa, öşa kunini mazmunli hisoblamaydi. Gazetalar bizga uç yuz yil mobaynida maʼnaviyat berdi, axborot berdi. U biz uçun hayotga aylandi. Biz endi osongina voz keçib yubora olmaymiz”, degan gapni ayt­gan edi.

Bizda esa odamlarimizning gazetaga munosabatini özingiz yaxşi bilasiz…

— Yoş avlod jurnalistlari soha maydoniga kirib kelmoqda. Bu maydonda “Ustoz-şogird” anʼanasi yöqolib ketmayaptimi? Yoş jurnalistlarning ekranga intilişi ham matbuotning oqsaşiga sababçi bölmayaptimikan? Umuman, yoşlarda bugun qanday kamçiliklarni kuzatasiz?

— Jurnalistning intilişlari, orzulari bu juda muhim. Biz bunga tösqinlik qila olmaymiz. Aksinça, bu orzularni amalga oşişiga şaroit qilib beriş vazifamiz. Tele-yulduz bölişni xohlaydimi, tele-yulduz bölişiga imkon berişimiz kerak. Bu salbiy jihatdan emas, ijobiy jihatdan qaraganda maqsadga muvofiq. Töğri, hali jurnalist bölib şakllanmasdan “yulduzlik”ka daʼvogarlik qiliş qaysidir maʼnoda ularning faoliyatiga zarar yetkazmaydimi, degan savolni ham tuğdiradi. Bu bor narsa. Şu sabab barça turdagi OAV tahririyatlarida “Ustoz-şogird” anʼanasini rivojlantirişga eʼtibor qaratyapmiz.

Közga yaqqol taşlanadigan yana bir muammo, bu – janrlar “qaşşoqligi”. Jurnalistikada faol qöllaniladigan yigirmadan ortiq janrlar bor. Ammo bosma naşrlarimizni kuzatsangiz, ikkita yoki uçta janrni bilasiz: axborot, hisobot va maqola.

Boşqa narsa yöq. Nega felyeton, oçerk, şarh janrini köproq qöllamaymiz? Şarof Ubaydullayev, Xudoyberdi Töxtaboyev kuçli felyetonçilardan bölgan. Şunday janrlardan foydalanilgan paytlar gazetalar millionlab nusxada çop etilar edi. Odamlar gazetaning keyingi sonini intiqlik bilan kutişgan. Şu sabab janrlarni jonlantiriş kerak deb hisoblayman.

— Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi xalqaro hamkorlik doirasida qanday işlarni amalga oşirmoqda?

— Uyuşma faoliyatidagi eng asosiy vazifalardan biri, bu – xalqaro şartnomalar doirasidagi işlar. Ötgan yillar davomida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan xorijiy davlatlarga ijodiy safarlar, özaro tajriba almaşiş yuzasidan harakatlar deyarli amalga oşirilmadi.

Töğri, bir-ikki safarlar taşkil qilingan. Ammo juda katta jurnalistlar armiyasiga ega bölgan özbek jurnalistikasi uçun bu deyarli dengizdan tomçi. Şu bois, biz faoliyatimizning asosiy yönalişlaridan biri sifatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratişni maqsad qilganmiz. Şu kungaça Rossiya federatsiyasi Jurnalistlar uyuşmasi va Xitoy jurnalistlari uyuşmasi bilan hamkorlik memorandumini tuzganmiz. Mana şu yil sönggiga qadar imkon darajasida Tojikiston, Qozoğiston, Hindiston kabi bir neçta davlatlar jurnalistlar uyuşmasi bilan hamkorlik memorandumini tuzmoqçimiz. Uşbu mamlakatlarga bir guruh jurnalistlarimizni tajriba almaşiş uçun, tahririyatlar şaroitlari bilan tanişişlari uçun xizmat safarlariga yuborişni oldimizga maqsad qilganmiz.

Şuningdek, biz Umumjahon jurnalistlar federatsiyasiga aʼzo böliş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga murojaat yölladik. Öylaymanki, bu maqsadlarimiz amalga oşsa, jurnalistlarimiz uçun yangi bosqiç boşlanadi.

Nozimjon Mardonov

suhbatlaşdi. (ÖzA).

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan